Klassifikatsiya I. Etiologiyasi bo’yicha: Irsiy, ortirilgan
II. Patogenezi bo’yicha: postgemorragik, gemolitik, eritrpoezni buzilishi bilan kechuvchi anemiyalar.
III. Qon xosil bo’lish tipiga ko’ra: eritroblastik tipga xos anemiya, megaloblastik tipga xos anemiya.
IV. Qizil ko’mikni regenerativ qobiliyatiga ko’ra: regenerator (o’tkir postgemorragik anemiya), giperregenerator (ortirilgan gemolitik anemiya), (m: aplastik anemiya).
V. Rang ko’rsatkich bo’yicha: normoxrom (0,85-1,15) gipoxrom (RK<0,85) giperxrom (RK>1,15)
VI. Eritrotsitlar razmeriga ko’ra: norma, mikro va makrotsitar anemiyalar
VII. Klinik kechishiga ko’ra: o’tkir, surunkali.
Anemiya klassifikatsiyasi (Konchalovskiy bo’yicha)
I. Etiologik belgilariga ko’ra: Gemorragik
a) o’tkir
b) surunkali
Qon hosil bo’lishini buzilishiga ko’ra:
a) temir yetishmovchiligi
b) V12 yetishmovchiligi
Qon parchalanishini kuchayishiga ko’ra:
o’tkir
gemolitik
surunkali
II. Suyak ko’migini regenerativ qobiliyatiga ko’ra:
a) regenerator
b) giperregenerator
v) aregenerator
III. Gemoglobin bilan to’yinish darajasiga ko’ra:
a) normoxrom
b) giperxrom
v) gipoxrom
Temir yetishmovchiligi anemiyasi Temir yetishmovchiligi anemiyasi, shunday kasallikki, gem va porfirin sintezini katalizatsiya qiluvchi fermentlar aktivligini susayishidan, temirni gem molekulasiga kirishini buzilishi bilan yuzaga chiqadi. Ushbu anemiya eng ko’p tarqalgan bo’lib, butun anemiyani 80% ni tashkil qiladi.
Temir yetishmovchi anemiyasini turli sinflanishlarda quyidagicha tahriflanadi.