Megaloblastik eritrpoez Megaloblastlar normal eritrpoezda faqat dastlabki embrional davrda ishtirok etadilar.
Postembrional davrda megaloblastik eritrpoez, pernitsioz anemiya va bir kancha patologik holatlarda uchraydi, yahni V12, folievaya kislota yetishmaganda, megaloblastik eritrpoez ro’y beradi va gemoglobinatsiya buziladi ularda nozik yadro saqlanib qoladi.
Megalotsitlar o’lchami 10-12 mkm, elliptik shaklda va gemoglobin bilan to’yinishi darajasi yuqori bo’ladi.
Megaloblast megalotsitga aylanishida, uning yadrosi involyutsiyaga uchraydi, natijada yadroda Jolli, Kebot tanachalar paydo bo’ladi.
Jolli tanachasi diametri 1 mkm li gilosga o’xshagan rangga bo’yaladi va 1-2 ta bo’lishi mumkin.
Normada, embrion va chaqaloqlarda va bahzi bir anemiyalarda, taloq olib tashlaganda ham normotsitlarda Jolli tanachalar uchrashi mumkin.
Kebot tanachasida esa yadro qobig’ida bo’lib, uzukka o’xshaydi, qizil rangga bo’yaladi, asosan pernitsioz anemiyada kuzatiladi.
Anemiya Anemiya, gemolitik sindrom yoki mustaqil kasallik bo’lib, eritrotsit va gemoglobin mikdorini kamayishi, hamda eritrotsitlarda sifatiy o’zgarishlar yuzaga chiqishi bilan namoyon bo’ladi.
Anemiyaga boshqacharoq ham tahrif berish mumkin. Anemiya yoki kamqonlik, qonni mahlum hajm birligida eritrotsit va gemoglobin miqdorini kamayishi hamda ularda sifatiy o’zgarishlar bilan ketuvchi, bir qarashda oddiy, lekin yuzaga keltiruvchi oqibatlariga ko’ra, juda murakkab, havfli hamda og’ir kechishi bilan harakterlanadigan kasallikdir.
Anemiya juda ko’plab kasalliklar asosida kelib chiqadi, intoksikatsiya, qon hosil bo’lishida ishtirok etuvchi omillar yetishmaganda, suyak ko’migini gipoplaziyasi, eritrotsitlar gemolizida kuzatiladi. Anemiya davrida qonning nafas funktsiyasi keskin buziladi.
Organizmni kislorodga ehtiyoji qonmagandan so’ng, avvaliga kompensator mexanizmlar ishga tushadi.
Nafasni reflektor tezlashuvi