Postgemorragik anemiya Postgemorragik anemiya o’tkir va surunkali qon yo’qotishidan kelib chiqadi.
Klassifikatsiya: Kelib chiqish harakteriga ko’ra o’tkir va surunkali postgemorragik anemiyalar tafovutlanadi.
Etiologiya: UPA tez qon yo’qotishdan yoki qon tomirlarni patologik jarayonlar natijasida uning bir butunligini buzilishidan kelib chiqadi.
SPA, qayta-qayta qon yo’qotilganda, qon tomirlar zararlanishidan kelib chiqadigan kasalliklarda (oshqazon yarasi, gemorroy, qon-tomir trombotsitar va koagulyatsion gemostazni buzilishida) kuzatiladi.
Patogenez. O’tkir postgemorragik anemiyada, qon yo’qotilgandan so’ng, birinchi soatlarda periferik qonda eritrotsit va gemoglobin soni birday ozayadi. Rang ko’rsatkich aytarli o’zgarmaydi. Qon tomirlar eritrotsitlar bilan to’ladi, ular depodan chiqadi (kompensatsiyani reflektor fazasi).
Birozdan so’ng, to’qimalar aro bo’shliqdan suyuqlik qon tomirlarga o’tadi, nisbiy eritrpeniya kuzatiladi.
1-2 kundan so’ng, qonning hajmi normallashadi, bu xolat kompensatsiyani gidremik fazasida ro’y beradi, 4-5 kundan 1-2 hafta ichida eritrotsitlar xosil bulishi keskin ortadi, chunki qon yo’qotilishi natijasida yuzaga kelgan gipoksiya, eritrpoetinlar sintezini oshiradi (kompensatsiyani qizil ko’mik fazasi), bu esa o’z navbatida eritrpoezni kuchaytiradi.
Bu vaktda eritrotsitlar xosil bulishi kuchayishi kuzatilsada, gemoglobinizatsiya jarayonini buzilishi, temir yetishmasligidan kelib chikadi, natijada gipoxrom anemiya kuzatiladi. Qonning RK 0,9 kam buladi, periferik qonda retikulotsitlar 30-40% ni tashkil qiladi (retikulotsit krizi).
Ushbu anemiyani bartaraf etilishi ko’p omillarga: yo’qotilgan qon miqdoriga, organizm xolatiga, suyak kumigini regenerativ xolatiga va eng asosiysi amalga oshirilgan davolash effektivligiga bog’liq bo’ladi.
SPA qayta-qayta qon yo’qotilganda, temir zahirasi ozayib, temir yetishmovchiligi anemiyasi, gipoxromiya va eritrotsitlar mikrotsitozi bilan birga kuzatiladi. Qon hosil bo’lishini buzilishi, gipo va aregenerator anemiya chaqiradi, qon surtmasida eritrotsitlarning regenerator formalari keskin ozayib ketadi.