Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə199/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

O’tkir buyrak yetishmovchiligi
Bunday yetishmovchilik etiologiyasida buyrak ichi va buyrak tashqarisidagi olmillar rolg’ o’ynaydi. Buyrak ichi omillarga: o’tkir glomerulonefrit va pielonefrit, buyrak qon tomirlarining trombozi va emboliyasi, shok, kollaps, gemolitik va miolitik holatlar kiradi.
Buyrakdan tashqari: noto’g’ri qon quyish, kuyish, total tarzda to’qimalarni ko’payishi, suvsizlanish, intoksikatsiya endo va ekzo anaerob infektsiyalar sepsis, xomiladorlik toksikozi, diabetik koma, o’tkir peritonit, allergik holatlari, siydik chiqishini buzishi va boshqalar
Patogenez. O’BE rivojlanishida asosan po’stloq moddasida vaqtinchalik ishemiya yotadi. Bundan tashqari, gipovolemiya, afferent arteriolalarni spazmi, mikrotromblarni hosil bo’lishi yoki buyrak tomirlarini zararlanishidan yuzaga chiqishi mumkin.
Natijada, buyrakda filg’tratsion bosim tushib ketadi va kaptokchada filg’tratsiya jarayoni pasayadi, buning natijasida faoliyat ko’rsatayotgan nefronlar soni kamayib ketadi. Agar ishemiya uzoq bo’lmasa, O’BE qaytar bo’ladi (O’BE ning funktsional fazasi). Agar ishemiya uzoq davom etsa, kaptokcha va kanalchalarda qaytmaydigan strukturaviy o’zgarishlar kelib chiqadi (O’BEning struktura fazasi buzilishi). O’BE klinik jihatdan 4 bosqichda ketadi 1) boshlang’ich, 2) oligo-anuriya 3) poliuriya, 4) sog’ayish.
Eng xavflisi oligo-anuriya bosqichidir, diurez keskin kamayadi, bahzida butunlay bo’lmaydi giperazotemiya, suv-elektrolit va kislota ishqor muvozanatlari buziladi.
Klinika: bosh miya, o’pka shishi, suvdan zaxarlanish, yurak qon tomir tizimi faoliyati buziladi, yurakning qisqartiruvchi funktsiyasi pasayadi, ekstrosistola, bradikardiya, blokadalar kuzatiladi, avvaliga gipotenziya, kelgusida gipertenziyaga aylanadi. Tip dqxaniya Kussmaulya, tyajelqe rasstrystva funktsii TSNS, bosh og’rig’i, rvota, arefleksiya, narusheniya soznaniya, sudorgi komagacha boradi.
Ko’pchilik bemorlar kasallikni eng yuqori cho’qqisida o’ladi. Agar davolanish yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, siydik chiqa boshlaydi va poliuriya kuzatiladi. Bir necha oylar davomida FNM tiklanadi. Lekin, ko’p holatlarda asoratlar bilan yakunlanadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin