O’tkir (diffuz) glomerulonefrit Klinik va patofiziologik namoyon bo’lishiga ko’ra, buyrakda, yahni koptokchalarda va buyrakdan tashkarida patologik o’zgarishlar chaqirish bilan namoyon bo’ladi.
Kasallik juda tez boshlanib, oligouriya, proteinuriya, azotemiya, arterial gipertenziya, Na+ushlab kolish hisobiga shish, gipoproteinemiya, gipervolemiya, kapillyar kon tomirlarni utkazuvchanligini ortishi, gematuriya, M.N.S funktsiyasi buzilishi bilan namyon bo’ladi.
Etiologiya O’tkir glamerunefrit, ko’prok streptokokk tabiatli infektsiyalar tahsiri, ayniqsa A guruxdagi streptokokklar chaqiradi (4 tip) ular nefritogen shtamm hisoblanadi. Bundan tashkari, viruslar, parazitlar xam chaqirishi mumkin. Etiologik omillarga organizmga sovuk utishi, kushuvchi to’qima diffuz zaralanishi (kizil volchanka, revmatoid artrit, tugunli periartrit) vaktsina, davolash maksadida geterologik zardoblar olish, kuyish kasalligi va boshqalar kiradi.
Patogenez Ushbu kasallikda kaptokchalarni zararlanishini 2 ta mexanizmi orkali tushuntiraladi:
1) Nefron kaptokchalarini bazal membranasi antigenlarga karshi hosil bulgan antitelalar tahsirida zararlanio’i kuzatiladi, nefrotoksik glomerulonefrit deb atalib juda tez rivojlanadi. Bunda, bazal membranani antigeni glikoproteid hisoblanadi.
2) Kaptokchalar bazal membranasiga immun komlekslarni utirishi hisobiga, koptokchalarda yallig’lanish jarayoni rivjlanadi. Buni, imunnokomleks glomerulonefrit deyiladi.
Kasallik rivojlanishi mexanizmida antigen sifatida ekzogen (infektsion va noinfektsion) yoki endogen to’qima oksili, DNK hisoblanadi. Konda hosil bolgan antitelalar (Ig G, Ig M) antigenlar bn komleks hosil kilib, kon orkali koptokchalarga kirib, uning bazal membranasiga o’tiradi, bunday nefrotoksik antitelalar immun yallig’lanio’ni induktsiyalaydi.
Glomerulonefritni immunologik modellari. 1901 yil Mechnikov laboratoriyasida K.Lindeman o’tkir nefritni, quyonga dengiz chuchkasidan olingan nefrotoksik zardobni yuborib chaqirgan. 1933 yili yapon olimi Masigi quyonlarga urdakdan olingan zardobni yuborish bilan chaqirgan. Boshqacha model kalamush-quyon-kalamush.
Xozirgi kunda eksperimental glomerulonefrit patogenezida 2 ta faza tafovutlanadi:
Geterologik fazada, bazal membranaga nefrotoksik antitelalarni fiksatsiyasi bilan ketadi.
2) Autologik fazada nefrotoksik globo’linga kompliment fiksatsiya kiluvchi antitela sintezi bilan kechadi.
Bahzi olimlar, uchinchi fazani xam tafovut etishadi autoimmun antitelalarni kaptokchadagi kon tomirlarni zararlashi bilan bog’liq xolda kechini tahkidlaydi.
1909 yili rus xirurgi Gertsen urush paytida, yahni okoplarda yotgan soldatlarda uchraydigan nefritlar kelib chiqishini modellashtirishga urinib kurdi. Quyonlarni xloretil bilan sovutdi. Ushbu quyon konida spetsifik buyrakka karshi antitelalar topdi. Bu modelg’ ushbu kasallik autoimmun tabiatga ega ekanligini tasdiqladi.
1945 yili Kovelti (er – xotin) quyonga streptokokk kulg’turasi va buyrak to’qimasini gomogenatini yuborib chaqirishgan.