Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Surunkali buyrak yetishmovchiligi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə200/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Surunkali buyrak yetishmovchiligi
Etilogiya. Surunkali glomerulonefrit, pielonefrit, gipertoniq kasallik, buyrak arteriyalarini stenozi, metobolitik kasaliklar (diabet, glomeruloskleroz, amiloidoz, podagra) va boshqalarni keltirish mumkin.
Patogenez: SBE sekin yoki tezlikda faoliyat ko’rsatayotgan nefronlar massasini kamayishi va albatta ularning funktsiyasini pasayishi bilan namoyon bo’ladi.
FNMni 50-30 % gacha kamayishi va koptokcha filg’tratsiyasini 20 % gacha pasayishi, terminal bosqichga, yahni uremiyaga olib keladi. Bu holat azot almashinuvida hosil bo’lgan zaharlarni ekskretsiyasi buzilishi bilan bogliq. Azotemiya darajasi esa FNM bog’liq. Bu holatda qonda 200 dan ortiq toksik moddalar uchraydi va organizmda kuchli intoksikatsiyani chaqaradi. 1) anoreksiya (otsustviya appetita) 2) dispeptik holatlar (ponos), tana massasini kamayishi, umumiy xolsizlik, bosh og’rig’i, apatiya, tahm bilish, eshitishni pasayishi, qichishish, polinevrit, nafasni buzilishi, rivojlanuvchi anemiya, uremik perikardit, miokardit, plevrit, artrit, talvasa, komagacha borishi mumkin.
Kasallikni boshlang’ich fazasida diurez ko’payadi (poliuriya), chunki distal kanalg’chalarda suv reabsorbtsiyasi buziladi, sababi siydikning kontsentratsion qobiliyati pasayadi.
Oligouriya terminal bosqichda bo’ladi. Azotemiya, intoksikatsiya kuzatiladi.
Poliuriyada, hujayra ichi va tashqarisidagi gipovolemiya, giponatriemiya, gipokaliemiya gipokalg’tsiemiya kuzatiladi. Anuriyada aksincha suvdan zaharlanish, o’pka shishi, gipoksiya, osteodistrofiya va osteomalatsiya, azotga bog’liq atsidoz kuzatiladi.
Buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi asosiy sindrom va kasalliklar
Xozirgi kunda yer yuzidagi 3% gacha axolii turli tabiatli buyrak kasalliklari bilan ogrigan. SHulardan 5–7% surunkali kurinishda bulib kuprok ulim bilan tugaydi. Bu kasalliklar etiologiyasida kuplab, patologik jarayonlar yallig’lanish,shu jumladan allergik jarayonlar, maxalliy kon aylanishning buzilishi, metobolik buzilishlar, usmalar bo’ladi.
Patologik jarayonlar turli tuman va etiologik omillar har-xil bo’lishiga karamasdan, buyrakda bir biriga uxshash morfologik, funktsional va klinik o’zgarishlar yuzaga chiqadi. Buyrak kasalliklarida strukturaviy o’zgarishlarida o’xshashliklar mavjud, shuning uchun ular “katta” klinik sindromlar tarzida namoyon bo’ladi. Lekin, shunday bulsa xam ularning patogenezida uziga xos tomonlari mavjud.
Glomerulonefrit
Glomerulonefrit kup uchraydigan,ikki tomonlama diffuz yallig’lanish bilanketuvchi buyrak kasalligi hisoblanadi. Ushbu kasallik asosida koptokchalar ichida ekssudativ va prolefirativ jarayonlarni uzaro rivojlanishi yotadi. Ogir formalarda nekrotik o’zgarishlar,koptokchalara butunlay destruktiv buzilishlar chaqiradi. Patologik jarayon butun koptokcha apparatini kamrab oladi. Kasallik kechishiga ko’ra o’tkir va surunkali glomerulonefritlar tafovutlanadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin