O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN”
Andijon davlat chet tillari instituti
rektori___________ D.Rustamov
2023-yil “____” __________
Ro‘yxatga olindi: № _______________
2023-yil “_____” avgust
ILMIY ISH ASOSLARI O‘QUV DASTURI
2-KURS
-
Bilim sohasi:
|
100000 – Ta’lim
|
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo‘nalishi:
|
230000 –Tillar
60111800 –Xorijiy til va adabiyoti:
ingliz tili, fransuz tili, nemis tili
|
Andijon-2023
Fan/modul kodi
|
O‘quv yili
|
Semestr
|
ECTS - kreditlar
|
ILMISH1302
|
2023-2024
|
3
|
jami – 4 kredit
|
Fan/modul turi
|
Ta’lim tili
|
Haftadagi dars soatlari
|
Tanlov fan
|
O‘zbek tili
|
4
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Ilmiy ish asoslari
|
30
|
30
|
60
|
|
1.Fanning mazmuni:
Fanning maqsadi –fanni o'qitishdan maqsad – “Ilmiy ish asoslari” fani, uning bo‘limlari, o‘rganish obyekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni ilmiy ish asoslari fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda olingan bilimlarni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantirish kabi vazifalarini hal qilishni taqozo qiladi.
Fanning vazifalari – til va jamiyat, til tizimi va tuzilishi, uning sathlari, birliklari va ularning namoyon bo‘lish qonuniyatlari, ilmiy ish asoslari fanining boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan aloqasi, dunyo tillarining klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlar berishdan iboratdir. Talabalar mazkur fanni
o‘zlashtirganlaridan keyin ilmiy tahlil haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishlari;
–ilmiy ishlarni tavsiflash, tahlil qilish, xulosalash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari;
–ilmiy tadqiqot mavzusini rasmiylashtirishga doir amaliy ko‘nikmalarni egallashlari lozim.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar:
Talaba: – fanning maqsadi, vazifalari, jamiyat hayotidagi ahamiyati; tilshunoslikning ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan aloqasi, tilshunoslikning nazariy masalalari, ilmiy tadqiqot metodlarini bilishi kerak;
–muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
–tillarning tasnifi bilan tanish bo‘lishi, muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ayni fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirishi, o‘z nuqtayi nazarini ilmiy asoslab berishi va bulardan amaliy masalalarni yechishda foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
|
Dostları ilə paylaş: |