Andijon davlat pedagogika instituti


- MAVZU. YANGI DAVR GEOSIYOSIY



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə22/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

5 - MAVZU. YANGI DAVR GEOSIYOSIY
NAZARIYALARI VA MAKTABLARI.
REJA:

1. Ikkinchi jahon urushi yakunlari va uning Yevropa davlatlari mavqeiga ta‘siri.
2. Yevropani birlashtirish g`oyasining ob‘yektiv zaruriyatga aylanishi.
3. Yevropada geosiyosiy nazariyalar rivojining asosiy yo`nalishlari: atlantizm, mondializm, amaliy geopolitika, “yangi o`nglar” oqimi.

1939 - yilning 1 - sentabrida boshlangan ikkinchi jahon urushi 1945 - yilning 2


- sentabrida tugadi. Olti yil davom etgan bu urushda dunyoning 61 ta davlati ishtirok
etdi. Ularda dunyo aholisining 80 foizi yashar edi. Harbiy harakatlar 40 ta davlat
hududida olib borildi. Yo`qotishlar 65 - 70 mln kishini tashkil etardi. Urush davrida
fashistlar Genrmaniyasi, Yaponiya va Italiya tor - mor etildi. Buyuk Britaniya va
Fransiya esa zaiflashib qoldi. AQSH esa dunyoning eng qudratli ikkita davlatidan biri
bo`lib qoldi. Sovet davlati ham mislsiz talofatlar ko`rgan bo`lsada harbiy jihatdan
qudratli mamlakatga aylandi.
Urushdan keyingi davrda insoniyat yangi muammolarga duch keldi. Ular
asosida AQSH va SSSR o`rtasidagi siyosiy va mafkuraviy ziddiyatlar yotardi.
Ikkinchi jahon urushidan so`ng ular qudratli davlat sifatida jahon siyosatiga ulkan
ta‘sir ko`rsatdi. 1945-yildan 1991 -yilgacha davom etgan ―Sovuq urush‖ davrida
o`zaro qarama - qarshilik misli ko`rilmagan qurollanish poygasiga olib keldi, natijada
ommaviy qirg`in qilishning yangi turlari yaratildi.
G`oliblari bo`lmaydigan bunday raketa - yadroviy urushning bema‘niligini
umumiy tushunish qarama - qarshi tomonlarni yangi jahon urushiga olib keluvchi
yo`llardan chekinishga undadi.
XX asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish kuchlari behad o`sdi. Ilmiy texnikaviy inqilob inson hayotining hamma tomonlariga ulkan ta`sir etuvchi beqiyos
kashfiyotlarga olib keldi. Transport vositalari va aloqa vositalarining rivojlanishi
barcha xalqlarni yagona umuminsoniy hamjamiyatga birlashtirdi. Jahon hamjamiyati,
jahon jamoatchilik fikri kabi tushunchalar odatiy jumlaga aylandi va dunyoning
bo`linmasligi, insoniyat birligi va uning xavfsizligi kabi tushunchalar keng tarqaldi.
Yangi davrdagi tub o`zgarishlar globallashuv jarayonining kuchli rivojlanishi
bilan bog`liqki, uning asosiy belgilari ikki jahon urushlari orasida namoyon bo`la
boshladi. Ikkinchi jahon urushidan so`ng globallashuv jarayonini jahon ahamiyatiga
ega ikki muhim omil – Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkil etilishi va
mustamlaka imperiyalarning inqirozi ta‘minladi. BMT va uning ixtisoslashgan
tashkilotlari iqtisodiyot, madaniyat va ijtimoiy siyosat sohasida jahon miqyosida
hamkorlikni kengaytirdi va chuqurlashtirdi. Mustamlakachilikning bartaraf etilishi
jahon bozori doiralarini kengaytirdi va xalqlar hamda qit‘alar o`rtasidagi hamkorlik
uchun ulkan imkoniyatlar ochdi.
Globallashuv jahon xo`jalik aloqalarini baynalmillashtirish sharoitlarida ishlab
chiqarish kuchlarini rivojlantirish, butun insoniyatning madaniy va ijtimoiy darajasini
ko`tarishda namoyon bo`ldi. Bu jarayon davlatlararo va davlatlar ustidan turuvchi
birlashma hamda muassasalarni yaratish, xalqaro mehnat taqsimotini
chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va ilmiy kooperatsiyani rivojlantirish bilan bog`liq
keladi. Globallashuvning o`ziga xos belgisi transmilliy korporatsiyalaming (TMK)
tezkor o`sishida ko`rinadi, ular butun jahon iqtisodiyotini o`z ta‘sir doirasiga olgan.
Biroq globallashuv jarayoni ziddiyatli holda rivojlanmoqda, jamiyatning eski
ijtimoiy - iqtisodiy modelining og`riqli buzilishlariga uchramoqda, ko`pgina
mamlakatlarda o`tkir ijtimoiy mojarolarga olib kelmoqda.
Globallashuv faqat eng ko`p foyda olishga intiluvchi xalqaro kapital bilan o`z
lagerlarida xo`jalik hayoti, ijtimoiy - huquqiy va siyosiy tizimni tartibga soluvchi
davlatning milliy manfaatlari o`rtasida mojaroga olib keldi.
TMK ning rivojlanishi mustaqil suveren davlatlarning barpo bo`lishida o`z
aksini topgan boshqa ob‘yektiv jahon jarayonining faollashuviga ohb keldi. BMT
tashkil topgan 1945-yilda unga 51 davlat a`zo edi, hozir ular safi 1 90 dan ziyod. Bu
davlatlar globallashuvning salbiy ta`siriga qarshi turishga intiladi va o`z milliy
manfaatlarini himoya qiladi. Ular o`z iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi yo`lida qulay
sharoitlar yaratish yo`lini izlaydi va xo`jalik hamda siyosiy mo`ljal bo`yicha
mintaqaviy birlashmalarni yaratadi. Shu munosabat bilan mintaqaviy integrasiya
jarayoni shakllanadi, bunda davlat guruhlari o`z an`analari, manfaatlari va geopolitik
sharoitlariga muvofiq holda o`z rivojlanish yo`lini qaror toptirishga intiladi. Shunday
qilib, globallashuv, integratsiya va milliy suverenitet hozirgi zamonning yagona
jahon jarayonidagi tarkibiy qismlaridir.
1945 - yil 6 chi va 9 - avgustda AQSH harbiy - havo kuchlari bombardimonchilari Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashladi. Bu, bemisl qudratli yangi ommaviy qirg`in quroli edi. Xirosimada 90 ming, Nagasakida esa 75 ming tinch aholi halok bo`ldi. Ikkala shahar to`liq vayron etildi, yuz minglab kishilar radioaktiv nurlanishga duchor bo`ldi, nurlanish kasalligi ularni sekin va azobli o`limga olib keldi. Bu, AQShning urushdan so`nggi dunyoga yakkahokimlikka da‘vosi edi. Mazkur voqea «sovuq urush» boshlanishiga turtki bo`ldi.
Rasman «sovuq urush»ning boshlanishi 1946 - yil 5 - martda sobiq Buyuk
Britaniya bosh vaziri U.Cherchillning Fultondagi amerika universitetida so`zlagan
nutqida e‘lon qilindi. U.Cherchill «sharqiy kommunizm» bilan kurash uchun ingliz amerika harbiy inttifoqini tashkil etishga chaqirdi. U urushdan so`ng totalitarizm 68
ta‘siriga tushib qolgan Sharqiy Yevropani erkin demokratik G`arbdan ajratib turuvchi
«temir parda» haqida so`zladi. Natsizmga qarshi birlashgan Yevropa endi SSSRning
o`ziga qarshi birlashdi.
«Sovuq urush» - Sharq va G`arb mamlakatlariga nisbatan (1945 – 1991 yy.)
qarama - qarshilik, bir - biriga dush - manlik, o`zaro ishonchsizlikni ifodalovchi
bosqich. Biroq Sovet xavfi oldidagi qo`rquv soxta bo`lib, asosga ega emas edi. Sovet
Ittifoqi urush paytida ko`p talafot ko`rgan bo`lib, yangi qarama - qarshilikka jur`at
etmasdi. G`arb davlatlarining hukmron doiralari bundan yaxshi xabardor edi. Buning
ustiga 1949-yilgacha AQSH atom bombasiga monopol hukmron bo`lib, uni qo`llash
haqidagi birgina do`q - po`pisaning o`zi har qanday tajovuzkorlikni to`xtatish uchun
yetarli edi. Gap bunda emas edi. G`arb mamlakatlarining o`zida aholi o`zgarishlarni
kutardi. Osiyo va Afrika siyosiy erkinliklar berilishini talab etmoqda edi. Cherchill
aslida mavjud ahvolni saqlab qolishga chaqirdi.
Yadro quroli «sovuq urush» vositasi bo`ldi. AQSH uni ishlab chiqarish va bu
sohadagi tadqiqotlar ustidan xalqaro nazorat o`rnatish rejasini ishlab chiqdi. Bu reja
1946-yilda BMTga taqdim etildi va u istalgan mamlakatda bunday tadqiqotlarni
tekshirish huquqini ko`zda tutdi. SSSR bu rejani inkor qildi va 1949 yilda o`z atom
bombasini ilk bor sinovdan o`tkazdi. Shundan boshlab «sovuq urush» yadroviy
qurollanish poygasi darajasiga ko`tarildi.
1947-yil 5-iyunda AQSH davlat kotibi Jorj Marshall Garvard universitetida
so`zlagan nutqida G`arbiy Yevropani tiklash uchun moliyaviy yordam ko`rsatishni
taklif qildi. Amerika hukmron doiralari iqtisodiyoti vayron etilganligi va
rivojlanishga mablag` yo`qligi bilan xarakterlanuvchi bu mintaqani xavfli vaziyatdan
chiqarishga qaror qilishdi.
«Marshall rejasi» bo`yicha uni amalga oshirishda 16 ta Yevropa davlati ishtirok
etadigan bo`ldi. Amerika moliyaviy yordamini Yevropa iqtisodiy hamkorligi
tashkiloti (YEIHT) taqsimladi. 1948 - yildan 1952 - yilgacha bu tashkilot orqali
G`arbiy Yevropa mamlakatlariga 17 milliard dollar berildi. Bu mablag`lar mazkur
mintaqada urushdan keyingi tiklanishda muhim rol o`ynadi. «Marshall rejasi»
Yevropa mamlakatlari iqtisodiy tizimi tuzilmasini saqlashga imkon yaratdi. Lekin
shuni unutmaslik kerakki bu yordamni hamma davlat ham ola bilmasdi. Faqatgina
xalqaro maydonda AQSH ni qo`llab quvvatlaydigan, olib borayotgan ichki va tashqi
siyosati AQSH manfaatlariga mos keladigan davlatlargina bu yordamni olishdi.
AQSH Potsdam konferensiyasi qarorlarini buzgan holda G`arbiy Germaniyada
hukumat tuzish va unda pul islohotini o`tkazish haqida maxfiy muzokaralar o`tkazdi.
AQSH va G`arb davlatlari Sovet Ittifoqining Germaniya hududidan barcha 69
okkupatsiya qo`shinlarini olib chiqib ketishni ko`zda tutuvchi tinchlik shartnomasini
tayyorlash va umumgerman organlarini tuzish haqidagi takliflarini rad etdi.
Bu hol Sovet qo`shinlari tomonidan Berlinga kirish yo`llarini qurshab olinishiga
va 1948 yilgi «Berlin inqirozi»ga olib keldi. «Berlin inqirozi» amerika
diplomatiyasiga Yevropada o`z harbiy mavjudligini kuchaytirish uchun muhim sabab
bo`ldi. 1949 - yil 4 - aprelda Vashingtonda 12 davlat vakillari Shimoliy Atlantika
shartnomasiga (NATO) imzo chekishdi. Bu davlatlar AQSH, Kanada, Belgiya,
Buyuk Britaniya, Daniya, Fransiya, Islandiya, Niderlandiya, Italiya, Norvegiya,
Portugaliya, Lyuksemburg edi. 1952-yilda shartnomaga Gretsiya va Turkiya, 1955-
yilda G`arbiy Germaniya qo`shildi.
NATO amalda Yevropa integratsiyasi yo`lidagi ilk qadam bo`ldi. Uning
faoliyati chegarasiz Yevropani yaratishga yo`naltirildi. Milliy suverenitet eskirib
qolgan tushuncha deb e‘lon qilindi va u «atlantizm» bilan almashtirilishi, ya‘ni g`arb
qadriyatlari va demokratiyasini muhofaza qilishning umumiy manfaatlariga
bo`ysundirilishi lozim edi.
Sovet Ittifoqi ham Sharqiy Yevropada harbiy - siyosiy blokning tashkil
etilishiga olib keluvchi javob choralarini ko`rdi. Bu o`rinda urush o`chog`ini
yoquvchi Amerika haqidagi mafkuraviy konsepsiyalar ishga solindi.
G`arbiy Germaniyaning NATO ga qabul qilinishi Sharqiy Yevropaning barcha
mamlakatlari, ayniqsa, gitlerchilar tajovuzidan zarar ko`rgan davlatlarda xavotir
uyg`otdi. Shu bois Sovet Ittifoqiga ularning rahbarlarini mazkur yurtlar xavfsizligini
kafolatlay oladigan harbiy ittifoq tuzishga ishontirish qiyin bo`lmadi. 1955 - yil 14 -
mayda Albaniya (1962 - yilda shartnomada ishtirok etmay qo`ydi, 1968 yilda undan
chiqdi), Bolgariya, Chexoslovakiya, GDR, Vengriya, Polsha, Ruminiya va Sovet
Ittifoqi vakillari Varshavada do`stlik, hamkorlik va o`zaro yordam haqidagi
shartnomaga imzo qo`ydi. Varshava shartnomasi davlatlari ulardan birortasiga qurolli
hujum bo`lgan holda o`zaro harbiy yordam ko`rsatishga kelishib olishdi.
Varshava shartnomasi 1955 - yil 14 - mayda Bolgariya, Vengriya, GDR,
Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslovakiya va Albaniya o`rtasida do`stlik, hamkorlik
va o`zaro yordam haqida tuzilgan shartnoma bo`lib, ishtirokchi davlatlar xavfsizligini
ta‘minlashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Varshava shartnomasi tashkiloti
(VSHT) NATO ga qarama - qarshi ravishda tashkil etilgan. 1991 - yilda faoliyatini
tugatgan.
Varshava shartnomasi davlatlari qurolli kuchlarning birlashgan qo`mondonligini
tashkil etdi, uning shtabi Moskva shahrida bo`lgan. Varshava shartnomasi ilgarigi
barcha ikkiyoqlama shartnomalarni almashtiruvchi yangi harbiy - siyosiy ittifoqqa
aylandi. Endilikda dunyo ikki harbiy blokka parchalandi va «sovuq urush» jahon
miqyosiga yetdi.
Ikkinchi jahon urushi tufayli Yevropada yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy
inqiroz jahon siyosatida Yevropa davlatlari rolining pasayishiga olib keldi. Bir
paytlar jahon miqyosida yuqori mavqeli bo`lgan Buyuk Britaniya, Fransiya,
Germaniya va Italiya ikki buyuk davlat oralig`ida qolib, 1950 - yillar oxirlarida oddiy
Yevropa davlatlariga aylandi. «Marshall rejasi», NATO, amerika yadro quroli
Yevropa siyosati va iqtisodiyoti rivojlanishida uzoq vaqt ustuvor rol o`ynashini
anglatardi. Yevropa, xususan, Germaniya Sovet Ittifoqi va AQSH o`rtasidagi
davomiy qarama - qarshiliklar maydoniga aylandi va ular taqdiri bu ikki buyuk davlat
munosabatlaridagi keskinlik darajasiga bog`liq bo`lib qoldi.
Sovuq urushdan keyin atlantizm nazariyotchilari atlantizmni yangicha shakllarini, ko`rinishlarini tahlil ostiga olishdi. Ulardan birinchisini pessimistik sxema deyish mumkin (albatta atlantistlar uchun). U atlantistlarning azaliy raqibga qarama - qarshi turishda yangicha uslublarni, shartlarni ishlab chiqishni taqozo etardi. Qiziq tomoni bu paytda jahon sotsialistik tizimi, Varshava Shartnomasi, SSSR yo`q edi. Sobiq SSSR ning kechagi qator ittifoqchilari NATO tarkibiga kirgan, ittifoqchiga aylangan edi. Bu yo`nalishning yorqin vakili AQSH lik siyosatshunos va geosiyosatchi Samyuel Xantington edi.
Ikkinchi yo`nalishni optimistik deb atash mumkin. Ularning fikricha uzoq
davom etgan qarama - qarshilikdagi G`arbning g`alabasi tugal va o`zgarmasdir.
Uning asosida ―mondializm‖ g`oyasini amalga oshirish mumkin. Bu yo`nalish
tarafdorlarining fikricha geosiyosiy taraqqiyot shuni ko`rsatadiki madaniy, milliy,
diniy, mafkuraviy, davlatchilik bilan bog`liq geosiyosiy diffirensiatsiyalarni bartaraf
etish mumkin va yagona umuminsoniy sivilizatsiya barpo etiladi. Bu yo`nalishning
yorqin vakili Frensis Fukuyama hisoblanadi.
Uchinchi yo`nalish Zbignev Bjezinskiy nomi bilan bog`liq. U yo`nalish ―Yangi
tartibdagi amerikacha gegemonlik‖ davri deb ataladi va ―Buyuk shaxmat doskasi‖
asarida asoslashga harakat qilingan.
Ikkinchi jahon urushidan so`ng avjiga chiqqan qurollanish poygasi
geosiyosiy tadqiqotlarda aks etgan yer yuzida ming yillardan davom etib kelayotgan
ikki kuch qarama - qarshiligini ifoda etadi. Bu jarayonlar geosiyosatchi olimlar
tomonidan chuqur ilmiy tadqiqotlar orqali o`rganilgan va aynan ushbu izlanishlar
ko`pgina harbiy harakatlarining nazariy asosi bo`lib xizmat qilgan. Qudratli davlatlar
aynan geosiyosiy tadqiqotlar asosida o`z tashqi strategiyasini qurishgan, tashqi
siyosat borasida muhim qarorlar aynan geosiyosatchilarning qat‘iy maslahatlariga
tayangan holda amalga oshirilgan. Buni Britaniyada o`n to`qqizinchi asr oxiri va
yigirmanchi asr boshlarida yashab o`tgan Xelford Makkinder hamda o`tgan asrning
so`ngi choragida alohida shov - shuvga sabab bo`lgan geosiyosatchi olimlar 73
S.Xantington, F.Fukuyama yoki Z.Bzejinskiylar misolida yaqqol kuzatish mumkin1.
S.Xantington o`z asarida turli sivilizatsiyalar o`rtasidagi tarixiy raqobat sirlarini
aynan geosiyosiy talqinda qo`lga oladi. U turli sivilizatsiyalarni talqin qilar ekan
Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyati va qanday geosiyosiy kuchlar ta‘sirida
ekanligini ko`rsatib beradi.
Tarixiy taraqqiyot davomida uzluksiz davom etib kelgan tamaddunlar kurashi
yangi ming yillikda, turli xil ko`rinishlarda namoyon bo`lmoqda. Yer yuzida yagona
hukmronlik tizimini yaratish uchun olib borilgin bu kurash bir oz bo`lsa-da susaygani
yo`q. Amerikalik olim S.Xantington ―Sivilizatsiyalar to`qnashuvi va dunyo
tartibotining qaytadan qurilishi‖ asarida so`nggi yillarda yer yuzida kechayotgan
geosiyosiy jarayonlarning eng muhim xususiyatlarini tahlil etadi.2 U quyidagi
sivilizatsiyalarni ko`rsatib o`tadi: slavyan - provaslav; konfusiychilik (xitoy); yapon;
islom; hind; lotin - amerikasi; afrikacha (ehtimol)3. Xantington XXI asrning eng
asosiy konfliktini shunday tasavvur qiladi ―G`arb qolgan dunyoga qarshi‖. Shunday
ekan atlantistlar o`z e‘tiborlarini quyidagilarga qaratishlari lozim: ehtimoli mumkin
bo`lgan qarama - qarshilikka doim tayyor turish; G`arbga qarshi kintinental alyans
tuzilishiga yo`l qo`ymaslik; o`z manfaatlari doirasida tashqi hamkorlikni kuchaytirish
(Birinchi navbatda Lotin Amerikasi davlatlari bilan); lokal xarakterdagi
to`qnashuvlarni sivilizatsiyalararo xarakter olishiga yo`l bermaslik; islom davlatlari
o`rtasidagi turli mazmundagi kelishmovchiliklardan foydalanish; G`arb manfaatlariga
xizmat qiluvchi turli xalqaro institutlarni ko`paytirish va shu kabilar. Neoatlantizm
doktrinasining qisqacha ko`rinishini shunday izohlash mumkin26.
Ma‘lumki, o`tgan asrning ikkinchi yarmidagi asosiy geosiyosiy qarama qarshiligi ―sovuq urush‖da yaqqol namoyon bo`lgan. Bu davrda uning intihosi,
umuman jahon hamjamiyatining kelajagi to`g`risida turli yondashuv va nazariyalar
ilgari surildi. Ba‘zi olimlar yadroviy halokat dunyo taraqqiyotiga yakun yasashini
ta‘kidlagan bo`lsa, boshqalari Sharq va G`arb o`trasidagi ziddiyat oxir - oqibatda
yagona umumsayyoraviy tartibotga bo`ysunishga olib kelishini uqtiradi. Aynan ana
shu yondoshuv mondializm nazariyasining mazmun - mohiyatini ifoda etadi. Ushbu
konsepsiya G`arbning ―sovuq urush‖da erishgan g`alabasidan ancha ilgari paydo
bo`lgan edi. Unga ko`ra, planetar integratsiyaning ro`y berishi muqarrar bo`lib,
davlatlar, xalqlar, millatlar va madaniyatlarning xilma - xilligi bosqichidan yagona
dunyo, ya‘ni ―One World‖ga o`tish amalga oshadi.
Ushbu g`oyaning ildizlarini O`rta asrlarga va uzoq o`tmishga borib taqaladigan
ba‘zi utopik nazariyalarda ko`rish mumkin. Bunday ta‘limotlarga ko`ra, tarixning
muayyan kulminatsion davrida yerdagi barcha xalqlar yagona saltanat ostida
birlashadi va qadimdan davom etib kelgan ziddiyatlar, to`qnashuv hamda
muammolar barham topadi27.
Mondialistik g`oyalar ko`proq betaraf pozitsiyada turgan turli kasbdagi
yevropaliklar, ingliz liberallariga, shuningdek sho`rolarga xos bo`lgan. XIX asr
oxiridan boshlab jahon biznes olamidagi yirik shaxslar tomonidan mondialistik
ruhdagi tashkilotlar tuzilgani ma‘lum. Masalan, ser Sesil Rous tomonidan tuzilgan
―Davra stoli‖ guruhi a‘zolari ―yagona Dunyo hukumatini tuzish va butun dunyoda
to`siqsiz savdo tizimini shakllantirishga hissa qo`shishi‖ shart edi. Ushbu ―davra
stoli‖ doirasida yuritilgan bahs - munozaralarda ko`pincha sotsialistik va liberal kapitalistik g`oyalar qorishib ketar va kommunistlar ushbu tashkilotdagi yirik moliya
kapitali vakillari bilan hamkorlik qilar edi. Ularning barchasini umumsayyoraviy
birlashuv utopik g`oyasi bir - biri bilan bog`lab turgan. Rus olimi A.Duginning
fikricha, Millatlar Ligasi, BMT va YUNESKO kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar ham
ana shunday mondialistik ruhdagi tashkilotlar sirasiga kiradi. XX asr davomida
bunday mondialistik tashkilotlar ortiqcha shov - shuvlardan qochib, yashirin, sirli
tusga ega bo`lib, nomini tez - tez o`zgartirib turgan.
AQSh ning butun G`arb olamida, qolaversa, butun Yer yuzida strategik
jihatdan eng qudratli davlatga aylangani sari u mondializmning asosiy shtabiga
aylandi. Bu ―shtab‖ a‘zolari hokimiyatga muqobil maslahatchilar, tahlilchilar va
strategik tadqiqotlar markazlaridan iborat tizimni shakllantirdi28.
Shunday qilib, mondialistik tashkilotlarning uch asosiy markazi vujudga
kelgan va faoliyat yuritgan bo`lsa-da, ular rasman G`arb jamoatchiligiga uzoq vaqt
ayon bo`lmagan. Rasmiy tashkilot hamda tizimlardan farqli o`laroq, bu guruhlar
rejalashtirish va tadqiqotlar sohasida erkin faoliyat yuritishib, BMT va boshqa
xalqaro tashkilotlar komissiyalari faoliyatini belgilovchi qat‘iy qoidalar va
rasmiyatchilikdan xalos edi.
Amerikalik yirik bankir Morgan asos solgan ―Xalqaro munosabatlar bo`yicha
kengash dastlabki mondialistik tashkilotlardan bo`lgan. Ushbu norasmiy tashkilot
AQShning jahon hamjamiyatiga nistabatan olib boradigan strategiyasini ishlab
chiqish, ―Dunyo hukumatini tashkil etish va sayyorani to`lig`icha yagona qolipga
solishni maqsad qilib faoliyat yuritgan. Bu tashkilot 1921 - yilda ―Butun jahon
tinchligi uchun Karnegi Jamg`armasi‖ning sho`basi sifatida tashkil topgan. Uning
a‘zolari hisoblangan barcha yuqori mansabdagi siyosatchilarni sayyoramizning
kelajagi to`g`risidagi mondialistik qarashlar birlashtirgan.1 1954 - yilda ikkinchi
mondialistik tizim - Bildenberg klubi yoki Bildenberg guruhi tashkil topadi. U
―nafaqat‖ amerikalik tahlilchi, siyosatchi, moliyachi va ziyolilar, balki ularning
yevropalik hamkasblarini ham birlashtiradi29. 1973 - yilda Bildenberg guruhi faollari
tomonidan uchinchi muhim mondialistik tizim ―Trilateral‖ (Trilateral) – ―Uch
tomonlama komissiya‖ tashkil etiladi.
Ushbu tashkilotning AQSH dagi shtab - kvartirasidan tashqari yana ikki
qarorgohi Yevropa va Yaponiyada mavjud bo`lgan. ―Trilateral‖ fundamental
geosiyosiy nuqtai nazardan bozor iqtisodiyoti hamda texnik rivojlanishda yetakchilik
qilayotgan Amerika qit‘asi, Yevropa va Yaponiya nazorat qilayotgan Tinch okeani
hududidan iborat ―uchta eng ulkan hudud‖ni AQSH va atlantizm boshchiligida
birlashtirishni nazarda tutgan edi.
Bildenberg va Trilateral kabi mondialistik guruhlarga ―Cheyz Manxetten
bank‖ning egasi yirik sarmoyador Devid Rokfeller boshchilik qilgan. Bundan
tashqari, barcha mondialistik loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda
atlantizmning doimiy tahlilchilari, geosiyosatchi va strateglari hisoblangan Zbignev
Bjezinskiy, Genri Kissinjer va Jorj Boll kabi mashhur siyosatchilar xizmati beqiyos
bo`lgan.
Barcha mondialistik loyihalarning asosiy yo`nalishi ―demokratik,
―gumanistik, ―progressiv qadriyatlarni keng targ`ib etish va G`arbning strategik
ustuvorligi ostida yagona dunyo tizimiga o`tishni ko`zda tutadi. Ammo,
ta‘kidlanganidek mondializmga qarshi kayfiyatlardan xalos bo`lish maqsadida
siyosatchi, jurnalist, ziyoli, moliyachi hamda tahlilchilardan iborat parallel tuzilmalar
ham tashkil etilgan. Mutaxassislarning fikricha, bunday tuzilmalar ―Yagona Dunyo
hukumati‖ loyihasini keng ommaga e‘lon qilish oldidan o`ziga xos zamin hozirlashi
kerak edi. Chunki bunday olamshumul dasturning kutilmaganda e‘lon qilinishi kuchli
qarshilikni keltirib chiqarishi mumkin edi. Mondialistik tashkilotlar tuzadigan va
amalga oshiradigan dasturlar uslubi bilan jihatidan bir - biridan farqlansada, nazariy
jihatdan bir maqsadga yetaklaydigan vosita bo`lgan30.
Mondializmda konvergensiya nazariyasi muhim o`rin tutadi. O`tgan asrning
70-yillarida Z.Bjezinskiy boshchiligida ―so`l‖ tahlilchilar tomonidan ishlab chiqilgan
ushbu nazariya ―sovuq urush‖ davrida yaqqol namoyon bo`lgan mafkuraviy va
geosiyosiy qarama - qarshilikka yangi madaniy - mafkuraviy tamaddunni vujudga
keltirish orqali barham berish mumkinligini asoslaydi. U sof atlantizm va
kontinentalizm oralig`idagi, aniqroq aytganda, sotsializm va kapitalizmni
uyg`unlashtiradigan tamaddun bo`lishi kerak edi.
Bu nazariya asoschilari marksizmdan xalos bo`lish uchun uning sotsial demokratik yoki revizionistik ruhdagi mo`tadilroq andozasini qabul qilishi
lozimligini ta‘kidlagan. Buning uchun esa ―proletariat diktaturasi‖, ―sinfiy kurash‖,
―ishlab chiqarish kuchlarini natsionalizatsiya qilish‖ va ―xususiy mulkni bekor qilish degan marksistik atamalardan voz kechish zarur edi. Bu o`z navbatida, liberal
G`arbda bozor erkinligini bir oz cheklash, iqtisodiyotga davlat aralashuvini qisman
bo`lsa - da kiritishni taqozo etardi. Madaniy mushtaraklik esa, ma‘rifatparvarlik va
insonparvarlik qadriyatlarida ifodalanishi mumkin. Zero, G`arbdagi demokratik
tuzumlar ham, sho`rolarning ijtimoiy axloq tizimi ham ana shu umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan.
―Konvergensiya nazariyasi‖ asosida paydo bo`lishi mumkin bo`lgan Dunyo
hukumatiga SSSR va AQSH tomonidan sayyoramizni birgalikda boshqarish
imkoniyati berilishi nazarda tutilgan edi. Bu vaziyatda Yer yuzidagi xalqlar
geosiyosiy ziddiyat bosimidan xalos bo`lib, ―sovuq urush‖ tugashi va umumiy
tinchlik davri boshlanishi kerak edi.
E‘tiborli jihati shundaki, mondialistik markazlarning Moskvada ham o`z
vakillari bo`lgan. Jumladan, akademik Gvishiani ―Trilateral‖ning sovetlar davlatidagi sho`basi bo`lgan tizimli tadqiqotlar institutiga rahbarlik qilgan. G`arbdagi va Rossiyadagi ayrim geosiyosatchilar fikricha, sobiq Ittifoq davrida qayta qurish
siyosatini amalga oshirgan Mixail Gorbachev va uning maslahatchilari tayangan
mafkuraviy asos konvergensiya nazariyasi edi31.
Mondializmda eng mashhur tadqiqotlardan biri – bu Djons Xopkins Universiteti
professori Frensis Fukuyamaning ―Tarix intihosi‖ nazariyasidir2. Ko`pchilik olimlar,
davlat arboblari, geosiyosatchi mutaxassislar fikricha, G`arb atlantizmining g`alabasi
va sobiq sho`ro davlatining qulashi mondialistik loyihalarning barham topishi yoxud
mantiqan o`zgarishiga olib kelishi kerak edi. 1990 - yillarning boshida
mondializmning yangi ko`rinishi sifatida F.Fukuyamaning ―Tarix intihosi‖ maqolasi
asosida ishlab chiqilgan doktrina paydo bo`ldi. Jiddiy shov - shuvlarga sabab bo`lgan
ushbu maqolada ilgari surilgan g`oya siyosatchilar va boshqa ko`plab taniqli
mutaxassislar tomonidan neomondializmning g`oyaviy bazasi sifatida talqin qilina
boshlandi.
Yuqorida qayd etilganidek uchinchi yo`nalish Zbignev Bjezinskiy nomi bilan
bog`liq. U yo`nalish ―Yangi tartibdagi amerikacha gegemonlik‖ deb ataladi va
―Buyuk shaxmat doskasi‖ asarida asoslashga harakat qilingan. Bjezinskiy amerikacha gegemonlikni quyidagicha asoslab berishga harakat qiladi: insoniyat tarixida ilk bor bitta davlatning yakka hukmronligi joriy etildi; barcha sohalarda liderlik qilayotgan davlat yevrosiyo davlati hisoblanmaydi; jahonning markaziy nuqtasi bo`lmish Yevrosiyodagi jarayonlar AQSH ta‘sirida amalga oshirilmoqda. Shunday ekan AQSH asta - sekin jahonga hukmronlik qilish, insoniyat oldidagi global vazifalarni hal etishi lozim. AQSH geostrategiyasining bosh maqsadi xalqaro maydonda teng huquqli hamkorni (aniqrog`i raqibni) paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik hisoblanadi.
Yevrosiyo AQSH uchun eng muhim geosiyosiy sovg`adir. Yevrosiyoning o`ziga xos xususiyatlari: Jahondagi eng kuchli iqtisodiy - texnologik markazlarning uchdan ikkitasi aynan shu yerda joylashganligi: G`arbiy Yevropa va Osiyo - Tinch okeani davlatlari; Yevrosiyoda dunyo aholisining 75 foizi yashaydi;
Bir yilda jahonda yaratiladigan YAIM ning 60 foizi shu yerda yaratiladi;
Jahondagi jami tabiiy zahiralarning 80 foizi Yevrosiyoda joylashganligi; Mintaqaviy gegemonlik da‘vo qiluvchi davlatlarning mavjudligi. Ular kelajakda xalqaro gegemonlik darajasiga yetishishi mumkin; Jamiki quruqlikni 3/1 Yevrosiyoga tegishli ekanligi. Umuman olganda bugungi kunda quyidagi AQSH ning buyukligini
ta‘minlashga yaqindan xizmat qiladi: Mamlakatning harbiy qudrati; Asosiy harbiy tuzilmalarda liderlik qilish, uni o`z nazoratida ushlab turishi; Kuchli har tomonlama yuksak iqtisodiyot. YAIM yaratishdagi tanho hukmronlik; Ilm – fan va texnologik, konstruktorlik markazlariga egaligi; Jahon moliyasi ustidan nazorat. 2014 - yilda xalqaro savdolarning, bitimlarning 80 foizi dollarda amalga oshirilgan;
Kuchli mafkuraviy - targ`ibot texnologiyalariga egaligi va ular ustidan nazorat
va sh.k.
Albatta neoatlantistlarning fikrlariga sub‘yektiv xarakter kasb etsada, o`zaga yarasha asoslarga egaligini qayd etib o`tdik. Qolaversa bu ta‘limotlarning asosiy g`oyalari, xulosalari bilan hisoblashmaslik mumkin emas.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin