«Monro doktrina»si. 1823 - yil 2 dekabrda AQSH prezidenti J.Monro
tomonidan ishlab chiqilib, kongressga taqdim etilgan tashqi siyosiy konsepsiyadir.
Mazkur konsepsiya G`arb yarim shari hududlarining «Yevropa kuchlari tomonidan
kelajakda mustamlakaga aylantirilmasligi» lozimligini nazarda tutgan. Shuningdek
bu hudud bilan bog`liq masalalar ilgari surilganda AQSH roziligi bilan amalga
oshirilishi lozim edi. Bir so`z bilan aytganda AQSH G`arbiy yarim sharning
―politsiyasiga aylandi. Doktrina avvaliga o`zida boshqa davlatlar ishlariga aralashmaslik shukuhi borligini namoyon etishga harakat qilgan. Biroq bunday nazariy mulohazalar amaliyotda boshqacha aks eta boshlagan. E‘tibor bersangiz, «Monro doktrina»si XIX asr oxiri va XX asr boshlarida panamerikanizm orqasida Amerika qit‘asining birlashuvi uchun ekspansion xarakterni o`zida aks ettirgan. Aynan ushbu doktrina bayrog`i ostida AQShning Lotin Amerikasi mintaqasi davlatlariga nisbatan harbiy yurishlari shu vaqtga to`g`ri keladi.
«Olni doktrinasi»XIX asr oxiri - XX asr boshlarida G`arb yarim sharidagi
jarayonlarga nisbatan AQSH davlat kotibi R.Olni tomonidan ishlab chiqilgan tashqi
siyosiy dastur. Mazkur doktrina birinchi navbatda Amerika qit‘asidan Yevropa
kuchlarining chiqib ketishini, ularning mintaqa davlatlari siyosiy hayotiga
aralashmasliklarini yoqlaydi. 1895–96 yillar Janubiy Amerikada Venesuela va Buyuk Britaniyaga qaram bo`lgan Gviana o`rtasida chegara masalasida kelishmovchiliklar bo`ladi. AQSH tomoni 1895 - yilning 20 iyulidayoq Buyuk Britaniyaga diplomatik nota yuborib, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa davlatlarining mintaqadan chiqib ketishlarini talab qiladi. O`sha notada har qanday Yevropa davlatlarining Amerika mintaqasiga mansub yerlarda o`z nazoratini o`rnatishi «muqarrar ravishda be‘manilik va tutruqsizlikdir», deb qayd qilinadi. Ana shu g`oyalar A.Mexen qarashlari bilan uzviy bog`liqdir. Uningcha, Amerika uchun «dengizdagi taqdir» o`yini ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda Amerika mintaqadagi integratsion jarayonlarni o`z izmiga (strategik) mos tarzda amalga oshirishi va undan keyin jahonga «hokimlik qilish» uchun ikkinchi bosqichga ko`tarilmog`i lozim. Garchi A.Mexen yashagan davrda AQSH jahonda yetakchi siyosiy kuch markazlaridan va «dengizdagi sivilizatsion imkoniyat»ga ega davlatlar qatoriga kirmasada, admiral kelajakda aynan AQSH yetakchi dengiz kuch markazlaridan biriga aylanib, dunyo taqdiriga albatta ta‘sir o`tkazadi, degan xulosaga keladi. «Alalxusus, - deydi admiral 1897 - yilda nashr qilingan «Dengiz qudratida Amerika manfaatlari» (The Interest of America in Sea Power) asarida, - Amerika jahonda yetakchi kuch markazi bo`lishi uchun quyidagi amallarni bajarishi zarur, ya‘ni ingliz dengiz kuch markazi bilan muntazzam hamkorlik; nemislarning dengizdagi harakatlariga to`sqinlik ko`rsatish; Yaponiyaning Tinch okeanidagi bosqinchilik siyosatini xushyorlik bilan kuzatish va unga qarshi harakatlarni boshlash; Osiyo xalqlariga qarshi kurashda yevropaliklar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish»11.
AQSH ning kelajagini jahonning yirik davlatlari bilan jamiyat hayotining turli sohalari – iqtisodiy, siyosiy, harbiy, mafkuraviy sohalarda faol munosabatlar olib borishida tasavvur qiladi. Mexen ― Anakonda tamoyilini planetar darajaga olib chiqadi. ―Anakonda‖ tamoyili amerika generali Mak-Klellan tomonidan 1981 - 1865 yillarda fuqarolar urushi davrida qo`llanilgan edi. Unga asosan raqib turgan hudud ham quruqlikdan, ham dengizdan o`rab olinishi, hamda iqtisodiy richaglar vositasida raqib xoldan toydirilishi lozim edi12.
Yevrosiyo kuch markazlariga (Rossiya, Xitoy, Germaniya) qarshi kurashish uchun u «anakonda» prinsipini keng miqyosda ularga qarshi tadbiq etish kerak deydi.
Amaliyotda bu prinsip Ijahon urushida Antanta davlatlari ko`magida Yevrosiyoning harbiy qirg`oqbo`ylaridan boshlangan bo`lsa, II - jahon urushida bu harakat Markaziy Yevropa tomon suqilib kirdi. Ilgari surilgan konsepsiyaning amaliy ko`lami «sovuq urush» mobaynida AQSH va SSSR qarama - qarshiligi orqasida o`zining muayyan yuqori bosqichiga ko`tarildi. AQSH bu davrda Yevrosiyoning nafaqat g`arbiy - janubiy tomonidan, balki sharqiy qirg`oq bo`yi hududlaridan o`zining «ittifoqdosh»larini topishga ulgurdi.
1949 - yilda NATO ning tuzilishi va boshqa harbiy - iqtisodiy bloklar –
ACEAN, ANZUS, CENTO singari tashkilotlarining tuzilishi va ular faoliyatida
AQShning yetakchilik qilishi A.Mexen fikrlarining to`g`ridan - to`g`ri amaliy isbotini
topganligini ko`rsatdi. Voqealar rivojining «atlantizm» nazariyasi1 bilan bog`lanishi
A.Mexenni zamonaviy «atlantizm» oqimining «nazariy otasi» degan fikrni o`rtaga
tashlashga imkon beradi13. A.Mexen geosiyosiy qarashlariga bugungi sharoitdan kelib chiqib yondashsak, albatta u ahamiyatini ham amaliyotda, ham nazariyada yo`qotmagan. A.Mexenning barcha asarlari umumiy jihatdan bir mavzuga - «dengiz kuch markazlari» muammosini tadqiq etishga qaratilgan. Mexen konsepsiyasi geosiyosatda birinchi bo`lib fanning nazariy - uslubiy jihatlarini amaliyot bilan bog`lagan holda ma‘lum bir tartibotga keltirishga zamin yaratdi.
Xelford Makkinder (1861 -1947) ingliz geografi, geosiyosatchisi, Maxfiy kengash a‘zosi, geosiyosiy bilimlar rivojida muhim ahamiyat kasb etgan nazariyalar asoschisi. Oksford universitetida ta‘lim olgan. 1887 yilda mazkur universitetda o`qituvchilik faoliyatini boshlagan. Olim 1899 yil Oksford geografiya maktabiga asos solgan. 1903- yildan 1908 - yilgacha London iqtisodiyot maktabida direktorlik qilgan.
1910 - 1922 yillar Shotlandiya parlamenti a‘zosi bo`lib,
konservatorlar manfaatini himoya qilgan. 1919 - 1920 yillar Rossiyaning Janubida
britan komissarligi vazifasini ham bajargan. 1922 - 1947 yillar esa Buyuk Britaniya
imperiyasi davlat tuzilmalarida bir qancha komitetlarni boshqargan3.
Geosiyosiy bilimlar rivojida muhim ahamiyat kasb etgan qator ilmiy
atamalarning kirib kelishi bevosita uning nomi bilan bog`liq: Hearland – ―Xartlend‖
Pivot Area – asosiy o`lka Outer Crescent – tashqi yarim oy davlatlari Midland Ocean Area – ichki okean zonasi14. Makinder yashab ijod qilgan davrda Buyuk Britaniya tarixi bilan bog`liq qator tarixiy davrlarning guvohi bo`ldi. Unda Napoleon III boshqarayotgan qudratli Ikkinchi imperiyaning halokati, Bismarkning qator yorqin g`alabalari (Sedan jangi) chuqur taassurot qoldirdi. Makinder davrida Buyuk Britaniya imperiyasi o`z qudratining cho`qqisiga erishdi. Go`yoki Rim salatanati misoli uning hududlari Kanadadan Hindgacha cho`zilar edi. Versal tinchlik shartnomasidan keyin xalqaro maydonda AQSH ning kuchayishi, SSSR, fashistlar Germaniyasining kuchayishi bois Buyuk Britaniya o`z mavqeini boy berdi. Ilgarigi buyuklikdan faqatgina shirin xotira qoldi. X.Makkinder «Tarixning geografik o`zagi» (1904) asarida A.Mexenning dengiz kommunikatsiyasining ahamiyati borasidagi qarashlarini yanada g`oyaviy jihatdan to`ldirdi. Uningcha, tarixning har bir davri «dengiz» va «quruqlik»ni qo`lga kiritgan xalqlar o`rtasidagi doimiy konfliktdan iborat. Konfliktlarning o`chog`i jahon tarixiy voqealarining markazi bo`lgan Yevrosiyodir.
Xalqlarning tarixida, ularning iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyotida
geografik makon, joylashgan o`rin muhim ahamiyat kasb etadi. X.Makkinder
dunyoning butun geosiyosiy tarixini uchta asosiy davrga ajratgan:
1. Kolumbgacha bo`lgan davr.Yirik davlatlar shakllangandan to XV asr
o`rtalarigacha bo`lgan davr. Bu davrda Jahon oroli chegara hududlarida istiqomat
qiluvchi xalqlar markaziy hududlarda yashovchi xalqlarning doimo bosib olishlari
tahdidi ostida yashaganlar. Masalan, rimliklar. Ular uchun tahdid manbasi hamisha
nemislar, xunlar, alanlar, parfiyaliklar va boshqalar bo`lib kelishgan.
2. Kolumb davri.XV asr oxiridan XX asr boshigacha bo`lgan davr. Bu davrda «ichki yarim oy»ga mansub davlatlar (qirg`oqbo`yi hududlari) hech qanday
to`siqlarga uchramasdan Yer sharining boshqa hududlaridagi davlatlarni o`zlariga
qaram qilishga urinishgan. Mustamlakachilik siyosatlari orqasida metropoliya va
koloniyalar shakllangan.