Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə19/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

3. Kolumbdan keyingi davr. Bu davrda bosib olinmagan yoki egallanmagan
hududlar qolmagan. Mavjud sivilizatsiyalar turmush tarzi takomillashib borishi va
ular o`rtasida to`qnashuvlar. Ya‘ni to`qnashuvlar asosida yer munosabatlari, undan
foydalanish va shu kabilar muhim vosita hisoblanadi. Uning nazarida, Yevrosiyoning qirg`oq bo`yidagi xalqlar hayoti XIX asr oxirlariga kelib susayadi. Xalqlar hayotidagi susayish o`rnini esa mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlar turmush tarzining yuksalganligi bilan izohlaydi.
X.Makkinder I - jahon urushidan keyin 1919 - yil e‘lon qilgan «Demokratik
ideallar va reallik» asarida geosiyosiy qarashlarini yanada takomillashtiradi. Ikkinchi
esseda Yevropa, Osiyo va Afrika mintaqalarini «jahon oroli», Yevrosiyoning XVI
asrdan beri yevropaliklar nazoratida bo`lgan qirg`oqbo`yi hududlariga nisbatan
«jahon orolining burunlari» degan geografik atamalarni qo`llagan. Shu bilan
birgalikda Yevrosiyoning «markazi» atamasi o`rniga u «Heartland»-»Asosiy o`lka»
tushunchasini ilgari surgan15.
Shu o`rinda aytish joizki, «Heartland» nazariyasi 1904 - yil X.Makkinder
tomonidan «Tarixning geografik o`zagi»« asarida ishlab chiqilgan. Biroq olim bu
asarida «xartlend» atamasini qo`llamagan. «Xartlend» atamasi 1915 - yil ingliz
geografi J.Feygriv tomonidan ilmiy doiraga kiritilgan. X.Makkinder asarlarini
o`rganish asnosida D.Feygrivda aynan shunday g`oya tug`ilgan.
«Asosiy o`lka» geografik jihatdan juda katta kenglik bo`lib, Shimoliy Muz
okeanidan to Osiyoga yo`nalgan hududlarni, Germaniya va butun G`arbiy va
Shimoliy Yevropadan sharqqa Tinch okeanigacha bo`lgan makonni qamrab oladi.
Bundan tashqari, olim yana bir yangi yondashuv - Adriatikadan (Venetsiyadan
sharqda) to Shimoliy dengiz (sharqiy Niderlandiya)ga vertikal chizma tortib
Yevropani ikkiga - Xartlend va Kauslend (qirg`oq bo`yi yerlari)ga bo`ladi. Sharqiy
Yevropa esa bu ikki kenglik o`rtasida nobarqaror hudud sifatida namoyon bo`ladi.1
X.Makkinder shular asosida Sharqiy Yevropaning jahon siyosatini nazorat
qilish uchun kurashlardagi o`rniga e‘tibor berib quyidagi asosiy xulosaga keladi,
ya‘ni: «Kim Sharqiy Yevropani nazorat qilsa, butun «Heartland»ga hokimlik qiladi.
Agar kim «Heartland»ni boshqarsa, butun Jahon oroliga hokimlik qiladi. Bundan
kelib chiqadiki, kim jahon orolini boshqarsa, butun dunyoga hokimlik qiladi»
X.Makkinder ilgari surgan g`oya shundan iborat ediki, vaqti kelib jahon
siyosati va tarixida Yevrosiyoning ichki kengliklari asosiy o`rinni egallaydi hamda
dunyoga hokimlik qilishga da‘vogar davlat albatta o`sha kengliklarni ham o`z izmiga
olishi lozim. Shundagina uning strategik maqsadlari amaliyotda vojib bo`ladi.
X.Makkinder uchun «Heartland» - bu Rossiya va Germaniya, ularning
ashaddiy dushmani esa Buyuk BritaniY. E.A.Pozdnyakov ta‘kidlaganidek,
konsepsiya «Heartlend»da kuchlarning birlashishiga imkon bermasdan, kuchsiziga
yordam berish hisobiga uni kuchliga ro`baro` qilishni yoqlaydi.3 Shunday ekan, ingliz
professorining fikricha, dunyo hamisha ikki tomonga yo`naltirilgan yoki o`sha
tomonlarni ma‘qullovchi qutblarga bo`lingan. Jahonda an‘anaviy qonuniyatga
tayanib asosiy kuch markazlari o`zgarib turishi mumkin, ammo jahon davlatchiligi
amaliyotida konflikt va konfrantatsiyalar doimiy bo`lib qolaveradi.
X.Makkinder ilgari surgan g`oyalar o`tgan yuz yil maboynida vaziyatdan
kelib chiqib, ba‘zi bir davlatlar tashqi siyosatining olib borilishida ma‘lum darajada
qo`l kelgan bo`lsa, ba‘zilar tomonidan faqat nazariy fikrlar sifatida qaraldi.
Shunday qilib Makinder o`z asarlaridagi tadqiqotlar natijasida quyidagi
konseptual g`oyalarni ilgari suradi:
1. Geografik omillar bevosita tarixiy jarayonlarning rivojiga, yo`nalishiga o`z
ta‘siri doimo o`tkazib boradi;
2. Har bir davlatning zaif yoki kuchli bo`lishi u joylashgan geografik makonning xususiyatlaridan kelib chiqadi;
3. Texnik progress davlatning geografik joylashviga o`z ta‘sirini o`tkazib uning qudratiga ijobiy yoki salbiy ta‘sir etishi mumkin;
4. Yevrosiyo – global siyosiy jarayonlar markizidir.
Dunyoning geosiyosiy xaritasi Makinder fikricha uchta asosiy qismlardan
iborat bo`ladi: Pivot Area – asosiy o`lka. Kaspiy va Orol dengizi havzalaridan Shimoliy muz okeani qirg`oqlarigacha bo`lgan hududlar; Outer Crescent – tashqi yarim oy davlatlari. Unga AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya hududlari kiradi;
Inner Crescent – ichki yarim oy. U o`z ichiga Xitoy, Janubiy - sharqiy Osiyo
va Hindistonni oladi1. Oradan qancha vaqt o`tmasin Makinderning o`ziga xos ta‘limoti o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Uning qarashlari qator geosiyosatchilarni, amaliyotchilarning diqqat markazida bo`lib kelmoqda16.
K.Xausxofer (1869 - 1946) Myunxenda, bavariyalik konservativ aristokrat oilasida tug`ilgan. Uning otasi Myunxen Texnika universiteti professori edi. K.Xausxofer yoshligidan professional harbiy bo`lishni orzusi qilgan. 1895-
1897 - yillar Bavariya harbiy akademiyasida tahsil oladi. 1899 - yil esa to`liq harbiy
sohaga o`tadi. K.Xausxofer nemis armiyasida ofitser bo`lib 20 yildan ko`proq xizmat
qilgan. Ofitserlikning barcha darajalarida faoliyat ko`rsatdi. K.Xausxoferning geograf
va geosiyosatchi bo`lib tanilishi uning German elchixonasining Janubiy - Sharqiy
Osiyo davlatlaridagi diplomatik faoliyati va Yaponiyadagi attashesi (1908 - 1910)
bo`lib ishlagan davrlarga to`g`ri keladi. Bu yerda yapon aristokratiyasi vakillari,
jumladan imperatorning oilasi bilan yaqindan tanishadi. Yapon harbiy qudratini,
uning kelajagini tasavvur qila bildi. 1911 - yil u betobligi tufayli Germaniyaga
qaytishga majbur bo`ladi va Myunxen universitetida ilmiy ishlar bilan shug`illana
boshlaydi. 1913- yil o`zining birinchi kitobi «Buyuk Yaponiya»ni yozadi. Mazkur
kitob tadqiqotchining Yaponiya taassurotlariga bag`ishlangan va muallif
Yaponiyaning geosiyosiy imkoniyatlariga ham keng to`xtalgan. Ushbu asarida o`z
geosiyosiy konsepsiyasini ilgari suradi: anglosakson ambitsiyasiga qarshi Germaniya,
Rossiya, Yaponiya harbiy ittifoqini tuzish.
K.Xausxofer fikrlarining haqiqatliligini isbotlash uchun amerikaliklarning
«anglosakson siyosati yo`q bo`lishi mumkin, qachonki nemislar ruslar va yaponlar
bilan birlashsa» qabilida aytgan so`zlarini bayon etsada, nemis elitasi bunday
fikrlarga e‘tibor ham bermagan. To`g`ri o`z vaqtida bu masalaga Bismark alohida
e‘tibor qaratgan. Uning Uchlar Ittifoqiga Rossiyani kiritishga urinishi qator sabablar
bois amalga oshmagan. Shunday bo`lsada, u o`zining maqola va asarlarida Yevrosiyo
xalqlari nafasini rostlab olishi mumkin, agarki uning ikki mustahkam xalqlari nemislar va ruslar o`rtasidagi aloqalar konflikt tusini olmasa va bunga chetdan
boshqa kuchlar zamin hozirlamasa bas - deya Germaniyani xalqaro siyosatda
hamkorlarni Sharqdan topishga chaqirgan. Shu bois nemis olimi ilgari surgan
konsepsiya geosiyosat nazariyasida ba‘zan «Sharqqa yuzlanish» - «Ostorientierung»
deb ham ataladi. Faqat fashistlar ―Sharqqa yuzlanish‖ ga boshqacha tus berishdi.
K.Xausxofer nemis xalqi va ular madaniyatining tarixiy ildizlarini Osiyoga Yevrosiyoga bog`laydi va nemis madaniyatini butun Yevrosiyo madaniyatining
g`arbona ko`rinishi sifatida talqin etadi. Shuning uchun bo`lsa kerak, inglizlar IIjahon urishi davomida nemislarni «xunlar» deb ham atashgan. Bunday nomlanish
xausxoferchi geosiyosat maktabi vakillari uchun juda ma‘qul kelgan17.
«Ostorientierung» konsepsiyasi Germaniyadan sharqda istiqomat qilayotgan
xalqlarni bosib olishga qaratilmagan. Balki keng geografik makonda ikki kuch – Germaniya va Rossiya yetakchiligida boshqa xalqlarga ham sivilizatsion munosabatda bo`lishini nazarda tutgan - «Yangi Yevrosiyo tartiboti»dan bahs etgan. K.Xausxofer nazarida «Yangi Yevrosiyo tartiboti» amaliyotda o`z aksini topsa, hech qanday «dengiz kuchlari» tahdidiga o`rin qolmas edi18.
Afsuski, nemis geosiyosatchisi ilgari surgan nazariy g`oyalar amaliyotda,
aksincha, antiyevrosiyo ko`rinishida namoyon bo`ldi. Chunki nemis hukmron elitasi
o`zini «quruqlikka oid» deb emas, balki avvalo «dengizlar hokimi» sifatida, keyin
«quruqlik hokimi» va nihoyat kelajakda jahon «hokimi» bo`lishini muqarrar deb bildi.
Biroq 1939-1945 yillardagi harbiy - siyosiy jarayonlar ular tuzgan rejalarning xom xayolligini ko`rsatdi.
Xausxofer maktabi vakillari an‘anaviychilikda ulardan oldin geosiyosatshunoslar tomonidan o`rtaga tashlangan Lebensraum - hayotiy borliq tushunchasini yoqlashgan. Ya‘ni ular davlatning rivojlanishi uning naqadar hayotiy kengliklarga egaligiga ham bog`liqligini aytib, kuchli davlatchilikning ilk nishonasi iqtisodiy avtarkiyani (avtoritarizm) barpo etish va iqtisodiy jihatdan qo`shnilariga mute bo`lmaslik, deydi. Ko`rinib turibdiki, «tarixning asosiy o`zagi» - dengiz va quruqlik xalqlari o`rtasidagi konfliktlarning muqarrarligi borasida K.Xausxofer qarashlari X.Makkinder fikrlari bilan uyg`unlashgan.
Nemis olimi natsizm g`oyalari ustuvor bo`lgan jamiyatda yashasada,
millatning geosiyosiy «tanlanishi» uning ma‘lum bir irqqa mansubligiga emas, balki
millatning qanday hayotiy borliqda joylashganligi bilan bog`lik ekanligini aytgan.
Lekin uning «qulay hayotiy borliqda yashayotgan millatning tabiiy ravishda o`zining
oliy darajadagi xislatlarini namoyon qilish uchun kurashishi kerak»ligi borasida
aytgan fikrlari munozaralidir.
Birinchi jahon urushi davrida general unvonida qator qo`mondonlik
lavozimlarida bo`ldi. Rudolf Gess (keyinchalik fashistlar rahbarlaridan biri) uning
adyutanti edi. Keyinchalik Gess orqali Ribbentrop, Gibbels, Gimler bilan bog`lanib
turgan. Mag`lubiyatdan keyin harbiy sohani butunlay tark etishga qaror qiladi. Versal
shartnomasi bandlari nafaqat Germaniya uchun shaxsan o`zi uchun ham haqoratli deb
biladi, va o`z faoliyati nemis davlatchiligi manfaatlarini himoya qilishga oid
tadqiqotlarni boshlab yuboradi. Germaniyani qayta tiklash uchun Xausxofer fikricha
aholi ko`chada geosiyosiy fikrlashni, uning daholari esa geosiyosiy faoliyat yuritishni
bilishlari lozim.
Geosiyosat siyosiy faoliyatdagi eng yaqin va ishonchli yordamchidir. U
yagona sterjnga ega emas, uning o`rganilmaganYU ochilmagan qirralari, uslublari
nihoyatda ko`pdir. U o`zida siyosiy faoliyat va geografik makon munosabatlarini
ifoda etadi. Bir so`z bilan aytganda geosiyosat davlatning geografik aqlidir2. 1928 -
yilda geosiyosatning ilmiy dasturi shakllantirishshga harakat qiladi. ―Geosiyosat
elementlari‖ to`plamida o`zining quyidagi qator xulosalarini ilgari suradi:
1. Geosiyosat siyosiy hodisalarni geografik makonga bog`liqligini aks ettiruvchi ta‘limot.
2. Geosiyosat siyosiy makondagi organizmlarni, ularning tarkibini tahlil etishda fundamental geografiyaga, ayniqsa siyosiy geografiyaga tayanib ish yuritadi.
3. Siyosiy jarayonlarning borishi, erishiladigan natijalarni qator geografik omillar belgilab beradi. Albatta ularni inobatga olmaslik mumkin emas.
4. Geosiyosat davlatning geografik vijdoni bo`lib qolishi lozim.
Umuman olganda, agar XX asr 20 - 30 yillarida myunxenlik geosiyosatchilar
maktabi jahonda yetakchi o`rinlarda turgan bo`lishiga qaramasdan, keyingi yillarda
yuqoridagi panideen singari g`oyalardan so`ng K.Xausxofer va uning o`quvchilari
o`rtasida ham fikriy bo`linishlar yuzaga kelgan. Shunga qaramasdan geosiyosiy
maktablar ichida Myunxen maktabi alohida o`ringa ega.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin