Birinchi geosiyosiy davr. Rim imperiyasining ikkiga bo`linishi. Milodiy 395
yilda Rim imperatori Feodosiy vafoti oldidan imperiyani ikki o`g`liga bo`lib beradi:
G`arbiy Rim imperiyasi va Sharqiy Rim imperiyasi. G`arbiy Rimga x‘os xususiyatlar:
qulchilik, qoloqlik, past turmush tarzi, xristianlikning katolik mazhabi va shu kabilar.
Sharqiy Rim imperiyasiga xos xususiyatlar: ozod dehqonlar, ishlab chiqaruvchilar,
ilm - fan rivoji, savdo - sotiq, pravaslav mazhabi va shu kabilar. Lekin bu davrni
G`arblik geosiyosatchilar alohida geosiyosiy davr sifatida e‘tirof etishmaydi.
Ikkinchi geosiyosiy davr. Tordesilyas geosiyosiy davri. 1494 yilda Tordesilyas shartnomasiga asosan ikkita yirik mustamlakachi davlat Ispaniya va Portugaliya jahonni o`z ta‘sir doiralarida bo`lib olishadi.
Uchinchi geosiyosiy davr. Vestfaliya geosiyosiy davri. 1618 - 1648 yillarda
bo`lib o`tgan O`ttiz yillik urushga Vestfaliya tinchlik shartnomasi yakun yasadi.
Buning natijasida Yevropada markazlashgan milliy davlatlar vujudga keldi. Sanoat,
savdo - sotiq yuksala boshladi.
To`rinchi geosiyosiy davr. Vena geosiyosiy davri. Yevropa davlatlari Napoleon zulmidan ozod etilgach Vena kongressi (1814) bo`lib o`tadi. Yevropaning siyosiy xaritasi qayta tuziladi. Buyuk Britaniya o`z qudratini dengizda, Rossiya esa
materikda yanada mustahkamlab oladi.
Beshinchi geosiyosiy davr. Versal tinchlik shartnomasi. Bu shartnoma Birinchi jahon urushiga yakun yasadi. 27 davlatning delegatsiyasi unda ishtirok etadi. Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH o`z mavqelarini yanada mustahkamlab olishdi. Rossiya, Germaniya, Italiya o`z mavqelarini ancha boy berishdi.
Oltinchi geosiyosiy davr. Yalta geosiyosiy davri. Ikkinchi jahon urushiga
yakun yasaldi. Jahon ikkita yirik davlat SSSR va AQSH ta‘sir doiralari misolida
bo`lib olindi. Bipolyar tizim davri boshlandi. NATO va unga qarshi turuvchi VSHT
vujudga keldi.
Yettinchi geosiyosiy davr. Belovej shartnomasi. Ikki qutbli dunyoga chek
qo`yildi. G`arb va Sharq o`rtasidagi keskin qarama - qarshilik o`z yakuniga yetdi.
Lekin xalqaro maydondagi qarama - qarshiliklar yangicha ko`rinishlarda davom etdi.
Ma‘lumki, ulkan geografik makondagi aholi uyushmalari, ular tuzgan
davlatlar, tanlagan makonlari asosan qulay iqlim, unumdor yer, suv manbalari bilan
belgilangan edi. Tashqi savdoning kuchayishi, dengiz kashfiyotlari, sanoatning
yuksalib borishi, transport – kommunikativ harakatlarning kuchayishi vaziyatni
o`zgartirib yubordi. Yangi davrda kontinental, orol yoki qirg`oq bo`yi davlatlari,
ularning joylashishi, hududi, qirg`oqbo`yi chegaralarining uzunligi, davlatda
kommunikatsiya imkoniyatlari, landshaft, iqlimi va qator demografik omillarning
xalqlar ijtimoiy - siyosiy hayotiga nechog`li ta‘sir ko`rsatishining daliliy misollarini
ko`rsatdi.
Shunday tadqiqotlar samarasi o`laroq, XIX asr oxiri – XX asr boshlariga
kelib keng qamrovli ijtimoiy - siyosiy fanlar qa‘ridan geosiyosat alohida fan sifatida
ajralib chiqdi. Aytish joizki, klassik geosiyosat deganimizda ana shu davrdan
boshlab ijod qilgan va geosiyosatning tadrijiy rivojiga u yoki bu darajada ta‘sir etgan
tadqiqotchilar qarashlari nazarda tutiladi. Jumladan, nemis olimi F.Ratsel(1844 -
1904), shved davlatshunosi R.Chellen (1864-1922), amerikalik admiral A.Mexen (1840-1914), ingliz geograf nazariyotchisi X.Makkinder (1861 -1947), nemis olimi