Andijon davlat pedagogika instituti


Faoliyatli (harakatiy) uslub



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə13/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Faoliyatli (harakatiy) uslub. Mazkur uslubdan foydalanish geosiyosat ob‘yekt
va predmetida turgan muammoli vaziyatning umumiy tavsifi hamda uning
harakatlanishi bilan bog`liq tomonlarni o`rganishda qo`l keladi. Geosiyosiy jihatdan u
kechayotgan jarayonlarni harakatdagi kuch sifatida biladi. Shuning uchun ham
muammo dinamikasini bosqichlarga bo`lib o`rganishni afzal ko`radi. Jumladan,
muammolar dinamikasini tahlil etishda harakatdagi kuchlarning maqsadlarini
aniqlash va qarorlar qabul qilishga; qabul qilingan rejalarni amaliyotga tadbiq
etishga; faoliyatni boshqarib turishga; amaliyotda qo`yilgan maqsadlarni doimo
hisobga olib turishga; olingan natijalarni tahlil qilishga va o`z navbatida yangi
maqsad va vazifalarni ishlab chiqishga katta e‘tibor beradi.
Geosiyosatda harakatiy uslub siyosiy qarorlar qabul qilishning muhim uslubigina
emas, balki nazariy asosi bo`lib ham xizmat qiladi. Bundan tashqari, geosiyosiy kuchlarning meyoriy faoliyati ularning qanchalik o`z harakatlarini real voqelik bilan uyg`unlashtira olganliklari bilan bog`liq.
Funksional uslub. Ijtimoiy - siyosiy fanlarda funksional uslub jamiyat barcha
doiralarining o`zaro aloqadorligini tadqiq etadi. Geosiyosatda esa ko`proq davlatlarning iqtisodiy - siyosiy, harbiy, madaniy munosabatlarini, urbanizatsiya darajasi va aholining zichligini, ijtimoiy guruhlar va institutlarning siyosiy faolligi va boshqa shu kabi masalalarni nazarda tutadi. Funksional uslub siyosiy hodisalar yoki geosiyosiy jarayonlarni o`rganishda diniy dogmatik yoki axloqiy qadriyatlarga asoslanib qolishni yoqlamaydi. Balki muammolarda ularning tashqi muhit bilan bog`lanishi, izchilligi va nechog`li real hayot bilan uyg`unlashganligini tahlil etishning zarurligiga katta e‘tibor beradi. Funksional uslub jamiyat, davlat, davlatlar ittifoqlariga murakkab tuzilmalar sifatida qaraydi va ularning har biri mavjud tuzumda o`ziga xos funksiyalarni bajaradi. Shuningdek, funksional uslub jamiyat va davlatdagi siyosiy institutlar – xalqaro tashkilotlar, davlatlar uyushmasi, davlatlar, partiyalar, siyosiy harakatlar va boshqa ijtimoiy guruhlarning faoliyatini ham o`rganadi.
Ijtimoiy - siyosiy fanlarga funksional uslubni italyan mutafakkiri, tarixchi va
davlat arbobi Nikollo Makiavelli (1469 - 1527) olib kirgan va u o`z asarlarida mazkur
uslubni keng qo`llagan. Ba‘zi tadqiqotchilar geosiyosat fanining uslublari qatoriga institutsional, antropologik, mantiqiy va empirik uslublarini ham qo`shishadi. Bizningcha, geosiyosatda mazkur uslublar tuzilishi va muammolarni tadqiq etish ko`lami jihatidan funksional uslub doirasiga kiradi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin