geosiyosat - «davlatni kuch va borliqdagi geografik organizm sifatida
o`rganish»;
ekosiyosat -«davlatlarni iqtisodiy kuch markazi sifatida o`rganish»;
demosiyosat - «davlatlarda istiqomat qiluvchi xalqlarni, ularning turmush
tarzini tadqiq qilish;
sotsiosiyosat - «davlatning ijtimoiy jihatlarini o`rganish»;
kratosiyosat - «davlatlarning hokimiyat va boshqaruv shakllarini va ularning
davlatdagi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan munosabati muammolarini
o`rganish»5.
Davlat xo`jaligi deganda R.Chellen davlatning ichki imkoniyatlaridan kelib
chiqib o`zini istalgan sharoitda zaruriy mahsulotlar bilan ta‘minlashga asos
bo`ladigan omillar – tabiiy resurslarga, bozor tuzilmalariga va shu kabi boshqa
omillarga egaligini, ularning dunyo xo`jalik tarmoqlari bilan qanday darajada
bog`langanligini nazarda tutadi. Iqtisodiy munosabatlarda R.Chellen avtarkiyani –
davlatning zarur narsalarni chetdan olmasdan mamlakat aholisiga o`zi yetkazib
berishga asoslangan milliy xo`jalik tizimiga erishishni yoqlaydi.
Tabiiy - geografik xususiyatlar - davlatning qanday geografik makonda
joylashganligi, xalqaro savdo tarmoqlariga chiqish imkoniyatlari, havfizlik jihatdan
qulayligi, iqlimi va b.
Xalq - bu mamlakatda istiqomat qiluvchi milliy - etnik guruhlar. Biroq R.Chellen davlatda yashayotgan xalqni madaniy, etnik va demografik munosabatlardan kelib baholaydi.
Davlat boshqaruv shaklini davlatning konstitusion va ma‘muriy tuzilishidan
kelib chiqib baholaydi. U bir tomondan, davlatdagi vijdon erkinligi, hurfikrlilik,
yig`ilishlar o`tkazish erkinligi va shu kabilarni, ikkinchi tomondan, davlatga soliq
to`lashning majburiyligi, harbiy xizmat majburiyatlari, maktabda o`qish va boshqa
shu kabi masalalarni nazarda tutadi. Chunki ushbu omillarning amaliyotda o`z aksini
topishi o`sha davlat boshqaruv shaklining nechog`li kuch - qudratga egaligini namoyon etadi. Shuningdek, R.Chellen geosiyosat fanining quyidagi bo`limlardan
iboratligini aytadi:
toposiyosat - davlatning siyosiy jihatdan qanday muhit bilan
qurshalganligini o`rganadi. Topopolitikada davlat uchun tashqi dunyodan bo`ladigan
kuchlarning ta‘sir etish yoki etmaslik masalasi muhimdir. Bunday omillar davlatga
atrofdan ittifoqdoshlar qidirish va davlatlararo kelishuvlarning boshqa variantlarini
yuzaga keltirish uchun muqobil siyosatlarni ishlab chiqish masalasini yuzaga
chiqaradi. Bu jihatdan R.Chellen davlatning geografik joylashuvini «davlat
siyosatining kalitidir», - deydi.
morfosiyosat - davlatning hududiy shakllarini o`rganuvchi bilimlar
majmuasi. Morfopolitika uchun davlat hududlari qanday boyliklarga egaligi muhim
emas. Bunda davlat hududan qanday ko`rinishga ega, yoysimon, dumaloq yoki
uzunchoq holatda joylashganligi, davlatda markaz bilan joylar o`rtasidagi
aloqalarning geografik tizimi va davlatning tashqi dunyoga geografik jihatdan chiqish
imkoniyatlari masalasiga e‘tibor beriladi. Masalan, Norvegiya, Italiya davlatlarining
geografik joylashuvi. R.Chellen fikricha, davlatning katta - kichikligi uning
qudratiga poydevor bo`lishi mumkin.
fiziosiyosat – davlat hududlarining markazga qanday pozitsiyada ekanligini,
ular munosabatlari ko`lamini tadqiq etuvchi bilimlar. R.Chellen fiziopolitikani davlatning, davlatga qarashli boshqa hududlarning qay darajada jismoniy kuchga egaligi yoki ega emasligi bilan bog`laydi. Joylarning (davlat hududlarining) davlat siyosatiga ta‘sir etuvchi jismoniy - geografik xususiyatlarini o`rganish va tahlil etish fiziopolitikaning tarkibiy qismini tashkil etadi. Birinchi jahon urushi yakunlangach Versal tinchlik shartnomasi imzolanadi. Albatta Germaniya foydasiga emas. Azaliy raqib Buyuk Britaniya yanada keng imkoniyatlarga ega bo`ladi. Aynan shu davrda Chillen tomonidan global siyosatdagi uchta muhim omil haqida tezisini bayon etadi: hududni kengaytirib borish; hududning monolitligi; erkin harakat.
G`arbdagi ijtimoiy - siyosiy, geosiyosiy jarayonlarning rivoji xususida gap ketganida bu jarayonlarning amal qilish davri, xususiyatlari, maydoni, ta‘sir qilish mexanizmlari, chegaralari nuqtai nazaridan kelib chiqib bu jarayonlarni davrlashtirishga keng e‘tibor berilgan. Geosiyosatchilar geosiyosiy jarayonlarni tahlil ostiga olishganida har bir davrdagi geosiyosiy kuchlarni makonda va zamonda o`rin almashishlariga, ularning qayd etib o`tilgan xususiyatlariga qarab geosiyosiy davrlarni klassfikatsiyalashgan. Tahlillar shuni ko`rsatadiki geosiyosiy davrlarni quyidagicha davrlashtirish mumkin: