Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə12/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Tizimli yondashuv uslubi. Tizimli yondashuv uslubi geosiyosiy muammolarni
tahlil etishda ularga yaxlit holatda qaraydi. Shu bilan birgalikda muammolarga ta‘sir
etgan, etayotgan va ta‘sir etish ehtimoli bilan bog`liq bo`lgan ichki va tashqi
omillarni atroflicha o`rganadi. Muammoning boshlanish holati va yakunini
ko`rsatuvchi holatlarni taqqoslaydi. Va nihoyat muammolarni bartaraf etish uchun
tegishli siyosiy qarorlarni qabul qiladi. Tizimli yondashuv uslubi ilmiy doirada birinchi bor XX asrning 50 – 60 yillarida amerikalik olimlar T.Parsons (1902-1979) va D.Iston tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur uslubga geosiyosatdan tashqari deyarli barcha ijtimoiy – siyosiy fanlarda murojaat qilinadi.
Jamiyatda milliy davlatchilik strategiyasini va umuman geosiyosiy jarayonlarni
tizimli yondashuv asosida o`rganishni modernizm oqimi vakillari (K.Rayt, M.Kaplan,
K.Doych va b.) mazmun jihatdan yanada boyitdi. Ya‘ni ular mavjud ma‘lumotlarni
matematik hisoblar va modellashtirish orqali tizimli tadqiqotlarni olib borishni joriy
qilishgan.
Qiyosiy uslub. Qiyosiy uslubning ilmiy doirada qo`llanilib kelinishi antik
davrlarga borib taqaladi. Masalan, Aristotel yoki undan keyinroq yashab o`tgan
Farobiy ijodlariga e‘tibor bersangiz, ular asarlarida muammolarni o`rganish asnosida
qiyosiy uslubdan keng foydalanganligiga amin bo`lasiz. Zamonaviy geosiyosatda
qiyosiy uslubning ahamiyati shundaki, u orqali tadqiqotchi jamiyatdagi xalqlar va
davlatlar turmushini o`rganadi, ularni bir - biriga taqqoslaydi. Yoki ma‘lum bir
geosiyosiy maydonlarning boshqasidan farqli jihatlari qiyosiy asosda o`rganiladi.
Muammolarni shu yo`llar orqali o`rganish asosida tegishli xulosalarni chiqaradi.
Tarixiy uslub. Tarixiy uslubning geosiyosiy jarayonlar va hodisalarni o`rganishdagi o`rni katta. Ushbu uslub tadqiqot ob‘yektida turgan masalalarga nisbatan xronologik jihatdan yondashishini taqozo etadi. Tarixiy faktlar to`planadi. Jamlangan ma‘lumotlar asosida o`rganilayotgan jarayon yoki muammoning o`tgan davr, hozirgi muhit va kelajakdagi holatlari haqida muayyan fikrlar bildiriladi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin