Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə11/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Skeptitsizm funksiyasi. Unutmaslik kerakki, geosiyosat fanining asosiy
tadqiqot ob‘yektini, kategoriyalarini, funksiyalarini, qonuniyatlarini, siyosiy
jarayonlarga ta‘sir qilish mexanizmlarini ilk ko`tarib chiqqan tadqiqotchilar
G`arbning yirik yetakchi mutamlakachi davlatlarining nazariyotchi mutaxassislari
edi. Albatta ular xalqaro maydonda o`z davlatlarining manfaatlarini himoya qilishga,
yanada ta‘sir doiralarini mustahkamlashga harakat qilishgan. Boshqacha ya‘ni yanada
aniqroq qilib ayttadigan bo`lsak ular o`z tadqiqotlarida ustuvor yo`nalish sifatida o`z
diqqat - e‘tiborlarini nimalarga qaratishgan: xalqaro maydonda o`z hukmronligini
o`rnatish; rivojlanayotgan o`lkalarni asoratga solish; ularni asoratda ushlab turish; o`z
manfatlariga xizmat qiladigan turli ziddiyatlarni keltirib chiqarish usullarini,
mexanizmlarini tahlil etishgan. Agar biz geosiyosatchilarni barrikadaning o`ng
tomonida turgan deb faraz qilsak, barrikadaning chap tomonida turib manzarani tahlil
qilgan geosiyosatchilar yo`q.
To`g`ri mustamlakachilik tizimi tugadi. Lekin xalqaro
maydonda o`z hukmronligini yangicha ko`rinishda o`rnatish, uni o`z manfaatlariga
mos ravishda tashkil etish, o`z manfaatlarini ko`proq amalga oshirish hissi yirik
davlatlarning hukmron toifalari fikri xayolini tark etgani yo`q. Qolaversa
mustamlakachilikka intilish yangicha ko`rinishlarda davom etmoqda: xalqaro
tashkilotlar; xalqaro huquqiy normalar; JST; siyosiy – ijtimoiy bitimlar, iqtisodiy 28
savdo bitimlari, umumiy mudofaa va boshqacha ko`rinishlarda. Turli mazmundagi
siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy birlashmalarga ko`r - ko`rona ergashmaslik, kerak
bo`lsa turli mazmundagi iqtisodiy, texnologik ko`mak, ilmiy - texnik hamkorlikka
asoslangan dasturlarda ongli ishtirok etishni zamon talab qilmoqda. Ushbu
jarayonlarni chuqur ilmiy tahlil qilish, unga qanday munosabatda bo`lish zarur,
zaruriyab bo`lsa bu jarayonlarga shubha bilan qarash, ehtiyotkorlik singari
ko`nikmalarni skeptitsizm funksiyasi o`zida ifoda. Ushbu sabab qator yirik
davlatlarning yirik geosisyoatchilari o`z tadqiqotlarida geosiyosat fanida bunday
funksiyaga ehtiyoj sezishmagan.
Geosiyosat o`zining tadqiqot ob‘yekti, tahlil etadigan sohalarining ham kengligi, ham murakkabligi bois sohaga tegishli hodisalar va jarayonlarni o`rganishda ko`plab uslublarni qo`llaydi.
Geosiyosatda uslublarning ko`pligi uning predmetini chuqurroq va har tomonlama anglab yetishga imkon beradi. Har bir uslub geosiyosiy jarayonlarni o`rganishning o`ziga xos usul va yo`llariga ega. Geosiyosat fanida keng qo`llaniladigan uslublarga to`xtalsak.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin