Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə7/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Geosiyosiy mintaqa geostrategik mintaqaning bir qismi. U siyosiy, iqtisodiy,
madaniy, savdo va boshqa aloqalar uchun qulay imkoniyatlarga va istiqbollarga ega
bo`lganligi bilan ajralib turadi. Masalan, Janubiy - Sharqiy Osiyo, Yevropa, Xitoy.
Geostrategik mintaqa o`zining geografik joylashuvi, turmush tarzi,
xarakteri, savdo va madaniy - mafkuraviy aloqalarining yo`nalishi bilan qo`shni yirik
xorijiy davlatlar tashqi siyosatida munosabatlar o`rnatish uchun ustuvor yo`nalishda
ko`rilayotgan makon. Shuningdek, geostrategik mintaqa – bu davlat yoki
chegaradosh davlatlar (mintaqa) hududlari ham bo`lishi mumkin. Uning geostrategik
ahamiyati muhim transkommunikatsion yo`llarga tutashganligida b o`ladi. Dengizga
chiqishga qulay hududda joylashganlikda va boshqa shu kabi ko`rinishlarda namoyon
bo`lishi mumkin.
Siyosiy borliq - bu geosiyosatning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi.
Davlat geosiyosatning markaziy tushunchalaridan biri hisoblansa, siyosiy borliq
davlatning siyosiy holati va hayotiy mazmunini ko`rsatib beruvchi muhim omildir.
Siyosiy borliq davlat turmush tarzini ko`rsatib turuvchi dastlabki nishona ham
hisoblanadi. Shuning uchun geosiyosatda davlatlar o`rtasidagi borlig`iy (makoniy)
munosabatlarga katta e‘tibor beriladi. Chunki borliq tushunchasi geosiyosat
nazariyasining asosini tashkil etadi.
Har qanday davlatning siyosiy borlig`i chegaralangan, ya‘ni u muayyan
chegaralar doirasida bo`ladi. Chegara esa davlat xavfsizligini ta‘minlovchi, siyosiy
borliqni ko`rsatib turuvchi geosiyosiy funksiyani bajaradi. Siyosiy borliqda
chegaraning bajaradigan funksiyalari: a) siyosiy; b) suverenitetni himoya qilish; v) 24
harbiy - strategik bo`lishi mumkin; d) fuqarolik, soliqlar, boj va shu kabilar.
Geosiyosatda chegara muammosiga ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Chunki qachon
borliq uzra nazorat boshlansa siyosiy borliqlar chegarasi buziladi. Yoki biror
kuchning borliq uzra nazoratni o`rnatishi, siyosiy borliqlar chegaralarini inkor etish,
buzish evaziga bo`lishi mumkin.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin