partiyalar, tashkilotlar bu natijalar bilan hisoblashishlari talab etiladi. 19
4. Inson. Har qanday geosiyosiy g`oyalarni amalga oshuvi unda kishilarning
ishtirokisiz kechishi, amalga oshuvi mumkin emas. Kishilik jamiyati, unda ishtirok
etayotgan kishilik birlashmalari, uyushmalari rang - barang, murakkab bo`lib,
ularning ichida geosiyosiy ahamiyatliligi bilan etnos, irq, millat muhim ahamiyat
kasb etadi. Ularning o`ziga manfaatlari, intilishlari turli mazmundagi geosiyosiy
harakatlarga sabab bo`ladi.
2-MAVZU: «GEOSIYOSAT ASOSLARI» NING KATEGORIYALARI, QONUNLARI, METODLARI VA FUNKTSIYALARI.
REJA
1. Geosiyosat asoslarining asosiy tushunchalari: geografik makon, endemik maydon, chegaraoldi maydon, chorraha maydon, total maydon, metapole.
2. Geosiyosat asoslarining asosiy qonunlari.
3. Geosiyosatning asosiy metodlari: sistematik, taqqoslash, tarixiylik, aksiologik-normativ, funktsional, institutsional, antropologik va boshqalar.
4. Geosiyosatning asosiy funksiyalari: gnoseologik funksiyasi, prognoz qilish funksiyasi, boshqaruv funksiyasi, mafkuraviy funksiya.
Barcha fanlar singari geosiyosat fanining ham o`ziga xos kategoriyalari, metodlari va qonuniyatlari mavjud. Geosiyosat ijtimoiy, siyosiy, geografik, demografik, harbiy va boshqa tizimlarning shakllanish, amal qilish, rivojlanish xususiyatlarini, qonuniyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqotchilar geosiyosatning asosiy qonuniyatlari haqida gap borganida asosiy e‘tiborni geografik dualizm qonuniga qaratishadi. Odatda ushbu qonun tabiatning geografik tuzilishi va sivilizatsiyaning tarixiy shakllarida namoyon bo`ladi. Ko`pgina geosiyosatchilar quruqlikdagi kuch - qudratni (tellurokratiya) dengizdagi kuch – qudratga (talassokratiya) qarama - qarshi qo`yishadi. Bu holatlar Qadimgi Sparta, Qadimgi Rim, Qadimgi Afina va Karfagen misolida namoyon bo`ladi. Osiyo davlatlarini bir biri bilan bog`laydigan muhim bo`g`ozlar kamligi, borlar ham kashf etilmaganligi sabab dengizdagi kuch - qudratga kam e‘tibor qaratildi. Oddiygina misol ilk saltanatga asos solgan ahamoniylar vakili Doro I (mil.av. 522 - 486) Afinaga dengizda bas kela olmadi. Kushon, Turk hoqonligi, Somoniylar, Temuriylar haqida gap ketganida talassokratiya xususida bir nima deb bo`lmaydi. Geosiyosat asoschilari jumladan A.Mexen, X.Makkinder fikricha dualizm dastlab tarixiy – madaniy sivilizatsiyalar o`rtasida dushmanlik adovatlarini, turli - xil ziddiyatlarni, o`ziga xosliklarni keltirib chiqardi.
Tellurokratiyaga xos bo`lgan xususiyatlar quyidagilarda namoyon bo`ladi: aniq belgilangan chegara, ma‘lum makon, aholi turmush tarzi, rivojlanishning o`ziga xos yo`nalishlari, barcha amal qilishi shart bo`lgan ahloqiy va
huquqiy normalar, aholi toifalari, etnoslar, irqlar, davlat va saltanatlar. Bu qat‘iylik
ushbu makonda ahloqiy va qonununiy normalarni belgilab beradi. Talassokratiya esa
dengiz savdosi ham bo`lib texnik progressga tayanadi. Individualizm kayfiyatiga,
boylik orttirishga, tadbirkorlikka keng e‘tibor qaratiladi. Ahloqiy, huquqiy normalar
nisbiylik kasb etib ekstrimal shart - sharoitlarda yashash ko`nikmalariga keng e‘tibor
beriladi. Natijada ahloqiy, madaniy qadriyatlar tez o`zgaradi, yoki oldinga intilish,
boylik orttirish yo`lida harakat qilish, kashfiyotlarga e‘tibor kabi harakatlar soyada
qolib ketadi.
Uzoq yillar davomida tarixiy taraqqiyot davomida Qadimgi Rim, Afina, Sparta
savdo, hunarmandchilikning rivoji natijasida dengizda ham hukmron mavqega ega 21
bo`la boshlashdi. Mehnat taqsimoti, dengiz savdosining o`sishi bois dengizda
hukmronlikni qo`lga kiritish uchun kurash boshlandi. Ushbu holat natijasida
geosiyosatning ikkinchi qonuni- makon omilining kuchayish qonuni kelib chiqadi.
Bu omil buyuk geografik kashfiyotlardan keyin ayniqsa ko`proq ahamiyat kasb eta
boshladi. XX asrga kelib o`zining yuksak darajasiga erishdi.
Shuningdek geosiyosiy jarayonlarning, uning tahlili bilan bog`liq bilimlarning
muhim ahamiyat kasb etib rivojlanib borishida manfaatlarning doimiyligi va dinamik
xarakteri o`ziga xos o`rin tutadi. Isnoniyat paydo bo`libdiki o`zining tub
manfaatlarini amalga oshirishga, turmushini farovonlashtirishga intiladi. Isnoniyat
o`zining qaysidir ehtiyojini turli ixtirolar hisobiga qondirmasin, uning ehtiyojlari turli
kashfiyotlar yuz bergani sari yanada murakkablashib, ko`payib bormoqda: stanoklar,
divigatellar, avtomobil, poyezd, aviatsiya, kopyuter, internet va shu kabilar. Lekin bu
kashfiyotlarning keyingi rivoji qator tabiiy zahiralarni talab etadi. Ona zaminning
tabiiy imkoniyatlari insoniyatning ehtiyojlaridan farqli ravishda chegaralangan.
Maxatma Gandi afsus bilan aytadiki agar Britaniyaga o`z farovon turmush tarzini
barpo etish uchun sayyoramizdagi zahiralarning yarmi ketgan ekan, unda
Hindistonning farovonligini Britaniya darajasida ta‘minlashga qancha sayyora zarur
bo`ladi.
Ijtimoiy - siyosiy fanlarning barchasida bo`lgani singari geosiyosat ham mustaqil fan sifatida o`zining nazariy kategoriyalariga ega. Va fan o`zining ushbu kategoriyalari orqali o`z tadqiqot ob‘yektini tahlil etadi, xulosalar beradi. Geosiyosatning asosiy kategoriyalari sifatida quyidagilarni ko`rib chiqamiz: geosiyosiy makon, geosiyosiy maydon, geostrategik mintaqa, geosiyosiy mintaqa, geosiyosiy liniya, geosiyosiy raqibchilik, geostrategiya chngara, davlatning milliy xavfsizligi, milliy manfaat, hudud, ekaspansiya va sh.k.
Dostları ilə paylaş: |