Andijon davlat pedagogika instituti


Umuman olganda geosiyosat obyekti bo`lib



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə4/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Umuman olganda geosiyosat obyekti bo`lib jahon siyosati, yagona tizim
sifatidagi dunyoning geosiyosiy tuzilishi va xalqaro dunyoviy tartibot olib qaraladi.
Geosiyosat ob‘yekti sifatida jahonning geosiyosiy xaritasi turishi birinchi navbatda,
dunyoning ko`p qutbli dunyoga aylanishi bilan va xalqaro munosabatlarning yangi bir
transformatsiya – davlatlarning o`z ta‘sir doiralari uchun kurash bosqichiga ko`tarilishi bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchidan, xalqaro maydonda ko`pqirrali global dunyoviy siyosat tushunchasining shakllanishi bilan ham bog`liqdir. Mazkur masalalar geosiyosat ob‘yektida yaxlit holatda turishi mumkin, biroq geosiyosat ularni tahliliy jihatdan o`rganishni bir qator bosqichlarda ko`radi. Masalan, zamonaviy geosiyosat dunyoning siyosiy xaritasida kechayotgan jarayonlarni umumbashariy, mintaqaviy va ma‘lum bir davlatning o`zigagina daxldorligidan, manfaatidan kelib chiqib tahlil etadi va tegishli xulosalarni chiqaradi.
Dunyoviy siyosat – xalqaro huquqning asosiy sub‘yektlari o`rtasidagi siyosiy
faoliyatlar majmuasi; Xalqaro siyosat tuzilish jihatidan suveren, mustaqil milliy
davlatlarning tashqi siyosiy faoliyatini; mintaqaviy davlatlararo va jamoatchilik
tuzilmalari, guruhlari va ittifoqdoshlar o`rtasidagi aloqalarni hamda umumbashariy
miqyosda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar va muassasalar faoliyatlarini qamrab oladi.
Geosiyosatning tarixiy - tadrijiy taraqqiyotiga e‘tibor bersak, uning predmeti
ham zamonga mos tarzda takomillashib, o`zgarib borganligiga amin bo`lamiz.
Chunki jamiyatdagi geosiyosiy jarayonlar mavjud davlatlar manfaatlari bilan bog`liq
bo`lgan real voqelikni o`zida aks ettiradi. Shu boisdan har bir davrda geosiyosat
predmeti sifatida jamiyatdagi ustuvor sohalar va xalqaro siyosatga daxldor bo`lgan
strategik masalalar namoyon bo`lgan.
Geosiyosat predmeti. Xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda
geosiyosiy sub‘yektlar va tabiyat o`rtasida, shuningdek geosiyosiy sub‘yektlarning
o`zaro munosabatlari, jamiyatda kechayotgan har xil darajadagi ijtimoiy - siyosiy
jarayonlar, ularning yuzaga kelishi, harakatlanishi va o`zgarib borishini o`zida aks
ettiruvchi voqealar rivoji geosiyosat predmeti sifatida olindi. Albatta har qanday manfaat iqtisodiy asosga tayanadi. Uzoq yillar davomida turli kelishmovchiliklarning asosi bo`lib iqtisodiy manfaat xizmat qilib keldi. Lekin uning amalga
oshirishning turlari, usullari takomillashib keldi. Xalqaro iqtisodiy jarayonlar nafaqat
texnologik, balki tashkiliy jihatdan ham takomillasha boshladi. Iqtisodiy jarayonlarning umumbashariylashuvi xalqaro savdo, davlatlararo munosabatlarda investitsiya, kapital va boshqa omillarning ahamiyatini ko`rsata boshladi. Tabiiyki, bu va bularga mansub bo`lgan boshqa iqtisodiy tarmoqlar nafaqat xalqaro hayotda muhim o`ringa ega, balki ularning dunyoviy siyosatga ta‘sir etayotganligi ham real haqiqatdir.
Bundan tashqari, zamonaviy geosiyosatning asosiy muammolari bo`lib kelayotgan quyidagi masalalarni geosiyosiy tadqiqotlarning predmeti sifatida ko`rish mumkin:
ilmiy - texnika inqilobi rivojining samarasi bo`lgan harbiy - texnikaviy vositalar va
ular turlarining ko`payib va takomillashib borayotganligi; o`z navbatida davlatlarning harbiy - texnika vositalaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarish yoki chiqarmaslikka nisbatan munosabatlari; shuningdek, insoniyatning ommaviy qirg`in qurollarini ishlab chiqarishga kirishishi bilan bog`liq jarayonlar. To`g`ri bu jarayonni tartibga solishga intilish kuchaymoqda. Lekin uning samarasi ko`ngildagidek emas. Buni Hindiston, Pokiston, Eron misolida ko`rish mumkin. davlatlar va xalqlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo`layotgan elektron aloqa vositalarining birgina kommunikatsiya vositasi emas, ularning harbiy va iqtisodiy sohalarga ham bog`lanib ketayotganligi masalasi; jamiyatdagi mavjud madaniyat va sivilizatsiyalar, ular o`rtasidagi muloqot;
dunyoviy va milliy - hududiy dinlar, ularning dunyo xalqlari turmush tarzidagi
o`rni, birining boshqasiga yoki mavjud dunyoviy tartibotga nisbatan munosabati;
xalqaro tashkilotlar faoliyatining kengayib borishi, ikkinchi tomondan ular ta‘sir
doirasining kuchayib borishi natsjasi bo`lmish turli ziddiyatlarning vujudga kelishi: YEI Gretsiya, YEI - Turkiya, YEI - Ukraina davlatlardagi mavjud siyosiy tuzumlar, ularning nafaqat davlat, boshqa davlatlarga ham ta‘sir etish masalasi; geosiyosiy kuchlar muvozanatiga u yoki bu darajada ta‘sir etayotgan demografik jarayonlar va h.
Geosiyosat predmetini aniqlash birgina mavjud muammolarning geografik
ko`lamigagina bog`liq emas. Bunda muammoga daxldor bo`lgan tashqi va ichki
omillardan tashqari, yetakchi davlatlarning ishtiroki yoki ularning muammoga
nisbatan munosabati masalasi ham muhimdir. Aynan ushbu omillar geosiyosat
predmetida turgan va tadqiq etilayotgan jumboqlarning tarqalish darajasini
(umumbashariy, mintaqaviy yoki davlatga mansubligini) belgilab beradi.
Geosiyosatning asosiy aktorlari haqida gap ketar ekan avvalombor aktor so`zining etimologik ma‘nosiga e‘tibor qaratish lozim bo`ladi. Negaki tahlilar, o`rganish jarayonlarida anglashmovchilik bo`lmasligi uchun. Mazkur so`z yunon, lotin, ingliz tillarida uchraydi. Rus, o`zbek tillarida uchramaydi.
Aktor so`zi qadimgi yunon mifologiyalarida, EHM dasturlarida, siyosiy
sotsiologiyada, shuningdek politoligya fanlarida uchraydi. Qadimgi yunon
afsonalarida mashhur qahramonlarning ismlari sifatida keladi. Mazkur mavzuga
aloqasi uzoqligi bois ortiqcha to`xtalishning hojati yo`q. EHM dasturlarida asoslab
berilishi zarur bo`lgan maqsad, bir necha funksiyalarni, rollarni bajarishga
moslashgan komponent nazarda tutiladi. Sotsiologik tahlillarda aktor atamasi ijtimoiy
voqelikka qaratilgan muayyan faoliyatni amalga oshiruvchi jamoaviy yoki individual
faoliyat ko`rsatuvchi sub‘yekt, individ, shaxs, kishilar jaomasi, uyushma,
tashkilotlarni anglatadi. Politologiyada esa xalqaro siyosiy jarayonlarning
ishtirokchisi, unda yuz berayotgan turli voqealarning, hatti - harakatlarning vujudga
kelishiga muhim ta‘sir etuvchi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va shu kabi
ko`rinishlardagi muhim omillar nazarda tutiladi. Masalan davlat ichki va tashqi
maydonda faoliyat yurituvchi, ma‘lum bir manfaatlarni himoya qiluvchi, xalqaro
jarayonlarning rivojiga yuksak darajada ta‘sir etuvchi siyosiy aktor hisoblanadi.
Shunday ekan bugungi ingliz tilida keng qo`llaniladigan aktor atamasini o`zbek tiliga tarjima qilib bo`lmaydi. Yaqinroq ravishda san‘at sohasida aktyor atamasi ishlatiladi.
Lekin falsafiy, ijtimoiy - siyosiy fanlarda bunday atama uchramaydi. Shunday ekan atamani o`z holida ishlatish maqsadga mufoviq. Jamiyat hayotining turli sohalarida, turli mintaqalarida bir qator turli ko`rinishlardagi geosiyosiy aktorlar muhim faoliyat yuritadi va ayni damda ular o`zaro hamkorlikda faoliyatda bo`ladi. Aktorlarning o`zaro faoliyati ba‘zan ijtimoiy hamkorlikka asoslangan bo`lsa, ba‘zan konfrontatsiyada ruhida ham kechishi mumkin. Jamiyat hayoti vaqt o`tishi bilan rivojlanib, yuksalib borishi natijasida uning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy, texnik - texnologik, diniy va shu kabi turli sohalaridagi tub o`zgarishlar bois geosiyosiy aktorlar ham son jihatidan, ham sifat jihatidan o`zgarib, takomillashib boradi.
Geosiyosatning asosiy aktorlari ularning mazmun - mohiyatidan, namoyon
bo`lish shakllariga qarab quyidagicha klassfikatsiyalash mumkin: 1. Hududiy aktorlar. Har qanday siyosiy faoliyatning harakatga kelishida muayyan hudud muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda hududning quyidagi bir qator imkoniyatlariga, xususiyatlariga keng e‘tibor beriladi: joylashgan o`rni, iqlimi, tabiiy boyliklari, o`simlik va hayvonot dunyosi, transport - kommunikativ imkoniyatlari vaboshqalar.
Jahon savdosi vujudga kelib yuksalib borishi bilan unda asosiy o`rinni
dengiz transporti egallay boshladi. Buyuk Britaniya dengizda o`z hukmronligini
o`rnatadi. Kuchli zamonaviy armiya va flotga ega bo`lgach Gibraltar, Adan, 18
Keyptaun, Singapur singari muhim bo`g`ozlar ustidan o`z nazoratini joriy qiladi.
Albatta ushbu muhim yo`llar Buyuk Britaniyaga jahon savdosini o`z nazoratida
ushlashga, boshqa yirik davlatlarning tashqi siyosiy faoliyatiga ta‘sir etish, ularni
nazoratda ushlashga imkon berdi. Yoki e‘tiborni Yaqin Sharqqa qarataylik. Quddusda
joylashgan Iso Masih qabrini musulmonlardan ozod qilish bahonasi ostida deyarlik
uch asr davom etgan salib yurishlari bo`lib o`tdi. 1930- chi yillarda Boliviya va
Paragvay o`rtasida yangi neft konlari topilgan Chakao - Boreal viloyati ustida urush
kelib chiqadi. Ko`rinib turibdiki hududning turli mazmundagi geosiyosiy hatti harakatlarga undovchi imkoniyatlari beqiyos.
2. Klassik siyosiy aktorlar - davlat, armiya, diniy tashkilotlar. O`rta asrlarda
xalqaro siyosiy munosabatlarning eng faol ishtirokchilari sifatida aynan shularga
e‘tibor ko`p qaratiladi. Qayd etib o`tilganidek geosiyosatning eng muhim markaziy
kategoriyasi davlat hisoblanadi. Markaziy kategoriya sifatida davlat muayyan
himoyalangan hududga egalik qiladi. Bu hudud ustidan o`z boshqaruvi o`rnatadi.
Qator siyosiy institutlar orqali o`z hokimiyatini amalga oshiradi. Siyosiy jarayonlarda
davlat faoliyatining faolligini ta‘minlashda uning mustaqilligi, ya‘ni suvereniteti
beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bugungi siyosiy, iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi
davlatning tom ma‘nodagi suverenitetiga ta‘sir etmasdan qolmadi. Davlatdan yuqori
turuvchi xalqaro tashkilotlarning vujudga kelishi, BMT, Xalqaro savdo tashkiloti,
transmilliy korporatsiyalar va shu kabilar. Albatta bunday tashkilotlar ma‘lum bir
imtiyozlar evaziga davlatning ichki va tashqi faoliyatiga o`z ta‘sirini o`tkazmasdan
qolmaydi. Armiya geosiyosatning mustaqil geosiyosiy aktori hisoblanmaydi.
Ma‘lumki mavjud tartib - qoidalarga asosan armiya amaldagi siyosiy hokimiyatga,
hukumatga bo`ysunadi. Aholining tafakkuriga, kayfiyatiga albatta diniy
tashkilotlarning ta‘siri har doim katta bo`lib kelgan.
3. Yangi geosiyosiy aktorlar - siyosiy partiyalar, elektoral geografiya, nodavlat
tashkilotlar, iqtisodiy aktorlar, xalqaro moliyaviy institutlar, xalqaro mafiya, OAV,
qurolli guruhlar. Davlat va jamiyat hayotini demokratlarshatirishda, erkinlashtirishda,
aholining siyosiy tafakkurini yuksaltirishda, mamlakatning ichki va tashqi siyosatini
belgilashda siyosiy partiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bir qator xususiyatlari
bilan siyosiy hayotdagi turli tashkilotlardan farqlanib turadi. Ijtimoiy - siyosiy
tahlillarda ular mazmun - mohiyatiga ko`ra turlicha klassfikatsiyalanadi: inqilobiy,
islohotchi, konservativ, reaksion, muxolifatchi, legal, etnik, milliy, separatist va shu
kabilar. Siyosiy rejimlarning demokratlashuvi bois yangi fan sohasi elektoral
geografiya vujudga keldi. Saylovlarda aholining ishtiroki, munosabati, qanday
ishtiroki, ovoz berishi, aynan kimga ovoz berishi, sotsiologik taxminiy ko`rsatkichlar
bu fan oldidagi muhim vazifalar hisoblanadi. Va albatta davlat organlari, siyosiy
Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin