geosiyosat - davlatning strategik qudratiga ta‘sir etuvchi, uning ichki va tashqi
siyosatdagi ustuvor manfaatlarini ta‘min etadigan geografik, tarixiy, siyosiy va
boshqa o`zaro bog`liq bo`lgan omillarni birgalikda ko`ruvchi va tadqiq etuvchi
fandir.
Bugungi xalqaro munosabatlarda kechayotgan jarayonlarni, uni vujudga keltirayotgan kuchlarni, ularning manfaatlarini, bu manfaatlarni amalga oshuvini ta‘min etuvchi usul – vositalarni o`rganish va tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. O`z - o`zidan ko`rinib turibdiki bu jarayonlarning bugungi tahlil oldingi davrlardan tubdan farqlanadi. Chunki, ijtimoiy - siyosiy, geosiyosiy jarayonlarni tahlil etishga qaratilgan ilmiy muhit jahon taraqqiyotining murakkab muammolarini o`zida jo qilgan «o`tish davri», yangicha dunyo‖ barpo etish bilan ro`baro` kelib turibdi. Uning ustiga «sovuq urush»dan keyin jahon siyosatiga ta‘sirini ko`rsatayotgan geosiyosiy o`zgarishlar to`lqini yangi bir bosqichga ko`tarildi, ko`p qutbli dunyoning shakllanishi qiyin kechmoqda. Bipolyar tizim quladi; bir qator davlatlarda siyosiy tuzumlar tubdan o`zgardi; davlatlarning va ittifoqdosh davlatlarning geografik chegaralari yangidan
shakllanib bu jarayon ma‘lum ma‘noda yana davom etmoqda; integratsiya jarayonlarini dezintegratsiya aloqalari qamrab olmoqda yoki aksincha. Umuman, xalqaro munosabatlar tizimi notinch, tez - tez o`zgarib turibdi. 15 Xalqaro munosabatlarda kechayotgan, o`ziga xos yangicha tarzida shakllanayotgan
bunday jarayonlarni tahlil etishda zamonaviy xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar
nazariyasidagi ilgaridan mavjud nazariy - tahliliy yondashuvlar zamon talabiga javob
bermay qoldi. Bu jihatdan mavjud muammolarni o`rganish va ularni ilmiy - nazariy tahlil etish, ijtimoiy - siyosiy jarayonlar rivojiga xolisona baho berish, mavjud muammolarni bartaraf etish yo`llarini topish uchun tabiiy ravishda geosiyosatga zarurat tug`ilmoqda. Chunki yuqorida qayd qilingan siyosiy jarayonlar, ularni vujudga keltiruvchi kuchlar, manfaatlar, ularni ta‘min etishga qaratilgan mafkuraviy siyosat, ular o`rtasidagi ziddiyatlar va shu singari boshqa muammolar bevosita geosiyosat fanining ob‘yekti va predmeti hisoblanadi.