1. F.Ratselning «Siyosiy geografiya» asarida davlat va borliq masalalari.
2. R.Chellen “Geosiyosat asoslari” atamasining asoschisi. 3. X.Makinder geosiyosiy qarashlari va K.Xausxofer,F.Naumann, Spikmen ta‘limotlari.
4. Alfred Mexen ta‘limotida dengiz kuchlarining qudrati masalalari.
F.Ratsel 1844 - yil Karlsrueda tug`ilgan. Yoshligidanoq unda tabiiy fanlarga
qiziqish katta bo`lgan. Shuning uchun u o`qish uchun Karlsruedagi politexnika
universitetini tanlagan. Mazkur universitetda bo`lajak olim geologiya,
paleoontologiya va zoologiya fanlarini o`rganishga alohida e‘tibor bergan. F.Ratsel
Haydelberg shahrida ta‘lim olib yurgan kezlari professor Ernest Gekkel («ekologiya»
atamasini birinchi bor ilmiy doirada qo`llagan olim)ga shogird bo`ladi. Olimning
dunyoqarashi evolyutsionizm (evolyutsion rivojlanish haqidagi ta‘limot) va
darvinizmga asoslangan bo`lib, uning biologiyaga bo`lgan qiziqishlari bilan ham
sug`orilgan edi. Uning dunyoqarashining shakllanishida fransuz sotsiologi Ogyust
Kontning xalqlar, davlatlar rivojida geografik omillarning ahamiyati bilan bog`liq
qarashlari muhim o`rin tutadi1.
F.Ratsel o`zining shoh asari bo`lmish – Antropogoyegografiya (1893), «Siyosiy geografiya» («Politische Geographie») (1897), «Davlatlarning makoniy o`sish qonunlari» (1897), «Dengiz xalqlar qudratining omili sifatida» (1900) asarlarida o`z geosiyosiy qarashlarini bayon etadi. Fridrix Ratselni garchi «geosiyosat» atamasini asarlarida ishlatmasa ham, birinchilardan bo`lib geosiyosiy uslubda fikr yuritganligi uchun geosiyosat fanining otasi desa bo`ladi. Nemis geosiyosatchisi Otto Maullyuning fikricha, geosiyosatni Ratselsiz tasavvur etib bo`lmaydi1. U o`z asarlarida siyosiy geografiyadan bahs etadi va bu boradagi asosiy ilmiy ishi ham «Politische Geographie» deb nomlanadi. Uning ta‘kidlashicha, har qanday xalqning manfaatlari zamin ustida kechadi. Shu bois zaminda joylashgan ma‘lum bir hududlar tarix harakatini ko`rsatuvchi bosh vosita sanaladi. Davlatlar muayyan hududlar ko`rinishida zaminda aks etadi. Zamin abadiy bo`lishi mumkin, hududlar (davlatlarning) o`zgarib turadi. «Davlatlar misoli tirik organizm» bo`lib ularning o`zagi «zaminiy asos»da bir - biri bilan tutashadi2.
Davlatlarning zaminda paydo bo`lishi uchta asosiy omil bilan bog`liq. Bular hududiy relyef, hududiy masshtab va muayyan turmush tarzga ega xalqlar. Shu
asosda, ya‘ni ob‘yektiv geografik makon va sub‘yektiv umuminsoniy qadriyatlarni
o`zida aks ettirgan davlat siyosati shakllanadi. «Me‘yoriy asosdagi» davlat bo`lish
uchun, - deydi F.Ratsel, - avvalo davlatda geografik, demografik va etnomadaniy
parametrlar o`zaro uyg`unlashmog`i kerak»3. Ratzel F. Politische Geographie. 1887. «Einleitung» o‘sha joyda 34 Istalgan davlatni qaysi jihatdan tadqiq etmaylik, baribir yondashuv yo`nalishi ob‘yektimizning asosi - zaminga borib taqaladi. Ko`rinib turibdiki davlatni o`rganishdagi muhim parametr - geografik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. O`z vaqtida Napoleon Bonapart aytganidek davlatning geografiyasini mukammal bilish uning tashqi siyosatini tushunishdir.
Davlatlarni o`rganishda, ularni bir - biri bilan qiyosiy taqqoslashda, ular o`rtasidagi munosabatlarni tahlil etishda va shu kabi muammolarda tabiiy va iqtisodiy
geografiyaga ehtiyoj seziladi. ―Antropogeografiya, ―Insoniyat yerdagi hayotiy hodisa sifatidagi asarlariida geografik va siyosiy omillar aloqasini ilmiy asosda tahlil ostiga oladi. Uning asosiy postulati shu ediki insoniyat ona zaminning ajralmas qismidir. Antropogeografik asosda olamni mineral - organik borliq sifatida kompleks tahlil etar ekan asosiy e‘tibor quyidagi tarkibiy qismlarga qaratadi: birinchidan, sayyoralardan Yerni geologik (minerallar dunyosi) va geografik (o`zaro aloqadorlikdagi uchta soha: yer, suv, havo); ikkinchidan yerning o`simlik va hayvonot dunyosi; kishilik jamiyati.
1. Antropogeografiyaning asosiy xulosalarini qisqacha qilib bayon etadigan bo`lsak, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: jahonning barcha mamlakatlari o`zaro hamkorlikda, bog`liqlikda mavjud bo`la oladi; inson va insoniyat olami hayoti
umumsayyora hayotining tarkibiy qismi ekanligi; kishilik tarixidagi har davlat, xalq
yagona organizm sifatidagina mavjud bo`lishi; davlatlarning o`sishi tabiiy
chegaralanganligi; davlatning rivojigi tabiiy klimat, atrof - muhitning ta‘siri va shu
kabilar.
2 Shunday ekan Ratsel fikricha taqdir taqozosi ila inson yerda yashab, yerda
o`lishi lozim
3. Har bir xalqning, millatning muayyan sharoitda, zainda shakllanishi,
turmush tarzi, muayyan zaminga ixlos qo`yishi, vatanparvarligi qator geografik
omillarga borib taqaladi. To`g`ri bunday yondashuv F.Ratseldan oldin Beruniy
tomonidan ham ilgari surilgan edi. Nemis faylasufi Gegel aytganidek har bir inson o`z davrining, o`z zamonasining farzandidir. To`g`ri, faqat hozir gap qanday farzand bo`lish lozimligida. Ratselning hayoti Bismark tomonidan Buyuk German imperiyasiga asos solinayotgan zamonaga to`g`ri keldi. Napolen III ga qarshi olib borilgan 1870-1871 yillardagi fransuz - prus urushida ko`ngillilar safida faol ishtirok etadi. 1871 – yilda yagona Germaniyaga asos solindi. Lekin German imperiyasiga asos solinishi kech sodir bo`lgan. Buyuk Britaniya, Fransiya xalqaro maydonda o`z ustunligini ta‘minlashgan, qator mustamlakalarga ega, Rossiya va AQSH esa cheksiz hudud va tabiiy zahiralarga ega. Ratselning fikricha Germaniyada bunday imkoniyat yo`q. Germaniya yer, tabiiy zahiralar yetishmovchiligidan o`z hududian siqilib qolmoqda. Bu omillar Ratselning qator asarlarida o`z isbotini topdi.
F.Ratsel davlatlarning makoniy jihatdan o`sishining yettita tamoyilini ishlab
chiqqan: har qanday makon o`sha joyda istiqomat qilayotgan millatlar madaniyatining
o`sishi bilan birgalikda kengayib boradi; davlatdagi g`oyaviy birlik, savdo tarmoqlari va faol harakatlar hamda nechog`li «tortish kuchi»ga egaligi davlat qudratining o`sishiga ulushini qo`shadi; davlatning o`sishi boshqa davlatlarni o`ziga qo`shib olish va bo`ysindirish evaziga bo`lishi mumkin; chegara – davlat o`sish darajasining nechog`li kuchga qodir yoki qodir emasligini ko`rsatuvchi chekka sarhad hisoblanadi.
Shunday ekan har bir davlatda markaz bilan chegara sarhadlari o`rtasida muntazzam aloqa bog`lanib turishi lozim. Ular o`rtasida muvozanat davlat maydonining mustahkamlik darajasini ko`rsatadi; davlat o`sish asnosida muhim ahamiyatga ega bo`lgan omillar: fizik geografik muhitga, qirg`og`iy chiziqlarga, daryolar o`zaniga, tabiiy resurslarga boy rayonlarga katta e‘tibor beradi; nisbatan ibtidoiy turmush tarzga ega bo`lgan davlatlarga o`sish tashqaridan, sivilizatsiya darajasi yuqori davlatlardan keladi; ijtimoiy jihatdan hududlarning doimiy o`sib borishi davlatlardan davlatlarga o`tadi va bu qonuniyat. Agar xalqaro munosabatlar tarixiga nazar tashlasak, F.Ratsel «qonun»larining amaliyotda nechog`li aks etganligiga amin bo`lamiz. Bunga XIX asr oxirlarida jahon siyosiy xaritasida hokimiyat va boyliklarni qo`lga kiritish uchun yetakchi davlatlarning harbiy - siyosiy harakatlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Rudolf Chellen 1864 - yil tug`ilgan. Shved sotsiologi, politologi, tadqiqotchisi. Lekin uning qalbi germanfil milliy ruhi bilan sug`orilgan. Fon Gumbolt, Ratsel bilan bir qatorda nemis klassik geosiyosatining otasi hisoblanadi.
Dastlab Gyoteborg, keyin esa Upsalsk universitetlari professori bo`lgan4. R.Chellen geosiyosatga siyosatshunoslikning muhim bir qismi sifatida qaragan. «Buyuk kuchlar: zamonaviy katta siyosatdan ocherklar» (1914), «Davlat hayotning muhim shakli sifatida» (1916), «Siyosiy tartiblar asoslari» (1920) nomli asarlari olim ijodining asosini tashkil etadi. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, «geosiyosat» atamasi ilmiy doirada birinchi bo`lib shved olimi Rudolf Chellen tomonidan ishlatilgan. R.Chellen professional geograf bo`lmagan va geosiyosatga siyosatshunoslikning muhim bir yo`nalishi sifatida qaragan. U geosiyosatga «borliqda geografik organizm sifatida mujassamlashgan davlatlar haqidagi fan» tarzida ta‘rif bergan.
1. R.Chellen davlatning qudratini unda mavjud bo`lgan beshta jihat bilan bog`laydi, bular: davlat geografik makon sifatida; davlat muayyan xalq sifatida; davlat o`ziga xos ho`jalik sifatida; davlat jamiyat sifatida; davlat boshqaruv sifatida
2. Chillen davlatning kuch - qudratini ushbu omillardan kelib chiqib belgilaydi. Shundan kelib chiqib davlat haqidagi fanlar ham beshta bo`lishi kerak. Uningcha, bu atamalar bir vaqtning o`zida siyosatshunoslikning ham muhim bo`limlaridan sanaladi, ya‘ni: