Andijon davlat pedagogika instituti


– MAVZU: XVI - XIX asrlarda vujudga kelgan geosiyosiy



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə24/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

7 – MAVZU: XVI - XIX asrlarda vujudga kelgan geosiyosiy
bilimlar va harakatlar.
Reja:


1. Shayboniylar davlatining tashkil topishi.
2. Xalqaro munosabatlar tizimida Xuroson muammosi: Shayboniylar - Safaviylar, Shayboniylar - Boburiylar. Qo`qon - Xitoy munosabatlari.
3. Xonliklar va Rossiya o`rtasidagi elchilik munosabati.

4. Ma`rifatparvarlik harakati.

XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida «Dashti Qipchoq» deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g`arbiy yon - bag`irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho`zilgan hududga nisbatan ishlatilgan. Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davrida kuchli davlat tashkil etildi (1428 - 1468). Lekin uning vafotidan keyin o`zaro janglar avj oladi. Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishi Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so`ng boshlangan o`zaro qirg`inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolida bunday qirg`inga yo`l qo`ymaslikka qodir shaxsni ko`rdilar.


Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko`pdan buyon o`troq hayot tarzida
yashashni orzu qilib kelardilar. Bu orzuning ushalishi o`zgalarning unumdor yerlarini
bosib olish tufayligina ro`yobga chiqishi mumkin edi. Qabilalar rahnamolari
Muhammad Shayboniyxonni o`z orzularini ro`yobga chiqarishga qodir deb
hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar kuchli yollanma qo`shinga ega bo`lgan
Muhammad Shayboniyxonni qo`llab - quvvatlaydilar.
Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o`lkalarning bosib olinishi
o`troq hayotga o`tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar
Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Muhammad
Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham
uning nufuzini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi
temuriyzodalarning toj - taxt uchun o`zaro kurashlaridan charchagan ham edi. Shu
tufayli Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va hatto aholining ma‘lum qismi ham
Muhammad Shayboniyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o`rnatishga qodir
yagona shaxsni ko`rganlar. Shu tufayli Muhammad Shayboniyxonni qo`llab quvvatlaganlar.
Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar davlati hududlarida ham
o`z hokimiyatini o`rnatishi uchun barcha zarur shart - sharoit yetilgan edi. Amir
Temur vafotidan keyin taxt uchun avj olgan kurash lar davlatning zaiflashishiga olib
keldi. To`g`ri Shohruh, Ulug`bek, Abusaid davrida davlatchilik ma‘lum darajada
yuksaldi. Ulug`bekning o`limidan keyin Movarounnahrda, Shohruh o`limidan keyin Xurosonda taxt uchun janglar kuchaydi. Bu esa Shayboniyxonga qulay vaziyatni
yaratdi.
Muhammad Shayboniyxonning asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga butunlay
barham berish edi. Bu maqsadni ro`yobga chiqarish uchun u 1499 - yilda
Movarounnahrni zabt etishga kirishdi. U bu o`rinda temuriylarni sarosimaga solib
qo`ygan jang usuli – to`lg`amani qo`lladi. 1500 - yilda Muhammad Shayboniyxon
Samarqandni egalladi. Bu hodisa Samarqand hukmdori Sulton Ali Mirzoning onasi
Zuhrobegi og`aning xoinlar gapi bilan ish tutishi oqibatida sodir bo`ldi. Xoinlar
Zuhrobegi og`ani Muhammad Shayboniyxonga maxfiy ravishda «Men ham O`zbek
urug`idanman, agar siz meni nikohingizga olsangiz, o`g`lim bilan sizning
hukmingizni tan olib, Samarqandni siz xon hazratlariga topshirurmiz» mazmunidagi
xatni yuborishga ko`ndiradilar. Ayni paytda, Zuhrobegi og`a Shayboniyxon oldiga
Termiz, Chag`aniyon, Hisor va Badaxshon zabt etilgach, bu hududlarni o`g`li Sulton
Ali Mirzoga berilishi shartini ham qo`ygan edi.
Muhammad Shayboniyxon o`zini bu shartlarga rozidek qilib ko`rsatdi.
Samarqand taxti egallangach esa Sulton Ali Mirzo qatl etildi. Onasi Zuhrobegi og`a
esa boshqa kishiga nikohlab berildi. Muhammad Shayboniyxon 1501 - yilda
Samarqandni uzil - kesil egalladi. Katta qo`shinga ega bo`lgan Muhammad
Shayboniyxon endi butun Movarounnahrni egallashga kirishdi.
1503 - yilda Toshkent va Shohruhiya shaharlarini egalladi. Ularga Ulug`bek
Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sultonbegimning o`g`illari
Ko`chkunchi Sulton va Suyunchxo`jalarni hokim etib tayinladi.
1504 - yilda esa Farg`ona egallandi. Shu tariqa butun Movarounnahrda
shayboniylar sulolasi hukmronligi o`rnatildi. Samarqand shahri poytaxt etib
belgilandi. Buxoro shahrini esa ukasi Mahmud Sultonga topshirdi. Shu tariqa,
Muhammad Shayboniyxon Dashti Qipchoq, Xorazm, Movarounnahr va Xurosonning
bir qismini o`zi ichiga olgan o`z davlatini tashkil etadi.
XVI asrda Osiyoning bir - biriga tutash qismida uch siyosiy kuch kurash
maydoniga chiqqan edi. Bular – Movarounnahrda shayboniylar, Eronda safaviylar va
Hindistonda boburiylar edi. Xalqaro va o`zaro munosabatlarda bu uch sulola
manfaatlari to`qnashib, raqobatchilik kuchayib bordi. Kelishmovchilik bir tomondan
sulolaviy kelishmovchilikka asoslansa, ikkinchi tomondan hududiy asosda edi.
Ularning manfaatlari to`qnashgan nuqta Xuroson edi. Chunki Xuroson ham
harbiy - siyosiy, ham savdo - iqtisodiy jihatdan muhirn o`rin tutar edi. Bundan
tashqari, Xuroson – Movarounnahr, Eron va Hindiston yo`nalishida o`ziga xos
darvoza vazifasini ham o`tar edi. Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar
va safaviylar o`rtasida keskin kurash ketgan. Ularning har ikkovi ham Xurosonni o`z
nazoratida ushlashga harakat qilgan. Albatta Hindni boshqarayotgan boburiylar ham
o`zlarini Xurosonning qonuniy merosxo`ri deb bilishgan. Chunki, Bobur Hind
yurishidan oldin uzoq yillar Qobulni boshqardi va uni katta o`g`liga meros qilib
qoldirgan.
Bu masalada Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxonlar
davrida shayboniylar ustunlik qilganlar. Keyinchalik safaviylarning qo`li baland
kelgan va oxir - oqibatda, ular Xurosonni Movarounnahrdan ajratib tashlashga
muvaffaq boiganlar.
Albatta, bu yirik saltanatlar o`zaro hamkorliksiz yashashi mumkin emas edi. Shu
bois XVI asrda shayboniylar bilan boburiylar o`rtasida elchilik munosabatlari
o`rnatildi. Abdullaxon II boburiylar hukmdori Akbarshohga to`rt marta elchi
yuborgan.
1572 - yilda Abdullaxon Akbarshox xuzuriga o`z elchilarini yuboradi. Maqsad
o`zaro munosabatlarni yaxshilash, kerak bo`lsa harbiy ittifoq tuzish edi. 1577 - yilda
Abdullaxon ikkinchi marta elchi yuboradi. Bunda boburiylar Erondan Qandahorni
tortib olishni, Abdullaxon esa Badaxshonni bosib olishni rejalashtirgan edi. 1584 -
yilda Abdullaxon badaxshonni bosib oladi. Abdullaxon Akbarshohga uchinchi marta
elchi yuborib Badaxshonni bosib olish sababini tushuntirishga harakat qiladi.
Aytilishicha Badaxshonni Makkaga boradigan yo`lni g`ayridinlardan tozalash
maqsadida amlga oshirilgani bayon etilgan.
1586 - yil 23 - avgustda Akbarshoh xam o`z elchisini yuboradi. U Abdullaxonga
Turkiyaga qarshi kurashayotgan Eronga yordam berishni taklif etadi. Afsuski
Abdullaxon Eronga qarshi kurashda Turkiya bilan ittifoq tuzish niyatida edi. Elchilar
1589 - yilda vatanlariga qaytishadi. Bu paytda Abbos I Eronda vaziyatni
mustahkamlab olgan edi. Ana shunday sharoitda Badaxshonda Abdullaxonga qarshi
qo`zg`olon ko`tariladi. Isyonda Akbarshohning qo`li bor degan gumon paydo bo`ldi.
Badaxshon hukmdori Abdulmo`min Akbarshohga maktub yo`llab isyonchilarni
qaytarishni, qizini nikohlab berishini, bitta viloyat tortiq kilishni talab etadi. Natijada
munosabatlar chigallashadi. Abdullaxon elchi yuborib o`g`lining qilmishi uchun uzr
so`raydi.
Akbarshohning o`g`li Jahongirshoh (1605–1627) va Buxoro xoni Imomqulixon
davrida ikkala davlat o`rtasidagi elchilik munosabatlari davom etgan. Lekin
Jahongirshohning o`g`li Shoh Jahon (1628–1658) davrida Hindiston – Buxoro
munosabatlarida keskinlik yuz bergan. Bu Buxoro xoni Nodir Muhammadxon va
uning o`g`li Abdulaziz o`rtasida yuz bergan nizo bilan bog`liq edi. Taxtdan
ag`darilgan Nodir Muhammad Balxga qochadi. U o`g`liga qarshi kurashish
maqsadida Hindiston hukmdori Shoh Jahondan yordam so`raydi. Shoh Jahon bu
paytda qulay fursat kutib Balxni bosib olish niyatida yurar edi. Shoh Jahon darhol 96
Balx ustiga «yordam» jo`natadi. Biroq hind qo`shinlarining Balxga yordamga emas,
balki uni bosib olish uchun kelganligini tushunib yetgan Nodir Muhammadxon
Eronga qochadi.
1645-yili Abdulazizxon Balxni qamal qiladi. Oxir - oqibat hind qo`shinlari o`z
vatanlariga qaytib ketishga majbur bo`ladilar. Avrangzeb Olamgir (1658–1707) bilan
Abdulazizxon hamda Subhonqulixon o`rtalarida elchilik munosabatlari davom etgan.
Avrangzebdan keyin boburiylar sulolasi yana 150 yil hukmronlik qilgan bo`lsa-da, bu
saltanat tanazzul tomon yuz tutib bordi. Shunday bo`lsada, Hindiston va Buxoro
munosabatlari to`xtab qolmagan. Savdo aloqalari ham to`xtovsiz davom etgan.
Xonliklarning eng yaqin qo`shnisi Afg`oniston edi. Mustaqil Afg`oniston davlati
1747 - yilda tashkil topgan. Yosh afg`on davlati bilan Buxoro xonligi o`rtasidagi
munosabatlar do`stona ruhda bo`lmagan. Bunga ikkala tomonning Amudaryoning
janubiy qirg`og`idagi O`zbeklar istiqomat qilib turgan hududlarni o`z tasarruflarida
saqlashga urinishlari sabab bo`lgan cdi. Xususan, 1751 -yili Afg`oniston hukmdori
Ahmadshoh (1747-1773) Amudaryoning janubida istiqomat qilib turgan
O`zbeklarning yerlarini bosib olish maqsadida qo`shin yuboradi. Bu hududda
joylashgan kichik - kichik O`zbek bekliklari o`zaro urushlar oqibatida zaiflashib
qolgan edilar. Natijada, ular Afg`onistonning vassaliga aylanib qolgandilar. Balx
qal‘asini afg`on garnizoni egallaydi. Balxni Ahmadshohning noibi boshqara
boshlaydi.
1768 - yilda mahalliy O`zbeklar afg`onlarning jabr - zulmiga qarshi qo`zg`olon
ko`taradilar. Qo`zg`olonchilarni Buxoro qollab - quvvatlaydi. Ana shunday vaziyatda
Ahmadshohning o`zi qo`shin tortib kelib qo`zg`olonni bostiradi.
1789 - yili O`zbeklar yana qo`zg`olon ko`taradilar. Qo`zg`olonchilarga bu safar
ham Buxoro amaliy yordam ko`rsatadi. Afg`oniston hukmdori Temurshoh (1773–
1793) 100 ming lashkar bilan Balxga qarab yuradi. Biroq Buxoroga qarshi yurish
qilishga Temurshohning yuragi dov bermaydi va u Buxoro bilan sulh shartnomasi
tuzishga majbur bo`ladi. Shartnomaga ko`ra Amudaryo har ikki davlat o`rtasidagi
chegara deb tan olinadi.
Buxoro va Afg`oniston o`rtasida savdo aloqalari uzluksiz davom etgan. Qobul
shahri savdo aloqalarida alohida o`rin tutgan. Qobul orqali Buxorodan Hindistonga,
Buxoro orqali Afg`onistonga Rossiya tovarlari, Hindistondan Buxoroga hind tovarlari
ortilgan savdo karvonlari qatnab turgan.
O`rta Osiyo xonliklaridan Qo`qon xonligining Xitoy bilan munosabatlari ham
do`stona emas edi. Bir tomondan Sin imperiyasi 1755 - 1759-yillar mobaynida
Sharqiy Turkistonni o`ziga bo`ysundirib, Qo`qon xonligini kuchsizlantirishga
urinardi. Ikkinchi tomondan, Qo`qon xonligi Sharqiy Turkistonda o`z hokimiyatini
o`rnatishga intilib, Sharqiy Turkiston sari o`z chegarasini tobora kengaytirib
borayotgan edi. Ayniqsa, XIX asrning 20-yillarida Qo`qon – Xitoy munosabatlari
yanada keskinlashdi. Bunga Qo`qon xoni Muhammad Alixonning Sharqiy
turkistonliklarning Jahongirxo`ja boshchiligida Sin imperiyasiga qarshi 1825 - yilda
boshlangan milliy - ozodlik kurashiga aralashuvi sabab bo`ldi. Xitoy hukumati 1829 - yilda Qo`qonning Sharqiy Turkistonda yuritadigan savdo ishlarini taqiqladi, o`rta osiyolik savdogarlarning aksariyat qismini haydab, ularning mulklarini musodara qildi.
Bunga javoban Qo`qon xoni Muhammad Ali sharqiy turkistonliklarning Xitoyga
qarshi ozodlik kurashi rahbari Jahongirxo`ja va uning ukasi Yusufxo`ja ixtiyoriga
Haqquli boshchiligida qo`shin jo`natadi. Natijada, Yusufxo`ja Qashg`arni egallaydi
va Yorkentni egallash uchun harbiy harakatni davom ettiradi. Bu hol Xitoy
hukumatini qattiq tashvishga solib qo`yadi va Yusufxo`jaga qarshi katta qo`shin
yuboradi.
Qo`zg`olonchilarning safida mustahkam birlik yo`qligi hamda Buxoro – Qo`qon
munosabatlari yomonlashuvi oqibatida Qo`qon xonining Sharqiy Turkistonga
yuborgan qo`shinini chaqirib olishi tufayli Yusufxo`ja mag`lubiyatga uchraydi.
Oqibatda, Yusufxo`ja Sharqiy Turkistonni tashlab chiqadi.U bilan 70 ming
uyg`ur oilasi Farg`ona vodiysiga ko`chib keladi.
Qo`qon xonligi o`z chegaralarini tobora Sharqiy Turkiston tomon kengaytirish
siyosatini davom ettirgan. Ayni paytda Sin imperiyasi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli
Qo`qon xonligiga qarshi ochiqdan ochiq urush harakatlari olib borishga qodir emas
edi. Natijada, 1832-yilda Pekinda Xitoy - Qo`qon shartnomasi imzolangan. Unga
ko`ra, Qo`qon Jahongirxo`ja avlodlarini Sharqiy Turkistonga o`tkazmaslik
majburiyatini olgan.
G`arbiy Yevropaning ilg`or mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarishning yetakchi
tarmog`iga aylanib bordi. XVI asrning o`rtalaridan boshlab to`qimachilik, qog`oz,
shisha ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va qo`l hunari texnikasiga asoslangan
korxona–manufaktura (lotincha manus – qo`l, faktura – tayyorlash)lar vujudga keldi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida asbob - uskunalarni harakatga keltiruvchi bug`
mashinasi (motor) ixtiro qilindi. Natijada asosiy ishlarni mashinalar bajaruvchi
fabrika - zavodlar vujudga keldi.
Bug` mashinasi bilan harakatlanuvchi parovoz, paroxod, cho`yan va po`lat
oluvchi domna pechlar yaratildi, temir yo`llar qurildi.
Yirik boy tabaqalarning tashqi savdodan, mustamlakalardan, manufakturadan
orttirgan boyliklari sanoatni rivojlantirish uchun sarmoya sifatida qo`yildi. Bu
sanoatning rivojlanishida muhim omil bo`ldi. Eng muhimi xo`jalik yuritish,
harakatlanish uchun zarur bo`lgan mashinalarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi, og`ir
sanoat vujudga keldi.
Biroq bu jarayon jahon mamlakatlarida nihoyatda notekis bordi. Ko`pgina
mamlakatlar, jumladan, O`zbek xonliklari ham bu jarayondan chetda qolib,
taraqqiyotda orqada qolib bordi.
Yurtboshimiz Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar
ekan, quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: «Nega jahonga Ahmad Farg`oniy,
Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom al – Buxoriy, Amir
Temur, Ulug`bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat
XVII–XIX asrlarga kelib to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib
ketdi? Nega so`nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi?
Asrlar davomida bir butun bo`lib kelgan mamlakatning, bir iqtisodiy va madaniy
makonda yashab kelgan aholining uchga bo`linib ketishi, xonliklar o`rtasida tinimsiz
davom etgan urushlar mamlakatni qoloqlikka mahkum etdi. Har bir xonlik ichidagi
hokimiyatni egallash uchun ichki kurash, o`zaro nizo janjallar, boshboshdoqlik, Ig`vo
- fasodning avj olishi viloyat va tumanlari, qolaversa, butun mamlakatni xonavayron
qilardi. Xonliklarning asrlar davomida o`zgarmay kelayotgan davlat idora usuli
taraqqiyotga g`ov bo`lib qolgan edi. Xonliklar o`rtasidagi o`zaro urushlar, etnik
nizolar urug` qabila jamoalarini bir joydan boshqa joylarga ko`chishini keltirib
chiqarardi. Yoki ular zo`rlik bilan yashab turgan joylaridan ko`chirilar edi. Bu
jarayon etnik guruhbozlikni keltirib chiqarardi, aholini bir butun xalq bo`lib
jipslashishiga xalaqit berardi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham
yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi. Odamlarni,
Turkistonni, xalqni birlashtirish g`oyasi ostida uyushtira oladigan yo`lboshchi,
siyosiy kuch topilmadi.
Xonlar va saroy amaldorlari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga xalaqit
berayotgan eski ishlab chiqarish usulini himoya qilardi. Xonliklarning asosiy boyligi
bo`lgan yerga egalik qilishning, mulkchilikning eski usuli asrlar davomida
o`zgarmasdan kelardi. Yerning egasi xon edi, xonga alohida xizmat ko`rsatgani
uchun bir hovuch kishilarga yer hadya qilinardi. Yerni ijaraga olib ishlovchi dehqon
yerning egasi emasdi. Shu boisdan dehqon yerni asrab - avaylashga, uning
unumdorligini oshirishga intilmasdi, manfaatdor emasdi. Dehqon yer egasi
bo`lmagani sababli boshqa joylarga ketaverardi.
Aholi og`ir soliqlardan, g`ayriqonuniy yig`im va majburiyatlardan azob
chekardi. Turmush darajasi past bo`lib, aholi iste‘mol uchun eng zarur bo`lgan tor
doiradagi oddiy buyum va mahsulotlar bilan qanoatlanishga majbur edi. Ishlab
chiqarish, asosan, iste‘molga yo`naltirilgan bo`lib, iqtisodiyotning o`sishi uchun
turtki bo`lolmasdi.
Dehqonchilik nochor ahvolda edi. Yerga ishlov berish o`sha - o`sha bir juft
ho`kiz, so`qa–omoch darajasida qolib ketgan edi. Sug`orish ishlariga ahamiyat
pasayib, sug`oriladigan yer maydonlari qisqarib borardi.
Xonliklarda sanoat ishlari rivojlantirilmadi. Rangli metallar, oltingugurt,
marmar, toshko`mir, neft kabi tabiiy boyliklarga mo`l bo`lgan konlar bo`lsa-da, ularni
izlab topish, tog` - kon ishlarini yo`lga qo`yishga e‘tiborsizlik qilindi. o`lkada yirik
daryolar bo`lsa-da, baliqchilikni sanoat darajasiga ko`tarish, kemasozlikni yo`lga
qo`yishga e‘tibor berilmadi.
Xon va aslzodalar boylikning asosi pul, oltin, kumush, qimmatbaho
javohirlardan iborat, degan eski tasavvurlar ostida qolib ketdilar. Shu boisdan oltin,
kumush, javohir va pullar ularning xazina to`plash manbayi bo`lib qolgan edi,
iqtisodiyot rivoji uchun kapital (sarmoya) sifatida sarflanmadi, o`lik mol sifatida
saqlanardi. Davlat xazinasiga tushgan daromad qo`shin xarajatlarini zo`ig`a qoplardi.
Buyuk ipak yo`lining yopib qo`yilishi natijasida tovar - pul munosabatlari
rivojlantirilmadi. Savdoda hamon mol ayirboshlash tarzi davom etardi. O`rta Osiyo
jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga, o`zaro urushlar tufayli xonliklar o`rtasida
yagona ichki bozor ham tashkil topmagan edi.
Dunyoviy fanlar keyingi o`ringa tushirib qo`yildi. Shayboniylar davrida so`fizm
davlat mafkurasi darajastga ko`tarildi. Xon saroyida diniy ulamolardan iborat
kengash tuziladigan bo`ldi.
Qoloqlik oqibatlari: O`zbek xonliklarining jahon taraqqiyotidan orqada
qolishining oqibati yomon bo`ldi. Iqtisodiy qoloqlik va harbiy nochorlik, ijtimoiy siyosiy beqarorlik O`rta Osiyoni o`z tasarrufiga kiritib olishga intilayotgan
davlatlarga qo`l keldi.
Taniqli O`zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o`zining «O`tgan kunlar» romanida
o`zaro urushlar girdobiga botib qolgan, vaqtini aysh - ishratda o`tkazayotgan xonlar
va amaldorlarning qilmishlari qanday oqibatlarga olib kelishini yaqqol tasvirlab
beradi. Romanda Yusufbek hoji tilidan quyidagi alamli so`zlar bayon qilinadi:
«Maqsadlari juda ochiq... Bittasi mingboshi bo`lmoqchi, ikkinchisi
Normuhammadning o`rniga o`tirmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o`ziga qaram
qilmoqchi. Ittifoqning nima ekanligini, yolg`iz o`z manfaati, shaxsiyati yo`lida bir birini yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston
tuprog`idan yo`qolmay turib, bizning odam bo`lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz
shu holatda ketadigan, bir - birimizning tegimizga suv quyadigan bo`lsak, yaqindirki,
chor istibdodi Turkistonimizni egallar».
Haqiqatan ham shunday bo`ldi. Xonliklardagi o`zaro nizo va urushlar,
parokandalik, oxir - oqibat, ularning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilishi
uchun qulay imkoniyat yaratdi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin