Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə26/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

9 – mavzu. Geosiyosiy bilimlar rivojida I.Karimovning “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot afolatlari” asarining nazariy - metodologik ahamiyati.
Reja:


1. Ikki qutbli dunyoning barham topishi, “sovuq urush” ning tugashi.
2. Muammoga yondashuv uslublari: tarixiylik va mantiqiylik, izchillik, makon va zamon va boshqalar.
3. Mintaqaviy mojaro mahiyati va O`zbekistonning geosiyosiy manfaatiga zidligi.

Insoniyat, mamlakatlar va xalqlar hayotida XX asr poyonida muhim


o`zgarishlar sodir etildi. Uzoq davom etgan ikki qarama - qarshi qutblarning siyosiy mafkuraviy, harbiy - texnik sohadagi kurashiga chek qo`yildi. Biz yashayotgan davr
qanday xususiyatlarga ega? So`nggi vaqtlarda jahonda yuz bergan, dunyoning
jo`g`rofiy - siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o`zgarishlar hozirgi
zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohaza
yuritish va ularga to`g`ri baho berish, hamda to`g`ri xulosalar qilish juda muhim.
Ikkita g`oviy tizimning qarama - qarshiligi tugagach dunyoning qator mintaqalarida
parokandalik boshlanib, olovli nuqtalar ham paydo bo`ldi. Bunday sharoitda har bir
davlat o`zining geografik joylashgan o`rni, geogstrategik mavqei, xalqining milliy
turmush tarzi, ijtimoiy - iqtisodiy vaziyati, tashqi siyosiy, harbiy omillarni hisobga
olib o`z xalqining azaliy orzu - umidlariga xizmat etadigan taraqqiyot dasturini
yaratishi, uni izchil yo`lga qo`yishi muhim ahamiyat kasb etardi. Bu bilan bog`liq
ustuvor vazifalar, yo`nalishlar, o`z yo`limizning shart - sharoitlari va zaminlari
I.A.Karimovning «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li‖ asarida chuqur
bayon etilgan. Mustaqil bo`lgan har bir davlat o`z taraqqiyot yo`lini izlaydi. Jahon va
o`zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o`z
taraqqiyot yo`limizni tanlab olish respublikaning qat‘iy pozitsiyasi1 ekanligi ko`rsatib
o`tildi. Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy sohadagi vazifalar belgilab olindi.
O`zbekiston tashqi siyosatining qoidalari belgilab berildi. Bozor iqtisodiyotiga
o`tishning besh tamoyili I.Karimovning «O`zbekiston - bozorga o`tishning o`ziga xos
yo`li» (1993 - yil), O`zbekiston - iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida»
asarlarida keng yoritildi. ―O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asari‖ da esa yangi ming arafasida
insoniyatni kutayotgan keng qamrovli global muammolarni ilgari surilishi, tahlil
etilishi, ularni oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni bartaraf etish
borasidagi vazifalarning yoritilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Asarda ilgari
surilayotgan masalalarngi mantiqiy ravishda uchta qismga bo`lib o`rganish maqsadga
muvofiq bo`ladi33.
Dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo`ldi. Ular, hozirgi til bilan
aytganda, sotsialistik o`tmishga ega bo`lgan, o`z siyosiy mustaqilligini tinch yo`l
bilan qo`lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy
munosabatlarni yangilash yo`liga qadam qo`ydi. Ular dunyodagi boshqa mamlakatlar
orasida o`z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda. Tenglar orasida teng bo`lishga,
jahon maydonining tarkibiy qismiga aylanishga harakat qilmoqda. Bu davlatlar
oldida muvaffaqiyatsiz, chippakka chiqqan tarixiy tajribaning fojiali oqibatlarini
qisqa davr ichida bartaraf etish vazifasi turibdi. Ular zamonaviy bozor iqtisodiyotiga
ega bo`lgan, odamlar munosib turmush kechirishini ta‘minlay oladigan, insonning
huquq va erkinliklarini himoya qila oladigan chinakam demokratik jamiyat qurishdek
murakkab vazifani hal etishi zarur. O`zbekiston ham ana shunday davlatlar jumlasiga
kiradi. Asarda yangi asr bo`sag`asidagi vujudga kelgan ijtimoiy - siyosiy, geosiyosiy
vaziyat chuqur tahlil etilgan xolda muhim metodologik ahamiyat kasb etadigan
quyidagi muammolar ilgari suriladi:
XXI asr O`zbekiston aholisi uchun qanday keladi? Kishilar turmushi kechagidan
qanchalik yaxshiroq bo`ladi? O`zimiz uchun tanlab olgan islohotlar va yangilanish
yo`li o`ta murakkab yo`l ekanligini anglayapmizmi? Bu yo`lda qanday muammolar,
qiyinchiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini yetarli darajada aniq tasavvur
qilyapmizmi?
Eng avvalo, odamlarning mana shu boy zaminda munosib hayot kechirishlarini
ta‘minlashga qaratilgan maqsad va vazifalarni qay darajada ro`yobga chiqara olamiz?
Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo`lida tahdid
bo`lib turgan muammolarni anglab yetyapmizmi?
Xavfsizligimizga tahdid bo`lib turgan muammolarga nimani qarshi qo`ya
olamiz? Jamiyatimiz to`xtovsiz va barqaror rivojlanishiga, biz istiqomat qilayotgan
mintaqada jo`g`rofiy - siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat bo`la oladi?
Mamlakatimiz yangi ming yillikda mustahkam, og`ishmay va barqaror
rivojlanishni kafolatlaydigan qanday imkoniyatlarga ega? Jahonning barcha
mamlakatlari bilan o`zaro manfaatli, har tomonlama keng hamkorlik qilish uchun
nimalarni taklif eta olamiz34?
To`g`ri yangi mingyillik arafasida otalitar tuzum yemirilganidan keyin
dunyoning qutblarga bo`linishi barham topdi. Lekin shu tufayli dunyo ko`pchilik
kutganidek xavfsizroq, barqarorroq, sobitqadamroq bo`lib qolgani yo`q. Keyingi
yillarda butun dunyo miqyosida va mintaqalar darajasida vujudga kelayotgan tashqi
munosabatlarni tanqidiy tahlil qilish va eng avvalo:
- bir qancha mamlakatlarda keskin siyosiy kurash borayotgan bir vaqtda
demokratiya asoslarining ba‘zan qiyinchilik bilan qaror topish jarayonlarini tahlil
qilish. Bunga misol tariqasida MDH hududida joylashgan davlatlardan Qirg`iziston,
Gruziya, Ukraina, Modova kabi davlatlarni aytish mumkin. Xalqaro maydonda esa
Liviya, Misr, Bolqon davlatlarini misol qilib keltirish mumkin;
- milliy o`zlikni anglashning faol jonlanishi hamda millatlar va ayrim
elatlarning o`z taqdirini o`zi belgilashga intilishi va shu bilan bog`liq masalalar. Bu
jarayon Turkiya, Iroq, Suriya, Ozarbayjon, Kosovo, Sudan kabi mamlakatlar hayotida
sodir etildi;
- etnik va millatlararo ziddiyatlarning saqlanib qolayotganligi. Buning ba‘zi
jihatlarini Kirg`iziston, Tog`li Qorabog`, Sudan, Kosovo o`lkalarida kuzatish
mumkin. Sobiq ittifoq davrida Farg`onada shu negizda janjal chiqarishga urinildi.
I.Karimovning O`zbekiston hukumati tepasiga kelishi bilan bu masalani xal etishga
jiddiy kirishildi. Mamlakatimizda millatlararo totuvlik saqlandi;
- qotib qolgan mafkuraviy aqidalarning qadrsizlanishi hamda siyosiy va diniy
ekstremizmning turli shakllari kuchayib borayotganligi. Bunday tusdagi kuchlar
oldiniga Afg`oniston hududida qonli janglarni keltirib chiqarishdi. Uzoq payt
Tojikistonda fuqarolar urushini sodir etishdi. Liviya va Suriyada barqarorlik buzildi.
Million - million insonlar qochoqlarga aylanishdi;
- dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan
mamlakatlar saqlanib qolayotganligi;
- mamlakatlar, xalqlar o`rtasida, bir mamlakat ichida esa ayrim ijtimoiy
guruhlar o`rtasida iqtisodiy va ijtimoiy tabaqalanish kuchayib borayotganligi bularning barchasi dunyo hali ham avvalgidek mo`rt bo`lib turganligi va avaylab
munosabatda bo`lishni talab qilayotganligidan dalolat beradi. Tahlillar asosida bizni
qurshab turgan olam g`oyat murakkab va muammoli bo`lib keldi, shunday bo`lib
qolmoqda va yaqin istiqbolda ham shunday bo`lib qolishi asoslab beriladi.
Hozirgi sharoitda, umumiy xavfsizlikni ta‘minlash va muvozanatga erishish
manfaatlari nuqtai nazaridan, yangi mustaqil davlatlarning xavfsizligi va barqaror
rivojlanish muammolari ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Yer yuzida vaziyat va kuchlar
nisbati shiddatli o`zgarib bormoqda. Yangi mustaqil davlatlar maydonga chiqmoqda.
Bu esa hozirgi kunda davlatlar va xalqlarning barqarorligini ta‘minlash uchun
yangicha yondashuvlarni izlab topishni, yangi mingyillikda xavfsizlikning yangicha
modellarini ishlab chiqishni tobora qattiq talab qilmoqda.
Suveren davlatning har bir rahbari, har bir yetakchisi oddiy kishilar ishonch
bildirib uning zimmasiga yuklagan juda katta burch va mas‘uliyatni teran anglab, o`y
- xayolini hamisha tinchlik, osoyishtalikni saqlash, avaylash va mustahkamlashga
qaratmog`i kerak. Ushbu murakkab, voqealarga boy yillarda poydevorini qo`yishga
muvaffaq bo`lingan yangi uyni qurish va obod qilish uchun o`rnimizga keladigan
avlod oldidagi mas‘uliyatimizni bir daqiqa bo`lsin, unutishga haqqimiz yo`q.
Asarda o`tgan yillarning mantiqi asosida hozirgi kunda uchta asosiy savolga
murojaat qilinadi: xavfsizlikni qanday saqlab qolish lozim? Barqarorlikni qanday
ta‘minlash darkor? Taraqqiyot yo`lidan sobitqadam rivojlanishga nimalar hisobiga
erishish mumkin?
Albatta bu savollarga javob izlanshanida qator siyosiy, iqtisodiy, madaniy,
ma‘naviy, diniy, mafkuraviy, tabiiy, geografik omillar birgalikda olib tahlil etilishi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa tariqasida quyidagi fikrlarni ilgari surish mumkin:
Birinchidan, I.Karimovning ―O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asari‖ da esa yangi ming
arafasida insoniyatni kutayotgan keng qamrovli global muammolarni ilgari surilishi,
tahlil etilishi, ularni oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni bartaraf etish
borasidagi vazifalarning yoritilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Klassik
geosiyosatning vakillari asarlarida esa muayyan mintaqaning manfaatlari oldinga
o`ringa surilgan.
Ikkinchidan, biz yashayotgan mintaqaning geostrategik, geosiyosiy manfaatlari
nuqtai nazaridan har bir masalaning yechimiga e‘tibor qaratiladi.
Uchinchidan, tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o`rtasidagi
hamkorlik va ishonch olg`a harakatlantirishiga alohida urg`u berilgan. Va bu
hamkorlikni ta‘minlashdagi vazifalar, uning istiqbollari keng yoritilgan.
Asarda bugungi O`zbekiston - faqat juda boy tabiiy - xom ashyo zaxiralari,
cheksiz bozor va sarmoya sarflanadigan sohagina emas, shuningdek mamlakatimiz
g`oyat ulkan aql - zakovat, ma‘naviy va madaniy imkoniyatlarga ega ekanligiga
alohida e‘tibor qaratiladi. Bularning barchasi dunyoda yangi siyosiy va iqtisodiy
tartib faol shakllanib borayotgan bir sharoitda, yurtimizning noyob jo`g`rofiy o`rni
bilan qo`shilgan holda juda katta jo`g`rofiy - siyosiy va jo`g`rofiy - strategik qiziqish
uyg`otishi tabiiy.
Sayyoramizning juda katta maydonida kuchlar nisbati ko`p jihatdan Markaziy
Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar qaysi yo`ldan borishlariga bog`liq. Hozir xalqaro
munosabatlarning sifat jihatidan yangicha tartibini shakllantirish jarayonida ishtirok
etayotganlar buni e‘tirof etmasliklari mumkin emas. Hech shubha yo`qki, bu
davlatlarning tanlab olgan yo`li islom dunyosida yuz berayotgan murakkab
jarayonlarning rivojlanishi qanday natijalarga olib kelishiga va umuman jahon
hamjamiyati uchun kelib chiqadigan barcha oqibatlarga o`z ta‘sirini ko`rsatadi.
Ushbu omillarni tushunish O`zbekiston Respublikasining va butun Markaziy
Osiyoning XXI asr bo`sag`asidagi taqdiri va rivojlanish istiqbollari haqida
yuritilayotgan hamma fikr - mulohazalarning tayanch nuqtasi bo`lib qolishi kerakligi
tegishli tahlilar uchun muhim metodologtk ahamiyat kasb etadi. Ming yillik tarix
shuni ko`satadiki, barqarorlik va jo`g`rofiy - siyosiy muvozanat saqlanib qolgan
sharoitdagina bu mintaqa jo`shqin va sobitqadam rivojlanadi, jahon hamjamiyati
uchun munosib sherik bo`la oladi, keng tomonlama integratsiyaga kirisha oladi.
Shuningdek Markaziy Osiyo mintaqasida turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy,
transportga va ekologiyaga oid to`planib qolgan muammolar ko`rsatib o`tilgan. Shu
nazarda tutilgan holda butun mintaqaning sobitqadam va barqaror rivojlanishini
ta‘minlash hamda mojaroli vaziyatlarning oldini olish uchun hozirgi kunda ichki va
tashqi muvozanatni saqlash va qo`llab - quvvatlashgina birdan - bir maqbul
geosiyosiy tamoyildir degan xulosaga kelinadi. Mintaqada jo`g`rofiy - siyosiy
muvozanatni va barqarorlikni saqlagan taqdirdagina mazkur muammolarni hal etish
imkoni tug`iladi. Bu esa, o`z navbatida, yalpi xavfsizlikni ta‘minlash muammolarini
hal qilishga qo`shilgan salmoqli hissa bo`ladi.
O`zbekiston erkin rivojlanayotgan dastlabki yillarda orttirilgan tajriba ham ayni
shundan dalolat bermoqda. Bu tajriba qo`lga kiritilgan ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy
barqarorlik ulkan yutuq ekanligiga va bu ulug` ne‘matning ahamiyati cheksizligiga
yaqqol ishontirmoqda.
Shuning uchun ham: «Ogoh bo`ling, odamlar!» - degan da‘vat hamisha bong
urgandek yangrab turishi kerak. Faxrlanish mumkin va lozim bo`lgan bebaho
qadriyatlar - o`z mustaqilligimizni, tinchligimizni, jamiyatda millatlar va fuqarolar
o`rtasidagi totuvlikni asrang. O`z erkimizni qanday tasarruf etish, uni bugungi
murakkab va ba‘zan shafqatsiz dunyodagi haddan ziyod xavf - xatarlardan saqlash
har birimizga bog`liqdir.
Davlatni aql - idrok bilan boshqarish, - mutafakkir Abu Nasr Forobiy X asrda
saboq berib aytganidek, - xalq boshiga tushgan xavf - xatarni kamaytirish va bartaraf
etishdan iboratdir.
Bugun biz qisqa muddat ichida tanlagan maqsadimiz yo`lida ancha ishlar
qilinganligini yetarli emasligi ko`rsatib o`tiladi. Hali yana uzoq vaqt mobaynida
ustuvor bo`lib qoladigan muammolarni aniq tasavvur etishni o`rganish lozim. Bu
muammolarning ko`pchiligini yalpi tamoyillar va ulkan voqea - hodisalar keltirib
chiqargan. Shu sababli bizni o`rab turgan, hech kim o`z holicha yashay olmaydigan,
hamma narsa ham bizga bog`liq bo`lavermaydigan, yuksak maqsadlarga erishish
yo`lidagi intilishimizga jiddiy xavf - xatar solib turgan bu dunyoning o`zi nimadan
iborat ekanligini chuqur tushunib olish juda muhim. Demak jarayonga ham ijtimoiy siyosiy, ham iqtisodiy, ham ma‘naviy - mafkuraviy, ham geostrategik - geosyosiy
nuqtai - nazardan qarash muhimligiga keng e‘tibor beriladi.
Shuningdek geosiyosiy nuqtai nazardan pragmatik xarakterda ekani muhimdir.
Unda ta‘kidlanishicha bugungi kunda xavfsizlik va barqarorlik yo`lida paydo
bo`layotgan tahdidlarga tegishli munosabatda bo`la olishning o`zigina yetarli emas.
Mavjud xavf - xatarlarning tabiatini to`g`ri tushunib yetishimiz, ularning manbalari
va o`zaro aloqalarini vaqtida aniqlash ilgari suriladi. Jamiyatda barqarorlikni saqlash
shart - sharoitlarini belgilab olish va ulardan samarali foydalanish zarur. O`zbekiston
Respublikasining barqaror va sobitqadamlik bilan rivojlanishi shularga bog`liqdir.
O`zbekiston uchun uning keng ma‘nodagi milliy xavfsizligi nimani anglatadi,
biz bu xavfsizlikni qanday tasavvur qilish lozim?
Birinchidan. O`zbekiston xavfsizlikning yaxlitligi haqidagi asosiy tamoyillardan
birini to`la qo`llab - quvvatlaydi. Xavfsizlik - uzluksiz holatdir, hadsiz - hududsizdir.
Ikkinchidan. «Sovuq urush» barham topganidan keyin yalpi xavfsizlikka asosiy
tahdidni etnik, mintaqaviy, mahalliy mojarolar va davlatlar ichidagi jangari
separatizm solmoqda. Ayniqsa, bunday qarama - qarshiliklar ayrim mamlakatlar
qo`lida ularning o`z manfaatlarini va ta‘sir doiralarini saqlab qolish va himoya qilish
uchun yoki strategik kuchlar muvozanatini o`z foydalariga o`zgartirish uchun qudratli
siyosiy ta‘sir vositasiga aylanmoqda. Har bir mintaqada xavfsizlikni ta‘minlash muammolari muayyan mohiyatga ega. Shuningdek, har bir mintaqaning o`z xususiyatlari, o`z tahdid manbalari va xavfsizlikni saqlash omillari bor.
Har qanday mintaqaning hal qilinmagan va gazak olib ketgan muammolari butun
dunyoda zanjir reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Vaziyatning beqarorlashuvi
esa kundan - kunga aniq - ravshan bo`lib borayotgan yangi jeografik - siyosiy
muvozanatni buzish xavfini keltirib chiqaradi.
Uchinchidan. O`zbekiston o`zining jo`g`rofiy - siyosiy holati jihatidan jamoaviy
xavfsizlik tizimi izchil yo`lga qo`yilmagan mintaqada joylashgan. Bu ham tahdid
tug`diruvchi sababdir.
O`zbekiston amalda Fors ko`rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining
neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazidir.
Ya‘ni, bu yarim halqa atrofida butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida yaqin
yillarda Yevroosiyo va jahon kelajagi uchun hal qiluvchi rol o`ynaydigan energiya
zaxiralari mavjud.
Buning ustiga, biz Rossiya, Xitoy va Hindistonning, Sharq va G`arb
mamlakatlarining bir - biriga mos kelmaydigan manfaatlari yuzaga chiqadigan
mintaqaning bir qismimiz. Aslida shakllanib kelayotgan, lekin juda kuch - qudratli,
XXI asrning qiyofasini shubhasiz belgilab beradigan bu kuch markazlari ana shu
mintaqada o`z manfaatlarini izlaydi. Yevroosiyo markazlari tutashgan yerda
joylashgan bizning hududimizdan, butun mintaqa hududidan islom dunyosining
Turkiya, Pokiston, Eron va Saudiya Arabistoni kabi qudratli mamlakatlari ham,
yuqoridagi kuchlar kabi, o`z manfaatlarini izlaydi.
Yana bir tahdid manbai shu bilan bog`liqki, O`zbekistonni etnik, demografik,
iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar qurshab turibdi.
Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm, etnik murosasizlik,
narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag`batlantirib kelinayotgan, ichki
mojaro avj olgan Afg`oniston kabi beqarorlik o`chog`i bilan chegaradosh. Besh
yildirki, qo`shni Tojikistonda fuqarolar urushining keng yoyilib ketish xavfi ham
saqlanib kelmoqda. Bu davlatlarda xorijdagi eng ko`p sonli hammillatlarimiz
istiqomat qilib turganligini hisobga olmaslik mumkin emas.
To`rtinchidan. Mintaqaviy nizolar ko`pincha terrorizm va zo`ravonlik,
narkobiznes va qurol - yarog` bilan qonunsiz savdo qilish, inson huquqlarini
ommaviy suratda poymol etish kabi xavfli tahdidlarning doimiy manbaiga aylanib
bormoqda. Bunday hodisalar davlat chegaralarini tan olmaydi.
Beshinchidan. Shunga ishonchimiz komilki, xalqaro munosabatlar amaliyotida
har bir mustaqil mamlakatning o`z milliy manfaatlariga muvofiq, o`z mustaqilligi va
barqarorligini ta‘minlash maqsadi bo`lishi lozim. U yoki bu xalqaro tizimlarda va
kollektiv xavfsizlik shartnomalarida qay darajada qatnashishini ularning o`zi
belgilash huquqi nazarda tutilishi zarur.
Ayonki, bunda biz boshqa mamlakatlarning xavfsizligini himoya qilish
ta‘minlanishi zarurligini va ularning manfaatlari kamsitilishiga, yaqin o`tmishning
harbiy - siyosiy qarama - qarshilik sohasidagi salbiy tajribasiga qaytishga yo`l qo`yib
bo`lmasligini nazarda tutayotirmiz.
Oltinchidan. Bizning nazarimizda, ekologik va yadroviy xavfsizlik muammolari
alohida e‘tiborni talab qiladi. Biz Markaziy Osiyo mintaqasi yadroviy qurollardan
xoli hudud deb e‘lon qilinishiga erishmoqchimiz. Ayrim qo`shni davlatlar yadro
quroliga ega bo`lishga oshkora intilayotganligi bizni ayniqsa tashvishga solmoqda.
Nima bo`lganda ham Markaziy Osiyoni qurshab turgan mamlakatlar asosan yadro
quroliga ega mamlakatlar hisoblanadi.
Keyingi yillarda maxsus adabiyotlar, OAV larida mash‘um mazmunga ega
«mintaqaviy mojaro» degan ibora hammaning qulog`iga o`rnashib, oddiy bir holga
aylandi. Mintaqaviy mojarolar dunyoning rivojlangan mintaqalariga ham,
rivojlanayotgan mintaqalariga ham xos tus oldi. Shunday ekan, mintaqaviy mojarolar
jamiyatimiz farovonligi va respublikamiz taraqqiyoti uchun qanday xavf
tug`dirmoqda? Bir qarashda, O`zbekiston chegaralariga yaqin joylarda yuz
berayotgan barcha nizolar davlatimizdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni
saqlab turishga bevosita aloqasi yo`qdek tuyuladi. Bundan buyon ham tashvishli
hodisalar bizni chetlab o`z yo`lidan rivojlanaveradi, barqarorlik o`z - o`zicha
saqlanaveradi, mamlakatning kelajagi esa o`z - o`zidan ta‘minlangan, deya fikr
yuritishni ham siyosiy, ham fuqaroviy kaltabinlikdir.
Mavjud mintaqaviy tanglik sharoitida O`zbekistonning xavfsizligiga tahdid
xayoliy emas, balki yaqqol mavjuddir. Mintaqaviy mojaroni faqat taraflarning
belgilab qo`yilgan doiralardagi qurolli qarama - qarshiligi, shu jumladan tinch aholi
o`rtasida ko`plab qurbonlarga olib keladigan qarama - qarshiligi deb hisoblamaslik
kerak. U muayyan jamiyat va qo`shni davlatlar hayotiga ta‘sir ko`rsatadigan qarama qarshilikdir. Agar masalaga shu nuqtai nazardan qaraladigan bo`lsa, bu tahdidning
haqiqatan mavjudligi yaqqol ayon bo`ladi.
Insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanish tarixi, ayniqsa har jihatdan bir - biriga
bog`liq bo`lib qolgan hozirgi dunyo sharoitida, shundan aniq dalolat berib turibdiki,
alohida olingan bir davlatdagi har qanday mojaro uzoq vaqt davomida milliy
chegaralar doirasida qolib keta olmaydi. Bir qancha sabablarga ko`ra bunday mojaro
nazorat qilib bo`lmaydigan darajada yoyilib ketishi muqarrar. Chunki turli
maqsadlarni ko`zlaydigan va tanglik chiqqan hududda o`z manfaatlarini ta‘minlashga
intiladigan tashqi kuchlar hamma vaqt shay turadi.
Shunday qilib, alohida olingan davlatdagi ichki mojaroni, shu mojaro bilan
qo`shni mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro aloqani bir - biriga bog`liq bo`lmagan
hodisalar deb hisoblash xato bo`lur edi. Afg`onistondagi harbiy - siyosiy tanglik,
Tojikistondagi beqarorlik butun Markaziy Osiyodagi mintaqaviy barqarorlik holatiga
ham, jumladan, O`zbekistonning milliy xavfsizligiga ham salbiy ta‘sir ko`rsatmay
qolmaydi.
Sobiq sovet qo`shinlari Afg`oniston hududini tark etgach u yerda vaziyat baribir
tinchimadi. Navbat endi ichki guruhlar o`rtasidagi to`qnashuvlarga keldi. Tolibon
1996 yilda Qobul shahrini egallagach mamlakatning qator o`lkalarida o`z
hokomiyatini o`rnatdi. Lekin tom ma‘nodagi barqarorlikni ta‘minlab bilmadi.
Terrorichilik harakatlari, qon to`kishlar davom etaverdi. 2001 - yil 11 - sentabr
voqealaridan AQSH boshchiligidagi tinchlikparvar kuchlarning kirib kelishi ma‘lum
bir vaqt osoyishtalikni ta‘min etdi. Lekin mujohid jangarilarning qarshiligini butunlay
sindirib bilmadi. 2014 - yilda xalqaro kuchlar afg`on hududini tark etgach norasmiy
manbalarda keltirilishicha yana jangarilar afg`on - tojik chegarasiga yig`ilmoqda.
Hozirning o`zidayoq ko`zga tashlanayotgan va keyinchalik vujudga kelishi
mumkin bo`lgan xavf - xatarlar ko`lami keng. Mintaqaviy mojarolarning oqibatlari
ancha sezilarli shaklga ham ega. Ularni davlatlarning milliy iqtisodiyotiga va xo`jalik
aloqalariga ta‘sir ko`rsatadi. Umuman olganda asarda ko`rsatib o`tilganidek
mintaqaviy mojarolarning mintaqamiz havfsizligiga tahdidi quyidagi omillar bilan
belgilanadi:
Birinchidan, Afg`onistondagi urush mamlakatning shundoq ham yaxshi
rivojlanmagan iqtisodiyotini boshdan - oyoq vayron qildi. Bu urush hozirgi vaqtda
Markaziy Osiyo davlatlariga «iliq dengizlar»dagi portlarga chiqish va shu yo`l bilan
jahon xo`jalik aloqalari tizimiga qo`shilish imkonini beradigan yangi transport
kommunikatsiyalarini ochish yo`lida asosiy g`ov bo`lmoqda.
Ikkinchidan, qurolli mojaro keskinlashgan taqdirda chegaralarni tan olmasdan,
qo`shni davlatlar hududiga «yopirilib kirish»ga tayyor turgan qochoqlar muammosi
vujudga keladi.
Uchinchidan, Afg`oniston cho`zilib ketgan mintaqaviy mojarolar salbiy
hodisalarni keltirib chiqarmoqda, chegaradosh davlatlar uchun jiddiy xavf
tug`dirmoqda. Bu salbiy hodisalar haqida gapirganda, qonunga xilof ravishda
narkotik moddalar olib o`tilishi, xalqaro terrorizm va qurol – yarog` kontrabandasi
kabi muammolarga ham to`xtalib o`tish lozim.
To`rtinchidan, Afg`oniston bilan Tojikistondagi mintaqaviy mojarolar hal
bo`lmayotir. Bu esa mintaqadagi davlatlar, shu jumladan O`zbekiston oldiga
terrorizm va qurol - yarog`lar kontrabandasi singari hodisalarning qo`shni davlatlar
hududlariga yoyilishi bilan bog`liq bo`lgan yangi va g`oyat xavfli muammolarni
ko`ndalang qo`ydi. Endilikda milliy xavfsizlikni va ichki barqarorlikni ta‘minlash
darajasi ana shu muammolarni hal qilishga bog`liq.
O`zbekiston respublikasi bilan chegaradosh mamlakatlardagi harbiy - siyosiy
mojarolarni tinch yo`l bilan hal qilishga va ularning oldini olishga qaratilgan har
qanday harakatlarni, amaliy qadamlarni qo`llab - quvvatlab keldi va bundan buyon
ham qo`llab - quvvatlayveradi. Bu yo`lda mamlakatimiz ham o`z davlat siyosati
doirasida, ham xalqaro tashkilotlar mexanizmlaridan foydalangan holda, mavjud
imkoniyatlarni aniq maqsadni ko`zlab ishga soladi. Butun milliy strategiyaning
asosiy yo`nalishlaridan biri ana shunday mazmun - mohiyatga ega.
Yangi ming yillik arafasida jamiyat hayotining turli sohalarida sodir bo`lgan
o`zgarishlar oxiri diniy qadriyatlarning uyg`onish davri, vazmin, behuda
urinishlardan xoli diniy ma‘naviyatga o`ziga xos tarzda qaytish davri bo`lib qoldi.
Shu bilan birga, jahon jamoatchiligi bu jarayonlarga juda katta qiziqish bilan
qarabgina qolmayapti. Uning diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi keskin
hodisalar munosabati bilan bezovtalanayotgani, ba‘zan esa hatto xavfsirayotgani ham
ko`zga tashlanmoqda. Afsuski, hozirgi zamon tarixida ana shu o`ta keskin 119
ko`rinishlar jiddiy mojarolarni, ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va
xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi insoniyatni cho`chityapti. Shundan darak
beruvchi fikrlar ancha - muncha to`planib qolgan. O`zbekistonning mustaqilligini
mustahkamlash, uning xavfsizligini ta‘minlash zarurligi nuqtai nazaridan qaraganda,
bu hodisalar bizda ham jiddiy tashvish tug`dirmoqda.
Diniy ekstremizm va fundamentalizm bizning mintaqamiz uchun tug`dirishi
mumkin bo`lgan xavf - xatarlarni bevosita tahlil qilishga kirishishdan oldin e‘tiborni
odamlarning diniy e‘tiqodlari bilan bog`liq har qanday muammo g`oyat nozik
ekanligiga, ularning dinning ma‘naviy qadriyatlari bilan shiorlardan, xususan, islomni
qayta tiklash shioridan foydalanayotgan muayyan kuchlar ko`zlayotgan, dinga aloqasi
bo`lmagan siyosiy va boshqa tajovuzkor maqsadlar o`rtasidagi farqni tushunib
olishlariga erishish zarurligiga qaratish zarur.
Din, shu jumladan islom dini ham ming yillar davomida barqaror mavjud bo`lib
kelganligining o`ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganligidan, uning o`ziga xos
bo`lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat,
guruh, alohida shaxs ma‘naviy hayotining muayyan sohasi bo`lgan din umuminsoniy
axloq meyorlarini o`ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy
xulq - atvor qoidalariga aylantirgan. Madaniyatga katta ta‘sir ko`rsatgan. Insonning
odamlar bilan bahamjihat yashashiga ko`maklashgan va ko`maklashmoqda.
Afsuski, insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo`lgan odamlardagi
e‘tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto
fanatizm sifatida foydalanilganligini ko`rsatuvchi misollar ko`p. Fanatizmning o`ziga
xos xususiyati va ko`rinishlari avvalambor o`z dinining haqiqiyligiga o`ta qattiq
ishonish, boshqa diniy e‘tiqodlarga murosasiz munosabatda bo`lishdan iboratdir.
O`zining shak - shubhasiz haqligiga, haqiqatni faqat o`zi bilishiga ishonch hissi
so`nggi choralarga - zo`ravonlik harakatlariga moyilligi bilan ajralib turadigan diniy
ekstremizmning paydo bo`lishiga zamin yaratadi. Bunda muayyan shaxs ham, boshqa
dinga mansub ijtimoiy guruh ham yoki shu dinning o`z vakillari tomonidan rad
etilayotgan mazhabga mansub vakillar ham ta‘sir ko`rsatish ob‘yekti sifatida tanlab
olinishi mumkin.
So`nggi o`n yilliklar mobaynida dunyoda din omilining faollashuvi qator
sabablar bois sovetlardan keyingi makonda ham o`z aksini topdi. To`g`ri, ma‘muriy -
buyruqbozlik tizimi hukmronlik qilgan sharoitlarda ham diniy hayot hech qachon
to`xtab qolgan emas. Biroq 80 - yillarning oxiri - 90 yillarning boshlari, bir
tomondan, jamiyatda dinning mavqei qayta tiklangan, ikkinchi tomondan esa, ana shu
asosda mojarolar chiqishi uchun sabablar shakllangan davr bo`ldi.
O`zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmi - aqidaparastlikning tahdidi
nimalarda namoyon bo`lmoqda?
Birinchidan. Aqidaparastlikni yoyish orqali dindor musulmonlarning islohotchi
davlatga ishonchini yo`qqa chiqarishda ko`rinmoqda. Yaxshilik yo`lidagi
o`zgarishlarning ustuvor shartlari bo`lgan barqarorlikni, milliy, fuqarolararo va
millatlararo totuvlikni buzish yo`lidagi urinishlarda namoyon bo`lmoqda.
Ikkinchidan. Fundamentalistlarning adolat haqidagi olomonbop, jozibador,
ammo baqiroq va asossiz da‘vatlariga ko`r - ko`rona ergashuvchilar o`zgalar
irodasining quli bo`lib qolishini anglashimiz lozim.
Uchinchidan. Mamlakat mintaqalari aholisi va ijtimoiy qatlamlar o`rtasida
«haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo`yicha qarama - qarshilik keltirib
chiqarishda ko`rinmoqda.
To`rtinchidan. O`zbekistonning janubiy chegaralaridagi qo`shni mamlakatlarda
fuqarolar urushi to`xtamay, davom etib kelayotganligida namoyon bo`lmoqda. Bu
holat o`zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchilar deb hisoblaydigan, mudhish
tasavvurlarini xalqimizga zo`rlab qabul qildirishni istaydigan terrorchilar,
jangarilarning yangidan - yangi avlodlarini vujudga keltirmoqda.
Beshinchidan. Musulmon va nomusulmon mamlakatlar, ularning jamoatchiligi
orasida ham O`zbekiston haqida ko`ngilni sovutadigan fikr tug`dirishga urinishlarda
namoyon bo`lmoqda.
Oltinchidan. Islom sivilizatsiyasi bilan islomiy bo`lmagan sivilizatsiya o`rtasida
yalpi qarama - qarshilikni shakllantirishda namoyon bo`lmoqda. Bu esa jahon
hamjamiyatiga qo`shilish jarayonlariga g`oyat salbiy ta‘sir ko`rsatmoqda. Undan ham
dahshatlisi shuki, odamlarni diniy zaminda «sivilizatsiyalar to`qnashuvi» ni kutishga
majbur qilmoqda.mana hozirgi kunda G`arb va islom munosabatlari xavas qiladigan
darajada deb bo`lmaydi.
Yettinchidan. Ommaning ongida din barcha iqtisodiy, siyosiy va xalqaro
muammolar hamda ziddiyatlarni hal qilishning universal vositasi degan fikrni qaror
toptirishda ko`rinmoqda.
Bugungi O`zbekistonda diniy hayot tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi.
Din davlat va davlattashkilotlaridan ajratilgan bo`lsada lekin jamiyatdan ajratilgan
emas. Barcha fuqarolarga vijdon va e‘tiqod erkinligi kafolatgan. Lekin dindan siyosiy
maqsadda foydalanish man etilgan. Biz yoshlarda tarixiy xotirani tiklashda, ularda
milliy - ma‘naviy qadriyatlarni yuksaltirishda, vatanparvarlikni yuksaltirishda diniy
tashkilotlar imkoniyatidan foydalanamiz albatta.
XXI asr bo`sag`asida yangi mustaqil davlatlar juda katta ichki va tashqi
qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ular mavjud muammolarning yechimini, ichki
manbalar va imkoniyatlarga tayangan holda va shu bilan birga, jahon
hamjamiyatining manfaatdor ishtirokidan izlamoqda.
Nafaqat yosh davlatlarning e‘tibor berishini, balki, eng avvalo, xalqaro
jamoatchilik ishtirokini talab etadigan muammolar jumlasiga birinchi navbatda 121
imperiyacha fikrlash va xulq - atvorning xurujlari tufayli kelib chiqayotgan
muammolarni kiritish lozim.
O`zbekiston Respublikasi ham ana shu hodisalar ta‘siridan chetda qolgani yo`q.
Davlatimizning suvereniteti va barqarorligiga tahdidlar saqlanib qolmoqda. Bu tahdid
buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik ruhidagi shiorlarda,
bildirilayotgan fikrlarda, sharhlarda va muayyan xatti - harakatlarda aniq namoyon
bo`lmoqda.
Bir qarashda, go`yo insoniyat XXI asr bo`sag`asida yetarli darajada aql - idrokli
bo`lib qolgan holda o`zining tarixiy tajribasiga asoslanib, asrlar davomida tarkib
topib kelgan ba‘zi bir andozalardan voz kechishi tabiiy bo`lib ko`rinadi.
Biroq shovinistik va agressiv millatchilik inersiyasining kuchi hali shu qadar
zalvorliki, bu kuch unga duch kelganlar uchun ham, uni boshqalarga qaratayotganlar
uchun ham naqadar xavfli ekanligini payqamaslik mumkin emas.
Asarda buyuk davlatchilik shovinizmini va agressiv millatchilik nima, uning
hozirgi ko`rinishlari nimalardan iborat degan masalaga e‘tibor qaratiladi.
Tarixiy tajribaga asoslanib, bu hodisani muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan
bo`ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik deb yoki millatlararo va
davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish deb ta‘riflash mumkin1.
Shovinizm ba‘zi ko`p sonli millatlarning nafaqat ko`p millatli imperiya
doirasida, balki uni o`rab turgan jo`g`rofiy - siyosiy makonda o`zining qator
imkoniyatlaridan foydalangan holda o`zining mutlaq hukmronligini o`rnatish uchun
kurashida namoyon bo`ladi.
Odatda, hudud jihatidan kichik bo`lgan va eng asosiysi - iqtisodiy imkoniyatlari
zaiflashgan va ichki beqaror davlatlar ana shunday kuchlarga nishon bo`ladi35.
Asarda buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan
o`zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi konseptual
fikr ilgari suriladi.
Bizning o`lkamiz ham ana shunday qismatdan qochib qutulolmadi. Buyuk
davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tahdidi haqida fikr yuritganda biz
quyidagi xavfni nazarda tutamiz:
Birinchidan. Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama - qarshilikni keltirib
chiqarish;
Ikkinchidan. Xalqaro - huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro`yobga
chiqarishga qarshilik ko`rsatish;
Uchinchidan. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ularni
teng huquqli bo`lmagan sharoitga solib qo`yishga urinish;
To`rtinchidan. Mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo`l bilan
tazyiq o`tkazish, jahon afkor ommasida O`zbekiston haqida noto`g`ri tasavvur
tug`dirishga intilish;
Beshinchidan. Agar buyuk davlatchilik shovinizmi bilan ekstremistik
millatchilik abadiy hamrohlar ekani nazarda tutiladigan bo`lsa, u holda millatlar
o`rtasida o`zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni
keskinlashtirish;
Oltinchidan. Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini
zo`rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o`zaro manfaatli va teng huquqli
hamkorlikni sekinlashtirish xavfi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilikni tanqid qilgan holda, biz
sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi davlatlar, avvalo, Rossiya bilan sifat jihatidan yangi
munosabatlarni rivojlantirish tarafdorimiz. Biz bu mamlakatning real manfaatlari va
imkoniyatlarini hisobga olgan holda, u bilan teng huquqli, chinakam sheriklarcha
hamkorlik qilishga tayyormiz. Chunki bizni bu mamlakat va uning buyuk xalqi bilan
ko`p asrlik do`stlik, qardoshlik va o`zaro yordam rishtalari bog`lab turadi.
Gapning sirasini aytganda, Rossiyada imperiyacha fikr yuritishdan voz kechish
va O`zbekiston bilan ana shunday hamkorlikka tayyorlikni izhor etish buyuk
qo`shnimiz uchun g`oyat samarali imkoniyatlar ochib beradi.
Avvalambor, ochiq ko`rinib turgan bir haqiqatga e‘tiborni qaratmoqchiman.
Mustaqil va kuchli sherikka ega bo`lish «ukani boqish» yoki «kichik ittifoqchini
chegaralab turish»ga qaraganda arzonroq va ishonchliroqdir. Boshqacha aytganda,
zaif ittifoqchidan ko`ra kuchli va barqaror sherik bilan ish olib borgan afzalroq.
Ikkinchidan, bir - birimizning manfaatlarimizni hisobga olish va muvozanatda
saqlab turishga asoslangan teng huquqli, izzat - ikromli munosabat
mamlakatimizning siyosiy rahbarlaridagina emas, balki butun xalqimizda ham
hurmat hissini uyg`otadi. Xalqning ezgu his - tuyg`ulari va munosabati, aytish
mumkinki, rossiyalik siyosatchilar bizning mintaqada topishlari mumkin bo`lgan eng
yirik kapitaldir. Va aksincha, xalq aksariyat qismining his - tuyg`ulari «nafrat» degan
birgina so`zga jamlanganda nimalarga olib kelishi mumkinligini Chechenistondagi
mojaro yaqqol eslatib turuvchi yorqin misoldir.
Nihoyat, mintaqaviy qalqon vazifasini bajarishga qodir bo`lgan mustaqil, yetarli
darajada barqaror davlatlarni shakllantirish Rossiyaning jeografik - siyosiy
manfaatlariga mutlaqo mos tushib, chiqimi ham ancha kam bo`lishini tushunish juda
muhimdir. Iqtisodiyoti barqaror bo`lgan mintaqa Rossiya yoki o`zga birorta davlatga
tahdid solmaydi. Aksincha, bu hol juda ulkan iqtisodiy va boshqa istiqbollarga yo`l
ochadi. Eng muhimi - bu mintaqaning hech qachon sivilizatsiyalar to`qnashadigan
joyga aylanmasligiga, balki ular bir - biriga ta‘sir etib, bir - birini boyitishning ibratli namunasi bo`lib xizmat qilishiga kafolatdir. O`zbekiston Respublikasi ana shunday
olijanob va tarixiy vazifani bajarishga har jihatdan tayyor.
Rossiyada mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning ana shunday
istiqbolini ma‘qullayotgan odamlar va sog`lom fikrli siyosatchilar tobora
ko`paymoqda. Ular kelajagimizni faqat bir - birimizning manfaatlarimizni hisobga
olgan holda, teng huquqli va o`zaro foydali hamkorlik asosida tashkil etishimiz
zarurligini tushunib yetayotganligi muayyan darajada umid uyg`otmoqda.
Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda O`zbekiston o`z
mustaqilligining dastlabki yillaridayoq ishlab chiqilgan quyidagi asosiy tamoyillarga
amal qilmoqda.
Birinchidan, o`zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat
milliy manfaatlarining ustunligi;
Ikkinchidan, teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik;
Uchinchidan, mafkuraviy qarashlardan qat‘i nazar hamkorlik uchun ochiqlik,
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
To`rtinchidan, xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan
ustuvorligi;
Beshinchidan, tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama
kelishuvlar asosida rivojlantirish.
Biz tashqi aloqalarni xalqaro munosabatlarning turli yo`nalishlari bo`yicha
muvaffaqiyatli rivojlantirishni xavfsizlik va barqarorlikning kafolati deb bilamiz1.
O`zbekiston dunyo uchun ochiq. Biz ham dunyoning O`zbekistonga juda katta
qiziqish bilan qarayotganligini his etmoqdamiz. Bu esa O`zbekistonning barqaror
rivojlanishi uchun eng yaxshi kafolatdir. Buni biz O`zbekiston kapital sarflash nuqtai
nazaridan ham, dunyo miqyosidagi keng qamrovli xavfsizlikning tarkibiy qismi
sifatida mintaqada barqarorlikni ta‘minlash nuqtai nazaridan ham borgan sari
e‘tiborga sazovor bo`lib borayotganligining dalili deb bilamiz.
Biz jahon hamjamiyati bilan keng ko`lamda integratsiyalashgan zamonaviy
demokratik davlatni qurishdan iborat strategik vazifani hal qilar ekanmiz, jahon
hamjamiyatining o`zi bugungi kunda serqirra bo`lib borayotganligini juda yaxshi
tushunamiz. XX asr oxirida dunyoda jeografik - siyosiy ahamiyati va ko`lami
jihatidan noyob o`zgarishlar ro`y bermoqda. Bu o`zgarishlar betakror. Ular nafaqat
mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning
mexanizmlarini chuqur o`ylab ko`rishni, balki ko`p jihatdan qayta baholashni ham
talab qiladi. «Sovuq urush» davrida xalqaro munosabatlarga asos bo`lgan ko`p
qoidalar, tamoyil va g`oyalarni tubdan qayta ko`rib chiqish talab qilinmoqda. Biz
uchun mustaqillik - o`z erkinligimizni anglashgina emas, balki avvalo o`z
hayotimizni o`z irodamiz bilan va milliy manfaatlarimizni ko`zlagan holda tashkil
etish, o`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurish huquqidir. Shu bois o`z - o`zidan
ayonki, agar integratsiya mamlakatimizning ozodligi, mustaqilligi va hududiy
yaxlitligini cheklab qo`ysa yoki qandaydir mafkuraviy majburiyatlar bilan bog`lansa,
u holda chetdan olib kelinadigan har qanday integratsiya biz uchun nomaqbul.
Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma - xil
mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz.
Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang`ich
shart - sharoitlari turlichaligi sababdir. O`zbekiston bir vaqtning o`zida turli
darajalarda - dunyo miqyosida va mintaqa ko`lamida - integratsiya jarayonlarida
qatnashsada, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga
boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi.
O`zbekistonning xalqaro munosabatlarning turli sub‘yektlari bilan aloqalari
qanchalik chuqur va keng bo`lsa, ular bilan munosabatlarda noaniqliklar, yotsirashlar,
muammolar va hal qilinmagan masalalar, kutilmagan voqea-hodisalar shunchalik
kam bo`ladi. Xuddi shu narsa xavfsizlikka solinayotgan tahdidlarni bartaraf etish va
barqaror rivojlanishni ta‘minlashning zarur shartidir.
Qolaversa, biz mamlakatlar va davlatlarning xavfsizlik darajasi ularning
integratsiya jarayonlarida qatnashish darajasiga bevosita bog`liq deb hisoblaymiz36.
Mamlakat qanchalik integratsiya aloqalari bilan boqlangan bo`lsa, uning xavfsizligiga
tahdid shunchalik kam bo`ladi.
Biz jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida gapirganimizda, eng
avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida ishtirok etishimizni nazarda
tutamiz. Biz o`zimizning bunday obro`li xalqaro tashkilot ishidagi ishtirokimizni
Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik va totuvlikni ta‘minlashning keskin
muammolariga jahon jamoatchiligi e‘tiborini qaratish imkoniyati deb bilamiz.
Hozirgi paytda umumiy xavfsizlik muammosiga aloqador bo`lgan xalqaro
tashkilotlar g`oyat xilma - xil bo`lishiga qaramay, faqat BMTgina xavfsizlikni
saqlash va ta‘minlashga xizmat qiladigan, oldini olishga qaratilgan diplomatiyadan
tortib to tinchlik o`rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo`lgan
vositalarning hammasiga ega.
Shu o`rinda BMTning integratsiya sohasidagi imkoniyatlari g`oyat ulkanligini
va uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bu imkoniyatlarning tashkil etuvchilari
hisoblanishini alohida ta‘kidlash lozim. O`zbekiston mazkur tashkilotlar bilan
bugungi kunning o`zidayoq samarali hamkorlikni rivojlantirmoqda.
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvning tarkibiy qismi davlatlarning turli
mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O`zbekiston
mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, YEXHT, NATO, EKO,
OIK, Qo`shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda.
Bular orasida Yevropa Ittifoqi alohida o`rin tutadi. 1996 yilda Yevropa Ittifoqi
bilan O`zbekiston o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha muhim
ishlar amalga oshirildi.
O`zbekiston tashqi siyosatining Yevropa yo`nalishi ancha kengaydi - ushbu
yo`nalish Yevropadagi ayrim mamlakatlar bilan hamkorlik qilishni ham, shuningdek,
butun Yevropa qit‘asini ham o`z ichiga oladi. Bu qit‘aning o`z, mintaqaviy,
Yevropaga xos integratsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
1996 yil dekabrida Lissabon sammitida ishtirok etganimiz O`zbekistonning
YEXHT bilan munosabatlarini rivojlantirishda salmoqli voqea bo`lib qoldi. Mazkur
anjuman doirasida O`zbekiston xavfsizlik muammosiga doir o`z qarashlarini bayon
etish huquqiga va imkoniyatiga ega bo`ldi. Bizning YEXHTning Markaziy
Osiyodagi faoliyatini kuchaytirishga oid da‘vatimiz tushunib qabul qilindi va u
Lissabon deklaratsiyasida hujjatlashtirildi. Bu aslida YEXHT o`z hujjatlarida mazkur
mintaqada barqarorlikni qo`llab - quvvatlash va mojarolarning oldini olish niyatini
bayon etgan birinchi hodisa bo`ldi. Xavfsizlik, shu jumladan Yevropadagi xavfsizlik
ham chegara bilmasligi bugun hech kimda shubha tug`dirmaydi.
Lissabonda XXI asr arafasida yalpi xavfsizlikning modeli xususida olib borilgan
munozaralar jarayonida biz xavfsizlikning bo`linmasligi haqidagi asosiy qoidani to`la
- to`kis qo`llab-quvvatlashimizni bildirdik. Shuni mamnuniyat bilan qayd etamizki,
mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog` yetkazib berishni
to`xtatish haqidagi taklifimiz Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatida o`z
ifodasini topdi. Umid qilamizki, bu oxir-oqibatda XXI asr uchun umumiy va keng
qamrovli xavfsizlik modelining tarkibiy qismi bo`lib qoladi.
Shu bilan bir qatorda so`nggi vaqtlarda Toshkentda O`zbekiston tashabbusi
bilan YEXHT ning bir qator yirik anjumanlari o`tkazildi. YEXHT Demokratik
institutlar va inson huquqlari bo`yicha Byurosining «Inson huquqlari bo`yicha milliy
institutlar» mavzusidagi xalqaro seminar - kengashi Markaziy Osiyo, Yevropa,
Amerikadagi 21 mamlakat ekspertlarining, shuningdek, 29 ta xalqaro va nohukumat
tashkilotlari vakillarining ishtirokida keng muloqot o`tkazish imkoniyatini berdi. Ular
Markaziy va Sharqiy Yevropada ombudsmen instituti, inson huquqlari bo`yicha
milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimlarini takomillashtirish
hamda xalq ta‘limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi
roli masalalarini ko`rib chiqdilar.
YEXHTning tashabbusi bilan «Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish
sharoitida» mavzusida seminar ham o`tkazildi. YEXHT kelishtiruv va hakamlik sudi
tomonidan tashkil etilgan YEXHT xalqaro seminari ham bo`lib o`tdi. Bularning
barchasi tinchlik o`rnatuvchi va huquqni himoya qiluvchi ushbu nufuzli tashkilot
bilan yaqin va samarali munosabatlar o`rnatilganligidan dalolat beradi.
Hozir bizning mamlakatimiz bilan NATOdek xalqaro tashkilot o`rtasida o`zaro
tushunish va hamkorlik mavjud deb aytish mumkin.
O`zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilishida Yevropaning
imkoniyatlari milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan hayotiy muhimdir. Yevropa va
butun g`arb - yuksak texnologiyalar va investitsiyalar manbaidir, hozirgi zamon
demokratiyasi va inson huquqlarining ramzidir. Bularning barchasi XXI asrga
xavfsizligi ta‘minlangan va barqaror rivojlanayotgan, yuksak darajada taraqqiy etgan
va zamonaviy demokratik davlat bo`lib kirish maqsadida yangilanish va taraqqiyotni
o`zining strategik vazifasi qilib olgan yosh O`zbekiston davlati uchun hayotiy
zaruratdir.
Biz bunda xavfsizlik va taraqqiyot bir-birini taqozo etishi tamoyiliga amal
qilamiz. Bu esa, bir tomondan, iqtisodiyotga investitsiyalar olib kelish uchun barqaror
va xavfsiz muhit yaratishni, ikkinchi tomondan, hayotning hamma sohalarida keng
ko`lamdagi islohotlarni amalga oshiradigan mamlakatgina bunday xavfsiz muhitni
ta‘minlashga qodir bo`lishini nazarda tutadi.
Jamiyatimizning demokratik o`zgarishlarni chuqurlashtirish yo`lidan sobitqadam
rivojlana borishiga boshqa xalqaro tashkilotlar bilan va eng avvalo Osiyo
mintaqasidagi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish ham yordam beradi.
Turkiy tilli davlatlar o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirishni
alohida ta‘kidlab o`tmoqchiman. Bu mamlakatlarning an‘anaviy bo`lib qolgan
sammitlari doirasida dastlabki bosqichda uchrashuvlarga siyosiy ruh baxsh etish
jarayoni ortda qolganligi mamnuniyat hissini uyg`otadi. Hozir uning qatnashchilari
asosiy e‘tiborlarini tobora ko`proq o`z xalqlari ravnaq topishi uchun iqtisodiy va
gumanitar sohalardagi muhim muammolarni hal qilishga qaratmoqdalar.
Turkiy tilli davlatlar boshliqlarining 1996 yil oktabr oyida Toshkentda
o`tkazilgan IV uchrashuvi buning dalili bo`ldi. Mazkur uchrashuv turkiy tilli davlatlar
munosabatlarining asosi, ya‘ni ular xalqlarining tarixiy, etnik-madaniy va ma‘naviy
yaqinligidan iborat ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Bu hol ushbu murakkab
mintaqada tinchlik va xavfsizlikning kuchli kafolatini yaratadi.
Uchrashuv chog`ida fan, madaniyat, ta‘lim, iqtisodiyot, transport
kommunikatsiyalari sohasida ikki tomonlama va ko`p tomonlama hamkorlikni
yanada rivojlantirishga alohida e‘tibor berildi. «Buyuk Ipak yo`lini tiklash: ma‘rifiy turizmni rivojlantirish, turkiy tilli davlatlarning madaniy merosini qayta tiklash,
asrash va barqaror rivojlantirish» dasturini birgalikda ishlab chiqish nazarda
tutilmoqda. Bu dasturning maqsadi sayohat yo`nalishlari tarmog`ini kengaytirishdan
va sayyohlikning tegishli infrastrukturasini kengaytirishdan iborat.
Yuqorida aytib o`tilganidek, O`zbekiston o`zining tashqi aloqalarini ham ko`p
tomonlama, ham ikki tomonlama asosda tashkil etish tarafdoridir. Ikki tomonlama
aloqalarni kengaytirish har qaysi tomonning manfaatlarini yanada aniqroq hisobga
olish, bir-birimizni yaqindan tanish, uzoq muddatli o`zaro manfaatli hamkorlikka
mustahkam zamin hozirlash, shu tariqa barqarorlik va xavfsizlik uchun mustahkam
negiz yaratish imkonini beradi. O`zbekiston yer yuzining turli chekkalarida ishonchli
va manfaatdor sheriklarga ega ekanligi meni ayniqsa quvontiradi. Ularning doirasi
muntazam kengayib bormoqda.
Bizning Amerika Qo`shma Shtatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarimiz
davlatlararo aloqalarning g`oyat muhim yo`nalishlari bo`yicha izchil va
sobitqadamlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga O`zbekiston rasmiy
delegatsiyasining 1996 yil yozida AQSH ga tashrifi yordam berdi. Mazkur tashrif
chog`ida AQSH Prezidenti B. Klinton va boshqa yuksak martabali shaxslar bilan
uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Shuningdek, o`zbek - amerika siyosiy maslahatlashuvlari
ham o`tkazib kelinmoqda.
Dunyoning yetakchi davlati bo`lgan, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy texnikaviy, intellektual salohiyatga ega bo`lgan AQSH bilan ko`p tomonlama
munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish hozir biz uchun ustuvor ahamiyat
kasb etmoqda. Qo`shma Shtatlar jamiyatimizni yangilash, isloh qilish va
demokratlashtirish, respublikamizning davlat mustaqilligi va suverenitetini
mustahkamlash jarayoniga salmoqli hissa qo`shmoqda. Biz Amerika kompaniyalari
va firmalari bilan qo`shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, ular bilan uzoq
muddatli, o`zaro foydali sherikchilik munosabatlarini o`rnatishga, Amerika
kapitalining bizning bozorimizdagi ishtiroki kengayishiga katta ahamiyat beramiz.
So`nggi yillarda Yevropadagi ko`pgina mamlakatlar - Germaniya, Buyuk
Britaniya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Gretsiya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya va
bir qator boshqa mamlakatlar bilan bevosita, ikki tomonlama munosabatlarimiz ancha
kengaydi va mustahkamlandi.
Bizning shu mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlari bilan uchrashuvlarimiz
va oshkora suhbatlarimiz eng muhim siyosiy muammolar bo`yicha qarashlarimizning
o`zaro mosligini yana bir bor tasdiqladi. Bu esa mazkur mamlakatlar bilan yaqindan,
uzoq muddat hamkorlik qilishimiz, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, har ikki
tomonning mavjud imkoniyatlaridan faol foydalanish uchun katta istiqbollar ochib
berayotganligini mamnuniyat bilan qayd etishim mumkin. 128
Sharqiy va Janubi - Sharqiy Osiyo mamlakatlari - Yaponiya, Janubiy Koreya,
Xitoy, Vetnam, Malayziya, Hindiston, Indoneziya va boshqa mamlakatlar bilan
aloqalarimiz mustahkamlanib borayotganligini alohida mamnuniyat bilan ta‘kidlab
o`tmoqchiman.
Keyingi vaqtlarda Yaponiya mintaqamizning murakkab muammolarini - xavfsiz
va barqaror tinchlikka erishish, atrof muhit muhofazasi masalalarini hal qilishda faol
va manfaatdorlik bilan ishtirok etmoqda.
Mintaqaviy barqarorlik, mintaqa ko`lamida integratsiya jarayonlarini
rivojlantirish masalalarini hal qilishda ilgari Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan
mamlakatlar o`rtasida vujudga kelayotgan munosabatlar alohida o`rin tutadi. 1991 yil
dekabrida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi tashkil etilgan edi.
Bu yillar MDH mamlakatlari ikki tomonlama va ko`p tomonlama shartnoma
munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida o`zaro foydali hamkorlik
qilishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday hamkorlikka
hamdo`stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan
bog`langanligigina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar, madaniy va ma‘naviy aloqalar,
katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos
bo`lmoqda.
Mamlakatlarimiz xalqlarining yaqinlashuvi - tabiiy kechayotgan jarayon. Bu
yaqinlik, Sovet Ittifoqi mavjud bo`lganligidan qat‘iy nazar, hamma vaqt bo`lib
kelgan. Bu xalq integratsiyasi bo`lib, sun‘iy ravishda joriy etiladigan siyosiy
integratsiyadan farqli o`laroq, haqiqiy integratsiyadir. Shuni ta‘kidlash kerakki,
sovetlardan keyingi davlatlarning birontasi ham integratsiyaga qarshi chiqayotgani
yo`q. Ayni chog`da ularning birontasi ham o`z mustaqilligidan voz kechmoqchi
emas. Biz uchun masalaning mohiyati mustaqillik yoki integratsiyani tanlash emas,
balki bu ikki yo`nalishni uyg`unlashtirishdan iboratdir. Biz MDH ni haqiqiy mustaqil,
suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko`rishni istar edik.
Masalaga bunday yondashishning «MDH mamlakatlarining chuqur
integratsiyasi» deb atalgan ba‘zi siyosiy g`oyalarga hech bir aloqasi yo`q. To`rtlar
shartnomasi (Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Belarus) va Ikkilar shartnomasi
(Rossiya va Belarus) imzolanganidan beri ancha vaqt o`tdi. Avvalo shuni ta‘kidlashni
istardim: bu shartnomalarni imzolash va ularni amalga oshirish - bu davlatlarning
ichki ishi. Har bir davlat birinchi galda o`z manfaatlarini nazarda tutib, o`z taqdirini
va istiqbolini o`zi hal qiladi, har qanday hujjatlarni hamda davlatlararo
shartnomalarni qabul qilish va imzolash huquqiga ega bo`ladi. Binobarin, bu ixtiyoriy
ish ekanligini nazarda tutib, bu jarayonga hech kim aralashishga haqli emas.
Mazkur vaziyatda masala quyidagicha qo`yilmoqda: ushbu hujjatlar va
shartnomalar O`zbekiston uchun maqbulmi, O`zbekiston shu shartnomalarga qo`shila
oladimi yoki yo`qmi? Buning ustiga, bizni integratsiyalashgan davlatlar hamjamiyati
yoki ittifoqini tashkil etish bo`yicha ana shu hujjatlarni imzolashga zo`r berib taklif
qilishmoqda, ba‘zan bu O`zbekiston uchun foydali, yoki foydasiz ekanligini bizning
o`rnimizga hal etmoqchi bo`lishmoqda.
Xuddi shuning uchun hamda integratsiya va hamkorlik jarayonlari haqidagi o`z
tushunchamizni, har qanday davlatlararo bloklarga asoslangan yondashuvlar,
shuningdek, barcha yaxshi niyatli manfaatdor davlatlar bilan erkin hamkorlik qilish
yo`lidagi cheklashlar biz uchun nomaqbul ekanligini hisobga olganda, O`zbekiston
bunday Ittifoqlar yoki hamjamiyatlarga qat‘iyan qarshidir.
Mustaqil O`zbekistonni tashvishga solayotgan asosiy strategik masala - eski
imperiyani qayta tiklashga yo`l qo`ymaslik masalasidir. Afsuski, biz tashvishlanish
uchun jiddiy asoslarga egamiz. Bu tashvish ana shunday yig`inlarda qabul qilingan
hujjatlarning qoidalari, ularda ro`kach qilib keltirilayotgan dalillar va da‘volar tufayli
tug`ilmoqda. Xo`sh, ular nimalardan iborat?
Birinchi. MDH o`zining bugungi holati bilan uni tashkil etish chog`ida nazarda
tutilgan g`oyalarga mos kelmayotganligini, bu mo`rt tuzilma hech narsani hal
qilmayotganligi va u qabul qilgan qarorlar amalda bajarilmayotganligini aytmoqdalar.
Lekin qabul qilingan qarorlarning MDH doirasida bajarilishini ta‘minlaydigan
mexanizmlarni chinakamiga, amalda izlash o`rniga davlatlar o`rtasida ikki
tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, ularni muayyan mazmun bilan boyitish
o`rniga, ko`proq eski davrlarni qo`msash hissi paydo bo`lmoqda. Davlatlardan yuqori
turuvchi tuzilmalarni - parlament, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi idoralar Muvofiqlashtiruvchi yoki Yuqori Kengash, ko`plab amaldorlar ishlaydigan Ijroiya
yoki Ma‘muriy qo`mita, birlashgan harbiy-siyosiy tuzilmalar va shu kabilarni tashkil
etishga harakat qilinmoqda. Sobiq Ittifoqning ulkan makonidagi barcha masalalarni
yagona Markazdan turib hal qilish mumkin bo`lgan davrlardagi tartib odamlar ongiga
nihoyatda chuqur singib ketganligi sezilmoqda.
Agar biron - bir davlatlararo uyushma tashkil etilgandek bo`lsa, nima uchundir,
albatta, uning tegishli hokimiyat va boshqaruv organlari ham bo`lishi kerak, deb
hisoblashadi. Agar MDH davlat boshliqlari, hukumat boshliqlari va boshqa
tuzilmalarining oxirgi majlislari kun tartibi kuzatiladigan bo`lsa, yagona yo`nalish iqtisodiy va gumanitar integratsiyaning pishib yetilgan muammolari o`rniga, davlatlar
va xalqlar o`rtasidagi aloqalarni yaxshilash o`rniga, nuqul harbiy - siyosiy
masalalarni, birlashgan qo`mondonlikni tuzish, chegaralarni birgalashib qo`riqlash va
shu kabilar qo`yilayotganligi tasodifiy emas.
Biroq hamma shu narsani yaqqol anglab olishi kerakki, tashkil etilayotgan
Ittifoqlarda davlatlardan yuqori turadigan tuzilmalar barpo etilsa va Shartnoma
qatnashchisi bo`lgan har bir alohida mamlakatning tegishli qonuniy organlari bir
yoqda qolib, bevosita amal qiladigan, ya‘ni barcha organlar va tashkilotlar bajarishi
shart bo`lgan qarorlarni mazkur tuzilmalarning o`zi qabul qilish huquqiga ega bo`lsa,
u holda mazkur davlatlarni suveren va mustaqil deb hisoblash qiyin bo`ladi.
Vakolatli va qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, harbiy-siyosiy va sud organlariga
ega bo`lgan har bir alohida davlatning yangi tashkil etilayotgan davlatlardan yuqori
turuvchi tuzilmalar bilan aloqasini, ifodali qilib aytganda, tutash tomirlar deb
tasavvur qilish mumkin. Hamjamiyatning davlatlardan yuqori turuvchi tegishli
tuzilmasi o`ziga qanchalik vakolat talab qilsa, hozirgi alohida suveren davlatning har
biri xuddi shunchalik vakolat va huquqlarini yo`qotadi. Bu - inkor etib bo`lmaydigan
haqiqat.
Binobarin, hamjamiyat yoki Ittifoq va uning davlatdan yuqori turuvchi
tuzilmalari tashkil topgani bilan har bir alohida ishtirokchi mamlakat o`z suvereniteti
yoki mustaqilligini to`la saqlab qoladi deb ishontirmoqchi bo`lsalar yoki va‘da
bersalar - buni jiddiy qabul qilib bo`lmaydi.
Shuningdek tashkilot faoliyatining samaralik bo`lishi yana bir fikr ilgari surildi:
tasdiqlangan MDH Nizomi doirasida iqtisodiy va moliyaviy integratsiyani
chuqurlashtirishni, sivilizatsiyali to`lovlar masalasini hal qilishni, iqtisodiy va
gumanitar integratsiya yo`lidagi g`ovlarni olib tashlashni hozir bizga hech kim
taqiqlamaydi. Buning uchun birinchi navbatda jo`g`rofiy-siyosiy ruhda bo`lgan
shartnomalarni imzolash va turli xil Ittifoqlarga kirish aslo shart emas.
Ikkinchi. Vujudga kelgan tanglik vaziyatining, odamlar mushkul ahvolga tushib
qolganligining asosiy sababi, eng katta balo - avvalo respublikalar o`rtasidagi
iqtisodiy va xo`jalik aloqalari uzilib qolganligida deya hammani ishontirishga harakat
qilinmoqda.
Bu sovetlardan keyingi butun makonni karaxt qilib qo`ygan tanglikning haqiqiy
sabablaridan odamlarning e‘tiborini chalg`itishga ochiqdan-ochiq urinishdir.
Sovetlardan keyingi makonda davlatlar iqtisodiyotidagi tang holatning asosiy
sababi, eng avvalo, o`z umrini yashab bo`lgan totalitar, ma‘muriy-buyruqbozlik,
markazdan taqsimlash tizimi mafkurasining parchalab tashlanganligidan, bugungi
kunda butun dunyo yashab kelayotgan bozor munosabatlariga, erkin iqtisodiyotga
o`tishdan iborat ekanligi mutlaqo ayon bo`lib qoldi.
Sobiq Ittifoq tarkibida bo`lgan ko`p mamlakatlarning qanchadan-qancha
korxonalari hozirgi paytda og`ir ahvolga tushib qolganligini, amalda
ishlamayotganligini faqat shu bilan izohlash mumkin. Ularning ko`plari ishlamay
turganligiga sabab boshqa suveren davlatlarning korxonalari bilan aloqalari uzilib
qolganligi yoki amal qilmayotganligi emas. Bu mamlakatlardan tashqaridagi
kooperatsiyalashgan aloqalarga mutlaqo bog`liq bo`lmagan yuzlab korxonalar
ishlamay turibdi. 131
Buning butunlay boshqa sabablari bor. Ular hozircha yangi sharoitlarga
moslasha olmayotir, o`z mahsulotlarini sota olmayotir, ularda ishlab chiqarishni
saqlab turish va rivojlantirish uchun mablag` yo`q.
Ko`rinib turibdiki, gap bu aloqalar uzilib qolganligida emas. Iqtisodiyotni tezroq
isloh qilish, hisob-kitob mexanizmlarini takomillashtirish, har bir korxonada zarur
ma‘rifiy tartib-intizom o`rnatish lozim.
Uchinchi. «Chuqur integratsiya» mualliflari bir dalilga ayniqsa ko`proq murojaat
etadilar - butun dunyoda integratsiya yer yuzining ko`pgina mintaqalari uchun xos
bo`lgan jarayon deb tushunilar emish. Bunda ko`proq Yevropa Ittifoqini tashkil etish
tajribasini dalil qilib keltiradilar.
Ha, tarixiy taraqqiyotning hozirgi boqichida barcha davlatlar bir - birlariga
bog`liq va o`zaro aloqada yashaydi. Dunyo xaritasidan hozirgi kunda boshqalardan,
birinchi navbatda, o`zini o`rab turgan mamlakatlardan mutlaqo ajralib qolgan
davlatni topib bo`lmasa kerak.
Ha, Yevropa Ittifoqida integratsiya va hamkorlik asosiy tamoyillar hisoblanadi.
Biroq Yevropa Ittifoqida integratsiya jarayonlariga yondashuvlar
integratsiyalashayotgan davlatning batamom suverenligi, ixtiyoriylik va ularning
huquqlarini hurmat qilish tamoyillariga asoslanadi.
Yevropa Ittifoqini tashkil etishga asos bo`lgan tamoyillar MDH mamlakatlari
uchun jozibali bo`lishi mumkin. Buni hech kim inkor etmaydi. Lekin bir qator
holatlar borki, ular Yevropa Ittifoqini sovetlardan keyingi makondagi vaziyatdan
keskin ajratib turadi.
Birinchidan, eng muhimi shundaki, Yevropa Ittifoqini shakllantirish bir necha
o`n yilliklarni o`z ichiga oladigan uzoq tarixga ega, Maastrixt bitimlari esa davlatlar, ularning rahbarlari bosib o`tgan katta yo`lning natijasidir.
Ikkinchidan, Yevropa Ittifoqiga barqaror, mustahkam demokratik ijtimoiy davlat
tuzilmalariga ega bo`lgan, puxta bozor va huquqiy qonunchilik normalarini, ularni
ro`yobga chiqarish mexanizmlari va infrastrukturasini shakllantirgan mamlakatlar
birlashgan.
Uchinchidan, demokratik tartiblar va qadriyatlar bu mamlakatlar aholisi mutlaq
ko`pchiligining ijtimoiy ongida mustahkam o`rnashib qolgan.
To`rtinchidan, Yevropa Ittifoqidagi mamlakatlarning ko`pchiligi taxminan teng,
ancha yuqori iqtisodiy imkoniyatlarga ega. O`zining rivojlanishi jihatidan yaqqol
afzalliklarga ega davlatlar yo`q.
Beshinchidan, agar bizning texnikaviy va iqtisodiy qoloqligimizni, g`oyat
eskirgan, raqobatga dosh berolmaydigan texnologiya va asosiy fondlarimizni hisobga
olsak, sobiq SSSR chegaralarida allaqanday Ittifoqlarga biqinib olish - bunday siyosat
o`tmishning turli mafkuraviy andozalarini o`ylab, o`zimizni jahon iqtisodiyoti
nazaridan chetda qashshoq hayot kechirishga mahkum etishdan boshqa narsa emas. Ayni chog`da shuni ham ta‘kidlab o`tish joizki, barcha ishtirokchi mamlakatlar
tomonidan tanlangan va vujudga keltirilgan umumiy boshqaruvchi tuzilmalari
faoliyat olib borayotgan Yevropa Ittifoqi bilan bir qatorda, Janubi-Sharqiy Osiyo
(ASEAN) va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (ATES) mamlakatlari tajribasi ham
mavjud. Biroq ularda milliy davlatlardan yuqori turuvchi parlamentlar, Vazirlar
Kengashlari va boshqa birlashtiruvchi tuzilmalar yo`q.
Markaziy Osiyo mamlakatlari darajasidagi integratsiyaga kelsak, u o`zining
alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu integratsiya o`z mohiyatiga ko`ra
hamisha xalq integratsiyasi bo`lib kelgan va shunday bo`lib qolmoqda. Butun tarix
davomida bu mintaqa xalqlari ajnabiy bosqinchilar hukmronligiga qarshi yelkamayelka turib kurashib kelganlar. Bu xalqlarning vakillarini mustaqillikni qo`lga kiritish va mustaqil davlatlar tuzish g`oyalari birlashtirgan. Bu xalqlar Turkiston deb nom olgan ulkan hududda asrlar davomida yashab kelganlar.
Avvalo shuni ta‘kidlamoqchimizki, Markaziy Osiyo xalqlarining integratsiyasi
orzu yoki kelajakka mo`ljallangan loyiha emas, bu - bor narsa, bu - mavjud voqelik
bo`lib, faqat tashkiliy, huquqiy va siyosiy shakllarga muhtojdir.
Markaziy Osiyodagi integratsiyani biz hududiy birlik, kommunikatsiyalar,
iqtisodiyotning asosiy va yetakchi tarmoqlari mushtarakligi, suv xo`jaligi va
energetika ob‘yektlarini birgalashib ishlatish, energiya zaxiralari bilan ta‘minlash
ehtiyoji taqozo etgan ob‘yektiv zaruriyat deb hisoblaymiz. Bir-biriga chirmashib
ketgan umumiy teran tomirlarga ega bo`lgan xalqlarimizning madaniy, til va
ma‘naviy birligi haqida-ku, gapirmasa ham bo`ladi.
Bu mintaqa muayyan bir shaklda hamma vaqt integratsiya bo`lib kelgan.
Markaziy Osiyo xalqlari mustaqillikka erishganlaridan keyin birgalikda kuch-g`ayrat
sarflab o`z kelajaklarini qurishlari zarurligini yana qayta his etdilar. Toshkentda
Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekiston prezidentlari tomonidan Markaziy Osiyo
mintaqasining bu suveren mamlakatlari o`rtasida yagona iqtisodiy makonni tashkil
etish haqidagi Shartnomaning imzolanishi shu yo`ldagi amaliy qadam bo`ldi.
Markaziy Osiyo respublikalarining integratsiyalashuvi uchun haqiqatan ham bir
qator dastlabki shart-sharoit va sabablar mavjud. Bular jumlasiga iqtisodiy
rivojlanishning boshlang`ich darajasi baravarligi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning
bir xilligi ham, yagona transport - energetika kommunikatsiyalari, suv zaxiralari ham
kiradi. Bundan tashqari, ushbu mintaqada yashayotgan barcha xalqlarning xavfsizligi
uchun mushtarak bo`lgan tahdidlar ham mavjud. Bular - Orolning qurib
borayotganligi, narkotik moddalar, qurol-yarog`, terrorizm, diniy
fundamentalizmning kirib kelishi, Afg`oniston tomonidan keskinlik va
beqarorlikning yoyilish xavfi hamda bir qator boshqa omillardir. Bu tahdidlar, garchi
tarqoq tuyulsa-da, birlashtiruvchi omillardir, chunki ularning birontasini ham alohida,
o`z kuchiga ishongan holda yengib bo`lmaydi. Ayni shu holatlar Markaziy Osiyo mintaqasining gullab-yashnashi to`g`risida qayg`uradigan barcha siyosatchilar uchun amaliy qo`llanma bo`lib qolishi darkor.
Markaziy Osiyo hamdo`stligining kelajagiga ishonch bilan qarash uchun hamma
asoslar mavjud. Zarur huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan, Davlatlararo
kengash tuzilgan, hamdo`stlik dasturlarini ro`yobga chiqarish bo`yicha ijroiya
qo`mita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etilgan. Qatnashuvchi
davlatlar iqtisodiy integratsiyasining 2000 yilgacha mo`ljallangan, 53 ta muayyan
loyihani o`z ichiga oladigan dasturi ishlab chiqildi, yagona iqtisodiy makonni
vujudga keltirish uchun asos solinmoqda.
Biz o`zimizning tashqi mudofaa siyosatlarimizni uyg`unlashtirishga ham
bevosita yaqinlashdik - yagona iqtisodiy makon tashkil etish to`g`risidagi
shartnomada qatnashuvchi mamlakatlar mudofaa vazirlari Kengashining nizomi
tasdiqlandi.
Markaziy Osiyo davlatlari hamdo`stligining tashkil etilishi aslo ular boshqa
davlatlardan yakkalanib qolishini bildirmaydi. Biz uni MDH doirasidagi integratsiya
jarayonlariga ham qarshi qo`ymaymiz. Bu hamdo`stlik davlatchilikni qaror toptirish
va bozor munosabatlariga o`tishning murakkab davrida mintaqadagi mamlakatlarning
kuch - g`ayratlari va say - harakatlarini jipslashtirishga qaratilgandir.
Markaziy Osiyo hamdo`stligi biz uchun shunchaki integratsiya udumiga
ergashish emas, ustun bo`lib olish yoki o`z ta‘sir doiramizni kengaytirishga intilish
ham emas. Bu XXI asrda bizning mustaqillik va taraqqiyot yo`limizdir. Ishonchim
komilki, bu birlikni amalga oshirish, hech shubhasiz, xalqlarimizning manfaatlariga
to`la mos keladi, mintaqamizda barqarorlik va tinchlikni mustahkamlashga yordam
beradi. Markaziy Osiyo davlatlari, garchi ijtimoiy-siyosiy, etnik va madaniy jihatdan
xilma - xil bo`lsa-da, birgalikda kuch - g`ayrat sarflab, xavfsizlikka tashqaridan
tug`ilayotgan tahdidlarga qarshi turish uchun, butun mintaqani barqaror rivojlantirish
uchun qulay muhitni yaratadi, amalda bu mintaqani xavfsizlik va barqarorlik
mintaqasi sifatida shakllantiradi. Shu tariqa bu mintaqa davlatlari butun dunyo
ko`lamida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga munosib hissa qo`shadi.
Aytish mumkinki, tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o`rtasidagi
hamkorlik va ishonch olg`a harakatlantiradi degan genial fikr ilgari suriladi.
Xulosa tariqasida quyidagi fikrlarni ilgari surish mumkin:
Birinchidan, I.Karimovning ―O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asari‖ da esa yangi ming
arafasida insoniyatni kutayotgan keng qamrovli global muammolarni ilgari surilishi,
tahlil etilishi, ularni oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni bartaraf etish
borasidagi vazifalarning yoritilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Klassik
geosiyosatning vakillari asarlarida esa muayyan mintaqaning manfaatlari oldingi
o`ringa surilgan.
Ikkinchidan, biz yashayotgan mintaqaning geostrategik, geosiyosiy manfaatlari
nuqtai nazaridan har bir masalaning yechimiga e‘tibor qaratiladi.
Uchinchidan, tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o`rtasidagi
hamkorlik va ishonch olg`a harakatlantirishiga alohida urg`u berilgan, va bu
hamkorlikni ta‘minlashdagi vazifalar, uning istiqbollari keng yoritilgan.
To`rtinchidan, hozirgi dunyoda xavfsizlik va barqarorlik faqat harbiy-siyosiy
jihatlarnigina nazarda tutib qolmaydi. Iqtisodiy, ekologik, madaniy, ma‘naviy,
axborot havfsizligi jabhalari ham juda muhim bo`lib, xoh mintaqa bo`lsin, xoh butun
sayyoramiz bo`lsin bizning tinch, gullab-yashnayotgan umumiy uyimiz ana shulardan
tashkil topadi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin