10 - Mavzu. YANGI MING YILLIKDA G`ARBIY YEVROPADAGI SIYOSIY JARAYONLAR. Reja Ikkinchi jahon urushi yakunlari va uning Yevropa davlatlari mavqeiga ta‘siri.
Yevropa Ittifoqining tashkil etilishi: a`zolari, maydoni va aholisi.
O`zbekiston va Yevropa Ittifoqi o`rtasidagi munosabatlar yangi bosqichda.
1939 - yilning 1 - sentabrida boshlangan ikkinchi jahon urushi 1945 - yilning 2
- sentabrida tugadi. Olti yil davom etgan bu urushda dunyoning 61 ta davlati ishtirok
etdi. Ularda dunyo aholisining 80 foizi yashar edi. Harbiy harakatlar 40 ta davlat
hududida olib borildi. Yo`qotishlar 65 - 70 mln kishini tashkil etardi. Urush davrida
fashistlar Genrmaniyasi, Yaponiya va Italiya tor - mor etildi. Buyuk Britaniya va
Fransiya esa zaiflashib qoldi. AQSH esa dunyoning eng qudratli ikkita davlatidan biri
bo`lib qoldi. Sovet davlati ham mislsiz talofatlar ko`rgan bo`lsada harbiy jihatdan
qudratli mamlakatga aylandi.
Urushdan keyingi davrda insoniyat yangi muammolarga duch keldi. Ular
asosida AQSH va SSSR o`rtasidagi siyosiy va mafkuraviy ziddiyatlar yotardi.
Ikkinchi jahon urushidan so`ng ular qudratli davlat sifatida jahon siyosatiga ulkan
ta‘sir ko`rsatdi. 1945-yildan 1991 -yilgacha davom etgan ―Sovuq urush‖ davrida
o`zaro qarama - qarshilik misli ko`rilmagan qurollanish poygasiga olib keldi, natijada
ommaviy qirg`in qilishning yangi turlari yaratildi.
G`oliblari bo`lmaydigan bunday raketa - yadroviy urushning bema‘niligini
umumiy tushunish qarama - qarshi tomonlarni yangi jahon urushiga olib keluvchi
yo`llardan chekinishga undadi.
XX asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish kuchlari behad o`sdi. Ilmiy texnikaviy inqilob inson hayotining hamma tomonlariga ulkan ta`sir etuvchi beqiyos
kashfiyotlarga olib keldi. Transport vositalari va aloqa vositalarining rivojlanishi
barcha xalqlarni yagona umuminsoniy hamjamiyatga birlashtirdi. Jahon hamjamiyati, jahon jamoatchilik fikri kabi tushunchalar odatiy jumlaga aylandi va dunyoning
bo`linmasligi, insoniyat birligi va uning xavfsizligi kabi tushunchalar keng tarqaldi.
Yangi davrdagi tub o`zgarishlar globallashuv jarayonining kuchli rivojlanishi
bilan bog`liqki, uning asosiy belgilari ikki jahon urushlari orasida namoyon bo`la
boshladi. Ikkinchi jahon urushidan so`ng globallashuv jarayonini jahon ahamiyatiga
ega ikki muhim omil – Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkil etilishi va
mustamlaka imperiyalarning inqirozi ta‘minladi. BMT va uning ixtisoslashgan
tashkilotlari iqtisodiyot, madaniyat va ijtimoiy siyosat sohasida jahon miqyosida
hamkorlikni kengaytirdi va chuqurlashtirdi. Mustamlakachilikning bartaraf etilishi
jahon bozori doiralarini kengaytirdi va xalqlar hamda qit‘alar o`rtasidagi hamkorlik
uchun ulkan imkoniyatlar ochdi.
Globallashuv jahon xo`jalik aloqalarini baynalmillashtirish sharoitlarida ishlab
chiqarish kuchlarini rivojlantirish, butun insoniyatning madaniy va ijtimoiy darajasini
ko`tarishda namoyon bo`ldi. Bu jarayon davlatlararo va davlatlar ustidan turuvchi
birlashma hamda muassasalarni yaratish, xalqaro mehnat taqsimotini
chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va ilmiy kooperatsiyani rivojlantirish bilan bog`liq
keladi. Globallashuvning o`ziga xos belgisi transmilliy korporatsiyalaming (TMK)
tezkor o`sishida ko`rinadi, ular butun jahon iqtisodiyotini o`z ta‘sir doirasiga olgan.
Biroq globallashuv jarayoni ziddiyatli holda rivojlanmoqda, jamiyatning eski
ijtimoiy - iqtisodiy modelining og`riqli buzilishlariga uchramoqda, ko`pgina
mamlakatlarda o`tkir ijtimoiy mojarolarga olib kelmoqda.
Globallashuv faqat eng ko`p foyda olishga intiluvchi xalqaro kapital bilan o`z
lagerlarida xo`jalik hayoti, ijtimoiy - huquqiy va siyosiy tizimni tartibga soluvchi
davlatning milliy manfaatlari o`rtasida mojaroga olib keldi.
TMK ning rivojlanishi mustaqil suveren davlatlarning barpo bo`lishida o`z
aksini topgan boshqa ob‘yektiv jahon jarayonining faollashuviga ohb keldi. BMT
tashkil topgan 1945-yilda unga 51 davlat a`zo edi, hozir ular safi 1 90 dan ziyod. Bu
davlatlar globallashuvning salbiy ta`siriga qarshi turishga intiladi va o`z milliy
manfaatlarini himoya qiladi. Ular o`z iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi yo`lida qulay
sharoitlar yaratish yo`lini izlaydi va xo`jalik hamda siyosiy mo`ljal bo`yicha
mintaqaviy birlashmalarni yaratadi. Shu munosabat bilan mintaqaviy integrasiya
jarayoni shakllanadi, bunda davlat guruhlari o`z an`analari, manfaatlari va geopolitik
sharoitlariga muvofiq holda o`z rivojlanish yo`lini qaror toptirishga intiladi. Shunday
qilib, globallashuv, integratsiya va milliy suverenitet hozirgi zamonning yagona
jahon jarayonidagi tarkibiy qismlaridir.
1945 - yil 6 chi va 9 - avgustda AQSH harbiy - havo kuchlari bombardimonchilari Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashladi. Bu, bemisl qudratli yangi ommaviy qirg`in quroli edi. Xirosimada 90 ming, Nagasakida esa 75 ming tinch aholi halok bo`ldi. Ikkala shahar to`liq vayron etildi, yuz minglab kishilar radioaktiv nurlanishga duchor bo`ldi, nurlanish kasalligi ularni sekin va azobli o`limga olib keldi. Bu, AQShning urushdan so`nggi dunyoga yakkahokimlikka da‘vosi edi. Mazkur voqea «sovuq urush» boshlanishiga turtki bo`ldi.
Rasman «sovuq urush»ning boshlanishi 1946 - yil 5 - martda sobiq Buyuk
Britaniya bosh vaziri U.Cherchillning Fultondagi amerika universitetida so`zlagan
nutqida e‘lon qilindi. U.Cherchill «sharqiy kommunizm» bilan kurash uchun ingliz amerika harbiy inttifoqini tashkil etishga chaqirdi. U urushdan so`ng totalitarizm 68
ta‘siriga tushib qolgan Sharqiy Yevropani erkin demokratik G`arbdan ajratib turuvchi
«temir parda» haqida so`zladi. Natsizmga qarshi birlashgan Yevropa endi SSSRning
o`ziga qarshi birlashdi.
«Sovuq urush» - Sharq va G`arb mamlakatlariga nisbatan (1945 – 1991 yy.)
qarama - qarshilik, bir - biriga dush - manlik, o`zaro ishonchsizlikni ifodalovchi
bosqich. Biroq Sovet xavfi oldidagi qo`rquv soxta bo`lib, asosga ega emas edi. Sovet
Ittifoqi urush paytida ko`p talafot ko`rgan bo`lib, yangi qarama - qarshilikka jur`at
etmasdi. G`arb davlatlarining hukmron doiralari bundan yaxshi xabardor edi. Buning
ustiga 1949-yilgacha AQSH atom bombasiga monopol hukmron bo`lib, uni qo`llash
haqidagi birgina do`q - po`pisaning o`zi har qanday tajovuzkorlikni to`xtatish uchun
yetarli edi. Gap bunda emas edi. G`arb mamlakatlarining o`zida aholi o`zgarishlarni
kutardi. Osiyo va Afrika siyosiy erkinliklar berilishini talab etmoqda edi. Cherchill
aslida mavjud ahvolni saqlab qolishga chaqirdi.
Yadro quroli «sovuq urush» vositasi bo`ldi. AQSH uni ishlab chiqarish va bu
sohadagi tadqiqotlar ustidan xalqaro nazorat o`rnatish rejasini ishlab chiqdi. Bu reja
1946-yilda BMTga taqdim etildi va u istalgan mamlakatda bunday tadqiqotlarni
tekshirish huquqini ko`zda tutdi. SSSR bu rejani inkor qildi va 1949 yilda o`z atom
bombasini ilk bor sinovdan o`tkazdi. Shundan boshlab «sovuq urush» yadroviy
qurollanish poygasi darajasiga ko`tarildi.
1947-yil 5-iyunda AQSH davlat kotibi Jorj Marshall Garvard universitetida
so`zlagan nutqida G`arbiy Yevropani tiklash uchun moliyaviy yordam ko`rsatishni
taklif qildi. Amerika hukmron doiralari iqtisodiyoti vayron etilganligi va
rivojlanishga mablag` yo`qligi bilan xarakterlanuvchi bu mintaqani xavfli vaziyatdan
chiqarishga qaror qilishdi.
«Marshall rejasi» bo`yicha uni amalga oshirishda 16 ta Yevropa davlati ishtirok
etadigan bo`ldi. Amerika moliyaviy yordamini Yevropa iqtisodiy hamkorligi
tashkiloti (YEIHT) taqsimladi. 1948 - yildan 1952 - yilgacha bu tashkilot orqali
G`arbiy Yevropa mamlakatlariga 17 milliard dollar berildi. Bu mablag`lar mazkur
mintaqada urushdan keyingi tiklanishda muhim rol o`ynadi. «Marshall rejasi»
Yevropa mamlakatlari iqtisodiy tizimi tuzilmasini saqlashga imkon yaratdi. Lekin
shuni unutmaslik kerakki bu yordamni hamma davlat ham ola bilmasdi. Faqatgina
xalqaro maydonda AQSH ni qo`llab quvvatlaydigan, olib borayotgan ichki va tashqi
siyosati AQSH manfaatlariga mos keladigan davlatlargina bu yordamni olishdi.
AQSH Potsdam konferensiyasi qarorlarini buzgan holda G`arbiy Germaniyada
hukumat tuzish va unda pul islohotini o`tkazish haqida maxfiy muzokaralar o`tkazdi.
AQSH va G`arb davlatlari Sovet Ittifoqining Germaniya hududidan barcha 69
okkupatsiya qo`shinlarini olib chiqib ketishni ko`zda tutuvchi tinchlik shartnomasini
tayyorlash va umumgerman organlarini tuzish haqidagi takliflarini rad etdi.
Bu hol Sovet qo`shinlari tomonidan Berlinga kirish yo`llarini qurshab olinishiga
va 1948 yilgi «Berlin inqirozi»ga olib keldi. «Berlin inqirozi» amerika
diplomatiyasiga Yevropada o`z harbiy mavjudligini kuchaytirish uchun muhim sabab
bo`ldi. 1949 - yil 4 - aprelda Vashingtonda 12 davlat vakillari Shimoliy Atlantika
shartnomasiga (NATO) imzo chekishdi. Bu davlatlar AQSH, Kanada, Belgiya,
Buyuk Britaniya, Daniya, Fransiya, Islandiya, Niderlandiya, Italiya, Norvegiya,
Portugaliya, Lyuksemburg edi. 1952-yilda shartnomaga Gretsiya va Turkiya, 1955-
yilda G`arbiy Germaniya qo`shildi.
NATO amalda Yevropa integratsiyasi yo`lidagi ilk qadam bo`ldi. Uning
faoliyati chegarasiz Yevropani yaratishga yo`naltirildi. Milliy suverenitet eskirib
qolgan tushuncha deb e‘lon qilindi va u «atlantizm» bilan almashtirilishi, ya‘ni g`arb
qadriyatlari va demokratiyasini muhofaza qilishning umumiy manfaatlariga
bo`ysundirilishi lozim edi.
Sovet Ittifoqi ham Sharqiy Yevropada harbiy - siyosiy blokning tashkil
etilishiga olib keluvchi javob choralarini ko`rdi. Bu o`rinda urush o`chog`ini
yoquvchi Amerika haqidagi mafkuraviy konsepsiyalar ishga solindi.
G`arbiy Germaniyaning NATO ga qabul qilinishi Sharqiy Yevropaning barcha
mamlakatlari, ayniqsa, gitlerchilar tajovuzidan zarar ko`rgan davlatlarda xavotir
uyg`otdi. Shu bois Sovet Ittifoqiga ularning rahbarlarini mazkur yurtlar xavfsizligini
kafolatlay oladigan harbiy ittifoq tuzishga ishontirish qiyin bo`lmadi. 1955 - yil 14 -
mayda Albaniya (1962 - yilda shartnomada ishtirok etmay qo`ydi, 1968 yilda undan
chiqdi), Bolgariya, Chexoslovakiya, GDR, Vengriya, Polsha, Ruminiya va Sovet
Ittifoqi vakillari Varshavada do`stlik, hamkorlik va o`zaro yordam haqidagi
shartnomaga imzo qo`ydi. Varshava shartnomasi davlatlari ulardan birortasiga qurolli
hujum bo`lgan holda o`zaro harbiy yordam ko`rsatishga kelishib olishdi.
Varshava shartnomasi – 1955 - yil 14 - mayda Bolgariya, Vengriya, GDR,
Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslovakiya va Albaniya o`rtasida do`stlik, hamkorlik
va o`zaro yordam haqida tuzilgan shartnoma bo`lib, ishtirokchi davlatlar xavfsizligini
ta‘minlashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Varshava shartnomasi tashkiloti
(VSHT) NATO ga qarama - qarshi ravishda tashkil etilgan. 1991 - yilda faoliyatini
tugatgan.
Varshava shartnomasi davlatlari qurolli kuchlarning birlashgan qo`mondonligini
tashkil etdi, uning shtabi Moskva shahrida bo`lgan. Varshava shartnomasi ilgarigi
barcha ikkiyoqlama shartnomalarni almashtiruvchi yangi harbiy - siyosiy ittifoqqa
aylandi. Endilikda dunyo ikki harbiy blokka parchalandi va «sovuq urush» jahon
miqyosiga yetdi.
Ikkinchi jahon urushi tufayli Yevropada yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy
inqiroz jahon siyosatida Yevropa davlatlari rolining pasayishiga olib keldi. Bir
paytlar jahon miqyosida yuqori mavqeli bo`lgan Buyuk Britaniya, Fransiya,
Germaniya va Italiya ikki buyuk davlat oralig`ida qolib, 1950 - yillar oxirlarida oddiy
Yevropa davlatlariga aylandi. «Marshall rejasi», NATO, amerika yadro quroli
Yevropa siyosati va iqtisodiyoti rivojlanishida uzoq vaqt ustuvor rol o`ynashini
anglatardi. Yevropa, xususan, Germaniya Sovet Ittifoqi va AQSH o`rtasidagi
davomiy qarama - qarshiliklar maydoniga aylandi va ular taqdiri bu ikki buyuk davlat
munosabatlaridagi keskinlik darajasiga bog`liq bo`lib qoldi.