Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə45/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Agrar islohot oila pudrati tizimini ommaviy joriy etishdan boshlandi. Oila pudrati dastlab Anxoy provinsiyasidagi Syaogansun qishlog‘ida 18 dehqon tomonidan yashirincha qo‘llangan edi. 1984 yilga kelib qishloqda 50-yillar o‘rtalaridan boshlab hukm surgan ishlab chiqarish brigadalari va kommunalarida a’zolar deyarli qolmadi. SHundan so‘ng hukumat bu stixiyali jarayonni tartibga solish maqsadida qishloq xo‘jaligini yuritishning asosiy modeli sifatida oila pudratiga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qildi. YAngi qoidaga ko‘ra jamoa eri dehqon xo‘jaliklariga 15 yilga ijaraga berila boshlandi (keyinchalik bu muddat 30 yilgacha uzaytirildi). Dehqon xo‘jaliklari oziq-ovqat solig‘i to‘lash, shuningdek hosilning bir qismini qayd etilgan narxlarda davlatga sotish majburiyatini oldilar. Xo‘jaliklarga erga ishlov berish va ekish, joylashtiriladigan mablag‘lar turini tanlash masalalarini hal qilishda erkinlik berildi. Natijada dehqonlar o‘z mahsulotining bir qismini bozor narxlarida sotish huquqini qo‘lga kiritdilar. Ularning daromadlari osha boshladi. Bu noagrar sektorning rivojlanishiga ham turtki berdi. Xitoy g‘allani chetdan sotib oladigan mamlakatdan uni eksport qiluvchi mamlakatga aylandi.
Sanoatda islohotlar asosan 1984 yildan boshlandi. Ular ham bozor iqtisodiyoti tamoyillarini joriy etish maqsadida amalga oshirildi. Bungacha davlat sektori korxonalarini ham markaziy hukumat, ham mahalliy ma’muriyatlar nazorat qilar edi. Islohotlar jarayonida korxonalar erkinligini oshirish va daromadning bir qismini ularning o‘ziga berish vazifasi qo‘yildi. Korxonalarga ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va bozor kon’yunkturasiga qarab ish ko‘rish sohasida ham katta huquqlar berildi. Ularga rejada belgilanganidan ortiq mahsulotni erkin bozorda bozor narxlarida sotishga ruxsat berildi. Ayni vaqtda mahalliy hukumatlar ustidan nazorat ham kamaytirildi. Ular rejali nazoratdan xalos bo‘lgach, o‘z korxonalarini qo‘llab-quvvatlay boshladilar. XXR sanoatida davlat korxonalari ulushi 1978 yilda 76% dan 1994 yilda 34% gacha kamaydi, xususiy korxonalar ulushi esa 0,4% dan 25% ga ko‘paydi.40 Islohotlarning xitoycha modeli zamirida asosiy o‘zgarishlarni SHarqiy Evropa mamlakatlarida bo‘lganidek makrodarajada (moliya va pul tizimi, tashqi savdo va h.k.) emas, balki mikrodarajada (narxlar va korxonalarni isloh qilish, nodavlat sektorini rivojlantirish va h.k.) amalga oshirish yotadi.
«Tashqi dunyoga ochiqlik» siyosatini olib borish islohotlarning muhim yo‘nalishiga aylandi. Tashqi dunyodan deyarli to‘liq ajralib qolgan Xitoy iqtisodiyoti tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘ya boshladi. Tashqi savdoni isloh qilish uchun avvalo ma’muriy yakkahokimlik va davlat savdo mahkamalarining monopoliyasiga barham berildi. Tashqi savdo faoliyatini olib borishni xohlagan korxonalar uchun cheklashlar, shuningdek import tariflari kamaytirildi. Ko‘pgina mahsulotlar bo‘yicha litsenzion nazorat tizimi bekor qilindi, import-eksport narxlari esa jahon narxlariga yaqinlashtirildi.
Bu qadamlarning ahamiyatini to‘laqonli baholash uchun Xitoy oxirgi olti asr davomida, Min sulolasi hukm surgan davr (XIV-XVII asrlar)dan boshlab, ayniqsa, Sin sulolasi davri (XVII-XX asrlar)da tashqi dunyodan ajralish siyosatini olib borganini eslash lozim. O‘shanda tashqi dunyo bilan har qanday aloqalar taqiqlab qo‘yilgan edi. Bu Xitoyning tanazzulga yuz tutishiga olib keldi, qashshoqlik va qoloqlikni yanada kuchaytirdi. XXR rahbariyati Osiyoning «to‘rt kichik ajdari» (Syangan, Singapur, Tayvan, Koreya) iqtisodiyoti taraqqiy etishiga olib kelgan omillarni o‘rganib chiqib, tashqi dunyoga ochiqlik yo‘liga kirdi. Xitoy ko‘p mehnat sarfini talab qiladigan tarmoqlardagi o‘z ustunligidan foydalanib, buyurtmachining materiallaridan mahsulot ishlab chiqarish, etkazib beriladigan detallar asosida yig‘ish va montaj qilish, buyurtmachining namunalariga ko‘ra tovarlar ishlab chiqarish hisobiga eksportni yo‘lga qo‘ydi. 2001 yilda XXR Jahon savdo tashkilotiga qabul qilindi. 1980 yilda dastlabki to‘rt Maxsus iqtisodiy rayon (MIR) – «chetga mahsulot ishlab chiqaradigan, bozor iqtisodiyoti qoidalariga ko‘ra tartibga solinadigan hududiy iqtisodiy tuzilmalar»ning tashkil etilishi muhim hodisa bo‘ldi. Ularda MIR korxonalari xususiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan yuklar import bojidan va yagona sanoat-savdo solig‘idan ozod qilindi. Bundan tashqari, chet ellik biznesmenlar olib kiradigan barcha tovarlarga import boji va yagona soliq undirishda 50% li imtiyoz belgilandi. CHet el investitsiyalarini rag‘batlantirish va eksport hajmlarini ko‘paytirishga qaratilgan boshqa imtiyozlar ham nazarda tutildi. 1988 yilga kelib XXRning butun qirg‘oq mintaqasi ochiq shaharlar va rayonlar zonasiga aylandi. 2004 yilga kelib XXRda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni qariyb yarim millionga etdi. Amalda investitsiyalashtirilgan kapital miqdori 500 mlrd. dollardan oshib ketdi. Jahonning 500 yirik kompaniyasidan 400 dan ortig‘i Xitoyda investitsiyalashtirilgan loyihalarga ega.
Bugungi kunda Xitoy uzoq davr mobaynida iqtisodiy taraqqiyotning yuqori ko‘rsatkichlariga erishib kelayotgan jahon mamlakatlaridan biri. So‘nggi 25 yilda Xitoyda yalpi mahsulotning yillik o‘sishi 8% dan pasaygani yo‘q. 1978 yildan beri aholi jon boshiga YAIM 100$ dan 1000$ ga o‘sdi.
Den Syao Pen boshlagan islohotlarning dastlabki davrida asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligini isloh qilishga qaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlar mamlakatdagi eng jo‘shqin rivojlanayotgan tarmoqlardir. Xitoy elektronika va informatika ishlab chiqarish bo‘yicha AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakatning yillik YAIMi 1,5 trillion dollarni, valyuta zaxiralari – 500 mlrd. dollarni tashkil etadi. Osiyo Taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy jahon iqtisodiyoti o‘sishining 13% ni ta’minlamoqda (2002 yil). Tashqi savdo oboroti hajmi muttasil o‘sib borayotir. 2005 yilda u birinchi marta 1 trillion dollardan oshadi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy jahonda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Xitoy bozoriga AQSH eksportining 22%, Germaniya eksportining 28%, YAponiya eksportining 32% to‘g‘ri keladi.
2002 yilda Xitoy jalb qilingan chet el investitsiyalari hajmi bo‘yicha birinchi marta AQSHdan o‘zib ketdi (53 mlrd. dollar). Xitoyning butun jahon bo‘ylab moliyaviy ekspansiyasi sifat jihatidan yangi hodisa bo‘ldi. Xitoy kompaniyalari 2004 yilning o‘zida faqatgina AQSH biznesiga 2,3 mlrd. dollar joylashtirdilar.
Xitoy – ilg‘or texnologiyalarni faol o‘zlashtirayotgan mamlakat. Buyuk Britaniyaning o‘zida 38 ming xitoylik talaba tahsil olmoqda. AQSHda xitoylik talabalar soni bundan ham ko‘p. Mamlakat statsionar va uyali telefonlarning umumiy soniga ko‘ra jahonda birinchi o‘rinni egallaydi (240 mln. abonent). Internetdan foydalanuvchilar soniga ko‘ra xitoyliklar uchinchi o‘rinda.
90-yillarda hukumat xalqaro iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish dasturini qabul qildi va «to‘rt yo‘nalish bo‘yicha rivojlanish» strategiyasini ilgari surdi. SHulardan biri Markaziy Osiyoga yondosh hududlar – Sinszyan va Ichki Mo‘g‘ulistonni rivojlantirish.
Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p jihatli doimiy tarixiy, geosiyosiy hodisa bo‘lib, to‘rt muhim omil bilan belgilanadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin