Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə46/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Birinchisi – geografik omil. Markaziy Osiyo va Xitoy shunchaki chegaradosh emas. Xitoyning g‘arbiy qismi Markaziy Osiyoning geografik mintaqa sifatida keng tarqalgan talqiniga kiradi. Bu qism, yoki Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayoni – hatto fanda SHarqiy Turkiston deb ham ataladi. Vaholanki, G‘arbiy Turkiston - Markaziy Osiyoning turkiy tilida so‘zlashadigan qismidir.
Ikkinchi omil – Xitoyning miqyosi, uning mintaqa va dunyo miqyosidagi obro‘si. Xitoy – BMT asoschilaridan biri, Tashkilot Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi. Xitoy boshqa xalqaro tashkilotlarda ham faol ishtirok etadi, ular orqali jahondagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. Xitoy EXHT bilan bevosita aloqa o‘rnatishga harakat qilmoqda. 1955 yilgi Bandung konferensiyasidan so‘ng Xitoy xalqaro munosabatlar amaliyotida tinch-totuv yashash prinsiplari qaror topishining tashabbuskorlaridan biriga aylandi. U ommaviy qirg‘in quroliga, ko‘p sonli, yaxshi jihozlangan va o‘rgatilgan qurolli kuchlarga, keng miqyosda jangovar harakatlar olib borish tajribasiga, qurolli kuchlarni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasiga ega bo‘lgan qudratli harbiy davlat maqomini olgan.
SHuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mamlakatlariga Xitoy tomondan xavf mavjud emas. Boz ustiga, Markaziy Osiyo va Xitoy rahbarlari o‘rtasidagi oxirgi muzokaralar jarayonida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan muhim bitimlar imzolandi. SHu jumladan hozirda mavjud chegaralarning daxlsizligi va hududlar bo‘yicha hech qanday da’vo yo‘qligi tan olindi.
Uchinchi omil – Xitoyning iqtisodiy taraqqiyoti. Ma’lumki, Xitoy jahonning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan eng yirik davlatlaridan biriga aylanib bormoqda. Xitoy – ulkan va tobora kattalashib borayotgan bozor. U chetdan kelayotgan juda ko‘p tovarlarni iste’mol qilishga qodir. Ayni vaqtda, u boshqa mamlakatlarga ko‘p turdagi arzon iste’mol mahsulotlari etkazib beradi. Markaziy Osiyo va Xitoyning geografik jihatdan yaqinligi ular o‘rtasida savdo aloqalarining istiqbollari porloq ekanligidan dalolat beradi. Umuman olganda, Xitoy Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy hamkorlikdan juda manfaatdor. Uning manfaatlari savdo aloqalarini rivojlantirish bilangina cheklanmaydi. Ular strategik, iqtisodiy omillar – tabiiy va energetik resurslar, sanoat va mehnat salohiyati, ushbu mintaqa orqali G‘arb bilan bog‘lanish istiqbollari bilan bog‘liq.
To‘rtinchi omil – Xitoyning davlat-siyosiy xususiyatlari. Bu mamlakat – Osiyodagi eng qadimgi va yashovchan davlat tuzilmalaridan biri. Xitoy davlat-siyosiy tizimi takomillashganiga qaramay, an’anaviy markazlashgan davlatchilikning asosiy prinsiplarini saqlab qolgan. SHu holat hamda mamlakat so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan va kiritayotgan ulkan yutuqlar qit’aning boshqa mamlakatlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
SHuni nazarda tutish kerakki, Xitoy yigirmanchi asrning dastlabki yillaridayoq davlatchilikning dunyoviy shaklini tanlagan va Sun YAtsen amalga oshirgan islohotlardan so‘ng respublika boshqaruv shakliga o‘tgan Osiyodagi birinchi davlatlardan biridir.
Beshinchi omil – Xitoynng demografik xususiyati. Tug‘ilishni cheklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, Xitoy aholisi o‘sishining mutlaq ko‘rsatkichi o‘rtacha kattalikdagi davlat aholisi soni bilan barobar. Mamlakat iqtisodiyot sohasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritayotganiga qaramay, aholining katta qismi muhtojlikda kun kechirmoqda. Natijada juda ko‘p xitoyliklar har yili yaxshi hayot izlab chet elga chiqib ketmoqdalar. Rivojlangan mamlakatlarda emigratsiyaning cheklanishi yangi mintaqaviy siyosiy muammolar bilan birga Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyani Xitoy fuqarolarining bir qismi tabiiy ravishda kelib o‘rnashadigan zonaga aylantiradi. SHu tariqa mahsulot eksportiga Xitoyning ijtimoiy-demografik muammolarini qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish qo‘shiladi.
Oltinchi omil – Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarning qadimiyligi. Din va tilda farqlar kattaligi tufayli madaniy aloqalar bevosita bo‘lmagan, chunki Markaziy Osiyo doim islom tafakkurining bir qismi bo‘lib kelgan, Xitoy esa o‘z Uzoq SHarq yoki Xitoy tafakkur tarziga ega bo‘lgan. SHunga qaramay, fan va madaniyat sohasida faol aloqa qilish kanallari mavjud bo‘lgan.
Markaziy Osiyoning mustaqil davlatlariga nisbatan Xitoy tashqi siyosati nisbatan asta-sekin, lekin izchil rivojlanib bordi. Xitoy o‘zining «ta’sirchan» qismi – Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan chegaradosh mintaqada biron-bir uchinchi taraf o‘z ta’sirini o‘rnatishidan manfaatdor emas. Boz ustiga, tarixiy va madaniy jihatdan Sinszyan Markaziy Osiyo bilan uzviy bog‘liq, geografik jihatdan esa uning tarkibiy qismidir. Mintaqada boshqa davlatlar o‘z ta’sirini o‘rnatishidan manfaatdor bo‘lmasa-da, Pekin bu masala yuzasidan ochiq va qattiq ixtilofga kirishish niyatida ham emas. Uning strategiyasi mintaqa bilan hamkorlikni izchil, bosqichma-bosqich rivojlantirishdan iborat. SHu bois Xitoy Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishidan manfaatdordir, chunki beqarorlik, bir tomondan, tartibsizlik uning g‘arbiy hududlariga o‘tishiga, ikkinchi tomondan esa, mintaqaga uchinchi taraf «ortiqcha jalb qilinishi»ga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga oladi.
Pekin Markaziy Osiyo mamlakatlarida sekulyarizmning mustahkamlanishidan va ular bilan Xitoyda “uch yovuz kuch” deb ataladigan xalqaro terrorizm, etnik separatizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilishdan manfaatdordir. Xitoy bu masalada O‘zbekistonning pozitsiyasini yuksak baholaydi va unga «ishonchli hamkor» sifatida qaraydi.
Xitoyning savdo va moliya ekspansiyasi strategiyasi Markaziy Osiyoning istiqbolli va o‘sib borayotgan bozorini chetlab o‘tolmaydi. 2004 yilda XXR SHanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zolariga, ya’ni amalda mintaqa mamlakatlariga imtiyozli savdo krediti sifatida 900 mln. dollar ajratganini e’lon qildi. Xitoy mintaqaning energetik resurslaridan foydalanishdan manfaatdordir. U Qozog‘istondan Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayoniga neft quvur yo‘li o‘tkazishga katta mablag‘lar ajratdi. SHu bois Markaziy Osiyo bilan transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirish Xitoy uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, yangi marshrutlar Evropa hamda O‘rta va YAqin SHarqqa olib boradigan transport yo‘llarining muqobil variantlarini vujudga keltirishga xizmat qiladi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin