Valyutasi 8,2774 Xitoy yuani – 1 AQSH dollariga teng.
Tashqi savdoda importning ulushi - 295,2 mlrd. AQSH dollari
Eksportning ulushi - 325,6 mlrd. AQSH dollari.
Savdo sheriklari: - deyarli butun jahon davlatlari bilan savdo qiladi. Harbiy salohiyati. - Qurolli kuchlarining umumiy soni:
Faollar – 2 255 000
Zahiradagilar – 800 000
SHundan Armiya (quruqlik qo’shinlari) da 1 600 000, harbiy Dengiz Flotida 255 000, harbiy havo Kuchlarida 400 000 kishi xizmat qiladi.
Qurol-yarog’i o’ta zamonaviy. YAdro quroli, 69 suv osti kemasi, 21 eskadra mina tashuvchi va 42 qorovul kemasiga ega. Patrul va qirg’oq qo’shinlarida 96 snaryadli kema, 9 torpedo va 226 Patrul Kemasimavjud. YArim harbiylashganlar 1 500 000 nafar Xalq harbiy Politsiyasidir.
O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasidagi barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni tartibga soluvchi 100 dan ortiq davlatlararo va boshqa kelishuvlar imzolangan. Ikki davlat rahbariyati o’rtasida davomli uchrashuvlar va tashriflar amalgaoshirilmokda. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Xitoyga 1992, 1994, 1999 va 2001 yillarda tashrif buyurdi. 2002 yildaOliy Majlis raisining o’rinbosari Boris Bugrov, 2003 yilda bosh vazir O’tkir Sultonov, 2004 yilda Tashqi ishlar vaziri Sodiq Safoev, 2004 yilda bosh vazir o’rinbosari E. g’anievlar XXRga tashrif buyurgan bo’lsalar, Xitoy tomonidan 1994 yilda davlat kengashi raisi Li Pen, 1995 yili rais o’rinbosari Xu TSzintao, 1996 yilda rais TSzyan TSzemin, 1999 yilda Davlat kengashi raisining o’rinbosari TSyan TSichen, 2001 yilda Davlat kengashi raisining o’rinbosari Li Lantsin, 2002 yilda Davlat kengashining a`zosi I.Aymat, 2003 yilda Tashqi ishlar vaziri Li CHjaosin, 2003-2004 yillarda Ijtimoiy xavfsizlik vazirining o’rinbosari YAn Xuannin, 2004 yildaXXR raisi Xu TSzintaolar O’zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo’ldilar. Xu TSzintao tashrifi davomida 10 ta muhim hujjat, jumladan, O’zbekiston vaXXR o’rtasida sheriklik munosabatlarini, do’stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash to’g’risida qo’shma deklaratsiya, narkotik vositalar, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi va iste`mol qilinishiga qarshi hamkorlikda kurashish haqida bitim va Bolgariyalar imzolandi. Tashqi ishlar vazirlarining tashriflari chog’ida quyidagi bitimlar imzolandi: terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to’g’risida; ikki tomonning tashqi siyosiy idoralari o’rtasida hamkorlik va maslahatlar to’g’risida.
Iqtisodiyot sohadagi hamkorlik. Davlatlar o’rtasidagi savdo-iqtisodiy bitimga binoan o’zaro iqtisodiy munosabatlar kun sayin rivojlanib bormoqda. O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasining axborotiga binoan 2004 yilda ikki tomonning tovar aylanmasi 367,1 mln. AQSH dollari miqdorida bo’lib, uning 101,5 mln.i O’zbekistondan eksportni va 265,6 mln.i O’zbekistonga importni Tashkil etdi. O’zbekistondaXXR sarmoyasi ishtirokida 122 ta korxona mavjud bo’lib, ularning 102 tasi qo’shma korxona va 20 tasi 100% XXR sarmoyasi asosidagi korxonalardir.
Ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik. Ikki mamlakat o’rtasida madaniyat, ta`lim, fan va texnika sohalaridagi hamkorlik faol rivojlanib bormoqda. Samarqand shahrida “SHarq taronalari” xalqaro festivalidaXitoy vakillari, Pekin xalqaro madaniyat va turizm festivalida esa O’zbekistonning folklor jamoalari muntazam ishtirok etadi. 2001 yilda ToshkentdaXXR madaniyat markazining ochilishi bo’lib o’tdi.
2004 yil iyun oyidaXXR raisi Xu TSzintaoning tashrifi davomidaxitoy tilini o’rganish bo’yicha O’zbekistonda Konfutsiy nomidagi Institutni Tashkil etishga kelishib olindi. Xitoy tomoni Institutni barcha zaruriy o’quv adabiyotlari, lingofon jihozlari va o’qituvchilar bilan ta`minlash majburiyatini oldi.