Andijon davlat pedagogika instituti


Mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə56/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish


O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish masalalari mamlakat tashqi siyosatining eng asosiy yo’nalishlardan biri bo’ldi. O’zbekiston Respublikasida mintaqadagi mojarolarni bartaraf etishga qaratilgan strategiya va vazifalar ishlab chiqilgan. O’zbekiston qo’shni davlatlarda mojarolarni tinch yo’l bilan hal etishda muntazam ravishda o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Mojarolarni bartaraf etishda ikki va ko’p tomonlama muzokaralar asosida mojarolarni tinch yo’l bilan hal etishni ustuvorligi o’z ifodasini topadi. O’zbekiston Respublikasi Afg’onistonning yonma-yon qo’shnisi bo’lganligini, hamda ushbu mojaroni mintaqamizga o’tish tahdid mavjudligini nazarda tutib, bizning mamlakatimiz Afg’oniston Islom Davlatida tinchlik o’rnatilishini tashvish bilan vaziyatni kuzatmoqda hamda bu mamlakatda tez orada milliy konsensus o’rnatilishiga o’z qiziqishini namoyon etmoqda. Afg’on muammosi nafaqat Afg’oniston ichidagi vaziyatga, balki butun mintaqadagi vaziyatga ta`sir ko’rsatadi. SHuning uchun, ushbu muammo mintaqaviy xavfsizlikni o’z ichiga qamrab oladi.
Afg’oniston tinchlikka erishmaguncha, butun mintaqa bo’yicha xavfsizlikni va barqarorlikni ta`minlash to’g’risida gapirishga erta. CHunki bu mamlakat yaqin paytgacha nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi o’choqlardan biri edi.47 SHu davlat hududi xalqaro terrorizm va diniy ekstrimizmga bog’liq kuchlarning poligoniga, shu mamlakat giyohvand moddalarning butun jahon miqyosdagi manbaiga aylandi. Mintaqaviy xavfsizlikning nozik jihatlaridan biri shunda ediki, turli davlatlar goh pinhon, gohida esa ochiqdan ochiq Afg’onistonga o’z ta`sirini o’tkazgan holda butun Markaziy Osiyo mamlakatlariga mafkuraviy ta`sir o’tkazishga urinib keldilar.
O’zbekiston Respublikasi Hukumati 1993 yildan boshlab afg’on masalasini bartaraf etish tashabbusi bilan chiqa boshladi hamda afg’on masalasiga nisbatan jahon hamjamiyatini jalb etish maqsadida bu erdagi muammoning butun jahon xavfsizligiga ta`sir etuvchi omil ekanligini turli minbarlardan turib isbotlab berdi.
1995 yil sentyabr oyida Toshkentda o’tkazilgan Markaziy Osiyoda havfsizlik va hamkorlik masalalari bo’yicha seminar-kengashida I.Karimov o’z nutqida Afg’onistonda tinchlik o’rnatish jarayonining va barqarorlik elementlarini o’zaro bog’liq ekanligini ta`kidlab o’tdi.48
1996 yil iyun oyining boshida I.Karimov AQSHda rasmiy tashrifi chog’ida, AQSH Prezidenti Klinton uchrashuvida turli masalarni muhokama qildi, shu jumladan, mintaqaviy va halqaro xavfsizlik masalalarini muhokama etdi.
1996 yilning 23 iyun Evropa Ittifoqi (Florentsiya) davlatlar boshliqlarning uchrashuvi doirasida I.Karimov Afg’on muammosini echimi topish uchun Evropa Ittifoqi kuchini ishlatishga da`vat etdi.
SHu yilning noyabr oyida (14.11.1996) I.Karimov Belgiyada rasmiy tashrifi chog’ida Afg’on masalasi bo’yicha KES va NATO rahbarlari bilan muhokama uchun uchrashdi.
Afg’on masalasi to’g’risida gap ketganda, shuni aytish joizki, ertagi kunning havfsizligi va ishonch garovi masalasi faqat mintaqaviy muammo bo’lib qolmaydi. Uning echimiga butun jahon davlatlarning kuchi bilan etsa bo’ladi. Jahon hamjamiyati mojarolarni mintaqaviy doirasidan chiqishga yo’l qo’ymasligi kerak. SHu asosda aytish mumkinki, O’zbekistonning mintaqaviy havfsizlik masalalariga, ayniqsa Afg’on muammosiga jahon hamjamiyatining e`tiborini qaratish urinishlari o’z anglashini topmoqda.
SHubhasiz, toliblar tomonidan Qobulni egallashi, hamda MDH chegaralariga yaqinlashi, mintaqadagi vaziyatni o’zgarishiga olib keldi. Islomiy rahbariyat nafaqat Afg’onistonda, balki undan tashqari davlatlarda «haqiqiy islom» o’rnatish shiorlari Markaziy Osiyo davlatlari ahamiyatini kasb etdi. Aynan shu vaziyat oktyabr oyining boshida Olma-Otada O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston Prezidentlari va Rossiya bosh vaziri mintaqadagi yangi vaziyat muhokamasi va yagona strategiya ishlab chiqish uchun uchrashuviga olib keldi. SHu uchrashish natijasida, kelajakdagi mojaroning boshqa davlatlarga o’tishining salbiy tomonlari haqida Bayonot qabul qilindi.
1996 yilning oxirida turli xalqaro Tashkilotlari tomonidan Afg’on mojarosini tinch yo’l bilan hal etish masalasi yuzasidan bir necha hujjatlar qabul qilindi: shunday qilib, O’zbekiston tashabbusi bilan va EXHT rahbarlari (3-4.12.96) tomonidan Lissabon deklaratsiyasiga Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta`minlash va mojaralardan oldini olish haqidagi qo’shimcha modda kiritildi, Vasenaar Bitimi qatnashchilari (13.12.96) Afgonistonga qurolli kuchlarni ta`minlashni to’xtatish to’g’risida Deklaratsiyasi qabul qilindi (Vena, Avstriya), Evropa Ittifoqi Tashqi ishlar Vazirlar Kengashi kurollarni keltirish embargo to’g’risida «Umumiy pozitsiya» maxsus hujjatni qabul qildi (17.12.96.).
1999 yil 18 noyabr Stambulda yuqori toifali EXHT davlatlarning rahbarlarning uchrashuvi o’tkazilgan edi. Prezident I.Karimov o’z nutqida shuni ta`kidlab etdiki, EXHT mintaqaviy havfsizlik tizimini shakllantirishda faol rolni o’ynashi kerak. Ayniqsa, oxirgi yillarda Afg’onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarishning va savdosining ko’payishi, qurollarni savdosi, jangovar askarlarning tayyorlanishi, kelajakda Markaziy Osiyo mintaqa uchun salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Masalan, BMT kuzatishlari bo’yicha, Afg’onistondagi tayyorlash bazalarida taxminan 55 mamlakatlardan 50 mingdan 70 minggacha jangovor askarlar tayyorlanganligini ko’rsatdi.49
2000 yilning boshida bir necha voqealar bo’ldi. Birinchidan, Toshkentda navbatdagi Markaziy Osiyo davlat boshliqlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi (20-21.04.00), shu uchrashuvda qatnashchi davlatlarning Afg’on mojarosiga qarshi ekanligi yana bir bora ta`kidlab o’tildi. Ikkinchidan, BMT Havfsizlik Kengashining raisi (04.00) Afg’onistondagi giyohvand moddalarni ishlab chiqarish ustidan BMT Nizomi asosida nazorat kiritishga tayyor ekanligini ko’rsatib o’tdi. Uchinchidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Hindistonga rasmiy tashrifi paytida (1-2.05.00) Hindiston Prezidenti va Bosh Vazir bilan mintaqaviy havfsizlik masalalarini, aynan oxirgi paytda Afg’onistondagi voqealardan so’ng, muhokama qilish uchun uchrashdi. Nihoyat, Vashingtonda (05.00) «Markaziy Osiyoda radikal islom va terrorizm» xalqaro konferentsiya bo’lib o’tdi, uning maqsadi Markaziy Osiyoda, shu jumladan, O’zbekistonda diniy ekstremizmni va terrorizmni mohiyatini anglashdir.
2000 yilning kuzida (12.09.00) O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov BMTning Bosh Assambleyasida «Ming yillik sammiti» tantanali uchrashuvida nutq so’zladi va u erda yana bir bora jahon hamjamiyatining e`tiborini Afg’on mojaro, nafaqat Markaziy Osiyoning, balki butun jahonning havfsizlikka tahdid omili sifatida masalasiga qaratdi.50 O’sha paytda O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi barcha davlatlarni terrorizm bilan qarshi kurashga da`vat bayonotini qabul qildi.
2000 yil 19 dekabrda BMTning Xavfsizlik Kengashi №1333 sonli rezolyutsiyani qabul qildi. Uning qabul qilinishiga 13 Havfsizlik Kengashining a`zolari rozilikni berdi. Ushbu hujjatning asosida, Afg’onistonning barcha Tolibon oqimi nazorati ostidagi hudularga qurolni sotish, keltirishga va etkazishga qarshi sanktsiyalar qabul qilindi. BMTning a`zo davlatlar uchun Afg’onistonga harbiy faoliyat uchun texnik yordamni ko’rsatish, o’qitish, harbiy maslahatchilarni jo’natish taqiqlangan. Barcha Tolibon oqimiga yordam ko’rsatuvchi chet davlat harbiy maslahatchilari, rasmiy shaxslar va harbiy personal Afg’on hududidan chiqarilishi ko’rsatilgan. Hamda fuqarolik aviatsiya Afg’on hududidan uchishlari taqiqlangan. BMTning barcha a`zo davlatlari o’z mamlakatidagi Tolibon oqimining rasmiy idoralarni va Afg’on «Ariana» aviakompaniyaning vakolatxonasining yopishi ko’rsatilgan.
O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda va Rossiya bilan Tojik-Afg’on chegarasidagi vaziyatni hal etish uchun faol ish ko’rmoqda.
Mintaqadagi vaziyati bilan notinchligi Markaziy Osiyoning uch davlatning yakka pozitsiyani ishlab chiqishligini talab etadi, shuningdek, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlatlari Tojikiston to’g’risidagi bayonot qabul qilgan (14.04.95y, CHimkent). Unda Tojikiston oppozitsiyasi «Tojikistondagi siyosiy inqirozni echish uchun harbiy va boshqa kuch ishlatish harakatlarni ishlatmaslik» da`vat qilingan.51 SHu bilan birga, uch davlat boshliqlari MDH, BMT, EXHT davlatlarni Tojikistonda tinchlikni o’rnatishga harakat qilishga da`vat qilishdi. O’sha paytda umumiy kommyunike qabul qilingan, kommyunikeda BMTning nazorati ostida tinchlikni o’rnatuvchi kuchlarning bataloni Tashkil etishni ehtiyoji ko’rsatilgan.
O’sha yilning 15 dekabrda davlat rahbarlarning uchrashuvida yana bir qadam bosilgan edi – BMT nazorati ostida tinchliki o’rnatuvchi kuchlarning bataloni Tashkil etish qarori qabul qilingan.
Undan so’ng, 1996 yilning may oyida, Bishkek shahrida, davlat rahbarlari tomonidan «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturi doirasida tinchlik o’rnatuvchi batalonni shakllantirish va uni ta`minlash, harbiy qismlarning ishtirokida harbiy mashqlarni o’tkazish to’g’risida tadbirlar qarori qabul qilindi.52
NATO bilan SEAP «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturi doirasidagi hamkorlik respublika xavfsizligini o’rnatish va barqarorlikni ta`minlash, g’arbning etakchi davlatlari bilan harbiy-siyosiy hamkorlikni amalga oshirish manfaatlariga to’g’ri keladi. Markaziy Osiyo bataloni (TSentrazbat) harbiy mashqlari 1996 yil noyabr oyidan boshlab mumtoz tarzda o’tkaziladi. Ushbu dasturning doirasida 1998 yilning sentyabr oyida O’zbekistonda TSentrazbatning navbatdagi mashg’ulotlari o’tdi, unda Rossiya, AQSH, Turkiya, Gruziya, Ozorbayjon, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston davlatlarning harbiy qismlari ishtirok etdi, jami 1500 zobit va askarlar ishtirok etdi. Mashqlar ikki bosqichda amalga oshirilgan – boshida Toshkentning janubida, keyinchalik, Qirg’izistonning O’sh shahrida o’tkazildi. SHu turdagi mashqlar MDH davlatlarining qo’shma harbiy harakatlarida samarali ishtirok etishga qodirligi ko’rsatilgan edi. 2000 yilda siyosiy vaziyatning murakkablashishi natijasida TSentrazbat o’quv dasturiga o’zgarishlarni kiritdi, jumladan, antiterroristik harakatlarni o’tkazish elementi kiritildi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin