Tahlilchilar fikriga ko’ra, hozirgi vaziyatda Markaziy Osiyoda kuchlar muvozanatini ta`minlash uchun harbiy-siyosiy bloklarni Tashkil etmasdan yoki burungi bloklarni kengaytirish yo’li bilan emas, balki xavfsizlikni va barqarorlikni o’rnatuvchi xalqaro kelishuv, bitimlarni tuzish hamda diplomatiya mexanizmlarni qo’llash bilan o’rnatish lozim. Xalqaro miqyosda yangi mustaqil davlatlar o’rtasidagi aloqalar Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro xavfsizlik tizimidagi o’rni bilan bog’liq. Ular o’rtasidagi ziddiyatlar va muammolar vaziyat o’zgarishi bilan o’zgaradi. Ehtimol bor, bugungi kunda xavfsizlik tizimi yangi ko’rinishi mavjud. Uning samaradorligi vaqt ko’rsatadi. Mintaqadagi chuqur o’zgarishlar tabiati, kuchlarning muvozanati bu mintaqaning davlatlararo aloqalar bilan uzviy bog’liq.
Barqarorlikni ta`minlash asosiy shart-sharoiti – mintaqa davlatlarning integratsiya darajasidir. SHu maqsad bilan, Markaziy Osiyo xavfsizlik va barqarorlik masalalariga bag’ishlangan turli konferentsiyalar, sammitlar Tashkil etiladi. Masalan 1996 yilning avgust oyida Toshkentda o’rin olgan xalqaro konferentsiya Marshall Markaz va Strategik tadqiqotlar instituti tomonidan Tashkil etilgan. Unda AQSH, Buyuk Britaniya, xalqaro Tashkilotlarning ilg’or mutaxassislari ishtirok etishgan.
«SHanxay hamkorlik Tashkiloti» butun Osiyo-Tinch okean mintaqa uchun andoza bo’ldi. Bitim ko’p tomonlama asosda xavfsizlik va hamkorlik masalalarini muhokama etish uchun ko’plab davlatlarni jalb etadi.
Har yil uchrashuvlar jarayonida besh davlat rahbarlari ular Tashkil etgan Birlashmaning kengaytirish lozimligini angladilar. Hayotning talabi Birlashmaning dasturini keskin masalalar bilan to’ldirishni talab qildi, undan terrorizm, separatizm, ekstremizm, qurol, giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi kurash muammolari. Beshlikning 4 a`zosi – Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston Erevanda shu turdagi tahdidlarga qarshi birlashgan kuchlarni Tashkil qilish to’g’risida kelishganlar.
«SHanxay beshligi» davlatlarning rahbarlari 1972 y. PRO, raketa qarshi mudofaani Tashkil tilish taqiqlovchi shartnomasini qattiy rioya qilishning lozim topishdi. Bu asos Dushanbedagi «SHanxay beshlikning» 2000 yil yozgi sammitida, Dushanba Deklaratsiyasida o’z ifodasini topdi. Hujjatda, PRO tizimlarni Aziya-Tinch okeani mintaqada barpo etilishi mintaqaning barqarorligiga va havfsizligiga tahdid tug’ilishi. A`zo davlatlar Xitoy pozitsiyani Tayvanni PRO TVD tizimiga har qanday davlat, shakl bilan qo’shilishiga qarshiligini ifoda etishdi. YAdro qurollini tarqatish taqiqlovchi shartnoma, yadro qurolni taqatilishda o’z samaradorligini ko’rsatdi va yadro mojaroni tug’ilishining ehtimolini kamaytirdi. «SHanxay beshlik»ning davlatlari SHartnomaga universal xarakteriga ega bo’lishiga qo’shilishdi. Birlashmaning vazifalarning kengaytirilishi uning tarkibini ortib borishiga olib keldi.
Asta-sekin besh davlatlarning muzokaralari «chegara masalalarida o’zaro ishonch» doirasidan chiqdi. Tomonlar o’zaro fikrlar bilan almashuvi, o’zaro qo’llab-qavvatlash, siyosat, diplomatiya, xavfsizlik, iqtisodiyot va harbiy masalalarda pozitsiyalarni bir-biriga to’g’ri kelishtiryaptilar.
Aynan shu dalilar asosida, Dushanbedagi «beshlikni» uchrashuvida ilk bor O’zbekiston Respublikasi ishtirok etdi. Ammo, faqat kuzatuvchi sifatida. O’sha erda, besh davlatlarning rahbarlari va Islom Karimov «SHanxay beshlikni» yangi mintaqaviy ko’p tomonlama hamkorlik birlashmaga aylanishini ma`lum qilishdi.
2001 yilning may oyida I.Karimov O’zbekistonning «SHanxay beshlikka» qo’shilish maqsadini rasmiy tarzda e`lon qildi. SHu maqsadni izohlaganda, I.Karimov ta`kidladi: «...Markaziy Osiyoning hozirgi zamon ta`rifiga binoan – bu hududda yashovchi aholi 50 milliondan iborat. SHuni ta`kidlash lozimki, shu aholining yarimisi O’zbekistonda yashamoqda, aynan O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida muhim geosiyosiy rolni o’ynaydi, chunki u «SHanxay beshlikni» deyarli barcha mamlakatlari bilan chegaradosh. SHu asosni nazarda tutib, aynan «SHanxay beshligi» davlatlari O’zbekiston Birlashmaga a`zo bo’lishiga qiziqmoqda».53 O’sha paytda O’zbekiston Prezidenti kelajak Birlashmani «SHanxay hamkorlik Tashkiloti» deb nomlanishini taklif qildi.
2001 yil 20 iyun, zamonaviy xalqaro va mintaqaviy rivojlanishni, Markaziy Osiyoda «SHanxay jarayonini» barqarorlikni ta`minlashda kelajak imkoniyatlarni hisobga olib O’zbekiston yangi mintaqaviy tuzilmaning teng huquqli a`zosi bo’ldi. SHanxay hamkorlik Tashkilotining yangi yo’nalishi paydo bo’ldi – ko’p tomonlama iqtisodiy hamkorlik, avvalan bor, energetika va transport rivojlanish masalalarida.
YAngi Tashkilotning birinchi hujjati terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash SHanxay konventsiya qabul qilindi. SHu hujjatga binoan, yangi Tashkilotning asosiy maqsadi a`zo davlatlar o’rtasida o’zaro ishonch, do’stlik va qo’shnichilik munosabatlarni mustahkamlash; siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta`lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalarda hamkorlikni qo’llab-quvvatlash.
Mintaqada yangi demokratik, adolat, siyosiy va iqtisodiy ratsional poydevor asosida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta`minlash muhimligi konvetsiyada alohida belgilangan.
SHanxay konventsiyani hayotga tatbiq etish uchun davlatlar mintaqaviy SHanxay hamkorlik Tashkilotining antiterroristik tuzilmani Bishkek shahrida Tashkil etishni kelishdilar.
2001 yil 14 sentyabr Olma-ota shahrida navbatdagi tashqari uchrashuvida SHanxay hamkorlik Tashkilotining a`zolari AQSHda 2001 y. 11 sentyabrda ro’y bergan voqealarga o’z munosabatini bildirdilar, hamda ular AQSHdagi voqealar – inson tsivilizatsiya asoslariga, xavfsizlik va barqarorlikka, asosiy inson huquqlariga, jumladan inson hayotiga tahdiddir. Tashkilotning a`zo davlatlarning aholisi Rossiya, qozog’iston, Xitoy, O’zbekiston, qirg’iziston, Tojikiston bosh vazirlarning Bayonotiga qo’shilishdi. Ushbu bayonot 2001 y. 11 sentyabr AQSHda ro’y bergan terroristik harakatlar insoniyatga qarshi ommaviy qirg’in harakatlari sifatida baholandi va barcha tomonidan keskin qoralandi.
Olma-ota sammitida mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik Memorandumi qabul qilindi, unda iqtisodni rivojlantirishda davlatlarni o’zaro aloqadorligini zarurligi ta`kidlangan edi. SHuning uchun, davlat qo’shma korxonalarni barpo etish, milliy qonunchilikni moslashuvi, transport va kommunikatsiya sohasida infrastrukturani samarali ishlatish va rivojlantirish tadbirlarni o’tkazishlari kerak.
Hamkorlikning asosiy yo’nalishlarning sohalari: energetika, transport, telekommunikatsiya, qishloq xo’jaligi, turizm, kredit-bank sohasi, suv xo’jaligi va o’zaro qiziqishni qo’zg’atadigan sohalar.
SHunday qilib, 1996 yilda harbiy sohada ishonch o’rnatadigan va chegara masalalarini hal etish maqsadida tashkil qilingan tuzilma, bugun, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy masalalarda xavfsizlikni ta`minlaydigan hamkorlik Tashkilotiga aylandi. YAnvar oyining birinchi yarmida Pekin shahrida tashkilotga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining o’tgan kengashi, Afg’onistondagi vaziyatga, hamda «uch yovuzliklarga» (xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va milliy separatizm) qarshi kurashga bag’ishlanganligi yana bir bora tashkilotning yangi yo’nalishini tasdiqladi.
SHanxay hamkorlik Tashkiloti ko’p tomonlama hamkorlik asosida xavfsizlik va hamkorlik masalalarini muhokama etish uchun ko’plab davlatlarni jalb etadi. SHanxay hamkorlik Tashkilotini barpo etilishi ko’p qirrali dunyoni shakllatirishiga yordam beradi, ayniqsa, SHanxay hamkorlik Tashkiloti davlatlarini qadimda Buyuk Ipak Yo’li birlashtirgan.
Markaziy Osiyo miqyosida tarqalgan bu muammolar mintaqadagi barcha respublikalar ishtirokida hal etilishi mumkin. SHu nuqtai nazardan O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida integratsiya jarayonlariga alohida ahamiyat beradi.
XX asrning oxirida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida dunyoning geosiyosiy holati tubdan o‘zgardi, yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi va bu davlatlar xalqaro munosabatlar tizimida o‘z o‘rnini aniqlash yo‘liga utdi.
Bular jumlasiga Markaziy Osiyo davlatlari ham kiradi. Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikni qo‘lga kiritganlaridan so‘ng, har biri o‘zining siyosiy va iqtisodiy, tashqi va ichki siyosatida ustuvor tamoyillarni aniqlab olgan holda milliy davlatchiligini shakllantira boshladi. Davlatlar tashqi siyosat yurgizar ekan, albatta, milliy manfaatlarini ko‘zlaydi. Tashqi siyosatning mohiyatini esa milliy manfaatlar tashkil etadi.
Milliy manfaatlar - bu millati, dini, dunyoqarashidan qat’i nazar, respublikamizdagi barcha fuqarolarning manfaatidir. Mazkur manfaatlarning turli xil tashqi va ichki tajovuzlardan himoya qilinishiga erishish bevosita milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq. SHu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati, avvalambor, milliy manfaatlar asosida shakllangan bo‘lib, quyidagi tamoyillar uning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qabul qilingan:
-respublika milliy davlat manfaatlarining ustunligi, boshqa davlat manfaatlarini hisobga olish zarurati;
-respublika xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlik uchun, ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori sifatida harakat qilishi;
-yadrosiz hudud bo‘lgani holda, O‘zbekiston hech qanday xarbiy bloklarga va ittifoqlarga kirmaydi, shuningdek, munozarali muammolarni kuch orqali tahdid qilish yo‘li bilan hal qilishdan bosh tortishi;
-tashqi siyosatning boshqa davlatlarning ichki ishiga aralashmaslik, teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan holda qurilishi;
-o‘z milliy-huquqiy tizimini barpo etayotgan O‘zbekistonning ichki davlat me’yorlariga nisbatan xalqaro huquq me’yorlarining ustun ekanini tan olishi va barcha xalqaro standartlarga rioya qilishi;
-O‘zbekiston, o‘zaro ishonch asosida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatishga va xalqaro tashkilotlar doirasida xamkorlik qilishga tayyorligi.
Xalqaro munosabatlarda qabul qilingan mazkur tamoyillar o‘ta muhim bo‘lib, ularga rioya qilish davlatlar o‘rtasidagi muammolarni echishga ko‘mak beradi.
SHu o‘rinda aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yunalishlaridan biri bu - Mapkaziy Osiyo omilidir. Zero, Markaziy Osiyo bugungi kunda jug‘rofiy-siyosiy va jug‘rofiy-strategik nuqtai nazardan juda muhim markaziy hududda joylashgan. Markaziy Osiyo haqida prof. G.A.Hidoyatov shunday deydi: «Markaziy Osiyo davlatlari Osiyo mintaqasida muhim geosiyosiy o‘rin tutadilar. Ularning hududi 4.4 mln. kv.km. bo‘lgani holda, butun Osiyoning 10 foizini tashkil etadi. Hudud Xitoy chegaralaridan Eron va Kaspiygacha cho‘zilgan bo‘lib, Evropa, Uzoq SHarq, va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi tugundir. Markaziy Osiyo davlatlarining kelajakda dunyo siyosatida muhim tarixiy rol o‘ynashi uchun barcha imkoniyatlar mavjud»54.
Markaziy Osiyo davlatlari «sovuq urush» barham topgandan keyingi davrda – xalqaro munosabatlarning yangicha tizimi tarkib topishi jarayoniga jadal qo‘shilmoqda. Ikki muhim omil: geostrategik sharoit va tabiiy resurslar Markaziy Osiyo mintaqasiga olamshumul iqtisodiy va siyosiy o‘lchovlarni baxsh etmoqda. O‘z navbatida, bu omillar bir-biri bilan o‘ta chatishib ketgan tarkibiy qismlarga bo‘linib ketadi, buning ustiga, ularning rivojlanishi bir maromda emasligi kuzatilmoqda. Ayrimlarining aqamiyati yo‘qolib borayotgan bo‘lsa, boshqalari, aksincha, endi avj olib kelmoqda.
Bugungi kunda etnik, mahalliy, mintaqaviy mojarolar va jangari separatizm, diniy aqidaparastlik kabi omillar xavfsizlikka tahdid solmoqda. Ayniqsa, bunday qarama-qarshiliklar ayrim kuchlar qo‘lida ularning o‘z manfaatlari va ta’sir doiralarini saqlab qolish va himoya qilish uchun yoki strategik kuchlar muvozanatini o‘z foydasiga o‘zgartirish uchun qudratli siyosiy ta’sir vositasiga aylantirishga harakat qilmoqda. Har qanday mintaqaning hal qilinmagan va gazak otib ketgan muammolari butun dunyoda zanjir reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. O‘zbekistan etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar girdobida qolgan mamlakatlar qurshovida joylashgan.
Dunyo hamjamiyatining Markaziy Osiyoga nisbatan qiziqishi va manfaatlari juda kuchlidir. SHu bilan bir qatorda, aytish lozimki, tashqi kuchlarning siyosiy va iqtisodiy, ma’naviy va mafkuraviy manfaatlari ham yo‘q emas. SHuning uchun mintaqada joylashgan davlatlar bu muammolarning echimini birgalikda izlab topishlari lozim bo‘ladi. Prezidentimiz aytganlaridek, Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishi va taraqqiyoti, uning xalqaro hamjamiyatga qo‘shilishi va ular bilan teng huquqli aloqalar o‘rnatishi ko‘p jihatdan tinchlikka bog‘liqdir. Tinchlik esa hamkorlikda ta’minlanadi.
Sayyoramizning juda katta maydonida kuchlar nisbati ko‘p jihatdan Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlarning qaysi yo‘ldan borishiga bog‘liq. SHunday ekan, mustaqillikning birinchi yillaridanoq, mintaqadagi davlatlarga davlat sifatida rivojlanishiga, iqtisodiy taraqqiyotiga, o‘zi tanlagan yo‘ldan borishiga tashqi kuchlar tomonidan ta’sir ko‘rsatish harakatlari bo‘ldi. Mintaqada jug‘rofiy-siyosiy muvozanatni va barqarorlikni saqlagan taqdirdagina mazkur muammolarni hal etish imkoni tug‘iladi.
Geografik nuqtai nazardan O‘zbekistan mazkur hududning markazida joylashgan va bu barcha erdagi davlatlar bilan chegaradosh hisoblanadi. Qo‘shni davlatlar bunday imkoniyatdan mahrumdirlar. Barcha davlatlar ulkan geosiyosiy maydonda joylashgan bo‘lib, umumiy infratuzilmaga, bir-biriga bog‘liq, iqtisodiyotga ega holda dengiz kommunikatsiyalaridan ancha uzoqda joylashganlar, ya’ni mazkur hudud kontinental hisoblanadi. Ana shu masalada Markaziy Osiyoni dunyoning boshqa mintaqasi yoki davlatlari bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Evropa qit’asi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Janubiy Osiyo va O‘rta Er dengizi davlatlarining deyarli barchasi bevosita dengiz kommunikatsiyalariga chiqadi, ya’ni ular dengiz davlatlari hisoblanadi.
Markaziy Osiyo nafaqat geosiyosiy nuqtai nazardan, balki geoiqtisodiy tomondan ham yagona hudud hisoblanadi. Uning geosiyosiy jihatdan cheklangani tabiiy resurslarning boyligi bilan qoplanadi. Tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlash yangi texnologiyalarni va texnologik fanlarni rivojlantirishni talab etadi. Afsuski, ushbu sohada Markaziy Osiyo davlatlari rivojlangan davlatlardan orqada qolmoqda. SHuning uchun mintaqa davlatlarining fan va texnika sohasidagi urinishlarini muvofiqlashtirishga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Har bir respublika alohida fanning muayyan sohasida ma’lum yutuqlarga ega, agarda ushbu yutuqlar umumiy manfaatlar yo‘lida birlashtirilsa, yirik va ijobiy natijalarga erishsa bo‘ladi.
Hududning tarixan birligi iqtisodiy integratsiya jarayonlariga kuchli turtki bo‘ladi. Markaziy Osiyo davlatlarining dini, e’tiqodi, tili, urf-odatlari, boshidan o‘tkazgan ofip tarixiy kunlari va yig‘ilib qolgan muammolar yig‘indisi ularni birlashtiruvchi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
SHu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy integratsiyasiga tabiiy ta’sir etuvchi bir qancha omillar ham mavjud (bular suv manbalari va transport yo‘llarining umumiyligi, kommunikatsiya va energetik resurslarning bir-biriga bog‘liqligi, Orol dengizi bilan bog‘liq, ekologik muammo va boshqalar). Mazkur geoiqtisodiy birlik integratsiya jarayonlariga tabiiy asos bo‘lishi mumkin va o‘z navbatida mazkur omillarning hal qilinmasligi mintaqa xavfsizligi va integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Markaziy Osiyo hududidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlari chet davlatlarini ham, xalqaro tashkilotlarning ham mintaqamizga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Moliyaviy-iqtisodiy barqarorlik va milliy valyutamizning konvertatsiyasiga erishilgani, qulay agrosanoat kompleksi chet el investorlarini jalb etish uchun omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Lekin O‘zbekistonning geografik joylashuvi, ochiq va arzon transport kommunikatsiyalarining etarli emasligi, bojxona masalalarining to‘la hal etilmaganligi, respublikalar o‘rtasida pul muomalasi tartibga solinmaganligi - katta miqdorda arzon ishchi kuchi bo‘lgan taqdirda ham, - mahsulot va xomashyoni, o‘zlariga tegishli bo‘lgan valyuta miqdorini olib chiqishdagi to‘siqlar chet el kapitalini jalb etish samaradorligini pasaytirishi mumkin. Buni salbiy nuqtai nazar sifatida qaramaslik lozim, chunki yuqorida ko‘rsatilgan muammolar hal etilsa, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozori chet el kapitali uchun foyda keltiruvchi manbaga aylanadi.
SHu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo davlatlarining yoqilgi energetika borasida ham kelishilgan siyosat olib borishlari iqtisodiy integratsiya jarayoniga ko‘mak beradi. Lekin bu juda nozik masala bo‘lib, davlat rahbarlarining siyosiy irodasiga ham bog‘liqdir. Markaziy Osiyoning neft va gaz zaxiralariga boyligi chet el davlatlarini doimo o‘ziga jalb etib turadi.
Markaziy Osiyoda razvedka qilingan neft zaxiralari 15 dan 31 mlrd. barrel yoki barcha dunyo zaxiralarining 2,7 foizini, tabiiy gaz zaxiralari 230 dan 360 trillion kub.futni yoki dunyo zaxiralarining 7 foizini tashkil etadi.
Hozirgi kunda Evropa hamjamiyati davlatlari energetika ehtiyojlarining 50 foizini import evaziga qoplamoqdalar. Energetika bo‘yicha xalqaro agentlikning ma’lumotiga ko‘ra ushbu qaramlik yanada ortadi. Evropa Ittifoqning tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji 220 mlrd. m.kubni tashkil etgan holda, 2010 yilga borib 300 mlrd.sm.kubga etadi, ya’ni 35 %ga ortadi. Janubi-SHarqiy Osiyo davlatlarining yoqilg‘i-energetik resurslarga bo‘lgan ehtiyoji ham ayrim ma’lumotlarga ko‘ra taxminan 30 %ga ortdi. Mazkur resurslarning cheklanganligi Evropa, Janubi-SHarqiy Osiyo davlatlarini Markaziy Osiyo mintaqasiga e’tibor qaratishga undaydi55.
Neft va gaz resurslarini razvedka qilish, qazib olish va eksport qilish Markaziy Osiyo davlatlaridan yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni hal etishni va turli xil mavjud to‘siqlarni olib tashlashni taqazo etadi.
Undan tashqari, Markaziy Osiyoning Rossiya, Xitoy, Eron, Turkiya davlatlari bilan qo‘shnichiligi dunyo davlatlarining nazarini o‘ziga tortadi. Hozirgi kunda AQSH Evropa davlatlari va YAponiya mintaqamizning iqtisodiy potensialiga qiziqish bildirmoqda. Bu esa Markaziy Osiyoda geosiyosiy raqobatning avj olishiga olib keladi. Mazkur jarayonda masalani mintaqa davlatlarining milliy manfaatlari ustuvorligi asosida hal etilishi o‘ta muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada ham ma’lum darajada kelishilgan siyosat o‘z ijobiy natijasini berishi muqarrar.
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozorida yirik kompaniyalarning ish boshlashi, ular tomonidan iqtisodimizga jalb qilinadigan kapitallar mintaqamiz xavfsizligi yo‘lidagi muhim omillardir. CHunki u yoki bu davlatga qo‘yilgan investitsiyalar bevosita xavfsizlik masalalari bilan ham bog‘liqdir. Ma’lumki, investor davlatlar mazkur hududning barqarorligidan manfaatdor bo‘ladi. O‘z o‘rnida, mintaqa davlatlari ham ana shu barqarorlikni saqlab turish maqsadida kelishilgan siyosat olib borishdan manfaatdordir.
Markaziy Osiyo davlatlarining u yoki bu davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarning ta’siriga tushib qolmasligi mazkur davlatlarning tashqi siyosatiga va ayniqsa, o‘zaro munosabatlariga bog‘liqdir. CHunki Markaziy Osiyo aslida yagona geosiyosiy hududdir. SHunday ekan, Markaziy Osiyo davlatlari 1994 yilda imzolangan yagona iqtisodiy hududni tashkil etish shartnomasini qayta ko‘rib chiqishlari va iqtisodiy integratsiya jarayoniga katta e’tibor berishlari maqsadga muvofiq, bo‘lar edi. Hududning asosiy boyliklari (Turkmaniston bundan mustasno), ya’ni ishchi kuchi, suv va energetika resurslari, er osti boyliklarining asosiy qismi Markaziy Osiyoning turt davlati hissasiga to‘g‘ri keladi. Kelishilgan iqtisodiy siyosat orqali EKO, MDH, SHHTda ham muvaffaqiyatli faoliyat olib borish mumkin bo‘ladi. Aslida, iqtisodiy integratsiya ham juda murakkab jarayondir.
Zamonaviy rivojlanish jarayoni xalqaro xo‘jalik tizimi vujudga kelayotganligidan dalolat bermoqda. Mazkur xo‘jalik tizimida yirik davlatlar va iqtisodiy tashkilotlarga birlashgan holda, ya’ni umumiy mintaqa bozori orqali ma’lum mintaqa davlatlari ishtirok etmoqdalar. Bu jarayon o‘z o‘rnida iqtisodiyotning transmilliylashayotganligini va ma’lum mintaqalarda iqtisodiy integratsiyaning kuchayayotganligini ko‘rsatmoqda. SHu o‘rinda aytish lozimki, Markaziy Osiyo davlatlari bir-biriga yaqin iqtisodiy pozitsiyaga ega bo‘lgan holda o‘z iqtisodiyotlarini rivojlantirishga e’tibor berib, umumjahon iqtisodiyoti integratsiyasi jarayonlaridan orqada qolmasliklari lozimdir.
Haqiqiy va amaliy natija beruvchi yagona geoiqtisodiy makonni shakllantirishga rivojlangan milliy iqtisodiyot orqali erishish mumkin. Milliy iqtisodiyotni yuqori darajaga ko‘tarish, bu real ishlab chiqarishni shakllantirish va eksport-import masalalariga katta e’tibor berishdir. Mazkur masalaga pragmatik nuqtai nazardan yondashadigan bo‘lsak har qanday iqtisodiy hamkorlik siyosiy kelishuvlar orqali amalga oshadi, ya’ni iqtisodiy hamkorlik ma’lum bir siyosiy aspektlarsiz amalga oshishi mumkin emas.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov birinchi bo‘lib Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiya masalasini ko‘tarib, 2001 yilning dekabr oyida «Markaziy Osiyo Hamkorligi» tashkilotini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu muammo Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda ma’lum bir qiyinchiliklarni vujudga keltirayotganini anglagan davlat raxbarlari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar. Natijada, 2002 yilning 28 fevralida Almatida mintaqa davlatlari rahbarlarining uchrashuvida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdustligi «Markaziy Osiyo Hamkorligi» tashkilotiga aylantirildi va uning siyosiy funksiyalari kengaytirildi.
Oxirgi o‘n yil mobaynida mintaqa rahbarlari tomonidan juda ko‘plab ishlar qilindi va natijada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik uchun yagona tizim o‘zagi shakllandi. Tan olmoq zarurki, ushbu tizimning yuzaga kelishi va shakllanishida Prezidentimiz Islom Karimovning xizmatlari katta bo‘ldi.
Mintaqa davlatlarining raxbarlari tomonidan olib borilgan bu harakatlar o‘z natijasini bera boshladi. Hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan iqtisodiy integratsiya uchun huquqiy asos yaratilmoqda. Iqtisodiy, savdo va bojxona munosabatlarning takomillashib borishi natijasida, Markaziy Osiyoning ichida xam kelajakda eksport-import amaliyotlarining rivojlanishi va uning yuqori bosqichga ko‘tarilishini kutish mumkin.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonning asosiy vazifasi hozirgi kundagi turli xil tashqi va ichki omillarni, shuningdek, barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda integratsiya jarayonlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishdir.
SHunday qilib, XXI asrda mintaqadagi davlatlarning ushbu yo‘nalishdagi harakatlari tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik va jug‘rofiy-siyosiy muvozanatni saqlab qolishga xolis ko‘z bilan qarashga undaydi.
Mintaqaning kelajakdagi rivojlanishi va taraqqiyoti hozirgi xalqaro munosabatlarning, siyosiy va iqtisodiy aloqalarning sifat jihatidan yangicha tartibda shakllanishiga, mintaqa davlatlarini rahbarlarining yuksak mahorati va mas’uliyatiga bog‘liq.