Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə60/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Turkiya
YUqorida qayd etib o‘tganimizdek, Markaziy Osiyo mustaqil davlatlari vujudga kelganidan keyingi davrda mintaqaning rivojlanish variantlarini tahlil qilgan siyosatshunoslar bu erda o‘z ta’sirini o‘tkazish uchun geosiyosiy raqobat avvalo Eron va Turkiya o‘rtasida bo‘lishini taxmin qilgan edilar. Va bu raqobat nafaqat Markaziy Osiyoda ta’siri chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan ikki yirik davlat orasidagi kurash, balki ikki g‘oya, ikki rivojlanish konsepsiyasi, sekulyarizm va islomizm orasidagi qarama-qarshilik deb tan olingan edi. Bunda Turkiya asosan musulmon aholi yashaydigan mamlakatda dunyoviy demokratiya konsepsiyasining tarqatuvchisi, shuningdek g‘arb mamlakatlari bilan yaqin sherikchilik aloqalari o‘rnata olgan davlat sifatida ko‘rilgan edi. Ammo uning Markaziy Osiyodagi ta’siri faqat shu holat bilan belgilanmaydi. U Turkiya hozirgi dunyoda o‘ynayotgan muhim rolga asoslanadi.
Turkiyaning dunyo miqyosidagi taraqqiyot uchun ahamiyati zamirida uning Osiyo va Evropani, ikki qit’a, ikki sivilizatsiya, ikki dunyoni bog‘lovchi va ajratuvchi ko‘prik sifatidagi strategik o‘rni yotadi. Rim, Vizantiya va Usmon imperiyalarining vorisi bo‘lgan Turkiya jamiyati tomirida g‘arb, Vizantiya va islom sivilizatsiyalari shakllanishida ulkan rol o‘ynagan madaniyatlar qoni oqmoqda. Boshqacha aytganda, u o‘z ildizlari bilan Markaziy Osiyo, Evropa va YAqin SHarq bilan bog‘langan. Asrlar davomida Turkiya islom dunyosida etakchi kuch bo‘lib keldi, uning eng muhim ziyoratgohlarini nazorat qildi. Ayni vaqtda, Bolqon yarim oroli, SHarqiy Evropaning bir qismi, Qrim va Kavkazni istilo qilib, bu erda uzoq vaqt geosiyosiy ta’sirga ega bo‘ldi. Bu ta’sir hozir ham ba’zi holatlarda sezilib turibdi.
O‘rta asrlarda boshqa davlatlarni hayratda qoldirib “YOrqin Porta” (Blistatelnaya Porta) deb nom olgan Usmon imperiyasi keyinchalik «Evropaning kasal odami»ga aylanib qoldi. Turklar o‘tmishdagi buyuklik qo‘ldan boy birilganidan katta tashvishga tushdilar va mamlakatni modernizatsiya qilishga bir necha bor urindilar. Bu urinishlarning eng mashhuri «yosh turklar» harakati deb nom qozongan. Lekin ularning birontasi ham muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Turkiya Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchradi, hatto qisqa vaqtga o‘z mustaqilligini ham yo‘qotdi. Lekin turklar bu tendensiyaga barham berish uchun kuchlarni safarbar etishga muvaffaq bo‘ldilar. Mustaqillik uchun kurashda turklarga yangi Turkiyaning bo‘lajak asoschisi, keyinchalik Otaturk nomini olgan Mustafo Kamol Posho rahbarlik qildi. 1916 yilgi Dardanella uchun jang qahramoni, 35 yoshida general unvonini olgan Mustafo Kamol xalqni mamlakat yaxlitligini tiklash uchun kurashga otlantirdi. Uning tashabbusi bilan 1923 yilda Turkiya respublika deb e’lon qilindi. Mustafo Kamol Otaturk keyingi 15 yil davomida, to o‘limiga qadar mamlakat Prezidenti bo‘ldi. U ajdodlarga dunyoviy demokratiya institutlari va an’analariga ega mamlakatni qoldirdi. Uning ta’limoti Turkiyada otaturkchilik, G‘arbda esa kamolizm deb baholangan. Bu ta’limot asosan dinni davlat va maorifdan ajratish, xotin-qizlarga erkaklar bilan teng huquqlar berish, grigoriancha yil hisobi va lotin alifbosi joriy etish, xalifalik va shariat huquqini tugatishni o‘z ichiga oladi. Turkiya tashqi siyosatiga g‘arb mamlakatlari bilan harbiy-siyosiy hamkorlik xosdir. U 1952 yildan beri NATOning faol va obro‘li a’zolaridan biri hisoblanadi. Turk generallari mamlakatda kamolizm siyosati saqlanishining kafolatchilaridir. Bu 90-yillarning o‘rtalarida Anqarada hokimiyatga Erogan boshchiligidagi islomchilar kelganida ayniqsa yorqin namoyon bo‘ldi.
Turkiyada demokratiya qaror topishi oson bo‘lgani yo‘q. Mamlakat bir necha harbiy to‘ntarishni boshdan kechirdi. Nihoyat, 80-yillarda prezident Turg‘ut O‘zal rahbarligida iqtisodiy erkinlashtirish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirildi va bu Turkiya jamiyatining rivojlanishiga yangi turtki berdi. 2004 yil dekabrda Evropa Ittifoqi Turkiyani Evropa hamjamiyatiga qabul qilish bo‘yicha muzokara jarayonini boshlash haqida qaror qabul qildi.
Turkiya muhim geoiqtisodiy ahamiyatga ega. U ikki strategik bo‘g‘oz – Bosfor va Dardanellani nazorat qiladi, uch dengizda portlarga ega. Bu eksportga mahsulot ishlab chiqaradigan sanoatning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Turkiya iqtisodiyotining eng jo‘shqin rivojlanayotgan sektori to‘qimachilik sanoati bo‘lib, u to‘liq xususiylashtirilgan. Turkiyadan G‘arbiy Evropa mamlakatlari, asosan Germaniyaga mehnat resurslari migratsiyasining kuchliligi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. 60-yillardan boshlab millionlab turklar xorijda mehnat qilmoqda. Ular mamlakat xorijiy valyuta tushumining bosh manbalaridan biri hisoblanadi.
Tukriya Markaziy Osiyoga nisbatan 90-yillarning boshidanoq faol tashqi siyosat olib bormoqda. Anqara mintaqa mamlakatlarining mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan oldi va ularning poytaxtlarida o‘z elchixonalarini ochdi. SSRI parchalanishidan oldinoq u Markaziy Osiyo davlatlarining rahbarlari bilan aloqalar o‘rnatgan edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan zahoti Anqara 1991 yil dekabrda Prezident I.Karimovning Turkiyaga rasmiy tashrifini tashkil qildi. Mintaqaning barcha mamlakatlari o‘z mustaqilligining dastlabki oylarida oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni shoshilinch etkazib berishga Turkiya Eksimbankidan imtiyozli kreditlar oldi. Xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan turk diplomatlari Markaziy Osiyolik hamkasblariga o‘z faoliyatini yo‘lga ko‘yishda yaqindan yordam berdilar. Turkiyzabon dunyo bilan aloqalarni jadal rivojlantirish Turkiyaning nafaqat tashqi, balki ichki siyosatining ham muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan, chunki Turkiya jamiyatida panturkizm g‘oyalari va kayfiyatlari azaldan kuchlidir. Anqara Turksoy madaniy hamkorlik dasturi tashabbusi bilan chiqdi va turkiyzabon davlatlar sammitini muntazam ravishda o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi.
Tabiiyki, emotsiyalar bilan bir qatorda, Turkiyaning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosati mamlakatning xalqaro ishlardagi strategik maqsadlariga erishishga ham qaratilgan edi. Geosiyosiy nuqtai nazardan, Markaziy Osiyo bilan faol hamkorlik Turkiyaning sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ko‘prik, G‘arbning musulmon dunyosidagi avangardi sifatidagi rolini oshirishi lozim edi. Markaziy Osiyo mamlakatlariga esa Turkiya o‘zini ularning manfaatlarini Evropada ilgari surish va himoya qilishga qodir kuch sifatida taqdim etdi. Bu bilan Turkiya o‘zining nufuzli regional davlat ekanligini namoyon qildi. Bu uni Evropa Ittifoqiga qabul qilish uchun kuchli dalil va uning NATOdagi mavqei kuchayishi omili bo‘lishi kerak edi. Turkiyaning Evropa Ittifoqiga qabul qilinishi uning Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalardagi obro‘si va ta’sirini oshirishga olib kelishi shubhasiz.
Ushbu strategik maqsadlar bilan bir qatorda, sof pragmatik vazifalar, chunonchi: Turkiya biznesiga yo‘l ochish va unga yangi bozorlarni o‘zlashtirishda yordam berish vazifasi ham qo‘yildi. Mintaqa mahsulotni sotish uchun bozor sifatida ham, Turkiya to‘qimachilik sanoati uchun noyob xom ashyo – paxtaning ishonchli manbai sifatida ham muhim ahamiyatga ega edi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo yo‘nalishi Kaspiy dengizi havzasining energetik salohiyatidan foydalanish nuqtai nazaridan ham Turkiya uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Markaziy Osiyodan uglevodorodli xom ashyo olib kelish Turkiyaga nafaqat o‘zining o‘sib borayotgan sanoatini energiya manbalari bilan ta’minlash, balki neft va gazning boshqa manbalari – Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Rossiyaga qaramlikdan ozod bo‘lish imkonini ham berar edi. Eng muhimi, Turkiya quvur yo‘llari marshrutlarini o‘z hududida tutashtirib, jahonning asosiy iqtisodiy markazlariga muhim strategik resurs etkazib beruvchi tranzit davlati sifatidagi rolini yanada kuchaytirishi mumkin edi.
Quvur yo‘llari o‘tkazishga ko‘maklashish va mintaqa bilan bevosita aloqa o‘rnatish Turkiyaga uning Markaziy Osiyo siyosatidagi «zaif bo‘g‘in» – geografik jihatdan ajralganlik va uzoqlikni muayyan darajada bartaraf etish imkonini beradi.
Afg‘onistondagi voqealarning rivojlanishi Markaziy Osiyoda bevosita harbiy-siyosiy va iqtisodiy hozirlik uchun qulay imkoniyat yaratdi. Tinchlikni saqlash bo‘yicha kollektiv kuchlar – ISAF tashkil etilganidan so‘ng Turkiya ularning faoliyatiga rahbarlik qilish bo‘yicha olti oylik mandatni ikki marta o‘z zimmasiga olgan yagona mamlakat bo‘ldi. Turkiya kompaniyalari Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
Turkiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida «tarixiy aloqalarni tiklash» dastlabki bosqichi entuziazmi va romantizmi asta-sekin ikkala tarafning puxta o‘ylangan, oqilona yondashuviga o‘rin bo‘shatdi. Bugungi kunda ular o‘z imkoniyatlari va o‘zaro manfaatlarini yaxshi tushunadilar.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin