Andijon davlat pedagogika instituti


Maydoni: - 9 572 419 kv. km.; Aholisi: -



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə47/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Maydoni: - 9 572 419 kv. km.; Aholisi: - 1 384 850 000; Poytaxti: - Pekin; Katta shaharlari - SHanxay, Tyantszin; Rasmiy tili - Xitoy tili; YAIM (aholi jon boshiga) - 890 AQSH dollar; Eksport - kiyim-kechak, elektr mashinalar, elektrotexnika mahsulotlari, radio, tele va mashinasozlik texnikalari, oyoq kiyimlar va hokazo; Import - yarim fabrikat vaxomashyolar, elektr mashinalar, kimyoviy mahsulotlar, temir va po’lat, mashinasozlik tovarlari; Milliy valyutasi – Yuan; Dini - buddizm, daosizm, islom, lamaizm va nasroniylik; Mustaqillik kuni - 1.10.1949 yil; Milliy bayrami - 1 oktyabr – Mustaqillik kuni; Chegaralari - G’arbda Hindiston, Pokiston, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston bilan, shimolda Rossiya va Mongoliya bilan, sharqda KXDR bilan, janubda V`etnam, Laos, M`yanma, Hindiston, Butan va Nepal bilan chegaradosh; Davlat tuzumi - Sotsialistik Xalq Respublikasi bo’lib, 1982 yildan buyon Qonunchilik organiga ega. Uning nomi 1999 yili Milliy Xalq Kongressi deb o’zgartirilgan. 2972 deputatdan iborat Kongressga saylovlar har besh yilda bo’lib o’tadi. Deputatlar provintsiyalardan, avtonom hududlardan, shahar kengashlaridan vaxalq ozodlik armiyasi vakillaridan saylanadilar. Davlat boshlig’i 2003 yil 15 martdan beri Xu TSzin Tao. Vitse-prezident esa Zeng King Xong. Hukumat rahbari Vin TSia Bao. Mamlakatda yagona partiya – Xitoy Kommunistik partiyasi mavjud. Mamlakatni kommunistik partiya a`zolaridan Tashkil topgan Siyosiy Byuro boshqaradi va u 8 a`zodan iborat.
Xitoy 1945 yil 24 oktyabrdan BMT a`zosi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 27 dekabrda tan olgan va 1992 yil 2 yanvarda diplomatik munosabatlar o’rnatilgan.
Tarixi. Xitoy qadim tsivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi va uning tarixi 4,5 ming yildan ortiq. Xitoy o’z tarixi davomida har xil imperatorlarni va podsholiklarni ko’rdi. Mamlakatni bosqinchilardan himoya qilish uchun bir necha ming kilometrli Xitoy devori qurildi. Mamlakat mo’g’ullarga ham tobe bo’ldi. Oxirgi sulola manchjurlarning tsin sulolasi bo’lib, u Evropa davlatlari vaAQSHning Xitoyga kirib kelishigacha davom etdi. XIX asrdayoq mamlakat kuchli davlatlarning ta`sir doirasiga va yarim mustamlakasigaaylandi. 1911-13 yillarda Sun YAtsen boshchiligida tsin sulolasi hukmronligiga barham berildi. 1932 yili mamlakatning shimoli-sharqiy hududlarini YAponiya bosib oldi va 1937 yili mamlakatning butun hududini bosib olish uchun harakatlar boshladi. Ikkinchi jahon urushida YAponiyaning engilishi tufayli XXR ozod bo’ldi va jahon hamjamiyatida o’zigaxos o’rin egalladi. XXR bugungi kunda yuqori darajada rivojlanayotgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Aholisi. Xitoyda ko’plab millatlar istiqomat qilsa-daaholining asosiy qismi, ya`ni 91,59% xitoyliklardir. Bundan tashqari, 7 mln. uyg’ur, 1 mln. qozoq va 55 ta kam sonli Tibet elatlari mavjud.
Iqtisodiyoti. Xitoy bugungi kunda yillik o’sish va sanoat rivojlanishi jihatidan dunyodaetakchi o’rinlardan birini egallab turibdi. Buning asosiy sabablari mamlakatdaochiq bozor iqtisodiyotining mavjudligi, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik tufayli xorij sarmoyasining oqib kelishi hamdaxitoy xalqining mehnatsevarligidir. Mamlakatda sanoat iqtisodiyotning etakchi tarmog’i hisoblanadi. Bundan tashqari, neft qazib olish, elektronika, qishloq xo’jaligi, energetika, gaz sanoati, metallurgiya kabilar ham tez rivojlanib, Xitoy taraqqiyotining asosi bo’lmoqda.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin