13-Mavzu. XITOYNING GEOSTRATEGIK SIYOSATI VA UNING MOHIYATI.
Reja:
rivojlanish tarixi.
2. Xitoy geosiyosatining mohiyati.
3. O’zbekiston va Xitoy o`rtasidagi strategic hamkorlik masalalari.
Evrosiyoning ikki qo‘shni mintaqasi o‘rtasidagi munosabatlar tarixi qiziqarli faktlar, sanalar va ajoyib shaxslarga to‘la. XV asr boshida nomi tarix sahifalarida xitoycha ko‘rinishda qolgan Markaziy Osiyolik musulmon – admiral CHjen Xe, Min sulolasiga oid Xitoy imperatori CHju Dini misli ko‘rilmagan dengiz safarlariga mablag‘ ajratishga ko‘ndirdi. Admiral CHjen Xe ixtiyoriga 300 kema va 20 mingga yaqin kishidan iborat ulkan flot berildi. 1405-1433 yillarda u etti marta safarga chiqdi, Janubi-SHarqiy Osiyoni aylanib o‘tib, avval Hindiston, so‘ngra – Afrika sohillariga (hozirgi Efiopiya hududida) etdi. Admiral CHjen Xe Afrika qirg‘oqlarini tadqiq qilib, evropaliklardan yuz yil oldin YAxshi Umid burunigacha suzib bordi. Markaziy Osiyoning yana bir vakili, buxorolik musulmon o‘rta asrlarda Xitoyning yagona moliya tizimi tarkib topishiga ulkan hissa qo‘shgani ma’lum.
Aloqalarning uzoq tarixini umumlashtirib, Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish dialektikasini belgilab kelgan ikki muhim omilni qayd etish mumkin.
Savdo-sotiq, uning ko‘lami va xususiyati yuqorida zikr etilgan munosabatlarning o‘zgarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan birinchi va asosiy omildir. Buyuk ipak yo‘lining Xitoyni Evropa bilan bog‘lagan quruqlikdagi barcha marshrutlari Markaziy Osiyo orqali o‘tgan. Bu Evropa va Uzoq SHarq o‘rtasidagi tabiiy, eng qulay va yaqin yo‘l aynan shu yo‘lning marshruti ekanligini isbotlaydi.
Lekin keyinchalik siyosiy va iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi savdo-sotiqning kamayishiga olib keldi. XV asrdan boshlab Evropa bilan Osiyo orqali quruqlik bo‘ylab aloqalarning barham topishi Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlariga ta’sir ko‘rsatgan muhim holat bo‘ldi. Iqlim o‘zgarishi va mintaqadagi urushlar bilan bog‘liq bo‘lgan bu holat 200 yil davom etdi. Ayni vaqtda, Rossiya XVI asrdan Osiyo yo‘nalishida faol harakat qila boshladi. XVII asr o‘rtalarida u Tinch okeaniga chiqdi va Xitoyning eng faol va yirik qo‘shnisiga aylandi. 1689 yil Rossiya va Xitoy o‘rtasida Nerchinsk shartnomasi tuzildi. Bu shartnomada chegaralar hamda savdo-sotiq shartlari belgilandi. Karvon savdosi yana yo‘lga qo‘yildi, lekin unda Rossiya salmoqliroq rol o‘ynay boshladi.
Etnik jarayonlar Xitoy va Markaziy Osiyo munosabatlari tarixida muhim rol o‘ynagan ikkinchi omildir. Bu jarayonlar Xalqlarning buyuk ko‘chishi mohiyatini tashkil etgan. Xitoy bir necha marta qabilalar SHarqdan Markaziy Osiyoga va u erdan G‘arbga ko‘chishining manbai yoki sababchisi bo‘lgan. Ba’zan bu Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining yangi, urushqoq davlat tuzilmalariga qarshi manfaatlarining mos kelishiga sabab bo‘lgan. Mohiyat e’tibori bilan, bu Xitoy, SHarqiy Turkiston va Movarounnahr o‘troq sivilizatsiyalari ko‘chmanchi qabilalarning ittifoqlariga qarshi bevosita yoki bilvosita kelishilgan kurash olib borishlariga olib kelgan. Masalan, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari V asrda Turk hoqonligi ko‘chmanchilariga, VII-VIII asrlarda – arablarga, XIII asrda – CHingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullar qo‘shiniga qarshi harbiy ittifoqlar tuzganlar. 1368-1373 yillarda Sohibqiron Temur mo‘g‘ullar o‘rdasiga qarshi birga kurashish maqsadida Min sulolasi bilan ittifoq tuzdi va XIV asr oxirida bu kurash muvaffaqiyat bilan yakunlandi.
Lekin keyinchalik Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy asta-sekin zaiflasha boshladi. Markaziy Osiyoda bu uzluksiz o‘zaro urushlar, shuningdek qit’alararo savdo yo‘llari magistral yo‘nalishlarining o‘zgarishi natijasi bo‘ldi. Xitoyda imperiyani saqlab qolish, chet viloyatlarini bo‘ysundirishga urinishlar davlatning sillasini quritdi. Xalqaro maydonda Xitoy obro‘sining pasayishi boshqa buyuk davlatlarga Osiyoda o‘z mavqeini mustahkamlash imkonini tug‘dirdi.
XIX asrda Markaziy Osiyo mintaqasida avvalo Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida «Katta o‘yin» boshlandi. Qo‘shni Xitoy unda ishtirok etmadi. 1885 yilda Xitoy Qoshg‘arda Angliya qo‘llab-quvvatlagan YOqubbek qo‘zg‘olonini bostirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu vaqtga kelib Rossiya Markaziy Osiyoni to‘liq bosib olgan edi. Natijada to 1990-yillar boshiga qadar mintaqaning Xitoy bilan munosabatlari to‘liq Xitoy-Rossiya, so‘ngra – Xitoy-SSRI munosabatlarining mazmuni bilan belgilanib keldi.
XXR rahbariyati 1964 yildayoq XX asr oxirigacha mamlakatni modernizatsiya qilish vazifasini qo‘ygan edi. Lekin bu vazifani bajarishga mamlakat faqat 1979 yildan boshlab, aholisi qashshoq, iqtisodiyoti qoloq, notekis rivojlangan ulkan mamlakatda modernizatsiyaning boshqacha strategiyasi zarurligi anglab etilganidan so‘ng kirishdi. O‘sha davrda Xitoy sinfiy kurashni ustun qo‘yish siyosatidan voz kechdi va iqtisodiy qurilish, islohotlar va tashqi dunyoga ochiqlik yo‘liga kirdi.
Modernizatsiyaning «uch bosqichi» strategiyasi ishlab chiqildi. Birinchi bosqichda YAIMni 1980 yilga nisbatan ikki baravar ko‘paytirish, aholini oziq-ovqat va eng zarur mahsulotlar bilan ta’minlash masalasini hal qilish rejalashtirildi. Ikkinchi bosqichda 2000 yilgacha YAIMni yana ikki baravar oshirish va turmush darajasini «kichik farovonlik»39 darajasiga etkazish mo‘ljallandi. Nihoyat, uchinchi bosqichda XXI asr o‘rtalarigacha modernizatsiyani yakunlash va «kichik farovonlik jamiyati»dan (2020 yil) modernizsiya qilingan jamiyatga o‘tish nazarda tutildi.
Dostları ilə paylaş: |