ІІ. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari) ІІ.І. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. “GEOSIYOSAT ASOSLARI” FANINING PREDMETI, OB`EKTI, MAQSAD VA VAZIFALARI. «Geosiyosat asoslari» fan va siyosiy amliyot sifatida. «Geosiyosat asoslari» ning fan sifatida shakllanishi. «Geosiyosat asoslari» tushunchasi va uning asosiy aspektlari. Fanning predmeti va tadqiqot doirasi. Geosiyosat asoslari siyosiy jarayonlar va erga boʻlgan munosabatlar haqidagi, siyosatning «geografik aqli» sifatidagi fan. Geosiyosat asoslarining vujulga kelishiga boʻlgan obʼektiv ehtiyoj. Geosiyosatning fan sifatida oʻrganila boshlanishi. R.Chillen va F.Rasyel taʼlimotlari.
«Geosiyosat asoslari» ning asosiy manbalari. Geosiyosat asoslarining shakllanishidagi ilmiy yondashuvlar: sivilizasion (N.Danilevchkiy, K.Leontev, O.Shpengler va boshqalar), harbiy-strategik (N.Makiavelli, K. fon Klauzevis, X.Moltke va boshqalar) va geografik diterminizm (Arastu, J.Voden, Sh.Monteske va boshqalar). «Geosiyosat asoslari» va ijtimoiy-siyosiy fanlarning oʻzaro aloqasi va oʻziga xos xususiyatlari.
2-mavzu. «GEOSIYOSAT ASOSLARI » NING KATEGORIYALARI, QONUNLARI, METODLARI VA FUNKSIYALARI Geosiyosat asoslarining asosiy tushunchalari: geografik makon, endemik maydon, chegaraoldi maydon, chorraha maydon, total maydon, metapole. Geosiy munosabatlar va kuchlar balansi. Siyosiy maydon davlat mavjudligining muhim belgisi. Geosiyosat asoslarining asosiy qonunlari. Siyosiy, iqtisodiy, sosial, geografik tizimlar rivoji, amal kilishi bilan bogʻliq qonuniyatlar.
Geosiyosat asoslarining asosiy metodlari: sistemalik, taqqoslash, tarixiylik, aksiologik-normativ, funksional, institusional, antropologik, va boshqalar. Geosiyosatning asosiy funksiyalari: gnoseologik funksiya; prognoz qilish funksiyasi; boshqaruv funksiyasi; mafkuraviy funksiya. Yoshlarda koʻnikmalarda tarbiyalashda geyosiyosat funksiyalaridan foydalanish.
3-mavzu. MUMTOZ GEOSIYOSATNING ASOSIY GʻOYALARI VA TAMOYILLARI F.Rasyelning «Siyosiy geografiya» asarida davlat va borliq masalalari. R.Chellen «Geosiyosat asoslari» atamasining asoschisi. Davlatning asosiy fizik-geografik belgilari. X.Makinder tomonidan jahon siyosiy tarixining original va inqilobiy gʻoyasining ishlab chiqilishi – «Tarixning geografik oʻzagi». Xartlend nazariyasi va «Katta oʻyin» konsyepsiyasining ishlab chiqilishi. K.Xausxofer – hayotiy borliq. F.Naumann konsyepsiyalari. A.Mexen tomonidan dengiz kuchlarining qudrati (ishlab chiqarish, savdo, mustamlakalar bosib olish) maxsus taʼlimot sifatida ishlab chiqilishi. Spikmen tomonidan davlat qudratini aniqlab beruvchi omillar belgilab berilishi: davlat maydonining ustki qismi; davlat chegaralarining tabiati; davlat aholisining miqdori; davlatda kerakli xom-ashyo zahiralarining borligi yoki ularga ega boʻlmasligi va boshqalar.