9-Mavzu: YANGI MING YILLIKDA GʻARBIY YEVROPADAGI SIYOSIY JARAYONLAR Ikkinchi jahon urushining yakunlari Yevropa davlatlari mavqeiga taʼsiri. Yevropa Ittifoqining tashkil etilishi: aʼzolari, maydoni va aholisi. Integrasiyaning kengayish tarixi. YeI hayotidagi muhim voqealar. Mastrixt bitimlari. YeI ning siyosiy istiqbollari. YeI ning huquqiy asoslari. Ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlar. Ijtimoiy-iqtisodiy, energetik muammolar. YeI xalqaro munosabatlar tizimida. YeI ning Rossiya va Xitoy bilan munosabatlari. Ukrain inqirozi va uning YeI taʼsiri. Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda olib borilayotgan siyosatining mohiyati. Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlar yangi bosqichda.
10-mavzu. GEOSIYOSIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA AQShNING ROLI AQSh tashqi munosabatlarining rivojlanish tarixi. Jahon siyosatida yetakchilik uchun kurash: Monro doktrinasi, Xey doktrinasi, Vilsonning tinchilik dasturi, Dauyes va Yung rejaliri, Lend-Liz haqidagi hujjat, Malshal rejasi, Trumen doktrinasi, NATO, SEATO. Kuch ishlatish siyosati va uning barbod boʻlishi. «N500-75» dasturining mohiyati. Yevrosiyo geostrategiyasi. AQSh geosiyosatida Rossiya.
Yaqin Sharq masalasi. Kemp-Devid bitimi. Arab mamlakatlarining milliy birligiga qarshi kurash vositasi. AQSh ning Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Hinddagi manfaatlari. AQSh ning Xitoydagi geosiyosiy manfaatlari. AQSh-Yaponiya munosabatlari. Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalalari
11-mavzu. XITOYNING GEOSTRATEGIK SIYOSATI VA UNING MOHIYATI Xitoy-Rossiya, Xitoy-Gʻarbiy Yevropa, Xitoy-AQSh munosabatlarining rivojlanish tarixi. Xitoy iqtisodiy taraqqiyotining spesifik xususiyatlari. Xitoy-SSSR-Gʻarbiy munosabatlarilagi mafkuraviy kelishmovchilik. Xitoyning hal etilmagan hududiy muammolari. Demografik vaziyat. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari. «Katta Xitoy» integrasiyasi - Xitoy, Tayvan, Syangan, Aomen (Makao), Singapur). Xitoy geosiyosatining mohiyati. Mamlakatdagi milliy muammolar. Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi strategik hamkorlik masalalari