Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 340,06 Kb.
səhifə11/29
tarix27.09.2023
ölçüsü340,06 Kb.
#149698
növüРеферат
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
qo\'llanma Feruza (2)

3-mavzu. Ona tilidan Davlat ta'lim standarti va o‘quv dasturi mazmuni. Ona tili ta'limi orqali o‘quvchilarning tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini shakllantirish usullari.
Mavzu rejasi:
1. Ona tilidan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi mazmuni.
2.Ona tili ta'limi orqali o‘quvchilarning tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini shakllantirish usullari.
3. Nutqiy kompetentsiyalar va lingvistik kompetentsiyalarga DTS da qo‘yiladigan ta lablar.
Adabiyotlar:
1. Qosimova K. va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009.
2. G‘ulomova va boshq. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2013.
3. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.
Ma’lumki, ta’lim jarayoni bir qancha omillarga bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayon. Shuning uchun ham ta’limni tashkil etishda, avvalo, uning tur va bosqichlari oldidagi asosiy maqsadni aniqlashtirib olib, ularda bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar, o‘quvchilar egallashi ko‘zda tutilgan malaka talablari belgilanib, ana shu malaka talablarini egallash uchun muayyan mavzular tanlab olinadi. O‘qitish jarayonida esa ana shu mavzular orqali o‘quvchilarga ta’lim beriladi. Bular ta’limning muhim asosi bo‘lgan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarida o‘z aksini topadi2.
Davlat ta’limi standarti (DTS) atamasi bir qancha ilmiy manba va huquqiy-me’yoriy hujjatlarda atroflicha izohlangan. “Pedagogika ensiklopediyasi”da bu tushunchaga istilohiy ta’rif beriladi: “Davlat ta’lim standarti – davlat tomonidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan me’yoriy talab, ta’limning zarur yetarli darajasi va o‘quv yuklamalari hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablari majmuasi”3. A.Nosirov esa o‘zining tadqiqotida DTSga quyidagicha izoh beradi: “Davlat ta’lim standarti muayyan davlat ta’lim tizimi maqsad va vazifalari belgilab beriladigan, ta’limga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadigan muhim me’yoriy hujjatdir”4. R.Q.Karimov “Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti monitoringini ta’minlashning pedagogik asoslari” nomli pedagogika fani bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasida DTS monitoringini tashkil etish va amaliyotga joriy etish masalasiga batafsil to‘xtalib, ta’limga qo‘yiladigan standartga quyidagicha izoh beradi: “Ta’lim standarti ta’lim ob’ektlari bo‘lgan ta’lim strukturasi, mazmuni, uning taqdim etilgan darajasi, ta’lim natijalarini baholash va izohlashning shakl, metodlarini takomillashtiradi, aniqlashtiradi, muayyan qolipga soladi, shu bilan birga, ta’lim jarayonini boshqaradi”5. Umuman olganda, DTSga berilgan ilmiy manbalardagi ta’riflar, izohlar bir-birini to‘ldiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida unga shunday izoh beriladi: “DTS – kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablarni; ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasini hamda ta’lim muassalarini bitiruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablarni; o‘quv yuklamalarning zarur hajmini; ta’lim muassasalarining faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexnizmini belgilaydi”.6
Demak, DTS ta’lim jarayonining maqsadi, tuzilishi, mazmunini belgilovchi, maqsadga erishilganligini tekshirishga, baholashga, nazorat qilishga xizmat qiluvchi asosiy hujjat. Unda asosiy tushunchalar izohi, tayanch o‘quv reja, malaka talabalari, o‘quv dastur, baholash mexanizmi va mezonlari aks etadi.
Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatadiki, mustaqil O‘zbekistonda DTS va o‘quv dasturlariga davr va taraqqiyot talabi asosida 3 marta o‘zgartirish kiritilgan va amaliyotga joriy etilgan.
Umumiy o‘rta ta’limda mustaqilligimizning daslabki qariyb 10 yilida, ya’ni 1999 yilga qadar Sobiq Sovet Ittifoqi ta’lim standartlari asosida ta’lim-tarbiya jarayoni olib borilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ilk bor 1999 yil 16 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinadi va amaliyotga joriy etiladi. Unda umumiy o‘rta ta’limning maqsadi, strukturasi, mazmuni, tayanch o‘quv rejasi, o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar keltiriladi. Mazkur DTS o‘rganib chiqilib, quyidagilarga guvoh bo‘ldikki, ilk bor ona tili ta’limi oldida aniq maqsad qo‘yiladi, ya’ni o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan BKMlar belgilanadi.
Mazkur DTS7da ko‘rishimiz mumkinki, o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan BKMlar quyidagicha belgilangan:

Yüklə 340,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin