Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Shaxsda topshiriqni bajarish bilan bog‘liq javobgarlik hissi har xil ma’noda kechiriladi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə113/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Shaxsda topshiriqni bajarish bilan bog‘liq javobgarlik hissi har xil ma’noda kechiriladi;

1) Tashvishlanish emotsiyasi (bir tomondan, xursandlik, ikkinchi tomondan esa qo‘rqish hissi) sifatida;

2) O‘z kuchiga, g‘ayratiga, iftixoriga ishonch emotsiyasi tariqasida;

3) Vazifaga jiddiy qaraydigan tengdoshlardan g‘azablanish emotsiyasi sifatida;

4) Shart-sharoitlarni hisobga olishga nisbatan shubhalanish sifatida va hokazo. Tahlildan ko‘rinib turibdiki, javobgarlik hissining mohiyati ularning oddiy yig‘indisidan iborat emas, balki jamoa a’zolarining ehtiyojiga aylangan voqelikni anglashdir. Masalan, kitob o‘qib lazzatlanish bilan kitobni o‘qib tugatish shodlik hissini farqlamoq lozim.
Psixologiya fanida yuksak hislar quyidagi turlarga ajratiladi:

1) Mehnat faoliyatini davomida kechiriladigan hislar-praksik hislar (yunoncha-praxis so‘zidan olingan bo‘lib, ish, faoliyat, yumush degan ma’noni anglatadi);

2) Intellektual hislar (latincha intellectusgan so‘zdan olingan bo‘lib, tushunish, aql degan ma’noni bildiradi);

3) Axloqiy hislar (latincha moratis so‘zidan olingan bo‘lib, axloqiylik degan ma’noni anglatadi);

4) Estetik hislar (yunoncha aistesis degan so‘zdan olingan bo‘lib, hissiy idrok, hissiy degan ma’noni aks ettiradi).
Praksiz hislar. Shaxsning amaliy hayotining istalgan tarmog‘i, maqsadga muvofiq ongli faoliyati shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo‘lishning muhim sohasiga aylanib qoladi.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin