Tayanch suz iboralar: Qobiliyatning sifat va mikdor tavsifi. Qobiliyatlar tuzilishi. Talantning paydo bulishi va tuzilishi. Qobiliyat va talantning tabiiy shartlari.
Qobiliyatlar to‘g‘risida tushuncha.
Xaridor do‘konda tovarlarni ko‘zdan kechirayotib, bir xil matodan tayyorlanganiga qaramay, ularga har xil baho beradi, bir tikuvchini maqtaydi, ikkinchisiga esa e’tirozlar bildiradi. Shuningdek, ularga ba’zi bir takliflar beradi, tashqi ko‘rinishi bejirim bo‘lishi, chidamliligi oshishi to‘g‘risida mulohazalar yuritadi, ya’ni ulardan birisi qoniqtiradi, ikkinchisi esa ijobiy baho olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Talabalar har xil turdagi tanlovlarda, olimpiada va universiadada ishtirok etadilar, ulardan bittasi muvaffaqiyatga erishadi, hatto g‘oliblikni qo‘lga ham kiritadi. Bu psixologik hodisa yoki voqelik nimadan dalolat ekanligini aniqlash orqaligina bilim darajasi, qobiliyat ko‘rsatkichi, muvaffaqiyat mexanizmi, malaka yoki ko‘nikmalar barqarorligi yuzasidan mulohaza yuritish mumkin xolos.