Yukoridagilardan kelib chikib xarakterning turtta sistemasini farklash mumkin:
Jamoaga va ayrim odamlarga bulgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xususiyatlari: yaxshilik, mexribonlik, talabchanlik, takaburlik va boshkalar.
Mexnatga bulgan munosabatni ifodalovchi xarakter xislatlari: mexnatsevarlik, vijdonlilik, inga mas’uliyat bilan karash, boshlagan ishni oxiriga yetkazish, yalkovlik, mas’uliyatsizlik kabilar.
Narsalarga bulgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xislatlari: ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayab ishlatish yoki ayamaslik, ularga nisbatan extiyotkorlik yoki aksincha kabilar.
Odamning uz-uziga bulgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter xislatlari: izzat-nafslilik, uz sha’nini extiyot kilish, kamtarlik, uziga ortikcha baxo bermaslik yoki shuxratparastlik, magrurlik, dimogdorlik, uzini kata olish kabilar.
Xarakter xususiyatlarining aksentuatsiyasi.
Xarakterning kishida kurinadigan va tilimizda uz ifodasini topgan xususiyatlari bexad kup bulib, mingdan ortikni tashkil etadi. Shu sababli xarakterning uzgarib turadigan xususiyatlarini sanab va tasniflab berish juda kiyin. Bundan tashkari xozirgacha psixologiyada anik bir tasniflash sxemasi ishlab chikilgan emas. Xarakterning u yoki bu xususiyati mikdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va norma chegarasiga borib kolganda xarakterning aksentuatsiya /ortikcha urgu berilishi/ deb ataladigan vaziyat paydo buladi. Xarakterning ortikcha urgu berilishi – ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi chegarasidir.
Xulk-atvor va xarakterning shakllanishi.
Xudi temperament kabi xarakter xam kishining fiziologik xususiyatlariga, xarakterning kurinishlariga uz ta’sirini kursatadi, ularning paydo bulishi va kechishining dinamik xususiyatlarini belgilab beradi.
Temperamentning xususiyatlari xarakterning muayyan tomonlari rivojlanishiga karshilik kursatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga karaganda flegmatik tipdagi odam uzida tashabbuskorlik va kat’iylikni tarkib toptirishi kiyinrokdir. Jur’atsizlik va vaximalilikni bartaraf etish melanxolik uchun jiddiy muammo bulib xisoblanadi. Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda uzini tuta bilishni va uziga takidiy kuz bilan karashni, sangviniklarda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun kulay sharoitlar yaratadi.
Xarakter xususiyatlarining paydo bulishi, uning tabiati, uzgarishi mumkinligi yoki mumkin emasligi psixologlarning uzok davom etib kelayotgan munozaralari mavzui bulib xisoblanadi.
Xarakter – kup jixatdan uz-uzini tarbiyalash natijasidir. Xarakterda kishining odatlari jamlanadi. Xarakter odamlar faoliyatida namoyon buladi, shu bilan birga, u shu faoliyatda shakllanadi xam. Agar yigit yoki kiz uzini - uzi tankid kilishni xarakterining xususiyati sifatida tarbiyalashga urinayotgan bulsa, ular uzlariga tankidiy nuktai nazardan yondoshishlari kerak.
Mexnat va ukish tugrisida gapirmagan takdirda xam kunlalik turmush, oiladagi xayot sharoitlari insoniy xarakterlar maktabidir. Pedagoglar va ota-onalar oldida muntazam ravishda mas’uliyatli vazifa: bolalar xarakterida sezila boshlagan uzgarishlarni uz vaktida sezish va ularni inobatga olgan xolda xulk-atvor va tarbiya soxasida uz yulini amalga oshirish vazifasi turadi.
Shunday kilib, kishiga xarakter tabiatan berilmagan. Uzgartirib va kaytadan shakllantirib bulmaydigan xarakter bulmaydi. «Mening xarakterim shunaka va men uzimi xech narsa kila olmayman» deb baxona kilish psixologik jixatdan mutlako asolssizdir. Xar kanday kishi xam uz xarakterini barcha kurinishlari uchun javobgardir, xar bir kishi uzini-uzi tarbiyalash imkoniga egadir.
Xarakterning shakllanishi.
Kishining xarakteri tugma, doimiy va uzgarmaydigan narsa emas. Bola onadan mexnatsevar yoki dangasa, rostguy yoki munofik, botir yoki kurkok, intizomli yoki intizomsiz bulib tugilmaydi. Xar bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muxit ta’siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi uz-uzini tarbiyalash bilan tarakkiy kilib, uzgarib boradi.
Xarakterning tarakkiysi kishining irodasi, akl-idroki va xissiyotlarining tarakkiy kilib borishi bilan mustaxkam boglikdir. Shu sababli kishining irodasi, akl-idroki va xis-tuygularining tarakkiy kilib borishi va ularning tarbiyalanishi xakida aytilgan fikrlarning xammasi kishi xirakterining rivojlanishiga xam tegishlidir.
Xarakterning usishida ijtimoiy muxitning roli.
Kishiningbutun xayoti davomida uning xarakteri tarkib topishiga ijtimoiy muxit, avvalo, shu kishi birga yashab va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir kursatadi.
Xarakterning usishida tarbiyaning roli.
Xarakterning usishida tarbiya va uz-uzini tarbiyalash asosiy va yetakchi rol uynaydi. Usib kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta, mas’uliyatli vazifa ota-onalar, o’qituvchiilar, bolalar bogchalari tarbiyachilari zimmasiga tushadi.
Xarakterning usishida jamoaning roli.
Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyaviy roli nixoyat kattadir. Inson yakka, bir-biridan ajralgan xolda tanxo yashay olmaydi. U muayyan bir jamoada, chunonchi, oilada, maktabda, sexda, bogchada xayot kechiradi. Jamoa – shaxs bilan jamiyat urtasidagi boglovchi zvenodir. Odamning faoliyati – uyin, ukish va mexnati xuddi mana shu jamoada voke buladi. Jamoa shaxsning eng yakin konkret muxiti bulib kolmay, balki shaxsni tarbiyalaydi xam. Kishi xarakterining kerakli ijobiy xislatlari fakat jamoada tarbiyalanmogi mumkin.
Uz xarakterini uzi tarbiyalash.
Kishi xarakteri uz – uzini tarbiyalashning xam maxsulidir. Shu sababli xar bir kishi ma’lum yoshdan boshlab uz xarakteri va uning ayrim sifatlari uchun javobgar xamdir. Shu bilan bir vaktda kishi uz xarakterida salbiy tomonlarni uzi tan olishi, kamchiliklarni uzi tarbiyalashi lozim. Uz xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarni, yaxshi idealini uzida tarbiyalashi kerak.
Xarakterning usishida gamunaning roli.
Yuksak axlokiy va irodaviy xislatlari bilan xammaga manzur bulgan kishilar namunasi xarakter tarbiyalashning muxim vositasi bulib xisoblanadi. Jamiyatimizda bolalarga namuna kilib kursatish mumkin bulgan ajoyib insonlar juda kup. Ayniksa, mustakillikka erishganimizdan keyin uzining ishbilarmonligi, tashabbuskorligi, xalk manfaati yulidagi fidokorligi bilan yoshlarga ibrat buladigan kishilar tobora kupayib bormokda. Bunday kishilarni biz ulkan kurilishlarda, Toshkent-Ush xalkaro yulining kurilishida, chet ellar bilan xamkorlikda kushma korxonalar ochganlar orasida, fan, texnika, san’at, adabiyot namoyandalari orasida kuplab uchratishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |