Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Shaxs fidoyilik tuyg‘usini psixologik baholash



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə114/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Shaxs fidoyilik tuyg‘usini psixologik baholash


Umumiy psixologiya asoslarini puxta egallash orqaligina har bir shaxsda yuksak his-tuyg‘ular, mehnatga ijobiy munosabat, ijtimoiy faollik, komfort hislarini shakllantirish mumkin. O‘zini o‘zi anglash va milliy ongni qaror toptirish orqali mehnatsevar, vatanparvar, fidoiy insonlarni tarkib toptirish lozim. Bozor iqtisodiyotining birmuncha murakkab mexanizmlari qay yo‘sinda ishlashini tushunib yetish, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata olish uchun nimalar qilish zaruratini anglash, unga to‘g‘ri yo‘l topa bilish shaxsdan muayyan yuksak tuyg‘u hamda xislatni taqozo etadi.

Hozirgi ijtimoiy muhitda shaxslararo munosabatlar silsilasida «birdamlik ruhi» va «mushtaraklik tuyg‘usi» singari hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishning samarali usullari va uslublari psixologiya fanida ishlab chiqilishiga qaramay, bugungi kun talabiga javob beradiganlari yetarli emas.

Umumiy psixologiya fanida xalq xo‘jaligi tarmoqlarini tashkil qilish va ularni boshqarish jarayonida «inson-texnika» tizimdan tashqari («inson-tabiat», «inson-obraz» singari yondashish bundan istisno) munosabatlari muhim ahamiyat kasb etish, ularning tahlili ko‘p jihatdan empirik, amaliy, miqdoriy, tatbiqiy ma’lumotlarga asoslanishi muayyan darajada yoritilganligiga qaramay, hozirgi davrda «inson-inson», «inson-jamoa», «jamoa-inson», «jamoa-jamoa» munosabatlarining boshqaruv imkoniyatlarini tekshirish talab qilinadi.

Xo‘jalikni boshqarishning yangi qonuniyatlari, mexanizmlari, omillari ijtimoiy manbalari, shaxslararo munosabat usullari, yakka shaxsning ijtimoiylashuvi xossalari, rahbar va tobe kishilar o‘zaro muomalasining maromi, nizoli vaziyatlarning oldini olish, mazkur jarayonda iliq psixologik muhitning roli, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning imkoniyatlariga doir empirik va metodologik materiallar to‘plashning qulay shart-sharoiti yuzaga keladi.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin