Mavzu:7 Xissiyot
Reja
1. Xissiyot xakida tushuncha.
2. Xissiy xolatlarning ifodalanini,
3. Iroda xakida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy ususiyatlari
Tayanch suz iboralar: Xis-tuygularning vazifalari. X,issiy xolatlarning nerv- psixologik asoslari, insoniy emotsiyalar va xayvonlardagi emotsiyalar. xislarni kechirish shakllari, yuksak xislar, xissiy ton, affekt, stress, praksik xislar, axlokiy xislar, estetik xislar, intelektual xislar, xissiyotning uziga xosligi.
Tayanch konspekt: Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsning sub’ektiv kechinmalarini aks ettirilish hodisasidir. Shaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan birga jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (ob’ektiv) aks ettiradi, in’ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishni; v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo. Sub’ektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg‘ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot -yaqqol voqelikning ehtiyojlar sub’ekti bo‘lmish shaxs miyasida ob’ektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarini aks ettirilishdir. Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi, shuning uchun unga ayrim izohlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada hali bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim, ularga mohiyat, ma’no, qo‘lam, sifat, shakl jihatidan qo‘llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni muddao bo‘lar edi.
Dostları ilə paylaş: |