Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Sezgining nerv-fiziologik asoslari. Sezgining tasnifi, turlari. Sezgi soxasidagi konuniyatlar



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə85/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Sezgining nerv-fiziologik asoslari. Sezgining tasnifi, turlari. Sezgi soxasidagi konuniyatlar.

Ma’lumki, odam organizmi hamma vaqt tashqi dunyo bilan munosabatda bo‘ladi. Tashqi qo‘zg‘atuvchilarning sezgi organlarimizga(ko‘z, quloq, burun, teri va h.k.) uzluksiz ta’sir ko‘rsatishi tufayli sezgi vujudga keladi. Sezgilarda insonni o‘rab turgan olamdagi hamma narsa va hodisalarning turli xil belgi va xususiyatlari aks etadi. Chunonchi, yorug‘lik nurlari tufayli ko‘rish sezgisi, havo to‘lqinlarining quloqqa ta’siri natijasida eshitish sezgisi, nafas olish orqali burun bo‘shlig‘iga havo zarrachalarining ta’siri tufayli hid sezgisi, biror narsaning qo‘l kafti yoki teriga ta’siri natijasida teri (taktil) sezgilari hosil bo‘ladi. Odamning tashqi dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi. Shuning uchun sezgilar o‘z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asos va manba hisoblanadi. Odam sezgilarisiz tashqi dunyo predmetlari va voqealarini bilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bo‘lur edi. Chunki idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va xayol kabi ruhiy jarayonlar sezgilar tufayligina hosil bo‘ladi.Psixologiya fanida sezgilarning yuzaga kelishi, ularning nerv mexanizmlari haqidagi ilmiy ta’limotni mashhur rus psixologi akademik I.P.Pavlov kashf etdi. Bu haqdagi ilmiy g‘oyalar mashhur olimning analizatorlar haqidagi ta’limotida o‘z ifodasini topgan.Sezgilar yordamida odam barcha predmetlarga xos bo‘lgan xossa va xususiyatlarni anglab, bilib oladi, o‘rganadi va ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Sezgilarning ikkinchi muhim tomoni shundaki, odam o‘z organizmini sezgilar tufayli tashqi noxush ta’sirlardan himoya qiladi. Masalan, issiqdan, sovuqdan saqlanish kabilar, og‘irlikni, achchiqni sezganda odam ulardan o‘zini himoya qiladi. Agar qo‘lga biror narsa urilsa yoki sanchilsa, odam dorhol qo‘lini tortib oladi, noxush ta’sirotlan o‘zini himoya qiladi. Sezgilarning yana bir muhim tomoni shundaki, ular (sezgilar) tashqi dunyo to‘g‘risidagi odam bilimlarining manbaidir. Darhaqiqat, odam sezgilari orqali bo‘lmasa, boshqacha yo‘l bilan tashqi olamdagi na biror xil jismni, na biror xil harakatni bila oladi. Demak, sezgilar bilish jarayonlari jumlasidan bo‘lib, idrok, xotira, xayol, ko‘z nervi yoki katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ko‘rish markazi zararlansa, ko‘rish sezgisi yuz bermaydi.Shunday qilib, odamning fe’l-atvori va taqdirini aniqlashda ko‘z muhim rol o‘ynaydi, uning barcha xislat va xususiyatlarini namoyon etuvchi muhim yuz a’zosi bo‘lib xizmat qiladi.Eshitish sezgilaridan biri quloq bo‘lib, vazifasi tovushlarni sezishdir. Eshitish sezgilarining ahamiyati shundaki, bu sezgilar yordamida odam boshqalar nutqini eshitadi, o‘zgalar bilan fikr olishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Eshitish organi bo‘lgan quloq tashqi quloq, o‘rta quloq, ichki quloq kabi uch qismdan iborat. Ichki quloqda endolimfa deb ataluvchi suyuqlik modda bor. Bu modda orqali eshitish markazlari bosh miya bilan tutashadi.

Tovush chiqaruvchi jismdan har tomonga tarqaluvchi havo to‘lqinlari eshitish sezgilarining qo‘zg‘ovchisidir. Ovoz to‘lqinlarining tebrangan havo zarralari orqali quloqqa kirishi natijasida eshitish sezgisi vujudga keladi. Quloqning ichki qismida taxminan yigirma besh mingga yaqin ko‘ndalang tolalardan tashkil topgan parda bor. Quloqqa urilgan tovush to‘lqini ana shu tolalardan birini qo‘zg‘aydi. Bu qo‘zg‘alish miyaga yetkaziladi va tovush sezish holati yuz beradi. Sekundiga o‘n olti mingdan yigirma ikki minggacha bo‘lgan tebranishdagi tovushlarni odam qulog‘i seza oladi. Bundan ortiq tebranishdagi tovushlarni quloq eshitmaydi. Quloq eshitmaydigan yuqori tebranishdagi tovushlar ultra tovushlardir.

Eshitish a’zosi hisoblangan quloq juda murakkab tuzilishga ega bo‘lib, havo to‘lqinidan hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish ichki quloq orqali bosh miyadagi eshitish markaziga yetkaziladi va buning natijasida eshitish sezgisi yuzaga keladi.Ichki quloqning chig‘anoq qismida kortiy nomli a’zo bor. Bu a’zo tayoqchasimon hujayralardan iborat. Xar xil tebranishdagi havo to‘lqinlari ana shu a’zo orqali eshitish retseptorlariga yetkaziladi.Tovush tarqatuvchi narsalarning tebranishi havo to‘lqinlarini yuzaga keltirishi bilan birga odam bosh miyasida titroq (titrash) sezgisini ham hosil qiladi. Demak, odam qulog‘ining eshitish imkoniyati juda katta bo‘lsa ham, u hamma tovushlarni ham eshitavermaydi.

Hid bilish sezgilarining organi burun bo‘lib, vazifasi turli-tuman hidlarni sezishdir. Hid sezgilarining ahamiyati shaxs uchun juda kattadir.

Odam hid sezgilari orqali gul, atir kabi xushbo‘y hidlardan bahramand bo‘ladi. Salomatlik uchun zararli bo‘lgan noxush hidlardan o‘zini saqlaydi.

Burun kavagining yuqori qismida juda ko‘p sonli hujayralar bor. Hidli modalarning zarrachalari bu hujayralarni qo‘zg‘ashi natijasida hid sezgisi vujudga keladi. Bundan tashqari bosh miyada hid sezishga xizmat qiluvchi maxsus nervlar ham bor.

Ta’m yoki maza til va og‘iz bo‘shlig‘i orqali seziladi. Bu sezgilarning qo‘zg‘ovchilari og‘izga olingan moddalarning zarrachalaridir. Bu zarrachalarning til yuzasida joylashgan nerv uchlariga ta’siri ufayli maza sezgisi paydo bo‘ladi.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin