Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə95/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Oradan vakt utkazib esga tushurishda biror material oradan bir necha kun, xatto bir necha oy utkazib esga tushiriladi.Biror narsani esga tushurish beixtiyor va ixtiyoriy bulishi mumkin.

Ixtiyorsiz esga tushirish deganda kishining uz oldiga maksad kuymasdan, irodaviy kuch sarf etmasdan esga tushirishga aytiladi.

Ixtiyoriy esga tushurish biror maksad bilan esga olinishi kerak bulgan materialni tanlab, ataylab xarakat kilib, maxsus esga tushirish demakdir.

Esda saklash va unutish.

Esda saklash deyilganda ilgari paydo bulgan taassurot, fikr, xis-tuygu va ish-xarakatning jonlanib, takrorlanib turishiga moyillik paydo kilishi va mustaxkamlanishini tushinamiz. Shunday mustaxkamlanishga sabab nerv sistemasining plastikligidir.Biz ukib olgan material uni esda olib kolgan vaktda mazmunan va shaklan kayday bulgan bulsa, albatda aynan shundayicha saklanib turavermaydi. Lekin ayrim formulalar, ta’riflar, kupaytirish jadvallari, mashina va telefon nomerlari miyamizda aynan saklanishi xam mumkin.

Unutish – ilgari esda olib kolgan narsalarimizning ongimizdan kisman yoki tamoman yukolishidir. Unutish kisman va butunlay bulsa xam, u kachondir yana esga tushadi.Unutushni tamoman salbiy xodisa deb tushunish yaramaydi. Chunki keraksiz narsalar unutilib, miya bushashi xam lozim. Ayniksa, turli gam-gussalar tezda unitilmasa, kishini umr buyi kiynashi, azoblashi mumkin.Shunga karamay, unutishga karshi kurash olib borish lozim. Buning uchun materialni tez-tez takrorlab turish, uni turmushga, amaliy faoliyatga tadbik kilib borish, urganilayotgan materialni oldingilari bilan boglab borish va boshka usullarni kullash zarur.

Xotira tiplari.

Xar kimning uziga xos xotira xususiyatlari mavjud. Xotiradagi bu fark uning kuchida ifodalanadi. Birovda xotira kuchli bulsa, boshka birovda kuchsizdir. Xotiraning kuchli yoki kuchsiz bulishini biz esda koldirish va unutishning tezlik darajasiga karab belgilaymiz. Tez esga olib, juda sekin unutish kuchli xotiraning belgisi bulsa, sekin esda olib kolib, tez unutish kuchsiz xotira belgisidir.




Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin