TAFAKKUR JARAYoNLARI.
Tafakkur kuyidagi jarayonlarda yuz beradi.
Analiz va sintez.
Takkoslash.
Abstraksiyalash.
Umumlashtirish.
Konkretlashtirish.
Klassifikatsiyalash.
Sistemalashtirish.
ANALIZ – shunday bir tafakkur jarayoniki, uning yordami bilan biz narsa va xodisalarni fikran yoki amaliy ravishda bulib /ajratib/, ularning ayrim kismlari va xususiyatlarini taxlil kilamiz.
SINTEZ – shunday bir tafakkur jarayonidirki, biz narsa va xodisalarning analizda bulingan ayrim kismlari, bulaklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun xolga keltiramiz.
Analiz va sintez uzaro bevosita mustaxkam boglangan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va xodisalar analiz kilinmagan bulsa, uni sintez kilib bulmaydi, xar kanday analiz predmetlarni, narsalarni bir butun xolda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
TAQQOSLASh – shunday bir tafakkur jarayoniki, bu jarayon vositasi bilan ob’ektiv dunyodagi narsa va xodisalarning bir – biriga uxshashligi yoki bir – biridan farki aniklanadi.
Abstraksiyalash shunday bir tafakkur jarayoniki, bu jarayon yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning muxim xususiyatlarini farklab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va xodisalarning muxim bulmagan ikkinchi darajali xususityalarini fikran ajratib tashlaymiz.
UMUMLAShTIRISh deganda psixologiyada narsa va xodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni birlashtirish tushuniladi.
Umumiy, mavxum belgi va xususiyatlarni yakka, yolgiz ob’ektlarga tadbik kilish konkretlashtirish deyiladi. Bundan tashkari, mavxum tushunchalarni konkret predmetlarga boglash xam konkretlashtirish bulib xisoblanadi.
Fanda narsa va xodisalarning tabiatini ifodalovchi muayyan belgi asosida kilingan fikr yuritishni KLASSIFIKATSIYA deb atash kabul kilingan.
Klassifikatsiya kilishning yakuni sistemalashtirish bulib xisoblanadi. Sistemalashtirishga kutubxonadagi kitoblarning joylanishi misol bula oladi. Masalan, kutubxonada pedagogikaga oid adabiyotlar bir tomonda, psixologiyaga oidlari yana bir tomonda joylashgan buladi. Sistemalashtirish inson ishini osonlashtiradi. Natijada kishi nimani kaerdan izlashni biladi. Turmushda xar kadamda sistemalashtirishni kurishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |