Pedagogik treninglar quyidagi tamoyillarga asoslanadi.
Faollik tamoyili.
Bu tamoyil ko‘proq eksperimental psixologiya asosida quyidagi g‘oyaga bo‘ysunadi: inson eshitganlarining 10% ni, ko‘rganlarining 50% ni, aytib berganlarining 70% ni va nihoyat o‘zi qilganlarining 90% ni o‘zlashtiradi.
Ijodiylik tamoyili.
Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundan iboratki, trening davomida ishtirokchilar guruhi psixologiyada aniq bo‘lgan, kashf etib ulgurilgan g‘oyalar, qonuniyatlarni topadilar, kashf qiladilar, eng asosiysi esa o‘zlarining shaxsiy resurslarini, imkoniyat va sifatlarini anglab yetadilar.
Xulq-atvor ob'ektivlashishi (anglab yetilishi) tamoyili.
Mashqlar davomida ishtirokchilar xulq-atvori impulsivlikdan ob‘ektivlik darajasiga o‘tadi va trening davomida o‘zgarishlar kiritish imkonini beradi. Xulq- atvor obektivligining universal vositasi sifatida aks aloqa hisoblanadi. Guruhdagi aks aloqani yuzaga kelishini ta‘minlash trenerning mas‘uliyatidir.
Sheriklik (Sub'ekt-sub'ektlik) muloqoti tamoyili.
Sheriklik, yoki sub‘ekt-sub‘ektlik muloqoti boshqalar manfaati, ular hissiyotlari, his-tuyg‘ulari, qayglari, boshqa insonning shaxsiy qadr qimmati deb tan olinadi. Ushbu ning qollanilishi guruhda ishonch, ochiqlik iqlimini yaratadi.
Yuqoridagi tamoyillardan tashqari, treningning samarali bolishi ma‘lum bir jihatdan trenerning oziga xos prinsiplariga ham bogliqdir.
Trener har doim trening okazishga kirishishdan avval oziga:
Men qanday maqsadga erishmoqchiman?
Men nima uchun shu maqsadga erishmoqchiman?
Men qanday vositalar bilan unga erishmoqchiman? kabi savollarini berishi lozim.
Bu savollarga javobni trenerga guruh bilan ishlash davomida diagnostik tadqiqotlar ochib beradi.
Trener ish rejasining mundarijasi, guruhning rivojlanish va inoqlik darajasi, munosabatlar xarakteri, guruhdagi har bir ishtirokchining holati, uning oziga va boshqalarga nisbatan munosabati, treningga nisbatan munosabati, trenerning ozining munosabati kabilar diagnostika ob‘ekti bolib hisoblanadi.
Topshiriqning amalga oshirilishida birinchi qadam metodik (qadam) qollanmaning togri tanlanishidir. Eng ko‘p qollaniladigani, guruhiy diskussiyalar, rolli oyinlar, psixodramma va uning modifikatsiyasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |