Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari президент yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Republikasi Prezidenti "Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi
qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlaydigan, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol yosh avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazish uchun mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, respublikamizda jadal sur’atlar bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa sohalardagi islohotlar ulg‘ayib kelayotgan o‘spirin iqtidorini yanada rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yurt ravnaqi yo‘lida ularning faol ishtirokini ta’minlashni bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilamoqda.
Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, intellektual barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi
texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya bo‘yicha “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlari negizida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabini;
“Barkamol avlod” tuman (shahar) bolalar markazlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar markazlari negizida “Barkamol avlod” bolalar maktablarini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida “Bolalar kutubxonalari”ni;
2020-2023 yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tizimli ravishda bolalar turizmini rivojlantirish maqsadida “Barkamol avlod” bolalar maktablari huzurida 100-200 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazalari”ni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Dostları ilə paylaş: |