Andijon davlat universisteti



Yüklə 325 Kb.
səhifə8/13
tarix18.10.2022
ölçüsü325 Kb.
#65438
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Boltoboyeva Nilufarning

Trening qonunlari

  1. Trening qonunlari nima uchun kerak.

Trening boshlanishidan oldin qoidalari (qonunlar) nima uchun qabul qilinadi?
Trening - emotsiyaga boy, noan‘anaviy mashg‘ulot bo‘lib, shaxsning muloqot usulini o‘zgartirish, uyg‘unlashtirishga, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, boshqa odamlar bilan muloqotda yuzaga keladigan qarama- qarshiliklarni hal etishga yo‘naltirilgan.
Trening maqsadlari inson qarashlarining murakkab jarayonlariga, nozik tomonlariga ta‘sir etishi mumkin, shuning uchun trenerning ishini qimmatbaho toshga ishlov berayotgan zargar mehnati bilan taqqoslash mumkin.
Trening qoidalari yoki qonunlari guruh ichidagi jarayonlarni nazorat qilish va tartibga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlarni qo‘llash trening qatnashchilari uchun yordam bo‘ladi va aksincha, agar trener bularga e‘tibor bermasa trening guruhi —bo‘linib ketishi” yoki qatnashchilarni —yaralashi”mumkin.
Trenerning zargarlik mahorati guruhda intizomni (ayniqsa guruh maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlardan tashkil topgan bo‘lsa) o‘rnatishdan boshlanadi.

  1. Trening qonunlarining maqsad va vazifalari.

  1. Trening guruhini umumiy qonunlar asosida jipslashtirish.

  2. Guruhiy trening o‘tkazishning asosiy tashkiliy tartibini belgilab berish.

  3. Qabul qilingan qonunlar asosida guruhni boshqarish imkoniyati.

  4. Trening qonunlarining trening maqsadi va vazifalariga yo‘nalganligi guruhning qo‘yilgan maqsadga erishishiga yordam beradi.

  1. Trening jarayonida albatta o‘tkazilishi kerak bo‘lgan birinchi bosqich - guruhiy me‘yorlarni, ya‘ni trening qonun qoidalarini ishlab chiqish bosqichidir. Bunda ishtirokchilar bilan bu me‘yorlarga albatta rioya qilish kerakligi to‘g‘risida kelishish va har bir a‘zoning roziligini olish kerak. Bu qoidalarga rioya etish treningning maqsadiga erishish va qulay psixologik iqlimning yaratilishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Trening asosiy qonunlari

  1. «00»Qonuni.

  2. Mikrofon qonuni.

  3. Faollik qonuni.

  4. Faqat o‘z fikrini bayon etish qonuni.

  5. Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda, xushmuomala bolish qonuni.

  6. O‘z ismini aytish qonuni.

  7. Muloyimlik qonuni.

  8. Shu yerda va hozir qonuni.

  9. Konfidensiallik qonuni.

  10. Faqat o‘zi ishtirok etishini taklif etish qonuni.

  11. Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish.

  12. Ixtiyoriylik qonuni.

  13. Vaqtni tejash-sarishtalik qonuni.

  14. Shaxsni baholamaslik qonuni.

Har bir qonunning mohiyati, vazifalari va ahamiyatini batafsil krib chiqamiz.
Trening jarayonida guruhda ishlarni tashkil qilishga doir me‘yorlar (tamoyillar) quyidagilardan iborat bolishi mumkin.

  1. 00” qonuni. Barcha ishtirokchilar mashglot boshlanishiga va tanaffusdan keyin kechikmay kelishlari, bunda trener ularga namuna bolishi kerak. Trening boshlovchisi faqatgina treningni boshqarmasdan guruh bilan birgalikda tahlil qiladi va ozini tutishi va muloqoti bilan qatnashchilarga namuna boladi.

  2. Mikrofon” qonuni. Kimning qolida mikrofon bolsa o‘sha odam gapiradi. Mikrofon sifatida mashq otkazish vaqtida aylana boyicha har bir ishtirokchiga uzatiladigan biror bir yumshoq oyinchoqdan, oddiy marker yoki ruchkadan foydalanish mumkin.

  3. Faollik” qonuni. «Siz biror bir mashqni bajarishda ishtirok etmasligingiz mumkin. Bu siz vazifani bajara olmaysiz degani emas, balki siz chetdan turib kuzatmoqchisiz. Bu haqida avvaldan ma‘lum qilish kerak boladi. Lekin guruhdan bir kishining chiqib ketishi shu guruhning ishiga ta‘sir qilishini ham e‘tiborga olish kerak bo‘ladi.

  4. Faqat o’z fikrini bayon etish” qonuni. Bu qonun o‘zining fikrini birinchi shaxs nomidan bayon etish, ya‘ni —Mening fikrimcha, men his qilaman, mening o‘ylashimcha...”. Har bir ishtirokchi guruhninig boshqa qatnashchilarining fikrlarini bilmaydi. Guruh nomidan gapira olmaydi, shuning uchun ko‘pchilik, ya‘ni —biz” deb boshlanadigan fikrlar mumkin emas.

  5. Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda, xushmuomala bo’lish” qonuni. Ushbu qonun quyidagicha talqin qilinadi: —Barchamizning afzallik tomonlarimiz va kamchiliklarimiz bor. Trening vaqtida boshqalarning xususiyatlariga sabrli bo‘lish kerak. Agar sizni nimadir qoniqtirmasa, hech bir ishtirokchiga zarar yetkazmagan holda bu haqida trenerga ma‘lum qiling”. Bu qonun ayniqsa o‘smirlar guruhida muhimdir. Trening vaqtida bir-birini familiyasi va laqabi bilan atash mumkin emas.

  6. O’z ismini aytish” qonuni. Agar trening qatnashchilari bir-biriga notanish bo‘lsa har bir chiqish oldidan o‘z ismini aytishi kerak bo‘ladi.

  7. Muloyimlik” qonuni. Barcha qatnashchilar bir-birlariga xushmuomalalik bilan va o‘zlarini taqdim qilganda aytgan ismlari bilan murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.

  8. Shu yerda va hozir” qonuni. Ayni vaqtda va shu yerda bo‘layotgan jarayonning, shuningdek, qatnashchilarning his-tuyg‘ulari, kechinmalari va munosabatlarini trening doirasida ko‘rib chiqish va ularni kelajak yoki o‘tmish bilan bog‘lamaslik kerak. Bu qoida guruhning har bir qatnashchisiga mazkur trening vaqtidagi kechinmalarni anglab yetish imkonini beradi.

  9. Konfidensiallik” qonuni. “Trening vaqtida sodir bo‘ladigan barcha holatlar, vaziyatlar faqat shu yerda va faqat trening qatnashchilari bilan muhokama qilinadi va tashqariga chiqmaydi”.

Bu qonun trening qatnashchilariga o‘z fikrlarini erkin bayon etish imkonini beradi.

  1. Ishtirokchi sifatida faqat o’zini taklif etish” qonuni. Ko‘p hollarda ba‘zi ishtirokchilar biror bir mashqda ishtirok etishni hohlamasdan boshqa ishtirokchilarni taklif etadilar. Bu esa boshqalarga ham ta‘sir krsatib, treningning muvaffaqiyatli otishiga sabab boladi. Shuning uchun bu qonunni trening boshlanishidan avval tanishtirish kerak boladi.

  2. Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish” qonuni. Bu ishtirokchilarda mas‘uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bolgan tamoyildir.

  3. Ixtiyoriylik” qonuni. Seminarda o‘z mulohazalarini bayon qilish, munozaralarda, oyin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilishi mumkin.

  4. Vaqtni tejash - sarishtalik” qonuni. Guruh ishtirokchilari trening mashgloti davomida gaplarini imkon qadar qisqa, londa ifodalashi, mavzu doirasidan chetga chiqib ketmasligi lozim.

  5. Shaxsni baholamaslik” qonuni. Har bir ishtirokchi o‘z fikr mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari kerak va sozlovchining o‘sha paytdagi xulq-atvori, hatti-harakatini baholashdan qochishlari kerak. M: “osha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak edi” va hok... Buning o‘rniga bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki deyardim kabi variantlarda sozashish yoki fikrini bildirish soraladi.

Ishtirokchilar bir-birlariga dostona munosabatda bolishi, bir-birlarining hissiyotlarini hurmat qilishlari kerak (M: ketishi kerak bolib qolsa albatta boshlovchini ogohlantirishi va aksincha).
Bundan tashqari trener tomonidan quyidagilar alohida ta’kidlab o’tilishi shart.
/ Birovning fikrini umuman notogri deb hisoblagan yoki unga qoshilmagan taqdirda ham uni toxtatib qoyish yoki ustidan kulishga hech kimning haqqi yo‘q.
/ Ishtirokchilar bir-birini masharalashi yoki gururiga tegadigan gaplar aytishi mumkin emas.
/ Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga tegishli bolsa, javob bermaslik huquqiga ega.
/ Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati yaratilishi shart. Lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi, ya‘ni boshlovchining shaxsiyatiga tegish kabilarga yo‘l qo‘yilmasligi ta‘minlanishi kerak.
Me‘yorlarni mashg‘ulot o‘tkazishdan avvalroq katta qog‘ozga yozib, xonaga osib qo‘yish yoki guruh a‘zolari bilan birgalikda «Fikriy hujum» usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq.

  1. Bu birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga xayrixohligi yoki noroziligini izohlashini so‘rash lozim. Tamoyillarni tasdiqlashni ovozga qo‘yish kerakmas. Agar kimdir guruhning fikriga norozi bo‘ladigan bo‘lsa, uni ko‘ndirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi lozim bo‘ladi. Chunki uning fikrini inobatga olmaslik - guruhdagi psixologik iqlimga salbiy ta‘sir etishi aniq. Ya‘ni fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati paydo bo‘ladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki davomida minus holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari unda ruhiy tushkunlik, o‘z-o‘zini baholashning pasayishi va h.k.lar ham paydo bo‘lish ehtimolini tug‘diradi.Trening qonunlari bo’yicha guruh ishlarini faollashtirish usullari.


Yüklə 325 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin