Intervyu usuli. Bunda ishtirokchilar trener tomonidan juftliklarga bo‘lib chiqiladi. Buning uchun ishtirokchilar mevalar, gullar, daraxtlar, hayvonlar, qushlar va h.k.larning qaysi birini yoqtirishiga qarab ajratiladi. Guruhga bo‘linayotganda 1,2,3 deb raqamlar asosida guruhlarga bo‘lish tavsiya etilmaydi. Juftliklarga bo‘linganlaridan so‘ng ular bir-birlaridan intervyu oladilar. Buning uchun savol javoblar uchun ularga 10-15 min. vaqt beriladi. Shundan keyin har bir ishtirokchi o‘zining sherigini guruh a‘zolariga qisqa, lo‘nda va iloji boricha batafsilroq tarzda tanishtirishi lozim bo‘ladi.
Video(audio)tasma usuli — bunda trener tomonidan har bir ishtirokchi alohida jihozlangan xonaga chaqiriladi va u guruh a‘zolariga o‘zi hakda nimalarni aytib berishni istasa, shuni gapiradi. Barcha ishtirokchilar o‘zi haqidagi ma‘lumotlarni videotasmaga tushirib bo‘lganlaridan so‘ng, ularning hammasi xonaga taklif etiladi va tasma yozuvi qo‘yib beriladi.
Kartochkalar usuli - har bir ishtirokchi trener tomonidan tarqatilgan maxsus kartochkaga o‘zi to‘g‘risida nimani tanishtirishni istasa, o‘shani yozadi. Kartochkalarni tablichkaga o‘xshatib hamma o‘z oldiga qo‘yib qo‘yishi, oldiga yoki orqasiga ilib olishi ham mumkin. Hamma bir-birining kartochkasini o‘qib o‘zaro tanishadi. Ko‘pincha treninglarda tanishuv jarayonida ishtirokchilardan ismini aytish bilan birga muloqotga kirishish jarayoniga salbiy va ijobiy ta‘sir etuvchi jihatlarini ham aytib o‘tish so‘raladi. Treningning kutishlar bosqichida guruh a‘zolarining har biridan treningdan nimalar kutayotganligini so‘raladi. Trener ularning kutishlarini bilib shunga qarab o‘z ishini rejalashtiradi. Bunda guruh a‘zolari aylana bo‘ylab o‘zlarining treningdan kutishlarini, xavotirlari va e‘tirozlarini aytib chiqishlari so‘raladi. Trener barcha ishtirokchilarning fikrlarini ularga baho bermasdan, muhokama qilmasdan, hayron bo‘lmasdan, hayrixohlik bilan eshitishi lozim. Shundan so‘nggina guruh, ishlash uchun tayyor hisoblanadi va mashg‘ulotlarni boshlash mumkin bo‘ladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda va turli mavzuga oid bo‘lgan trening jarayonida quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin.
Seminar - treninglar uzluksiz ta‘limning hamma bug‘inlarida muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin. Umumiy o‘rta bilim maktabida fan asoslarini o‘rgatishda, o‘rta maxsus, kasb - hunar ta‘limida, oliy kasb ta‘limida. Ammo hozirgi vaqtda pedagogik texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga jadal tatbiq etish ko‘pchilik hollarda kasb ta‘limi va malaka oshirish tizimida keng qo‘llanmokda.
Seminar - trening (trening muntazam mashq) ta‘limning interfaol metodlariga ta‘lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni faol o‘zlashtirish, mustaqil fikrlashi, turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, faoliyat natijasini tahlil qilish, unga o‘zgartirish kiritish, intellektual qobiliyatining o‘sishiga asoslanadi.
Unda ta‘lim oluvchilarning individual va shaxsiy sifatlari, bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olish lozim bo‘ladi. Trening davomida ta‘lim oluvchilar ma‘lum bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rganish bilan birga uni amalga oshirish texnologiyasini oganadilar. Bunda ta‘lim an‘anaviy va noan‘anaviy shakllaridan birday foydalanish mumkin.
Seminar - trening okazishda uning aniq maqsadini belgilash muhim hisoblanadi. Chunki maqsad natijaga olib boruvchi yoldir. Seminar - trening an‘anaviy ta‘lim shakllaridan qator xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Bular umumlashgan xolda quyidagilar:
ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi maqsadlarining uyguligi;
o‘quv jarayoniga ta‘lim vositalaridan, axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatining kengligi;
ta‘lim natijasiga trener va ta‘lim oluvchining hamkorlikda harakat qilishi;
ta‘lim jarayoni tashkilotchilarining ozaro tengligi;
treningda faol ta‘lim metodlaridan keng foydalanish;
ta‘lim oluvchilarning mustaqil fikrlashi, muammo yechimlarini topishga shaxsiy mas‘uliyati;
ta‘lim oluvchilarning o‘z faoliyatlarini belgilashi, jarayonni nazariy tahlil qila olishi;
ta‘lim oluvchilarda ijodiy va tanqidiy fikrlash, vaziyatlarni tahlil qila olish kabi shaxsiy sifatlar rivojlanishi.
Respublikamizda ta‘lim islohotlari talablari asosida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni jadal tatbiq qilishda seminar - treninglardan foydalanishda kasb - hunarni rivojlantirish instituti xodimlari peshqadamlik qilmokdalar. Ular o‘rta maxsus, kasb - hunar ta‘limi tizimi pedagoglarini YaPTlarga ogatish boyicha turli - tuman seminar - treninglar tashkil qilish bilan birga ancha mazmunli ishlar ham e‘lon qildilar.
«Xalq ta‘limi» va «Kasb-hunar ta‘limi» jurnallarida e‘lon qilingan ilmiy metodik maqolalar shular jumlasidandir.
Jumladan, «Ta‘lim samaradorligini oshirish yollari» mavzuidagi semi nar - treningda quyidagi qator muammolar ilmiy - metodik jihatdan o‘z yechimini topgan. Mazkur seminar - trening o‘qitish metodlari boyicha trenerlar tayyorlashga moallangan bolib, ular quyidagi masalalar boyicha bilim oladilar:
pedagogik texnologiyalar mohiyatini tushunib yetadilar;
ta‘lim maqsadini to‘g‘ri belgilash malakasini egallaydilar;
o‘qitish modellari, metodlari va shakllarini to‘g‘ri tanlash va ulardan faoliyatlarida foydalanishi o‘rganadilar;
ta‘lim jarayonining texnologik xaritasini va dars ishlanmasini tayyorlashni bilib oladilar;
ta‘limda texnik va axborot vositalaridan foydalanishni o‘zlashtiradilar;
kichik (ijro) dars namoyish qila oladilar;
darsni tahlil qilish va baholash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Eng muximi seminar - trening o‘tkazishning bosh ilmiy va uslubiy yo‘llarini o‘rgandilar. Bu bayon qilgan jarayonlar mazkur qo‘llanmada qat‘iy algoritm sifatida o‘zining bayonini topgan.
Shular bilan birga seminar - trening bilan bog‘liq barcha o‘quv, uslubiy, ko‘rgazmali va tarqatma materiallarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun undan namuna sifatida boshqa mavzularga doir seminar - treninglar tashkil qilishda foydalanish mumkin.
Seminar - trening yangi pedagogik texnologiyalarni o‘rganish va ta‘lim jarayoniga qo‘llashning ta‘sirchan va jonli ekanligidan kelib chiqib, shu joyda aniq tasavvurga ega bo‘lishi uchun O.Abdukuddusov, B.Nuriddinovlarning quyida pedagoglar malaka oshirish jarayonida seminar - treninglardan foydalanish ishlanmasini keltiramiz. Trening - tahsil oluvchi (tinglovchi) faoliyatiga mo‘ljallangan ta‘lim shakli bo‘lib, u ta‘lim beruvchi tomonidan mustaqil va faol o‘rganishni ko‘zda tutadi. Mashg‘ulot jarayonida ta‘lim beruvchi trener sifatida, ya‘ni tinglovchilar faoliyatini tashkil etuvchi, maslahatchi va rahbar sifatida ishtirok etadi. Treninglar tashkil etish va o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiq:
3. Trening mashg’ulotlarining faolligi va qatnashchilari
Tahsil oluvchilarning faolligi. Trening qatnashchilarining faolligi alohida xarakterga ega bo‘lib, u ma‘ruza eshitayotgan yoki kitob o‘qiyotgan kishining faolligidan tubdan farq qiladi. Treningda tinglovchilar maxsus ishlab chiqilgan xatti - harakatlarga jalb qilinadilar. Bu xatti - harakatlar biron - bir vaziyatning yechimini topish, mashq bajarish boshqalarning faoliyatini kuzatish va shu kabilar bo‘ladi. O‘quv materiallari mohiyatini anglash. Bilim berish ushbu jarayon qatnashchilarining anglab yetishlari orqali amalga oshiriladi. Qaytar aloqa tahsil oluvchilar tomonidan o‘quv materialini anglab yetishning asosiy vositasi hisoblanadi. Qaytar aloqa trening qatnashchisi qo‘yilgan maqsadga qay darajada erishganligi to‘g‘risida axborot olishidan dalolat beradi. Mazkur axborotni tinglovchi trenerdan yoki boshqa katnashchilardan oladi.
Tadqiqotchilik, ijodiy yondashuv. - Mazkur tamoyilning mohiyati shundaki, trening davomida uning qatnashchilari o‘rganilayotgan o‘quv materialini ijodiy yondashgan holda mohiyatini anglab yetadilar, izlab topadilar, pedagogik amaliyotda ma‘lum bo‘lgan g‘oyalar, qonuniyatlarni, shuningdek o‘zlarining shaxsiy intellektual zahiralarini, imkoniyatlarini xususiyatlarini kashf etadilar. Ushbu tamoyildan kelib chiqqan holda, trener shunday vaziyatlarni uylab topishi, loyihalashtirishi va tashkil etishi kerakki, natijada tinglovchilarda materialning asl mohiyatini anglab yetish, sinab ko‘rish, mashqini olish, tajriba o‘tkazish kabi imkoniyatlar yuzaga kelsin. Mazkur tamoyil juft - juft bo‘lib ishlash, kichik guruhlarda muhokama qilish kabilar ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin.
Hamkorlik muloqotlari. - Mazkur muloqot trening guruhi katnashchilarining teng pozitsiyalarini, boshqa kishi hissiyotlari, manfaatlarini hisobga oluvchi qaror qabul qilishga intilishlarini ko‘zda tutadi. Bunga trenerning xatti - harakatlari imkon berishi lozim. Yuqorida aytib o‘tilgan tamoyillarning ma‘lum ketma - ketlikda amalga oshirilishi trening guruhlari ishlarining samaradorligini ta‘minlash shartlaridan biridir. Treninglarning samaradorligi shundaki, u tinglovchilarni aniq amaliy faoliyatga tayyorlashda individual yondoshuvni ta‘minlashga imkon beradi.
Trening olib boruvchi, ya‘ni trener qanday bolishi kerak? Katta yoshdagi tahsil oluvchilar bilan ishlaydigan o‘qituvchi har tomonlama yetuk, bilimli va tajribali mutaxassis bolishi talab etiladi. Treninglarda trener (o‘qituvchi)ning asosiy vazifasi - munozara va muhokamani kerakli tomonga yonaltirish, tinglovchilarni mashglot maqsadiga erishishga undash va boshqalardan iborat. Trener guruhda bolayotgan jarayonni yaratmaydi, balki uni tashkil qiladi, boshqaradi, ya‘ni u guruhdagi jarayonining katalizatori hisoblanadi.
Trener trening mashglotini okazishga kirishar ekan o‘ziga uchta savol beradi:
Men qanday maqsadga erishmoqchiman?
Nima uchun bu maqsadga erishmoqchiman?
Qanday vositalar yordamida uni amalga oshirmoqchiman?
Trenerning trening maqsadini amalga oshirishga imkon beradigan, dostona ruhiy qollab - quvvatlash muhitini yaratish boyicha qobiliyatga ega bolishi trening muvaffaqiyatining garovidir.
Trening qatnashchilari (tinglovchilar)
Yuqorida ta‘kidlanganidek malaka oshirish tizimida katta yoshdagilar jamoasi bilan ishlash trenerdan yuqori darajadagi kasbiy mahorat talab qiladi. Ham kasblariga - malakali mutaxassislarga ta‘lim berish yuqori malakali, boy tajribaga ega bolgan o‘qituvchi uchun ham murakkabdir. Biroq katta yoshdagi tahsil oluvchilarda o‘qishga bolgan motivatsiya kuchliroq boladi. Lekin ularning orasida ham yangilikka intiluvchan, o‘qish istagi kuchli bolgan tinglovchilar, shuningdek ularning aksi ham uchrab turadi. Trening boshlanishidan oldin o‘qituvchi tinglovchilar togrisida muhim axborotlarga ega bolishi uchun ular bilan batafsil tanishuvni amalga oshirishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |