Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Iqtisod-qurulish fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi


Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari



Yüklə 193,74 Kb.
səhifə2/6
tarix13.04.2023
ölçüsü193,74 Kb.
#97564
1   2   3   4   5   6
Ihvoliddinova M2

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari



Keynschilik ustunligi. Urushdan so`nggi davrda, iqtisodiyot rivojlanishi, birinchi navbatda keynschilik maktabi ustunligi bilan ko`zga tashlanadi. Urushdan so`ng, Yangi nazariya keng ommalashib birinchi navbatda AQSHda ko`zga 169 tashlana boshladi, zero bu maktab, AQSH hukumat siyosatini belgilab berib, bu jarayon 1970-yillardan oldin Garri Trumen boshqaruvi davrida boshlandi (1884- 1972, 1945-1953 yillar davomida AQSH prezidenti). Yangi siyosatning asosi, iqtisodiyotga to`liq bandlikni davlat nazorati choralari bilan ta`minlash bo`ldi. 1946 yilda, Amerika Qo`shma SHtatlarida bandlik haqida qonun qabul qilinib, undan so`ng, davlat o`z zimmasiga ishsizlikning past darajasini saqlab turish majburiyatini oldi. Shunga o`xshash siyosat qator mamlakatlarda ham amalga oshirila boshlandi. Xususan Kanada, Buyuk Britaniya, Gollandiya va Avstraliya kabi mamlakatlarda. Shuningdek iqtisodiyotning ba`zi sektorlari milliylashtirilishi ham amalga oshirila boshlandi (masalan energetika va transport), aholining kam ta`minlangan qismini ijtimoiy qo`llab - quvvatlash tizimi rivojlana boshladi (nafaqalar, ko`p bolalshi oilalar uchun nafaqalar, subsidiyalashtirilgan tibbiy xizmat). Davlat zimmasiga, inqiroz holatlarini oldini olish maqsadida nazoratni amalga oshirish majburiyatini yukladi. Shved modeli. Urushdan so`nggi davrlardagi keynschilikka muqobil bo`lgan ko`plab iqtisodiy siyosat yo`nalishlarida davlat dasturlarini amalga oshirishga kirishildi. Masalan, umumiy davlat ravnaqi skandinav kontseptsiyasi stokgol`m maktabi nazariyasiga, xususan o`z xulosalari bo`yicha keynschilikka yaqin bo`lgan K. Viksel`, E. Lindal`, Gunnar Myurdal` (1898-1987), Bertil` Ullin (1899-1979), Erik Lundberg (1897-1987) xulosalariga tayanar edilar. Mazkur maktab, iqtisodiy tizim nomutanosibligidan kelib chiqib, iqtisodiyot makroiqtisodiy nazorati usullarini ko`zda tutar edi (asosan kredit - pul usullarini). Shu bilan birgalikda, u davlat byudjetining har yili balanslashtirilishi majburiy emasligi haqidagi tezisni, hamda davlatning o`z fuqarolariga mo„ayyan darajadagi ravnaqni ta`minlab berishi, xususan ijtimoiy siyosat hisobiga amalga oshirishi majburiyati haqidagi tezisni ilgari surishgan. Frantsuz dirijizmi. O`sha davrlardagi Frantsiyada dirijizm siyosati amalga oshirilib, bu siyosat, keynschilikka nisbatan ko`proq darajada davlatning iqtisodiyotga aralashuvini ko`zda tutar edi. Mazkur siyosat retseptlari, qisman institutsional yo`nalish doirasida ishlab chiqarilib, bu yo`nalish urushdan so`nggi o`sha davrlarda ko`proq ahamiyatga ega edi. Dirijizm siyosatining keynschilikdan printsipial farqi Shundaki, dirijizm antisiklik nazorat talablari bilan bir qatorda muvaffaqiyatli ravnaq o`sishini ta`minlash bo`yicha vazifani davlat zimmasiga qo`yadi (Fransua Perru (1903-1987) kontseptsiyasi). Mazkur vazifa o`z tarkibiga iqtisodiyotning institutsional qayta tuzilishi, iqtisodiy tuzilishlar yaratilishi yoki qo`llab - quvvatlanishi (o`sish polyuslari) kabi o`z zimmasiga olib, bu tushunchalar butun iqtisodiyot rivojlanishida mo„ayyan rol` o`ynashi ilgari surilgan. Frantsuz 170 dirijizmi o`ziga xos xususiyatlaridan birining natijasida davlat bo`ylab indikativ rejalashtirish usullari qo`llanila boshlandi. 20. 3. «Ijtimoiy bozor xo`jaligi» Germaniya doktrinasi Ikkinchi jahon urushidan so`ng dunyoda keynschilikni yetakchiligi va davlatning keng nazorati g`oyalari doirasida, ayniqsa GFR ajralib chiqdi, zero davlatda «Ijtimoiy bozor xo`jaligi» doktrinasi hukmronlik surar edi. Mazkur doktrina asoslari urush o`rtalarida German ordoliberalizmi doirasida shakllanib, uning boshida nemis iqtisodchisi institutsionalizm namoyandasi Val`ter Oyken (1891-1950) turgan edi. Uning asosiy g`oyalari, «Milliy iqtisodiyot asoslari» (1940) va «Iqtisodiy siyosat asosiy printsiplari» asarlarida ilgari surilib, mazkur kitoblar 1952 yilda muallif o`limidan so`ng nashr etildi. 1933 yildan 1945 yilgacha Germaniyada natsional - sotsializm g`oyalari hukmronlik qilganligi sababli, ordoliberalizm g`oyalari 1940-* yillarning oxirigacha keng tarqalmagan. V. Oyken asosiy g`oyalari Shunda ediki, iqtisodiy tuzilish tasodifan shakllanmaydi, va Shu sababli, tasodifiy ravishda shakllanishi mumkin ham emas. Uning fikricha, iqtisodiy tizim, millat tomonidan uning madaniy, tarixiy, va ma`naviy an`analariga muvofiq tanlanib, jamiyatda hukumatning maqsadli siyosati yordamida belgilanishi kerak. Germaniya iqtisodiyotini o`ziga xosligini tadqiq etar ekan V. Oyken birinchi navbatda natsizm siyosatini markazlashtirishgan davlat g`oyalari uchun tanqid qilgan. U hukumatning iqtisodiyotga aralashuviga qarshi emas edi, ammo Shu bilan birgalikda, bunday tuzilish, Germaniyaning protestantlik ma`naviy an`analariga zid ekanligini aytib o`tgan. Shu bilan birgalikda, uning fikricha, Germaniya uchun liberal iqtisodiyot modeli ham mos tushmaydi. Uning tomonidan iqtisodiy hayotni tashkillashtirilishining uchinchi yo`li taklif etilib, bu yo`nalish “iqtisodiy gumanizm” nomini oldi. Iqtisodiyotning mazkur modeli besh asosda qurilgan: 1. xususiy mulskning saqlab qolinishi; 2. ochiq bozor printsiplariga rioya qilish, aynan Shu holat davlat tomonidan monopolizatsiya jarayonining qattiq cheklovini ko`zda tutar edi; 3. erkin kelishuvlar printsipi - iqtisodiy liberalizm; 4. o`z xo`jalik faoliyati uchun javobgarlik printsipi; 5. jamiyatda kam ta`minlangan qatlamlarining resurslar adolatli taqsimlanishi orqali ta`minlashga yo`naltirilgan keng ijtimoiy siyosat. Iqtisodiyotning mazkur modelida davlatni roli, antimonopoliya siyosatini amalga oshirish, bozorning eokin raqobatchiligini himoya qilish, hamda keng ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish doirasida cheklangan. 171 1950-yillarda, ordoliberalizm g`oyalari ko`plab nemis iqtisodchilari asarlarida rivojlantirilgan. Ular orasida ayniqsa muhim ahamiyatga Al`fred Myuller – Armak (1901-1978) asarlari e`tiborga molik bo`lib, mazkur muallif, V. Oykenning uchinchi yo`li g`oyasini qo`llab, uning asosida iqtisodiy siyosat kontseptsiyasini shakllantirdi va bu kontseptsiya iqtisodiyot fanida ijtimoiy bozor xo`jaligi nomini oldi. Mazkur kontseptsiyaning asosiy holatlari, urushdan so`nggi Germaniyada Lyudvig Erxard (1897-1977) siyosati sababli realizatsiya etildi, zero Lyudvig Erxard o`sha davrlarda avval iqtisodiyot vaziri vazifasini, keyin esa (1963-1966) GFR federal kantsleri vazifasida ishlagan. Real ravishda amalga oshirilgan siyosat juda qattiq edi. Xususan davlat nafaqat o`yin qoidalarini belgilaydi, balki investitsion jarayonlarda faol ishtirok etib, ayniqsa daromadli sohalarni qo`llab - quvvatladi (qishloq xo`jaligi, qurilish). Shu bilan birgalikda, aholi kambag`al qatlamlarini qo`llab - quvvatlash nazariyada deklaratsiya etilganidek keng emas edi. Umuman olganda, mazkur siyosat, iqtisodiyotning uchinchi turini yaratishga qaratilib, mazkur tur, bozor xo`jaligini davlat ijtimoiy dasturlari bilan bog`lashi kerak edi. Iqtisodiy nazariya. 1940-1960-yillar davomida keynschilik, nafaqat iqtisodiy siyosatda, balki iqtisodiyot fanida ham yetakchilik qilar edi. Shu bilan birgalikda, makroiqtisodiy nazariya ham faol ravishda rivojlanib kelayotgan edi: iqtisodiy o`sish va iqtisodiy siklni turli modellari yaratildi. Iqtisodiyotning nomutanosib holati sifatida, nafaqat pasayish fazasi, balki sikl fazalari ham ko`rib chiqildi. Davlat antisiklik siyosati mexanizmlari rivojlanib, iqtisodiy kon`yunkturaga kredit - pul va byudjet usullari ta`siri o`rganildi. Keynschilik maktabiga ommaviylik bo`yicha ancha orqada qolgan neoklasssik yo`nalish ham, rivojlanishda davom etdi. mazkur rivojlanishning muhim yo`nalishlaridan biri, keynschilar tomonidan ilgari surilgan g`oyalarning qayta ko`rilishi bo`ldi. Neomumtoz oqim ularni o`z nazariyasiga moslashtirishga harakat qildi. Natijada, neomumtoz sintez kontseptsiyasi yaratildi (Dj. Xiks, P. Samuel`son) uning vazifasi Shundan iborat ediki, keynschilik nazariyaning neoklasssik nazariya muhim qismlaridan biri sifatida ilgari surish bo`ldi. Neomumtoz va kenyschilik nazariyalari iqtisodiyotningning turli yo`nalishlari doirasida tadqiq etilganligi sababli, birinchisi to`liq bandlik holatini tadqiq etsa, ikkinchisi to`liq bo`lgan bandlikni tadqiq etib, bunday sintez keynschilik nazariyasi, neomumtoz nazariyasining xususiy holati sifatida o`rganilib, to`liq bo`lmagan bandlik sharoitlarida iqtisodiyotning o`ziga xos holatiga bag`ishlanadigan bo`lsa mumkin edi. Shunga o`xshash, har ikkala maktab amaliy tavsiyalari ham sintezlashtirildi. Agar iqtisodiyot depressiv holatda bo`lsa, keynschilik choralari qo`llaniladi. To`liq bandlik holati yuzaga kelishi bilan, neomumtozlar tomonidan taklif etilgan retseptlar kuchga kiradi. 172 Marjinalistik yo`nalishlar rivojlanishi bilan parallel ravishda (neomumtozlar va keynschilik) institutsional nazariya ham rivojlanishda ham davom etdi. 1940- 1960-yillar davomida mazkur yo`nalish iqtisodchilarini band qilgan asosiy mavzu, ilmiy - texnik progress va u bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiyotdagi institutsional o`rganishlar bo`ldi, ya`ni mulkdorlik shakllari transformatsiyasi, iqtisodiy hukmronlik almashinuvi, yirik korporatsiyalar faoliyatidagi o`zgarishlar va boshqalar.



    1. Yüklə 193,74 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin