Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Iqtisod-qurulish fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi


“Keyns xochi.” Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi



Yüklə 193,74 Kb.
səhifə5/6
tarix13.04.2023
ölçüsü193,74 Kb.
#97564
1   2   3   4   5   6
Ihvoliddinova M2

2.1 “Keyns xochi.” Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi.


Rejalashtirilgan xarajatlar chizig’i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo’lgan (Y=Ye) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o’tadi. Quyida keltirilgan 7.2-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo’lib, u ―Keyns xochi‖ nomini olgan. Y=Ye chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg’armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo’ladi. Shuningdek, bu 85 yerda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o’zaro tengligiga erishiladi, ya‘ni, makroiqtisodiy muvozanat ta‘minlanadi. 7.2-chizma. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli) E ( rejalashtirilgan xarajatlar) Y=E Y1 E=C+I+G+Xn E1 Zahiralarning jamg’arilishi E0 Zahiralarning kamayishi E2 Y2 Y0 Y1 Y (daromad, real xarajatlar) Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko’p bo’lsa, iste‘molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (ADAS) ko’ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaMM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o’sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda Ye=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi. Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste‘mol, investitsiya, davlat xarajatlari 86 yoki sof eksport) o’zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o’sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig’ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi. Avtonom xarajatlar multiplikatori. Avtonom xarajatlarning har qanday o’sishi, ya‘ni ΔA =Δ (a+I+G+Xn) multiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko’proq miqdorga (ΔY) oshishiga olib keladi. Avtonom xarajatlar multiplikatori muvozanatli YaMM o’zgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti o’zgarishiga nisbatini ko’rsatadi: m = ΔY /ΔA: Bu yerda: m - avtonom xarajatlar multiplikatori; ΔY – muvozanatli YaIMning o’zgarishi; ΔA – avtonom xarajatlarning Y o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan o’zgarishi. Multiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o’sishi (kamayishi)dan necha marta ortiq o’sganligini (kamayganligi) ko’rsatadi. ΔY 1 m = ------- = ----------- ΔA 1- MPC Demak iste‘molga chegaralangan moyillik qancha katta bo’lsa multiplikator samarasi ham shuncha yuqori bo’ladi. Avtonom xarajlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi byudjet soliq siyosati samaradorligiga ta‘sir ko’rsatadi. Davlat o’z xarajatlarini oshirayotganda, yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko’rayotganda, bu xarajatlar jami talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga olishi zarur. Retsession va inflyasion uzilish. Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (U0) potensial (U*) hajmidan kam bo’lsa, jami talab samarasiz hisoblanadi. Ya‘ni, AD=AS tenglikka erishilgan bo’lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to’liq bandligi darajasini 87 ta‘minlamaydi. Yalpi talabning yetishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta‘sir ko’rsatadi. 7.3-chizma. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o’rtasidagi retsession uzilish E Y=E V E2 =E1 + ΔYe E1=C+I+G+Xn Retsession uzilish Ye A Uo Y* Y YaMM (YaIM)ni to’liq bandlilikning noinflyatsion darajasiga qadar o’stirish uchun jami talab (jami xarajatlar) ko’paytirilishi zarur bo’lgan miqdor retsession uzilish deyiladi (7.3-chizma). Ishlab chiqarishda to’liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo’qotish uchun jami talabni rag’batlantirish va muvozanatni «A‘ nuqtadan «V‘ nuqtagacha surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o’sishi ΔU quyidagiga teng bo’ladi: ΔU=Retsession uzilish miqdori * Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori YaIMni to’liq bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo’lgan miqdor inflyatsion uzilish deyiladi. Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Uo) potensial (U*) hajmidan ko’p bo’lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Jami talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda jami talab hajmining jami taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo’lishi oqibatida haqiqiy va potensial YaIM hajmlari o’rtasida inflyasion uzilish ro’y beradi (7.4-chizma).. Bu uzilishni 88 bartaraf qilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda jami talabni cheklash zarur. 7.4-chizma. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o’rtasidagi inflyasion uzilish Ye Y=E E1=C+I+G+Xn A E2=E1-ΔYe Ye B inflyasion uzilish 45 Y* Y0 Y Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan V nuqtagacha surishni anglatadi. Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad hajmidagi (ΔU) qisqarish quyidagicha bo’ladi: ΔU= Inflyatsion uzilish miqdori * Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo’lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o’laroq bu modelda baholar darajasi va ish haqi o’zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko’ra tovar moddiy zahiralarining o’sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo’ladi.


    1. Yüklə 193,74 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin