Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Iqtisod-qurulish fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi



Yüklə 193,74 Kb.
səhifə3/6
tarix13.04.2023
ölçüsü193,74 Kb.
#97564
1   2   3   4   5   6
Ihvoliddinova M2

Keynschilik.



1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o’zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi‘ asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi. Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to’liq bo’lmagan bandlik sharoitida ham erishish mumkinligini, to’la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro’y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog’liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg’armalarga bevosita bog’liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi. Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg’armalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro’y beradi. Bunga sabab birinchidan, jamg’arish va investitsiyalash to’g’risidagi qarorlarni har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishi bo’lsa. ikkinchidan, jamg’aruvchilar va investorlarni jamg’arish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamg’arma va investitsiyalar bitta omilga bog’liq bo’lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati o’zining ish haqi miqdoridan ortiq bo’lgan mahsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg’arishadi. Jamg’armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste‘molini qondirish maqsadida, ya‘ni, uy xo’jaliklari oila boshlig’ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini ta‘minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg’armalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi.Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.Klassiklar nazariyasi bo’yicha jamg’arma va investitsiyalar miqdorini aniqlaydigan 83 asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo’jaliklari kamroq iste‘mol qilib, ko’proq jamg’arishga harakat qilishadi. Uy xo’jaliklarida jamg’armalarning ko’payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o’z vaqtida investitsiyaning o’sishini ta‘minlaydi. Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi iste‘mol va jamg’arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan holda Keyns o’zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo’lgan yo’qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko’p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o’zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir. Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o’z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zahiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o’zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg’arma va investitsiyalar miqdorining o’zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlaydi‖. Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o’zgarishlar tovar moddiy zahirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi. Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi : Ye=S+ I +G+Xp ko’rinishiga ega. Dekmak uning grafigi iste‘mol funksiyasi (S=a+ v (UT) ) grafigiga nisbatan I+G+Xp miqdorda yuqoriga surilgan bo’ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo’lib, uning funksiyasi esa quyidagi ko’rinishga ega: 84 Xp = g - mY Bu yerda :g – avtonom sof eksport; m - importga chegaralangan moyillik; Y– daromad. Importga chegaralangan moyillik import xarajatlaridagi o’zgarish miqdorini bunga sabab bo’lgan daromadlardagi o’zgarish miqdoriga bo’lib topiladi. m = ΔM / ΔY Bu yerda: ΔM - importga xarajatlarning o’zgarishi; ΔY - daromadlarning o’zgarishi. Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda iste‘molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo’lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog’liq bo’lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o’zgarishi bilan sof eksport (Xp) o’rtasidagi bog’liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko’rib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o’zgarishiga bog’liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to’lig’icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo’shiladi, ya‘ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xp) yig’indiga teng deb olinadi.

Yüklə 193,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin