Andijon mashinasozlik instituti magistratura bo‘limi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/3
tarix27.02.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#85746
1   2   3
1-amaliy mashg‘ulot

 Oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish o‘rtasida uzilishlar mavjud, integratsiya ta’minlanmagan. Ilmiy-tadqiqot institutlari oliy ta’limda kadrlar tayyorlash jarayoniga zarur darajada jalb etilmagan, ularda ilmiy izlanishlar iqtisodiyot sohalarining real ehtiyojlaridan kelib chiqmasdan amalga oshirilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning tizimli tayyorlanmasligi oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatining pasayishiga olib kelmoqda.

Xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan taklif etilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy ta’lim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish maqsadida: 1. Qayd etilsinki, Oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarda kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5121-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarori qabul qilindi. 2. Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini oliy ta’lim tizimidagi kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etish, ularning ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun respublika oliy ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazirning o‘rinbosarlari – kompleks rahbarlari, mutasaddi rahbarlarga tarmoq(soha)lar bo‘yicha tegishligiga ko‘ra 1-ilovaga muvofiq biriktirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari, tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin